tgindex
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Статистика

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 101
+26 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 406
37 постов
Вовлечённость
127,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 37
Упоминаний
8
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 641
1/48двое суток
1 880
1/72трое суток
2 028

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.2 9293546

    Inson qiyinchilikda toblanadi. Bir necha yil kuzatganlarim natijasini yozmoqchiman. 📝 Tasavvur qiling O’zbek Talaba Koreyaga keldi. Butun hayoti oldida, va uning Koreyadagi taqdiri asosan shu boshidagi 3-5 yilga bog’liq bo’ladi. 2 ta yo’ldan birini tanlash kerak odatda. 1 - Yo’l. O’qish davomida Koreys tili darajasini olish, KIIP ni olish, Volontyorlik qilish, o’z mutahasisligi bo’yicha izlanish va kerak bo’lsa tunda uhlamay shug’ullanish. Amaliyot o’tab keraklicha “background” tayyorlash. Agar moddiy ta’minoti yoki stipendiya bo’lmasa, ta’til vaqti yoki shu shanba yakshanba ishlab, yashashi va kontrakti uchun pul topish. Pul topildi deganda chet elga sayohat yoki “Instagram” bop joylarga boravermay o’ziga ozgina investitsiya qilish. Yoki qarz bilan kelgan bo’lsa avval qarzni uzish. (Borsin, ammo trendga ergashib ketmasin). O’qish vaqti kerak bo’lsa SNS lardan cheklansin. Mana shu uning kelajakdagi karyerasi poydevoriga aylanadi. 2 - Yo’l Koreyaga kelishi bilan, qanday fanlar o’qishiga ham qiziqmay, darslariga ham birovlarning yordami bilan registratsiya qilish. Dam vaqti “Tekpe” “alba” yoki “pedal” ga chiqib boshidagi 100$ dollarga qiziqib asosiy fokusni shu moddiyatga qaratib qo’yish. Boshqalarning nazdida (kerak bo’lsa o’zining nazdida ham), o’qish va ishni bir ma’romda olib ketayotgandek tuyilish. Ammo o’qish yakuniga kelgach, qaysi vizaga o’tish, endi qanday ish topish o’ylariga shong’iydi kishi. Tog’ri D10 payti ozgina “soqqa” qilib, mashina yoki kichik uy ham olish mumkindir. Ammo u viza ham yakunlangach O’zbekistonga qaytishga tog’ri keladi yoki master, PhD uchun hujjat topshiriladi. Aslida vizani cho’zishga urinish ekanligini deyarli hamma biladi. Jismoniy og’ir mehnatning oxiri yo’q, va uni ko’pchilik qadrlamaydi ham. 30-40 yoshdan o’tarsiz, kuchdan qolganingizda boshqa unday pul topish mumkin emasligini sezasiz. So’ngra, eh o’sha payt “ul bul” narsa qilib olsam bo’larkan deb afsus chekasiz. Xulosa: Ikkala yo’lda ham qiynalarsiz, ammo 1 - yo’lda qiyinchilik ketidan “doimiy” o’sish keladi. 2 chisida esa o’sayotgandek tuyulib keyin qulash ehtimoli yuqori. Agar ishga olib kirib qo’yadigan kurslar, mentorlarga ishonib qolsangiz keyini sal qiyin bo’ladi:) Ishga kirgandan keyin eplab ketish Koreyslardan ko’ra bizga qiyin. Bu jarayonda esa mentorni emas sizning qobiliyatingiz kerak bo’ladi. Bu qobiliyat, ko’nikmalar esa 1-2 oy ichida emas yillar davomida shakillanadi. Biroz achitib yozgan bo’lishim mumkin, nima qilay haqiqat o’zi shunaqa “shirin paxta” emas. Hurmat bilan, @Elyorbilan

  • Kecha do’kondagi ushbu rastani ko’rib Toshkentdagi Qo’yliq va Oloy va Sayram bozorlari yodimga tushdi. Yoshligimda bozorga borishni yoqtirardim, narx borasida sotuvchilar bilan ancha tortishib olar edimda 😁 O’sha vaqtlar ham bir kishiga bitta “reshotka” tuxum va 1 ta yog’ kabi yozuvlarda turnaqator navbatlar bo’lardi. Kechagi do’konda ham shunga o’xshash yozuv, qayerga bormay Toshkentni yodga solayabdi. Shunung uchun ham Daejeon shahrida da uzoq yashayotgan bo’lsam kerak. Kuningiz hayrli o’tsin! @Elyorbilan

