LibUrgut rasmiy kanal
описание
Urgut tuman axborot- kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni ham kuzatib boring 👇 https://taplink.cc/liburgut Bizning manzil: https://maps.app.goo.gl/wDe8dYZcBiMZ5dKs9 Website: www.urgut-takm.uz
2 530
подписчиков
Охват к подписчикам
3,2%
ERR
Реакции к просмотрам
0,29%
22 на 50 постов
Пересылки к просмотрам
1,75%
132
Постов в день
6,4
всего 195
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 14 авг.📚 "Biz — kitobxon oilamiz!" respublika tanlovi Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa an'analarini keng targ'ib etish hamda kitobsevar oilalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Urgut tuman hokimligi tashabbusi bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida "Biz — kitobxon oilamiz!" respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkaziladi. 🗓 Sana: 14-avgust 🕙 Vaqti: soat 10:00 📖 Tanlov uchun tavsiya etilgan asarlar: Abdulla Qodiriy — O'tkan kunlar Cho'lpon — Kecha va kunduz Oybek — Navoiy Asqad Muxtor — Chinor Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar Odil Yoqubov — Ulug'bek xazinasi O'tkir Hoshimov — Bahor qaytmaydi Isajon Sulton — Genetik Rashod Nuri Guntekin — Choliqushi Jyul Vern — O'n besh yoshli kapitan 📍 Manzil: Urgut tumani, Navoiy shoh ko‘chasi, Istirohat bog‘i yonida ✨ Yurtimizdagi barcha kitobxon oilalarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X4,11%
- 14 авг.“BIZ — KITOBXON OILAMIZ!” RESPUBLIKA TANLOVINING URGUT TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va aholi o‘rtasida kitobga mehrni keng targ‘ib etish maqsadida “Biz — kitobxon oilamiz!” respublika tanlovining Urgut tuman bosqichi o‘tkazildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urgut tuman bo‘limi, tuman Mahallalar uyushmasi, Xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Urgut tuman bo‘limi hamda Urgut tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etildi. 🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 I o‘rin — Buloqboshi MFY Yarashevlar oilasi 🥈 II o‘rin — Kamardon MFY Sayfiyevlar oilasi 🥉 III o‘rin — Dehqonobod MFY Xudoynazarovlar oilasi I o‘rinni qo‘lga kiritgan Buloqboshi MFY da istiqomat qiluvchi Yarashevlar oilasiga tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi. 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X3,94%
- 13 авг.Yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🌍✨ Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. 📚💬 📌 Tadbirda: Samarqand viloyat fermerlar kengashi raisi A.Rabbimov ,Urgut tuman hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Ashrapov hamda soha fidoiylari yoshlar bilan muloqot qildi. Axborot asrida milliy o‘zlikni saqlash va kitobxonlikning o‘rni muhokama etildi. 🇺🇿📖 🎙 Urgut tuman axborot-kutubxona markazi direktori Z. Murtazoyeva ochib bergan davra suhbati, samimiy savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy o‘tgan uchrashuv so‘ngida kutubxona fondini boyitish maqsadida 20 dona kitob sovg‘a qilindi.Tashrif buyurganlar kutubxonaning yangi adabiyotlar fondi bilan tanishdi. 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X3,39%
- 14 авг.📚 Yangi nashrlar — ma’naviy xazinaga sayohat “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Zarif so‘z ziyorati” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kabi qimmatli nashrlar bilan yaqindan tanishmoqchimisiz? 🎥 Ushbu videorolik orqali mazkur nashrlarning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos jihatlari va kitobxonlar uchun ahamiyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt2,94%
