tgindex
Psixolog || Lola Abdullayeva || Rasmiy kanali

Psixolog || Lola Abdullayeva || Rasmiy kanali

Статистика

O'zingizni kashf etishingiz, qanday qilib energiyaga boy va baxtli ayol bo'lishingizga yordam beraman. 👩‍🏫 Konsultatsiya va kurslar bo'yicha: 👩‍💻Administrator: @EzolifeDream_adminka ☎️Telefon: +998 95 055 20 25

Последний пост
26 сент. 2025 г.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Психология (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 895
−12 за 5 дн.
Сутки
−5
−0,26%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 052
20 постов
Вовлечённость
213,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bir dugonam "Nest One" (Toshkent City)dan uy oldi. O'zining topayotgan daromadiga. Uyining barcha to'lovlarini o'zi qildi. Turmush o'rtog'i qarasholmadi. Shunda men unga savol berdim: "Bu vaqti kelib sizga og'riq bermaydimi, sizning uyingizda eringiz yashasa?" U javob berdi: "Hozirda erim boshqa maqsadlari uchun to'lovlar qilyapti. Men esa o'z maqsadim uchun. Erim men bilan yashashi hech ham og'riqli emas! Men shu uyda va erim bilan yashashni istayman. U yonimda bo'lmasa men uchun og'riqli bo'ladi. Shu sabab meni ongimda uyni menga erim olib berishi kerak edi degan shartlik yo'q va erimni ham bu uyga haqqi yo'q demayman" degan edi. Hozirda menga Toshkentga qayt ijodga qayt, deyuvchi yaqinlarim ko'p bo'lyapti. Ammo men ham shuni his qilishlarini istar edim: Baxt lokatsiya tanlamaydi! Unga ozgina parvarish bersangiz har qanday joyda toshli adirlarda ham, suvsiz cho'llarda ham o'sib ketaveradigan daraxt kabidir. Turmush o'rtog'imning yonida bo'lishimning muhimligi ishim va korieramdan uzulishimgacha olib keldi. Ayol kishi uchun oilaning muhim ekanini eslatib qo'yish uchun yozdim😉 Osh bo'lsin

  • Oxirigacha ko'ring👆

  • без подписи

  • Assalomu alekum azizlarim Sentyabr oyidan boshlab in shaa Alloh haftasiga bir marotaba voice chat orqali diydorlashib turamiz. Haftaning qaysi kunini aniq kun qilib belgilashimni istaysiz?

  • без подписи

  • Yangilik bor...👆 Psixologlar Assotsatsiyasi a'zosi bo'ldim. Qachonlardir Psixologlar Asotsatsiyasi a'zosi Shoira Isakova meni psixologiya olamidan "tuyog'imni shiqillatishimni" talab qilgan edilar😂 "Men ham epliyman. Hali hammangga ko'rsatib qo'yaman, meni hamma taniydi, dovrug'im butun olamga taraladi" 🤓🤣🤣🤣(KESHA) qabilida ish tutib boshlagandim. Shu asotsatsiyaga a'zo bo'lish ham shu og'riqli mavzuning ichidagi maqsad edi. Qancha mehnat, tunlar uyqusiz izlanishlar, retritlar, soatlab tinglangan seminarlar, zo'r psixolog bo'lib toblanish uchun o'zini og'riqli praktikalarga tutib berishlar, eh-hee hammasini bosib o'tdim. Bularni sizga aytmasam ham bo'lar edi. Nega aytishni lozim topdim?! Hayotingizda doim sizni turtkilaydigan inson bormi, bilingki demak sizning eng zo'r motivatoringiz o'sha inson! U insondan minnaddor bo'lish o'rniga undan nafratlanishni to'xtating! O'ziga aytmasangiz ham ichingizdan o'shanday insonlarizga minnaddorchilik tuyg'usini yuborib qo'ying.

