tgindex
Azik 🧑🏻‍💻

Azik 🧑🏻‍💻

Статистика
@azikblogузбекский

Ish joyingizni emas, ishingizni seving. 📚 O’rganaman 📝 Qayd qilaman ♻️ Takrorlayman ✏️ Tahrirlayman 🔗 Ulashaman Shaxsiy: @Rashidov97

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
468
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
601
23 постов
Вовлечённость
128,4%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 23
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
196
1/48двое суток
224
1/72трое суток
242

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.90163из Elyorbilan

    Inson qiyinchilikda toblanadi. Bir necha yil kuzatganlarim natijasini yozmoqchiman. 📝 Tasavvur qiling O’zbek Talaba Koreyaga keldi. Butun hayoti oldida, va uning Koreyadagi taqdiri asosan shu boshidagi 3-5 yilga bog’liq bo’ladi. 2 ta yo’ldan birini tanlash kerak odatda. 1 - Yo’l. O’qish davomida Koreys tili darajasini olish, KIIP ni olish, Volontyorlik qilish, o’z mutahasisligi bo’yicha izlanish va kerak bo’lsa tunda uhlamay shug’ullanish. Amaliyot o’tab keraklicha “background” tayyorlash. Agar moddiy ta’minoti yoki stipendiya bo’lmasa, ta’til vaqti yoki shu shanba yakshanba ishlab, yashashi va kontrakti uchun pul topish. Pul topildi deganda chet elga sayohat yoki “Instagram” bop joylarga boravermay o’ziga ozgina investitsiya qilish. Yoki qarz bilan kelgan bo’lsa avval qarzni uzish. (Borsin, ammo trendga ergashib ketmasin). O’qish vaqti kerak bo’lsa SNS lardan cheklansin. Mana shu uning kelajakdagi karyerasi poydevoriga aylanadi. 2 - Yo’l Koreyaga kelishi bilan, qanday fanlar o’qishiga ham qiziqmay, darslariga ham birovlarning yordami bilan registratsiya qilish. Dam vaqti “Tekpe” “alba” yoki “pedal” ga chiqib boshidagi 100$ dollarga qiziqib asosiy fokusni shu moddiyatga qaratib qo’yish. Boshqalarning nazdida (kerak bo’lsa o’zining nazdida ham), o’qish va ishni bir ma’romda olib ketayotgandek tuyilish. Ammo o’qish yakuniga kelgach, qaysi vizaga o’tish, endi qanday ish topish o’ylariga shong’iydi kishi. Tog’ri D10 payti ozgina “soqqa” qilib, mashina yoki kichik uy ham olish mumkindir. Ammo u viza ham yakunlangach O’zbekistonga qaytishga tog’ri keladi yoki master, PhD uchun hujjat topshiriladi. Aslida vizani cho’zishga urinish ekanligini deyarli hamma biladi. Jismoniy og’ir mehnatning oxiri yo’q, va uni ko’pchilik qadrlamaydi ham. 30-40 yoshdan o’tarsiz, kuchdan qolganingizda boshqa unday pul topish mumkin emasligini sezasiz. So’ngra, eh o’sha payt “ul bul” narsa qilib olsam bo’larkan deb afsus chekasiz. Xulosa: Ikkala yo’lda ham qiynalarsiz, ammo 1 - yo’lda qiyinchilik ketidan “doimiy” o’sish keladi. 2 chisida esa o’sayotgandek tuyulib keyin qulash ehtimoli yuqori. Agar ishga olib kirib qo’yadigan kurslar, mentorlarga ishonib qolsangiz keyini sal qiyin bo’ladi:) Ishga kirgandan keyin eplab ketish Koreyslardan ko’ra bizga qiyin. Bu jarayonda esa mentorni emas sizning qobiliyatingiz kerak bo’ladi. Bu qobiliyat, ko’nikmalar esa 1-2 oy ichida emas yillar davomida shakillanadi. Biroz achitib yozgan bo’lishim mumkin, nima qilay haqiqat o’zi shunaqa “shirin paxta” emas. Hurmat bilan, @Elyorbilan