  • 8 авг.4 071165

    Aslida PR F5 vizasiga kimlar tezroq yetib boradi? Yuqoridagi postda bir kishi F2 vizasi 2031 yilgacha borligini ammo F5 ga shartlari mos kelsayu topshirish qanchalik kerak? 2031 kutib keyin topshiraymi degan savol bergan. Aslida qarasangiz 2031 yilgacha cho’za olgan odam background ancha kuchli bo’ladi. Academic yoki Income katta. Demoqchimanki, men aynan mana shu vizani “ovolishim” kerak deb harakat qilsangiz keyinchi keyin? Ancha havotirli yetib borishingiz mumkin. Shunchaki yo’nalishingizda tajriba ortirib, ishda kerakli xodim bo’lsangiz menimcha bemalol F2 bo’ladimi, kerak bo’lsa F5 ga ham topshirish sizda qiyinchilik tug’dirmaydi. Menda ham F2-7 bir necha yil muddati bor edi ammo vaziyat bo’lganini sezib sekin F5 ga o’tib qo’ya qoldim. Menga F5 kerakligini aynan 2 ta sababi bor edi. AI boom bo’layotgan Koreyada GNI borgan sari oshib boradi va siz keyinchalik shu GNI bilan hisob qiladigan paytingiz keladi. Bir necha yilni taxmin qilib, vaziyat tug’ilishi bilan PR ga o’tib olishingizni tavsiya qilaman. Bizga o’xshash 30 ga bormaganlar hammasi ham GNI dan oshiq topavermaydi. Hatto Koreyslarning o’zi ham. @Elyorbilan

  • 25 июл.1 23235

    https://share.google/sb9Z8b4mQB5oAbuzZ

  • 25 июл.1 027из mansurbek_blog

    https://share.google/sb9Z8b4mQB5oAbuzZ

  • 23 июл.1 757297

    Kuni kecha bir ukamiz yozib qoldi. O'qib, rostini aytsam, ancha o'ylanib qoldim.Biroz ichim o'g'ridi...😑Ushbu postni farzandi Koreyada o'qiyotgan hamma Ota-onalar o'qisin,ulashib qo'yinglar.. Murojaat shunday boshlandi: "Aka, honadoshimning uyidagilar bilan…

  • 23 июл.531113из ganiev_tarjimon

    Kuni kecha bir ukamiz yozib qoldi. O'qib, rostini aytsam, ancha o'ylanib qoldim.Biroz ichim o'g'ridi...😑Ushbu postni farzandi Koreyada o'qiyotgan hamma Ota-onalar o'qisin,ulashib qo'yinglar.. Murojaat shunday boshlandi: "Aka, honadoshimning uyidagilar bilan anchadan beri munosabati yaxshi emas. Sababi hammamizga tanish gap: 'Qo'shnining o'g'li sendan ko'p pul jo'natyapti.' Lekin bu bola bekorchi emas. Koreyaga kelganiga hali ikki yil ham bo'lgani yo'q. Bakalavrda haftasiga 5 kun o'qiydi, TOPIK 6 olgan, juda bilimli. O'qishga ishtiyoqi juda baland. O'zi ham aytardi: 'Men ertalabdan kechgacha boshqa shaharlarga qatnab o'qidim, qiynaldim, faqat kelajagim uchun.' Bir kuni menga shunday dedi: 'Agar boshidan "Sen o'qima, ishlashing kerak" deyishganida, balki boshqa yo'lni tanlardim. Lekin endi o'qishning oxiriga kelganda meni zavodda ishlayotgan odam bilan solishtirishyapti. Uning oyligini misol qilishyapti. Men ham ota-onam yaxshi yashasin deb o'qiyapman-ku. Ozgina sabr qilishsa bo'lmaydimi?' Kecha undan: 'Uyidagilar bilan yarashdingmi?' deb so'radim. Javobi og'ir bo'ldi. "Hamma bilan aloqani uzdim. Telefonimni ham o'chirib qo'ydim."😑 Shu joyida ota-onalarga ham bir gapni aytish kerak: Farzandingiz bankomat emas. Har oy pul jo'natadigan apparat ham emas. Siz uni Koreyaga bilim olib, kelajagini qursin deb yubordingizmi yoki faqat pul mashinasi bo'lib qolsin debmi? Har safar "Qo'shnining o'g'li..." degan gapni aytaverish bilan farzandingizning ruhiyatini sindirayotganingizni balki sezmayotgandirsiz. Bir marta ham: "O'qishing qalay?" "Sog'lig'ing yaxshimi?" "Qiynalmayapsanmi?" "Senga qanday yordam bera olamiz?" deb so'rab ko'rganmisiz? Afsuski, ba'zi ota-onalar farzandining diplomi tayyor bo'lishini kutmaydi, mevasi pishishini kutmaydi, daraxtni ildiz otmasidan turib meva talab qiladi. Keyin esa nega farzand uzoqlashib qoldi, nega telefon ko'tarmayapti, nega gaplashmay qo'ydi deb hayron bo'lishadi. Hurmatli ota-onalar, iltimos, farzandingizni qo'shnining o'g'li bilan emas, kechagi o'zi bilan solishtiring.Kimdir zavodda ishlab bugun ko'proq topayotgandir. Kimdir esa o'qib, ertaga undan bir necha barobar ko'proq qiymat yaratadi. Har kimning vaqti har xil.Yana bir narsani unutmang.Bugun siz "Pul jo'nat" deb bosim qilayotgan farzandingiz, ertaga o'qishini tashlab, orzusidan voz kechsa, bundan eng katta zararni nafaqat u, balki butun oila ko'radi. Ba'zan 3–4 yil sabr qilish, 30 yil natija beradi.Bosim esa ba'zida bitta telefonni emas, ota-ona bilan farzand o'rtasidagi mehrni ham butunlay o'chirib qo'yadi.