- 13 авг.Abu Ali ibn Sino — ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk tabib va mutafakkir. Uning hayoti, ilmiy merosi va bebaho hikmatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar joylangan videoni tomosha qiling. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website2,04%
- 14 авг.Haqiqiy kamolot – maqtovlardan emas, tanqidlardan boshlanadi. 🌱 ☝️ Hatto eng adolatsiz haqorat ham ba’zan inson uchun foydali saboq bo‘lishi mumkin. Chunki u bizni bir lahzaga bo‘lsa ham to‘xtatib, o‘zimizga nazar tashlashga majbur qiladi. 🤔 Ko‘pincha maqtov bizni xotirjam qiladi, tanqid esa uyg‘otadi. ⚡ Agar inson o‘ziga samimiy qaray olsa, kamchiliklarini tan olsa va ularni tuzatishga harakat qilsa, har bir tanqid uning o‘sishi uchun yangi imkoniyatga aylanadi. 🚀 O‘ziga nazar solgan inson mukammal emasligini tushunadi. Kamchiliklarini anglagan inson esa o‘sishdan to‘xtamaydi. 📈 Shuning uchun ba’zan bizni ranjitgan so‘zlar ham, agar to‘g‘ri xulosa chiqara olsak, eng qimmat saboqlarga aylanishi mumkin. 💎 Dono inson tanqiddan xafa bo‘lishga emas, undan foyda olishga harakat qiladi. 🧠✨ 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X1,67%
- 12 авг.#bibliografiya_xizmati Kelajak me’morchiligi va ilm-fan maskani — Jo va Rika Mansueto kutubxonasi! 🇺🇸 Asosiy ma'lumotlar: Tashkil etilgan yili: 2011-yil. Joylashuvi: Chikago universiteti, Chikago shahri, AQSh. Nomi: Universitet bitiruvchilari bo'lgan amerikalik milliarder tadbirkor Jo Mansueto va uning rafiqasi Rika Mansueto sharafiga nomlangan. 📚 Noyob xususiyatlari va zamonaviy yechimlar: Ulgurji fond: Kutubxona Chikago universitetining 3,5 million jildli kitoblari va ilmiy manbalarini saqlashga mo'ljallangan ulkan bazadir. Ajoyib me’morchilik: Kutubxonaning asosiy qismi ulkan gumbasimon shisha tom ostida joylashgan bo‘lib, o'quvchilarga tabiiy yorug'lik ostida mutolaa qilish uchun mukammal sharoit yaratadi. Avtomatlashtirilgan saqlash tizimi: Kitoblarning katta qismi yer ostidagi maxsus omborlarda saqlanadi va maxsus robotlashtirilgan tizim yordamida bir necha soniya ichida qidirib topilib, o'quvchilarga yetkazib beriladi. M. Safoyeva Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X1,59%
- 13 авг.#tavsiya 📚 «NOLI MANG» — Jen Sinsero Hayotingizdagi o‘zgarishlar avvalo fikrlashingizdan boshlanadi. Jen Sinseroning «Noli Mang» kitobi insonni o‘z hayotiga boshqacha nigoh bilan qarashga, taqdiridan nolish o‘rniga imkoniyatlarni ko‘rishga va o‘z kelajagi uchun mas’uliyatni qo‘lga olishga undaydi. ✨ Kitobda: — o‘ziga ishonchni oshirish; — fikrlash tarzini o‘zgartirish; — maqsad sari dadil harakat qilish; — moliyaviy va shaxsiy rivojlanish; — hayotdagi imkoniyatlardan unumli foydalanish kabi muhim mavzular yoritiladi. 💫 Taqdiringizdan shikoyat qilishni bas qiling — hayotingizni o‘zgartirishni o‘zingizdan boshlang! 📖 Har bir sahifasi yangi fikr, yangi qarash va yangi qadam uchun ilhom berishi mumkin. Muallif: Jen Sinsero Fondlarni toʻldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati Sh. Baxriyeva 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X1,30%
- 11 авг.#iqtibos Odamlarni bir-biriga bog‘lab turgan birdan-bir narsa — yashash uchun kurash-u nafrat, xolos. — "Lev Tolstoy hikmatlari" kitobidan. 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X1,14%