  • без подписи

  • Men nega ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatimni to'xtatdim? Ko'pchiligingizni xabaringiz bor taqdirning sinovi bilan turmush o'rtog'im bilan bir necha yil ayriliqda bo'ldik. Tabiiyki, farzandlarimga ham ona, ham ota bo'lishga majbur bo'ldim. Ayollik energiyalarini teng taqsimlash va teng aktivlashtirish haqida tinmay vaz o'qiydigan psixoligingiz bekalik va ma'shuqalik energiyasining "eshigiga qulf urib" qo'yib erkaklik energiyasi bilan ishlashga majbur bo'ldi. Bu har qanday ayolni horiqtiradi. Sarflanayotgan energiyamni to'ldiradigan zavqlarni bersamda yetmas edi. 3yil shu yo'singda sezilar-sezilmas og'riqda yashadim. Lekin oxirgi vaqtlarda yo'q joydan bo'yin sohamda grija paydo bo'ldi.😱 Psixosomatikadagi sabab bo'yingga ortiqcha(o'zingga tegishli bo'lmagan ma'suliyat) yukni olib olish degani. To'xtab tahlil qiladigan vaqt edi. Aks holda kasallik sizni to'xtatish uchun boshqa yordamchi sohalarni ham jalb qilishi mumkin. So'ngra men qaror qabul qildim. Turmush o'rtog'im yonimga qaytishlari bilan istaganimcha o'zimga ta'til beraman. Ular chiqdilar lekin sira to'xtash niyatim yo'qda. Qandaydir muxlislarni yo'qotish qo'rquvimi, o'rganishmi auditoriyamdan uzilishga yo'l qo'ymay yurdi. Yana 3-4 oy ishlayverdim Ta'til bermadim o'zimga. Ong ostingiz siz bilan qiladigan shartnomasini juda yaxshi eslab qoladi. Men to'xtamaganim evaziga birdaniga butun tanamda tushunarsiz charchoq qamrab oldi. Uyquchanlik kuchaydi, qimirlashga ham erinadigan bo'lib qoldim. Aslida bu hammasi ta'til haqidagi va'da bajarilmayotgani uchun edi. Keyin yana bir qat'iy qarorni belgiladim. Hammasini 0 dan boshlash oson. Ammo men ta'tilni hozir bermasam tanam men bilan urushib qolishi aniq. So'zsiz taqa-taq to'xtatdim. Ta'tilmi ta'til. Qiziqishlaring bilan shug'ullan, uxlaging kelsa uxla Lola. Borging kelgan joyga bor, yaqinlaring bilan soat millarini pisand qilmay vaqt o'tkaz! Tanam va ruhim ana undan keyin o'zimga bo'ysunib boshladi. Shunaqa tanani va ruhni eshitib borish kerak. Bo'lmasa siz boshqa boshqa odamga aylangandek bo'lib borasiz! Hozirda ta'tilimga bir yilcha bo'lib qoldi. Yaxshigina sog'inch bor faoliyatimga nisbatan. Lekin baribir bosib ishlashga xohish kuchli emas. Turmush o'rtog'imga va uning davlatiga erkalanib yashagim kelaveryapti. Xo'sh siz bu xohishimga qarshi emasmisiz?😁

  • Hayrli tong. Kuningiz barokatga savob amallarga to'la bo'lsin. "Qaytdingizmi?", "qaytganingiz bilan tabriklayman!", "qaytganingizdan xursandman" kabi so'zlar yozibsiz. To'g'risi to'laqonli qaytdim deyolmayman. Ammo kanalimni va kanalimdagi dilga yaqin insonlarimni sog'inganim sabab postlar va audio chiqishlar qilib turmoqchiman. Meni shu qarorga kelishimga sabab bo'lgan insonlar bor orangizda Dilfuza ismli kuzatuvchim har kuni, har kuni! "Hayrli tong" sms postini yuborib turdi lichkamga, Nodira ismli kuzatuvchi tez tez qaytishimni voice chat savol-javoblarga muhtojligi borligini sog'inganini aytib turdi. Kecha esa Aziza opa ismli muxlisamiz qo'ng'iroq qilib shunchaki juda sog'inib gaplashgisi kelganini hol-ahvol so'ragisi kelganini aytdilar. Toshkentga borsam mehmon qilishni istayotganini aytdilar Aziza opa bilan bor yo'g'i 1marotaba ko'rishganmiz. Lekin uzoq yillik tanishlaridek his qilishlarini aytdilar. Bunday muxlislarim esa talaygina. Bilasizmi, bunday samimiyat insonga zavq beradi. Nafaqat yaqinlaringizga keraklilik hissingiz va dunyoning boshqa nuqtalarida ham sizga intiq insonlarning borligi bu juda yoqimli. Men o'zi nega kanal faoliyatimni to'xtatgan edim? Bu savolga javob keyingi postda👇

  • Ajoyib iliq fikrlar. Tashakkurlarim🤗🤗🤗 Endi sizga o'zim haqimda yozaman. Hozirda Jizzax(Baxmal)da yashayapman, oilam bilan. 1yildan oshdi. Lekin vaqt juda juda juda tez o'tyapti. Ta'tilim o'zim xohlaganimdek o'tyapti. Yangi qiziqishlarimni sinab ko'ryapman. Hobbilarim bilan zavq ila shug'ullanyapman. Trederlik kurslarida o'qidim. Yoqmadi🤪 Meniki emas ekan. Bekalik energiyamni rosa to'yintirdim(ancha chiqib ketgandimda) pishir kuydir qilib you tobedan bir nimalar o'rganib pishiraverdim pishiraverdim Ungayam to'yinib hozir kamaytirganman😅 (Ammo foodbloger bo'lishimni erim juda xohladi) mazzami?🤤 Dehqonchilik qilib ko'rdim Meniki emas ekan. Boshida rosa quvvat keldi Ammo jismoniy mehnat ham men uchun emasligini isbotladi. Psixologiya sohasida Yangi bilimlar oldizmi dersiz? Yo'q! Yo'q! Yo'q! (Universitetim ta'limidan boshqa! Yo'q!) Ta'til vaqtida ongim menga ko'pgina anglashlar berdi. Karieramni qurish davrida "yangi bilim sindromiga" chalinganimni his qildim. Ko'pgina psixologlar qatori! Aslida yangi bilim psixologiyaning asl qolipidan chetlashib ketsa ham qidiraverar ekanmiz. Axir yangi kurs tayyorlab sotuv qilishimiz kerakku. Nafs o'lsina nafs😂 Ammo bu yangi bilim olish sindromi kimlarnidir psixologiyaga zid bo'lgan (nomini bilim ham deb bo'lmaydi!) allambalo texnikalayu, allambalo (nom topolmayapman😂) bir balolarni o'rganishga va o'rgatishga majbur qilar edi😒 Shularni anglab to'xtadim...

