tgindex
misterberd
@misterberdВидеоузбекский

Koreya yangiliklari! Soliqlar👉 @kortax_korea Instagram: instagram.com/misterberd Youtube: https://youtube.com/@Koreyamaniya Admin: https://t.me/botadminmisterberd_bot

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 134
+3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
710
21 постов
Вовлечённость
62,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
318
1/48двое суток
364
1/72трое суток
393

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 2026-yilgi Koreya – Markaziy Osiyo Global Yoshlar Forumi WAYU Korea barcha faol vatandoshlarni 2026-yilgi Koreya – Markaziy Osiyo Global Yoshlar Forumida ishtirok etishga taklif etadi. Sana: 2026-yil 22-avgust (shanba) Vaqt: 12:30–17:50 Manzil: Hankuk Chet tillari Universiteti (HUFS), Seul kampusi, BRICS Madaniyat Markazi Asosiy tashkilotlar: - Eurasia Future Leaders Association (EFLA) - Koryoin Global Network (KGN) - World Association of Youth of Uzbekistan (WAYU) Qo‘llab-quvvatlovchilar: - Koreya–Markaziy Osiyo Hamkorlik Forumi Kotibiyati - Media Saram Forum dasturi: - Yoshlar va mutaxassislar taqdimotlari - Savol-javob sessiyalari - Tajriba almashish va muhokamalar - Networking Sessiyalar mavzulari: • Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasida yoshlar hamkorligini rivojlantirishda yosh yetakchilarning roli. • Biznes g‘oyalari va muvaffaqiyatli hamkorlik tajribalari. • Ikki mintaqa yoshlarining bugungi muammolari, ehtiyojlari va kelajak istiqbollari. WAYU Korea orqali ishtirok etish: Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan va WAYU Korea a’zosi bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar. O’rinlar: 15 nafar ishtirokchi (birinchi ro‘yxatdan o‘tganlar asosida). Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 3-avgust – 9-avgust, soat 18:00 (KST) Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/dPJUGoFViYDWyHfHA Forum Koreya va Markaziy Osiyo yoshlari bilan tanishish, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

  • misterberd pinned a photo

  • Ko'p tushayotgan savol: D-9-1 vizasida yurib ham F-5 vizasiga o'tsa bo'ladimi? Ha, albatta bo'ladi. ✅ 1-yo'l: D-9-1 vizasida 5 yil uzluksiz yashaganingizdan so'ng F-5-1 (doimiy yashash) vizasiga topshirishingiz mumkin. Albatta, buning uchun belgilangan barcha talablarni bajarish lozim.매출 talablari yuqori judayam. Eng muhim shartlardan biri — GNI 2 baravar daromad mezonini qondirishdir. ✅ 2-yo'l: Avval F-2-7 vizasiga o'tib, unda taxminan 3 yil yashaganingizdan keyin F-5-16 vizasiga topshirishingiz mumkin. Bu yo'nalishda ham GNI 2 baravar daromad talabi mavjud. Muhim jihati aynan F-5-16 vizasida daromadni hisoblashda 사업소득 (biznes daromadi) va 근로소득 (ish haqi daromadi)ni birgalikda (합산) hisoblatish mumkin. Bu esa ko'pchilik uchun GNI talabini bajarishda katta qulaylik yaratadi. Yana bir muhim tavsiya. F-5 vizasi uchun daromadni sun'iy ravishda oshirishga urinmang. Daromadingizni yildan-yilga tabiiy va barqaror tarzda oshirib boring. Masalan, oldingi yillarda soliqda 40–50 million von daromad ko'rsatib kelib, F-5 topshiradigan yili birdaniga GNI 2 baravar daromad ko'rsatsangiz, bu Immigratsiyada shubha uyg'otishi mumkin. Shuning uchun daromadingizni oldindan rejalashtirib, qonuniy va izchil shakllantirib borishingiz kelajakda F-5 vizasini olishda ancha foyda beradi.