- 12 авг.#Kun_taqvimi #Bilim_ekspeditsiyasi 🐘 12-AVGUST — BUGUN TARIXDA 🗓 Chorshanba · Yilning 224-kuni · 141 kun qoldi ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🎂 BUGUNGI SIYMOLAR 🎬 Meryem Uzerli (1983) Kasselda tugʻilgan (nemis onasi, turk otasi). Ikki madaniyat va ikki dil vakili. "Muhtasham asr" serialidagi Hürrem Sultan roli uni 60 dan ortiq mamlakatda 300 milliondan ziyod tomoshabinga tanitdi. Bugun u 43 yoshda. 🎭 Ra'no Shodiyeva (1979) Oʻzbek kinosining eng yorqin va samimiy aktrisalaridan biri. U yaratgan turfa obrazlar tomoshabinlar qalbida chuqur joy olgan. Bugun u 47 yoshda. 🎬 Matluba Alimova (1954) Oʻzbek kino sanʼatining sadoqatli namoyandasi va xalqimiz sevadigan mahoratli aktrisa. Bugun u 72 yoshda. 📚 Yo'ldosh Sulaymon (1935) Bolalar shoiri va yozuvchisi. Oʻzbek bolalarining bir necha avlodi uning samimiy va begʻubor sheʼrlari bilan ulgʻaygan. Bugun u 91 yoshda. 🔬 Bo'riboy Ahmedov (1924–2002) Taniqli manbashunos olim, sharqshunos va tarix fanlari doktori. Oʻzbekiston tarixi va manbashunosligiga ulkan hissa qoʻshgan. Bugun olim 102 yoshda boʻlardi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ⚡ BU KUN TARIXGA KIRGAN 📍 1851 — Eyzek Zinger tikuv mashinasiga patent oldi. U yaratgan model avvalgilaridan arzonligi, ishonchliligi va oddiy foydalanuvchilar uchun qulayligi bilan ajralib turardi. Zinger boʻlib toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyib, ommaviy bozorni tubdan oʻzgartirdi. 📍 1865 — Jozef Lister King's Kolledj kasalxonasida operatsiyadan oldin qoʻllari va asboblarni fenol eritmasi bilan dezinfeksiya qildi. Natijada operatsiyadan keyingi oʻlim koʻrsatkichi 3 baravarga kamaydi va zamonaviy antiseptika faniga asos solindi. 📍 1877 — Amerikalik astronom Asaf Xoll Marsning birinchi yoʻldoshi — Demosni kashf etdi (oradan 6 kun oʻtib u Fobosni ham topdi). Yoʻldoshlarga Homerning "Iliada"sidagi urush xudosi Aresning oʻgʻillari — Qoʻrquv (Fobos) va Dahshat (Demos) nomlari berildi. 📍 1992 — Oʻzbekiston va Janubiy Afrika Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🌍 BUGUNGI BAYRAMLAR 🔹 Xalqaro yoshlar kuni — 1999-yildan beri BMT shafeligida nishonlanadi. Bugungi kunda dunyodagi 1,8 milliard yoshlar kelajak bunyodkorlaridir. 🐘 Butunjahon fillar kuni — Tabiatda 415 000 dan kam fil qolgan. Bayram ularni brakonyerlik va yashash joyi yoʻqolishidan himoya qilishga chaqiradi. 📚 Hindiston — Kutubxonalar kuni — Mutolaa va bilim ulashuvchilarning kasb bayrami. M. Safoyeva 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X0,69%
- 13 авг.Yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🌍✨ Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 📚💬 📌 Tadbirda: Taniqli olimlar, ijodkorlar va soha fidoiylari yoshlar bilan muloqot qildi. 👥🤝 SamDPI Urgut filiali dotsenti Akbar Asrorov ilm olish va ma’naviy burch haqida ma’ruza qildi. 🎓🧠 Axborot asrida milliy o‘zlikni saqlash va kitobxonlikning o‘rni muhokama etildi. 🇺🇿📖 🎙 Urgut tuman axborot-kutubxona direktori: “Zamonaviylik — faqat texnologiya emas, balki teran fikrlash, yuksak ma’naviyat va bilimga intilishdir.” 💡🚀 Samimiy savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy o‘tgan uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar kutubxonaning yangi adabiyotlar fondi bilan tanishdilar. 📚👀 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X0,50%
- 13 авг.#Yoshlar_kuni #Adabiy_kecha Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda SamDPI Urgut fakulteti hamkorligida “Yoshlar kuni” doirasida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarida aks etgan falsafiy va axloqiy g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda fakultet dotsenti Akbarxon Asrorov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida buyuk mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, insonparvarlik, ezgulik, komillik va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan shoirlar ijodidan namunalar o‘qilib, ularning asarlaridagi ibratli g‘oyalar keng yoritildi. 📌Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | X0,47%