  • Yaxshi suhbat bo'libdi. “Hech kim sizga shunchaki hech narsa qilib bermaydi. Hamma narsaning to‘lovi bo‘ladi. Yo pul bilan, yo sog‘liq bilan, yo umr bilan to‘lanadi. Insonga biror narsa kerak bo‘lsa, o‘zi harakat qilib, o‘zi to‘lovini to‘lab harakat qilsa, maqsadiga tezroq yetadi. Boshqalardan kutganingiz sari, o‘sha odam bilan munosabatingiz tezroq buziladi.” https://youtu.be/2aucTsOIjrs?si=AGa5kjavRgDmSxyL

  • Seul hokimiyati 19-29 yoshdagi 500 ming nafar yoshlar uchun "AI vaucheri" dasturiga 5.6 milliard von ajratmoqda. Ushbu loyiha doirasida oyiga taxminan 29,000 von turadigan ChatGPT Plus va Gemini Pro obunalari yoshlarga bepul taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shahar hokimiyati OpenAI va Google bilan muzokara olib borib, bir kishi uchun oylik to'lovni 3,700 vongacha tushirmoqchi. Loyiha hozircha tasdiqlash va shartnoma tuzish bosqichida turibdi. Shunday yangiliklarni ko'rsam xuddi sizlardek meni ham bir savol qiynayveradi. Biz chet elliklargachi? 😅 Biz ham foydalana olamizmi yoki doimgidek "외국인이 사용할 수 없습니다" chiqarmikan. Yosh 30 ga kirguncha imkoniyatdan foydalanib olaylik deymanda :)

  • без подписи

  • 5 авг.339171

    Ishxonada zerikarli PPT chizmalari o'rniga Excalidraw saytini taklif qilganimdan keyin, ayrim sheriklarim faol foydalana boshlashdi. Lekin aniq shablondan foydalanish kerak deb, hali ham ishlatmaydiganlar bor. 2021-yilda ChatGPT hali endigina chiqqan paytda, oldingi ishxonamda bu haqda gapirganimda ustimdan kulishgan edi. "Bunga ishonma, bu bilim seniki emas, hammasi ishonchsiz" deb. Oradan bir necha oy o'tib, o'zlari ChatGPT dan matn olib, ctrl+C ctrl+V bilan PPT tayyorlab boshlashdi. Matndagi "—" kabi beso'naqay belgilar sotib qo'yardi. Texnologiya doim shunday. Avval rad etiladi, keyin sezdirmasdan hayotning bir qismiga aylanadi. Katta tajriba har doim ham foydali emas , tajriba ko'pligiga ishonish ba'zan o'zgarishdan qochishga ham olib kelishi mumkin.

  • Info qallob ❌ AI qallob ✅ https://t.me/mansurbek_blog/365

  • Koreya hukumati hududlardagi "Chet elliklar bilan aloqa" bo'limi xodimlari orqali muammolar va takliflarni o'rganmoqda

  • Bilib qo'ysangiz zarar qilmaydigan terminlar. ASAP (As Soon As Possible) - Imkon qadar tez. FYI (For Your Information) - Ma'lumot uchun. RE (Reply) - Javob xati. FW / FWD (Forward) - Xatni boshqa odamga yuborish. TO - Asosiy qabul qiluvchi. CC (Carbon Copy) - email ostiga qo'shilgan qabul qiluvchi. ETA (Estimated Time of Arrival) - Taxminiy tugash vaqti. EOD (End Of Day) - Ish kuni oxirigacha MVP (Minimum Viable Product) - Mahsulotning minimal ishlaydigan versiyasi. BP (Best Practice) - Eng yaxshi amaliyot. Boshqalarga namuna bo'ladigan muvaffaqiyatli ish usuli. CS (Customer Service) - Mijozlarga xizmat ko'rsatish. KPI (Key Performance Indicator) - Asosiy samaradorlik ko'rsatkichi. Xodim yoki jamoa natijasini baholash mezoni. PM (Project Manager) - Loyiha menejeri yoki qaysi sohaga ishlatilishiga qarab Product Manager PoC (Proof of Concept) - Rejaning amalda ishlashini ko'rsatadigan sinov loyihasi. AS-IS - Hozirgi holat (mavjud jarayon yoki tizim). TO-BE - Kelajakdagi maqsadli holat (o'zgartirilgan yoki yaxshilangan jarayon). Postni saqlab qo'ying va Koreyadagi tanishlaringiz bilan ulashing. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