  • Koreyada o'tgan yillarda to'langan soliqlarni qaytarib olishda yordam beramiz Agarda siz: - E-7, E-9, H-2, F-2, F-6, F-5 kabi ishchi vizalarda bo'lsangiz - Koreyada 중소기업 (kichik yoki o'rta turdagi kompaniya va zavodlar)da ishlagan bo'lsangiz - Koreys kompaniyaga ishga kirganizda yoshiz 34dan oshib ketmagan bo'lsa - Har yil boshidagi 연말정산 (Yil yakuni bo'yicha hisob-kitob) vaqtida ishxonadan qo'shimcha soliqlarni qaytarib olmagan bo'lsangiz - Yonmal chongsan vaqtida uy ijara to'lovlarini kiritmay ketgan bo'lsangiz Va boshqa soliqlar bo'yicha umumiy maslahatlar uchun 👇 📲 010-6818-8826 Telegram: @kortax_korea Xizmat pullik @misterberd

  • Bu oyga gaz uchun to'lov kelibdi. Bor yo'g'i 9,020 won. 06/21-07/19 muddat orasida birinchi 1 haftalikda Uzbda bo'lganman va gaz umuman ishlamagan. Lekin 06/29dan 07/19gacha uyda bo'lganman va haftada o'rtacha 2-3 marta ovqat qilaman, cho'milaman va ustiga-ustak 온돌 24 soat ishlab turadi. Oxirgi marta qachon gaz uchun bunday arzon to'laganimni eslolmayan. Yana Seulda 2xonali uyda turib shunaqa to'lov. Adashib tashab ketishdimikan deb qarasam, meni kvartiram to'gri. Yo bitta 0 tushib qoldimikan-a? Yoz bo'lsayam, buncha arzon kelishi g'alati-da.. Sizlarda qanday kelyabdi gaz uchun? @misterberd

