Libnurobod rasmiy kanal
СтатистикаNurobod tuman axborot-kutubxona markazi 📰 Yangiliklar 🎤 Tadbirlar 🌏 https://taplink.cc/libnurobod @LibNurobod
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 65
- Всего постов
- 178
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 37
- 1/48двое суток
- 42
- 1/72трое суток
- 45
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu alaykum! Boshlagan kuningiz muborak boʻlsin.
без подписи
OʻLKAMIZNI OʻRGANAMIZ! 🎶 SO‘ZGA OHANG, OHANGGA JON BERGAN OVOZ! Nurobodlik baxshi-shoir Shavkat Bobomurod ijrosidagi dilbar kuyni e’tiboringizga havola etamiz. Baxshining jo‘shqin va o‘ziga xos ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqda milliy ruh, xalqona ohang va samimiyat uyg‘unlashgan. Har bir misra — qalbga yaqin, har bir ohang — ko‘ngilga tanish. 🎤 Baxshi kuylaganda, ajdodlardan meros san’at yana bir bor tiriladi... Marhamat, tinglang va milliy ohang tarovatidan bahramand bo‘ling! 🎶📖 ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
OʻLKAMIZNI OʻRGANAMIZ! 🎶📖 KITOBDAN BOSHLANGAN SUHBAT — DILDA QOLGAN UCHRASHUV! Nurobod tuman Axborot-kutubxona markazida Bibliografiya xizmati tomonidan "Oʻlkamizni oʻrganamiz!" loyihasi doirasida Hasan Hoji Aliyev va Shavkat Bobomurodning "Usta doʻstyor shoir" doston kitobi asosida o‘tkazilgan taqdimot odatdagi tadbirlardan farqli ravishda samimiy suhbat, qiziqarli savollar va bahs-munozaralarga boy kechdi. Tadbirda ijodkorning o‘zi hamda o‘g‘li Muhammad ishtirok etib, kitobxonlar bilan ochiq muloqot qildilar. Ayniqsa, kitobxonlarning kutilmagan va mazmunli savollari davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Savol-javoblar davomida turli fikrlar o‘rtaga tashlanib, qizg‘in bahs-munozaralar yuzaga keldi. 🎤 Ota va o‘g‘ilning ijodiy hamohangligi, kitobxonlarning faol ishtiroki tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Axborot bibliografiya xizmati ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
без подписи
#Kitobxon_onalar_kuni 2026-yil 14-avgust kuni Nurobod tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan "Ona mutolaasi – farzand tarbiyasining poydevori" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida farzand tarbiyasida kitobning o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, bolalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar, kitobxonlikning inson kamolotidagi ahamiyati hamda farzandlarga kitobga mehr uyg‘otish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
без подписи
без подписи
без подписи
#Kitob_haqida_qiziqarli_faktlar Nashr etilgan eng qalin kitob “Mukammal Miss Marple” kitobi chop etilgan eng qalin kitobdir. U 12,67dyum kengligida va 4,032 sahifadan tashkil topgan. Bu kitobini yozuvchi Agatha Christie Miss Marple ismli ayolga bag’ishlab yozgan. Kitob 20 ta qisqa hikoya va 12 ta sirli roman to‘plamidan tashkil topgan. 📚Eng qimmat kitob Dunyodagi eng qimmat kitobning ilk nusxasi 1640-yilda Massachusets shtatining Cambridge shahrida chop etilgan «Bay Psalm Book» kitobidir.Ushbu kitob Yangi Dunyo dagi matbuotda chop etilgan birinchi kitoblardan biri bo‘lib, Nyu-Yorkdagi 2013-yilgi kim oshdi savdosida 14,165 ming dollarga sotildi. 📗Dunyoda eng yaxshi sotilgan kitob Dunyo bo’yicha hozirgacha eng ko’p o’qilgan va eng yaxshi sotilgan kitob bu — Injil (Xristianlarning muqaddas kitobi) dir. ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
#Kitob_haqida_qiziqarli_faktlar 📌“Google” tadqiqotlariga ko‘ra, dunyoda taxminan 140 million nomdagi kitob mavjud. Mazkur ma’lumotlarda qayd etilishicha, dunyodagi eng og‘ir kitob London muzeyida saqlanadi. “Dunyoning geografik atlasi” deb nomlangan ushbu kitobning balandligi bir metrdan oshiq, og‘irligi esa 320 kilogramm. 📗Dunyodagi eng katta kitob esa “Dengiz qoidalari to‘plami” bo‘lib, uning balandligi o‘rtacha odam bo‘yidan uzun, kengligi bir, qalinligi esa yarim metrdan oshadi. Kitob hozir Amsterdam muzeyida saqlanadi. 📕Dunyoning eng ko‘p adadli kitobi Injil sanaladi. Hozirgacha Injil 6 milliarddan ortiq nusxada chop etilgan. ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
#Kun_tarixi Bugun 14-avgust, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon kaltakesaklar kuni. 🌏Butunjahon xattotlik kuni. 🌏Telegram mesenjerining tug‘ilgan kuni. 🇵🇱Polsha – Energetika sanoati xodimlari kuni. 🇩🇴Dominikan Respublikasi – Muhandislar kuni. #muhim_voqealar 🔹1865 – Sankt-Peterburgda zoologiya bog‘i ochildi. 🔹1888 – Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi. 🔹1936 – Olimpiya o‘yinlarida basketbol birinchi o‘ynaldi. 🔹1947 – Pokiston mustaqil davlat bo‘ldi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Ukraina bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. 🔹2016 – hamyurtlarimizning ikki nafari Rio Olimpiadasida shoxsupaga ko‘tarildi: Hasanboy Do‘stmatov oltin medal, Elmurat Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritdilar. #tavalludlar 🔹1860 – Ernest Seton Tompson – kanadalik yozuvchi va rassom. 🔹1867 – Jon Golsuorsi – ingliz yozuvchisi va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi. 🔹1907 – Mirkarim Osim – yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va madaniyat xodimi. 🔹1930 – Yayra Abdullayeva – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1978 – Sardor Komilov – jurnalist, bloger, rejissyor, “Sayyod” blogi asoschisi va muharriri. ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|