  • Kitobni o’qib Toshkentim yodimga tushdi. Biz ham yoshlikda maktabdan keliboq, ko’chaga yugurar edik. Haqiqatda 2 ta toshdan darvoza yasab to’pi bor do’stimizni chaqirardik va futbolni boshlardik. Kech kirib kelinlar shlankada yoki chelakda suv sepishga tushushar va bizni o’yinni ham beliga tepishar edi. Onam suv sepganlaridan keyin keladigan yer hidini kayfi boshqacha edi. Ajoyib xotiralarni yodga soldi. Fayziobod mahallasi 8-tor ko’cha. @Elyorbilan

  • видео или голосовое, без подписи

  • Yashavor Ispaniya! Ispaniya 2026 yil Jahon chempioniga aylandi! Haftani ko’taringki kayfiyat ila boshlamoqdamiz azizlar 😎

  • 15 июл.1 29995

    Yodingizda bo’lsa immigrantlar bo’yicha statsitikadan ma’lumotlar ulashib turardim. Ma’lumotlarning bir qismini Ahrorjon aka qilgan so’rovnomalar natijasidan olardim. Aka yana O’zbekistonliklar ishtirokida so’rovnoma qilayotgan ekanlar. So’rovnomani to’ldirayotib, men o’zi qanday edimku?.. hozir qanday ahvoldaman - degan savolni berasiz yakunda. Tavsiya qilaman! #ilmniqollaymiz ⚡️ Ilmiy tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shing! Sizni "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi keng ko‘lamli ilmiy so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. 🕒 So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar anonim tarzda yig‘iladi va faqat ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi. 🎁 Rag‘batlantirish So‘rovnomani yakunlagach, uning oxirida berilgan Telegram guruhiga qo‘shiling va so‘rovnoma muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi skrinshotni guruhga yuboring. Tadqiqot yakunida barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 15 nafar g‘olib aniqlanadi. 🏆 Sovg‘alar: 1️⃣ 📚📖Eng omadli dastlabki uch ishtirokchi uchun "Mutolaa" loyihasining 6 oylik Premium obunasi, yoki 💰💳 uning qiymatiga teng pul mukofoti (g‘olibning tanloviga ko‘ra) 2️⃣ Qolgan yana 12 nafar ishtirokchi uchun esa Mutolaa Premium ning bir oylik obunasi yoki uning qiymatiga teng pul mukofoti 🙏 Ilmiy tadqiqotimizni qo‘llab-quvvatlab, uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizdan umidvormiz. Shuningdek, ushbu so‘rovnomani yaqinlaringiz va hamkasblaringiz bilan ulashsangiz, tadqiqot sifatini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz. ✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6

  • 7 июл.1 107156из azikblog

    Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar. Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim. 1. Ishga biroz ertaroq boring Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali. 2. Salomlashishni unutmang Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish. Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying. 3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing Kim qaysi bo‘limda ishlaydi? Kim sizning bevosita rahbaringiz? Kim bilan ko‘proq ishlaysiz? Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar? Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin. 4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi: Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda? Suv, choy, kofe qayerdan olinadi? Kofe mashina qanday ishlaydi? Tushlikni qayerda qilish mumkin? Printer qayerda va qanday ishlatiladi? Wi-Fi paroli qayerdan olinadi? Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi. 5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin. Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman. Qaysi meeting room qayerda joylashgan? Ularni qanday band qilish kerak? Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun? 6. Ichki tizimlarni o‘rganing Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi. Ichki chat qaysi platformada yuritiladi? Email imzosi qanday bo‘lishi kerak? Hujjatlar qayerga yuklanadi? Tasklar qaysi platformada beriladi? Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi. 7. Ko‘p savol bering Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang. Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir. Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