  • 🇰🇷Koreyada 11yil davomida yashab o’zimga singiy boshlagan 11ta odat haqida yozmoqchiman. Bu odatlar Koreyada yashab, ishlab, shu yerning tili, madaniyati, mahalliy xalqi bilan muloqotda bo'lib, shu yerning turmush tarzini ko'rib ongli ravishda menda singiy boshlagan. O'zbekistonga butunlay qaytganimda ham balki bu odatlar menda yo'qolishi qiyin bo'ladi. 1-odat. Avtobuslarga navbat bilan chiqish. Avtovus bekatlarda koreyslar bir qator bo'lib navbatga turib, avtobus to'xtagach, navbat bo'yicha chiqadi. O'z-o'zidan siz ham navbat bilan chiqishni boshlaysiz. 2-odat. Mashina haydaydiganlar yo'lda deyarli signal chalishmaydi. O'z navbatida men ham uncha-bunchaga signal chalmayman. Xavfli vaziyat bo'p qolmasa, albatta. 3-odat. Taksi tutib, old o'rindig'iga o'tirsangiz, remen taqishga majbursiz. Bo'ysunmasangiz, haydovchi mashinani haydamaydi. Remen taqmaganda chiqadigan signal tovushi esa darhol ishga tushadi. Shungami Vatanga borganimda taksiga o'tirib qolsam, remen taqish odat bo'p qolgan. 4-odat. Ko’cha chiqqanda quyoshga qarshi suncream surtish (SPF). Menda shu yili paydo bo'lgan yangi odat. Koreya aholisining katta qismi tashqariga quyosh kremisiz chiqmaydi. 5-odat. Uydan chiqadigan chiqindilarni alohida-alohida paketga solib tashlash. Oziq-ovqatnikini oziq-ovqatga, qayta ishlanadiganini alohida. 6-odat. Kunduzi tushlikdan so'ng, tishlarni yuvish. Nafaqat ertalab va kechqurun, koreys kompaniyalarda xodimlar tushlikdan so'ng ham, darhol tishlarini tish pasta-cho'tkada yuvishadi. Ovqat qoldiqlari og'izda qolmasligi va suhbatdoshi bilan muomala qilganlarida og'izdan badbo'y xid kelib turmasligi uchun. 7-odat. Koreyslar har doim biror-joyga dam olishga borishsa, yoki ishda biror xonada meeting (uchrashuv) o'tkazishsa, o'sha dam olish yoki uchrashuv tugagach, o'zlari bilan olib kelgan har qanday chiqindilarni darhol yig'ishtirib, tozalab olishadi. Tozalik va tartibga qattiq rioya qilishadi. 8-odat. Ko'chada tupurmaslik. Rostini aytaman, O'zbekistonda yashagan vaqtlarimda ham deyarli tupurmasdim, lekin onda-sonda yerga tupurgan vaqtlarim bo'lgan. Lekin Koreyada koreyslar yerga tupurganini deyarli ko'rmaganman. To'g'ri, tupuradiganlari ham bor, lekin nisbatan juda kam. Shu sabab o'zimda ham yerga tupurish holati deyarli yo'qolgan va kimningdir tupurganini ko'rsam, ko'zimga yoqimsiz holatdek ko'rinadi. 9-odat. Koreyslar yosh bolalar oldida sigaret chekishmaydi, yoki sigaret chekib turgan koreyslar oldidan yosh bolalaringiz bilan o'tib qolsangiz, o'zlarini chetroqqa olishga harakat qilishadi. Ayniqsa yosh koreyslar. Yoshi kattalarini tarbiyasi ancha og'ir lekin😁. Men-ku chekmayman, mabodo qachondir Xudo ko'rsatmasin chekib qolgudek bo'lsam va oldimdan yosh bolalar o'tib qolgudek bo'lsa, o'zimni chetroqqa olib o'tishim kerak degan odat shakllanyabdi-da menda😊 10-odat. Belgilangan uchrashuvga 5-10 daqiqa ertaroq kelib turish va ish jarayonida aniqlik. Ishda koreys xodimlar yoki o'qishda professorlarim bilan uchrashuv belgilanganda, ular ko'pincha o'z vaqtida yoki 5-10 daqiqa ertaroq manzilga yetib kelib kutib turishlarini ko'p bor guvoh bo'lganman va o'zim ham shunga intilganman. Bu sizga nisbatan hurmat, va umuman professionallik belgisi. Shuningdek, koreyslarga aniqlik yoqadi. Ya'ni ishda yoki o'qishda qaysidir vazifani bajarmoqchimisiz, shunchaki ha bajaraman, yoki bajarib kelaman, deb emas, shu kuni soat 8gacha bajarib, sizga vazifani e-mail orqali yuborib qo'yaman, desangiz, ularga ko'proq yoqasiz. Va ular ham sizni ko'proq hurmat qilishni boshlaydi. 11-odat. Jamoa bo'lib ishlash hissi. Koreys kompaniyada ishlab qolsangiz, har xil yig'ilishlar juda ko'p bo'ladi. Ko'pincha hech kim, hattoki eng yuqoridagi boshliq (CEO) ham biror qaror qabul qilishda xodimlariga to'gridan-to'gri buyruq bermaydi. Kerakli xodimlar bilan meeting tashkillashtirib, hammani fikrini eshitib ko'rib, keyin qaror qabul qiladi. Hattoki, Koreya Prezidenti ham @misterberd

  • Koreyada o'qiyotgan, ishlayotgan yoki ishlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, o’z huquqlaringizni bilish juda muhim! WAYU Koreya Navbatdagi Huquq mavzusidagi foydali tadbirni Tajribali Mutaxassislar bilan davom etadi! Sana: 25-iyul (shanba) Soat: 11:00 ~ 13:00 (1-qism) ☕ Cofe time: 13:00 ~ 14:00 2-qism: 14:00 ~ 16:00 Manzil: O’zbekiston Elchixonasi (Seul) (서울 종로구 돈화문로 11가길 99) Ishtirokchilar soni: 50 nafar Seminarda quyidagi mavzular yoritiladi: - Mehnat shartnomasi tuzish - Ish haqi, haftalik dam puli va nafaqa puli - Ish haqi to’lanmasa yoki ish vaqtida baxtsiz hodisa yuz bersa nima qilish kerak - Homilador ayollar huquqlari va ish joyidagi zo’ravonlikdan himoya - Chet-elliklar bilan uchrayotgan ko'p qonun buzilishi - Pul yuvish - Savol va Javoblar Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/XokPbsy3NpKMUTuZ7 Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