  • AI kompaniyalari endi eski bosma kitoblarni ommaviy sotib olib, sahifalarini kesib skaner qilmoqda. Raqamlashtirilgan matnlar AI modellarini o'qitishda ishlatiladi. Buning sababi esa 2022-yilgacha chop etilgan kitoblar AI yaratgan sohta matnlar aralashmagan, "toza" trening ma'lumoti hisoblanadi. Ayrim kitob sotuvchilari AI kompaniyalariga minglab, hatto millionlab kitoblarni yetkazib bermoqda.

  • 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi. Koreya hukumati hududlardagi "Chet elliklar bilan aloqa" bo'limi xodimlari orqali muammolar va takliflarni o'rganmoqda. Shu jarayonda O'zbekiston fuqarolarining fikrlari ham to'planmoqda. Sizningcha, Koreya hukumati va davlat idoralari darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan muammo va masalalar bo'lsa, ularni quyidagi so'rovnomada yozib qoldiring. https://t.me/salomkorea/926

  • Kofe ichma sog'liqqa zarar deydigan "dushmanlarim" uchun https://t.me/ikboljonsobirov/841

  • Koreya siyosatini kuzatish qiziq. Demokratik partiya (더불어민주당) raisligiga qayta nomzodligini qoʻygan Jeong Cheong-rae (정청래) kecha YouTube jonli efirida saylov kampaniyasi uchun 20 million von homiylik yetishmayotganini aytgandi. Oradan bir kecha o’tmay esa 380 million von (tahminan 275 000$) kelib tushganini, kerakli mablag’dan 360 million von ortiqcha yig’ilganini va uni qaytarishga to’g’ri kelayotganini yozibdi. Buyerda siyosatchilarga nisbatan xalqning ishonchi yuqori. Shu bilan birga, siyosatchilar ham xalq ishonchini oqlash va ular manfaati uchun ishlashga harakat qilishi bu ishonchning saqlanishiga xizmat qiladi.

  • 15 июл.1 17610

    без подписи

  • 15 июл.1 43210

    без подписи

  • 15 июл.1 40510

    без подписи

  • 15 июл.1 13310

    без подписи

  • 15 июл.1 05610

    без подписи

  • #퇴사_꿀팁 Ishdan bo'shash uchun eng qulay vaqtlar. Quyidagi vaqtlarda ishdan boʻshsasj sizga ko'proq foyda keltirishi mumkin: ✅ Aprel oyida–> 퇴직금 (ishdan bo'shash puli) hisobida foydaliroq bo'lishi mumkin. ✅ 2-yanvardan keyin –> Ba'zi kompaniyalarda yangi yillik ta'tillar (연차) beriladi. Ularni ishlatish yoki kompensatsiyasini olish imkoniyati bo'ladi. ✅ 1 yil + 1 oy ishlagandan keyin –> Qo'shimcha 15 kunlik yillik ta'til huquqi paydo bo'ladi. Ishlatmasangiz, puli to'lanishi mumkin. ✅ 9-oktyabrdan keyin –> Bayram va ta'tillarni ulab, ko'proq dam olib keyin ishdan bo'shash mumkin. ✅ Dushanba kuni bo'shash –> Ayrim hollarda hafta oxiri bilan bog'liq to'lovlarni ham olish imkoniyati bo'ladi. ✅ Maosh oshirilganidan 4 oy o'tgach –> Yuqori maosh asosida 퇴직금 hisoblanishi mumkin. Albatta bular umumiy tavsiyalar. Yakuniy natija kompaniyangizning ichki qoidalari, mehnat shartnomasi va Koreya mehnat qonunchiligiga bog'liq. Postni saqlab qo'ying va Koreyadagi tanishlaringiz bilan ulashing. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