  • 29 июн.1 412177из koreyadagihayot

    Бугун эрталаб ўғлимни мактабга кузатиб қўяётиб, унинг корейс синфдош дўстини учратиб қолдик. Бирга кетаётганимизда, орқамиздан ўша боланинг онасининг баланд овози эшитилди: "Ўғлим! Мактабдан кейин тўғри хагвон (хусусий курс)га борасан! Инглиз тили, санъат, кейин математика, хўпми?! Нега индамайсан, эшитдингми гапимни?!" Тиғиз режалардан чарчаган ҳалиги бола йўлда бизга ҳасрат қилиб қолди: Корейс бола: "Менинг ойим доим шунақа... Тўхтовсиз ўқиш, ўқиш деб жаврайверадилар." Мен: "Ундай эмас, ҳамма оналар хавотир олганидан шундай қилишади, хафа бўлма." Шунда ўғлим дўстига қараб: Ўғлим корейс дустига: "Сенинг ойинг ўқишга эътибор бераркан, лекин менинг ойим кўпроқ одоб-ахлоқли бўлишни ўргатади," — деди. Бу гапни эшитган корейс боланинг кўзлари чақнаб кетдиб: "Вой... Мен ҳам Ўзбекистонга бориб, ўша ерда ўқимоқчиман!" Кулиб юборишимга оз қолганди, лекин ўғлим вазиятга жиддий нуқта қўйди: Ўғлим: "Лекин... бизнинг Ўзбекистонда ўқитувчилар ўқувчиларни уришади!" Мен шошиб: "Йўқ, ҳозир ундай эмас, у эски гаплар!" — деб суҳбатни якунладим. Суҳбатдан кейинги ўйлар... Болаларнинг гапи беғуборлик билан тугади-ю, лекин ҳалиги корейс боланинг "Ўзбекистонда ўқимоқчиман" дегани чуқур уйлантирди. Эрталабдан кечгача тинимсиз ўқиш ва кушимча мактабдан кейинги курслар (ҳагвон) босими болани шунчалик чарчатганки, у ҳатто "ўқитувчиси уриши мумкин бўлган" юртга ҳам кетишга рози 😊 Канал қизиқ бўлса обуна бўлинг☺️ https://t.me/koreyadagihayot