  • Chempionatning eng kuchli hujum chizig’iga ega termasi eng yaxshi yarim himoya tizimiga ega jamoaga qarshi to’p surdi va mag’lub bo’ldi. Fransiya - Ispaniya 0:2 Ispaniya finalda Futbol jamoaviy o’yin ekanligi yana bir bor o’z tasdigi’ini topdi. Endi Argentina-Angliya bahsini kuzatamiz. Sizningcha, ikkinchi finalchi kim bo’larkin?

  • 14 июл.1 1176из KorTax Soliqlar

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 июл.1 0086из KorTax Soliqlar

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 июл.9646из KorTax Soliqlar

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 июл.91897из KorTax Soliqlar

    ❗️Azizlar, yordamingiz kerak! 👉Azizjon Madrakhimov akamiz hozirda Janubiy Koreyadagi Seoul National University Hospital (서울대병원)da miya saratoni, jigar bilan bog'liq xastalik, epilepsiya va yana boshqa kasalliklar tufayli bir qancha yillar davomida davolanib kelmoqdalar. Bemor akamiz to'grisida bir yilcha oldin Avaz akaning instagram kanallarida ham ehson videosi qo'yilgan. Akamiz kasalxonadagi davolanish xarajalatlari oshib borayotgani sababli bizga murojaat bilan chiqdilar. Kanalga ushbu postni joylashdan oldin bemor akamiz to'grisida o'rgandik, tegishli shaxslardan surishtirdik. Akamiz haqiqatdan ham hozirda kasalxonada uzoq muddatli davolanish jarayonidalar. Shunday og'ir vaziyatda biz, Koreyadagi o'zbek birodarlar, birlashib, ushbu postni boshqa kanallarga ham ulashsak, ko'rsatilgan Azizbek akaning hisobraqamlariga qo'ldan kelgancha ming wonmi, o'n mingmi, qancha bo'lsa ham yordam qilsak🙏 👉Hech bo'lmasa, ushbu postni Koreyadagi tanishlarimizga yuborib qo'yaylik. Barchaga rahmat @misterberd

  • Argentina-Shveysariya 3:1 hisobida yakun topdi va Argentina endi yarim finalda Angliyaga qarshi bahs olib boradi. Yarim finalning keyingi juftlik bahsi esa Fransiya va Ispaniya o'rtasida kechadi. Nima deb o'ylaysiz, 2022-yilgi JChda bo'lgani kabi yana Argentina va Fransiyani finalda ko'ramizmikan? Bu safargi Fransiyani lekin to'xtatish qiyin ko'rinadi..

  • Argentina-Shveysariya o'yinini Koreyadan turib onlayn tomosha qilayotganlar bormi? Qanday ko'ryapsizlar? Linki bo'lsa, ulashib qo'yinglar. Hozir hisob 1-1 ekan..

  • 7 июл.1 048144

    Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar. Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim. 1. Ishga biroz ertaroq boring Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali. 2. Salomlashishni unutmang Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish. Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying. 3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing Kim qaysi bo‘limda ishlaydi? Kim sizning bevosita rahbaringiz? Kim bilan ko‘proq ishlaysiz? Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar? Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin. 4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi: Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda? Suv, choy, kofe qayerdan olinadi? Kofe mashina qanday ishlaydi? Tushlikni qayerda qilish mumkin? Printer qayerda va qanday ishlatiladi? Wi-Fi paroli qayerdan olinadi? Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi. 5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin. Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman. Qaysi meeting room qayerda joylashgan? Ularni qanday band qilish kerak? Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun? 6. Ichki tizimlarni o‘rganing Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi. Ichki chat qaysi platformada yuritiladi? Email imzosi qanday bo‘lishi kerak? Hujjatlar qayerga yuklanadi? Tasklar qaysi platformada beriladi? Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi. 7. Ko‘p savol bering Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang. Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir. Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

misterberd — tgindex