  • 15 июл.286102из ikboljonsobirov

    Inson qiziq Insoniyat o‘z aqli va kuchiga ko‘pincha keragidan ortiq baho beradi. Go‘yoki ko‘p narsani tushunib bo‘lgandek gapiramiz. Vaholanki, eng oddiy va doimiy hodisalarning o‘zini ham haligacha to‘liqligicha anglaganimiz yo‘q. Masalan, tush ko‘ramiz. Inson paydo bo‘lganidan beri bo‘ladigan hodisa. To‘g‘ri, bugun miyamizning qaysi qismlari ishlashini kuzata olamiz va neyronlarning faolligini ko‘ra olamiz. Lekin nega aynan o‘sha tushni ko‘rdik? Nega aynan o‘sha voqealarni boshdan kechirdik? Bunga hali ham yakuniy javob yo‘q. Yana bir misol. Uch o‘lchamdan (3D) yuqorisini chin ma’noda tasavvur qila olmaymiz. Matematikada yoki fizikada bemalol 4, 5 yoki undan ham ko‘p o‘lchamlar bilan ishlaymiz. Hisoblaymiz, formulalar yozamiz. Lekin miyamiz ularni haqiqiy fazo sifatida tasavvur qilishga borganda ojiz qoladi. Cheksizlik tushunchasi ham shunday. Ba’zi cheksizliklar boshqalaridan kattaroq? Cheksiz ko‘p hadlardan iborat yig‘indi tugallangan songa teng bo‘lishi mumkin. Matematik jihatdan bularni hisoblay olamiz. Lekin intuitiv holda anglash haligacha oson emas. Yana oddiy ko‘rinadigan 0 tushunchasini olaylik. Bugungi matematikada 0ga bo‘lish mumkin emas. Buning o‘ziga yarasha mantiqiy sabablari bor. Lekin bu hozirgi matematik model ichidagi javob. Tarixga qarasak, insoniyat bir paytlar 0ning o‘zini ham tushunmagan. Balki keyinchalik bugungi aksiomalarimiz ham yanada chuqurroq nazariyaning kichik bir qismi bo‘lib chiqishi mumkin. Bugun aniq haqiqat deb bilayotgan narsalarimiz ertaga boshqacha talqin qilinishi ehtimoldan xoli emas. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Gap ilm-fan ishlamayapti degan ma’noda emas. Balki, ilm-fan biz yaratgan eng kuchli vositalardan biri. U ishlaydi, natija beradi, taraqqiyotga olib keladi. Lekin modelning ishlashi uni borliqning yakuniy izohi ekanini anglatmaydi. Shunga qaramay, insoniyat ko‘pincha o‘zini taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandek tutadi. Biz tarixdagi eng rivojlangan davrda yashayotgan mavjudotmiz deb da’vo qiladi. Qanchalar kuchsiz va ilmsiz ekanini tan olgisi kelmaydi. Tarix bizga bir narsani qayta-qayta ko‘rsatgan. Kecha mutlaq haqiqat deb hisoblangan tushunchalar bugun yangilanmoqda. Va bugun mutlaq haqiqat deb bilayotgan narsalarimiz ham ertaga shunday bo‘ladi. Mashhur gapga ko‘ra: Shunday narsalar borki, ularni bilamiz. (Known Knowns) Shunday narsalar borki, ularni bilmasligimizni bilamiz. (Known Unknowns) Shunday narsalar borki, ularni bilishimizni bilmaymiz. (Unknown Knowns) Va shunday narsalar borki, ularni bilmasligimizni ham bilmaymiz. (Unknown Unknowns) Balki insonning eng katta kuchi hamma narsani bilishida emas, hali bilmaydiganlari juda ko‘pligini tan ola bilishidadir?!

  • Har bir davrning "endi kamroq ishlaymiz" degan o'z va'dasi bo'ladi. Oldinlari dehqonchilik shunday va'da bergan. Keyingi kelgan sanoat inqiloblari ham. Bugunga kelib AI ham shunga o'xshash. Lekin tarix shuni ko'rsatadiki, ko'pincha ish qisqarmaydi, aksincha ishlaydigan vaqtimiz ko'payib boraveradi.