  • Voy meni shkaladlarimey 😁 borilaga shukure Aytilachi nimaga kanalimdan chiqib ketmadingiz? Axir 1yildan buyon foydali kontentlar bermayapman Voice chatlarda savol javob qilmayapman. Hozirda kimlarni kuzatyapsiz? Qanday kurslarda o'qidingiz?

  • Assalomu alekum azizlarim Yaxshimisiz barchangiz? Meni sog'indingizmi? Men sizlarni sog'indim rosti. Tashakkurlarimni aytmoqchiman shu qadar mehringiz o'zgacha ekanki orangizda deyarli 1yildan buyon faoliyatimni to'xtatib turganimga qaramasdan Kanalimni tark etmaganlar, lichkamga bot-bot qaytishimni so'rab, hol-ahvol so'rab yozib turganlar, adminimga telefon qilib so'rab turganlar, o'zimga ham telefon qilib hol-ahvol va iliq so'zlar so'ragan sodiq muxlislarim bor ekan. Doim bunday samimiylikdan xursand bo'lib yuraman. Turmush o'rtog'imga "Ko'rdizmiiii?" deb maqtanib ham qo'yaman😎☺️ Sizlarga aytishni istagan yangiliklarim yig'ilibgina qolgan. Agar shu yerda bo'lsangiz postlarim orqali birin-ketin barchasini bo'lishmoqchiman☺️ Shu yerdamisiz? Reaksiya yoki koment qoldiring👇

  • https://youtu.be/e3qjjTHtkxE?si=NYwxelmJKBGHpYwq

  • 👆👆👆👆👆👆👆 Aziz kuzatuvchilarim ☺️ Shu kabi smslarni yozib mandan havotir olayotganiz uchun rahmat. Man judayam yaxshiman Hattoki a'lo darajada zo'rman. Chunki oilam butun bo'lganidan buyon qalbim taskin topgan va men bor energiyamni oilamga sarflagim kelyapti. Chunki o'z vaqtida farzandlarimga,o'zimga, erimga o'zim xohlagandek vaqt ajrata olmadim. Hozir esa buning ayni vaqti. Siz uchun nima muhimroq ekanini anglab olganingizda tanlovni to'g'ri qilish kerak bo'ladi! Sizchi, ayni damda qay birini tanlagansiz? Oila yoki kariera?

  • Bepul 5ta kurs audiolarini bu yerdan toping👇 1️⃣"Shukronalik" kursi 2️⃣"Sevimli Rafiqa bo'lish Sirlari" kursi 3️⃣"Moliyaviy Erkinlik" kursi 4️⃣"Qirolichalikka yo'l" kursi 5️⃣"Yangi Men" kursi

  • Men hozir tanaffusdaman Lekin bepul kurslarim hamon sizning xizmatingizda. Kim qaysi bepul kursimni eshitgan. Mening ochiq dostupdagi qaysi kurslarimni bilasiz?

  • Eng a'lo javob👆

  • Assalomu alaykum yahshimisiz sharsiz sevgi bu Olloh uchun sevish hech narsa kutmasdan Olloh roziligi deb sevish

  • Hamma gaplarni jonli chat vaqti kuni, vaqtini belgilab aytib bergunimcha jichcha-jichcha yozib turaman Ok?👌 Shartsiz sevgi qanday bo'ladi deb o'ylaysiz sizningcha? U sizda bormi?

  • Komentariyalarni o'qib juda sevindim. Men nimalar bn bandman? Bir ayolning orzusi nima bo'lsa o'sha narsaga yetishgan, oilasiga: eri, farzandlari, qozon tovog'i va echki buzog'i bilan band ayolga aylandim. Bu vaqt ichida hislarimga ahamiyat berib boryapman. Ilgarilari uy ishlarimni bajarganimda majburman deb bajarar edim, dardim hayolim esa ko'chada karieramda bo'lardi. Hozir esa qilayotgan har ishimning lazzatini his qilyapman. Baxtni o'zim uchun yangi qirralarini kashf qilyapman. Sevimli rafiqa bo'lishning yana yangi formulalari tayyor bo'lyapti. Bo'lishaymi?