  • 26 июн.1 400701

    Ishxonamdagi Team leader ni kuzatdik. Qachondir bu kun kelishini taxmin qilayotgan edimku ammo kutayotganimdan tezroq sodir bo’ldi. Men naqd 3 yil birga ishlagan, team boshlig’i boshqa Kompaniyaga ketdi va bugun oxirgi ish kuni edi. Uzunroq bo’ladiyu ammo o’qiganingizga afsuslanmaysiz degan ummidaman. U inson uchun alohida post yozishim zarur edi. - Ba’zida Koreyslar haqida, madaniyati haqida postlar yozardim. 90% ma’lumotlarni shu kishidan o’rganganman va sizlarga ham ulashgandim. - 46 yoshli aka ishxonamizda 17 yil ishladi. Men bilan esa 3 yil. Avval boshqa boshliq bilan 9 oy ishlagan bo’lsa hozirgisi bilan uzoqroq ishladim va farqlarini ochiq aytmoqchiman. - 사회생활 ni yaxshi qila olmas edi, shunga Kompaniyadagilar bilan unchalik ham yaqin emasdi. Ko’pchilik uni mensimasdi ham. Ammo o’z ishining ustasi, juda professional odam edi. - U veterinar va marketing sohasida ham magistr darajasini olgan odam bo’lib, haligacha o’rganishdan charchamasdi. - Meni ilk rasmiy ishxonam bo’lgani, va ishga moslashishimda asosiy ko’makchi shu kishi bo’ldi. Kerak bo’lsa bog’cha bolasiga tushuntirgandek o’rgatdi. Koreyslardan ko’proq ish olganimda ham chet ellik eplay olmasa kerak deyishganda, ishonib ishni menga topshirdi va birga ko’maklashdi. Hozirda o’zimdan ancha uzoq ishlagan Koreyslardan ko’ra ancha natijali ish ko’rsatayabman. Albatta maosh ham shunga yarasha. Bugungi rasmiy “report” da ham eng yaxshi taqdimot qilgan kishi men bo’ldim, 7 kishini ichidan. Albatta bu darajaga yetishishimda shu kishini ham o’rni bo’lakcha. Bugun xayrlashayotib, Elyor shuncha o’rgatganlarimni o’z ishingda qo’llaganing uchun rahmat. Ishim natijasini senda ko’rib juda xursand bo’lib, rozi bo’lib ketayabman deb aytdi. - Hozir nisbatan yuqori lavozimga o’xshash Kompaniyaga ketayabdi. Ketishini aytgan kuniyoq, menga qarab - Elyor agar ishxonadan qachondir ketish fikring bo’lsa o’zimga ayt. Seni o’zimni Kompaniyamga olib ketaman. Seulda yashash Tejondan qiziqroq bo’lsa keraga? deb ancha ishi haqida gaplashdim. - Hozirgacha chet elliklarni va Musulmonlarni shu kishichalik hurmat qilib, teng ko’radigan Koreys uchratmagandim. Kerak bo’lganida tanqid ham qilib, kamchiliklarimni o’zimga yolg’iz aytardi. Birga juda ko’p chet el safarlariga chiqdik va meni Musulmon Davlatlarda umuman uyaltirib yoki hijolat qiladigan ishlar qilgani yo’q. - Biz huddi bir davrda yashagandek odamlar edik. U yoshligidagi holatlarni aytsa meni yoshligimdagi holatlar bilan mos tushardi. O’shandagina Koreya va O’zbekistonim o’rtasida taxminan 20-30 yil farq borligini sezardim. Shu sabab bo’lsa kerak biz huddi sheriklardek ishladik. - Menimcha men u kishidan ko’p o’rgana olishimni yagona sababi - men hali bu sohada yangiman va o’rganishim kerak degan “mind” bo’lganidir. Agar ego kuchlilik qilib ha o’zim bilaman deganimda allaqachon orqaga qarab sho’ng’igan bo’lardim. Aynan shu “fikrlashim” ni u ham ta’kidlab, birga ishlash juda qiziq va yangi din, madaniyatni o’rgana olganini minnatdor bo’lib aytdi. - Qachon yana shunday hamkasb bilan ishlayman bilmadimu ammo men ko’p narsa o’rganganimda ancha rozi bo’lganimni bugun tushunib yetdim. So’zim yakunida: o’tkazgan 3 yilimga qayta ko’z yugurtirar ekanman, siz bilan ishlaydigan odamlarning sizga ta’siri qay darajada bo’lishini real misollar bilan keltirganimdan xursand bo’ldim. @Elyorbilan #ishatmosferasi

  • 25 июн.1 247311

    참 이제 잘수 있을까… ⚽️ Ertalabdan, 5 - 0 에 졌네 우즈벡 deb kutib oladi Koreyslar endi:) 연차 ham deyarli qolmagan ishlataman desam 🥲

  • 23 июн.1 223344

    참 이제 잘수 있을까… ⚽️ Ertalabdan, 5 - 0 에 졌네 우즈벡 deb kutib oladi Koreyslar endi:) 연차 ham deyarli qolmagan ishlataman desam 🥲

  • видео или голосовое, без подписи

  • 22 июн.1 49131

    Xursandchilik davom etayabdi Vietnamdan kelgan Yuna, men ko’p ichadigan AA ga moslab kofe olib kelibdi. Heesop brat esa, mana shu suvni olib keldim senga deb - menimcha meni sovg’am eng yaxshisi bo’lsa keraga deb qo’ydi oxirida🥲 *Heesop aka, men ishga kelishimdan avval Musulmon Davlatlarga mas’ul bo’lgan. Hatto Itewondagi Markaziy Masjidga borib malaka ham oshirgan. (Halal product va Islam religion) o’rganish bo’yicha. Ko’pchilik nega ishingizni 4 yildan beri almashtirmaysiz deb so’rasa, hech ikkilanmay, qiziqgan soham va atrofdagi odamlar deb hotirjam ayta olaman. Zam Zam ichmaganimga ham ancha bo’lgandi, oxirgi marta Salom Koreya admini Jamshiddin aka shu suv bilan siylagandilar. @Elyorbilan

  • 22 июн.1 2212

    видео или голосовое, без подписи

  • 22 июн.1 289452

    Ishxonada 2 haftacha bo’lmadim. Shu vaqt davomida hamkasb(a)lar Malayziya, Vietnam, Misr, BAA va Jazoirda bo’lib kelishdi. Ish stolim ustida u yerdan kelgan shirinliklar turgan ekan. Kichik yozuvda esa “Elyor hammasida halol stikker bor, ataylab tekshirib oldim” kabi yozuvlar ham bor ekan. Yangi haftani o’zgacha kayfiyat bilan boshlayabman.

Elga yor (Elyor) — tgindex