Toshkent viloyati mahallalari
Статистика🇺🇿 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15:05
- Постов за неделю
- 26
- Всего постов
- 639
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 227
- 1/48двое суток
- 260
- 1/72трое суток
- 280
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#QUYI_CHIRCHIQ #dolzarb_40_kunlik Қуйи Чирчиқ тумани Мингчинор мфйда аҳоли иштирокида ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари олиб борилди.
#Mustaqillik_toʻyi_35 Istiqlol bayrami — avlodlarni birlashtirgan ulug‘ ayyom O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan Ko‘prikboshi mahallasi, Nuroniy jamg‘armasi hamda tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilgan tadbirda mahalla nuroniylari, yoshlar, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirning eng mazmunli lahzalaridan biri “Uch avlod uchrashuvi” bo‘ldi. Unda nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribasi va ibratli o‘gitlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashib, Vatanga muhabbat, mustaqilligimizning ulug’ ne’mat ekanligi, tinchlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlar haqida samimiy suhbatlashdilar. Bayram tadbiri davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga unutilmas taassurot va bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir so’ngida Ko’prikboshi mahallasidagi bir guruh faollarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi. ✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati ✅ telegram📱facebook 📱Instagram 🌐Website 📹Youtube
#YANGIYOL_T #dolzarb_40_kunlik Янгийўл туманидаги Ғалаба мфйдаги Қорасув, Ғалаба, Ғалаба-4-тор кўчаларидаги чиқиндилар бартараф этилди. Фуқаролар томонидан ободонлаштириш ишлари амалга оширилди.
🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi yana bir tanlovga start beradi! “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda obodligi, ozodaligi, ko‘kalamzorligi, tashabbuskorligi va mahalla hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan hovli, ko‘cha va mahallalar bellashadi. 🌿 Eng fayzli hovli — fayz va ozodalik namunasi. 🌳 Eng obod ko‘cha — ko‘rkamlik va hamjihatlik namunasi. 🏘️ Eng namunali mahalla — obodlik, tashabbus va birdamlik namunasi. Tanlov mahalla, tuman/shahar hamda hududiy bosqichlarda o‘tkaziladi. Zero, obod mahalla — fayzli hovlidan, fayzli hovli esa har bir oilaning tashabbusidan boshlanadi! Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z mahallasidagi “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi mumkin. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
✅✅✅✅ Obodonlashtirish — obodlik va farovonlik garovi Nurafshon shahrida hududlarni obodlashtirish, ko‘chalar va mahallalarni yanada ko‘rkam qiyofaga keltirish maqsadida obodonlashtirish ishlari hamda umumxalq hasharlari izchil tashkil etilmoqda. Jumladan, Dehqonobod mahallasida aholi tomonidan ko‘chalar, yo‘l yoqalari va tomorqalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududlar chiqindilardan tozalanib, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, ko‘chalar tartibga keltirilmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash bilan birga, aholini hamjihatlik va bunyodkorlikka chorlamoqda. Obod mahalla — farovon hayot garovi! 🌱 ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
#CHINOZ #dolzarb_40_kunlik Чиноз туманидаги Сутбулоқ МФЙ да ҳам хашар ишлари давом этмоқда.
#ANGREN #dolzarb_40_kunlik Ангрен шаҳар Карвон ҳамда Майдон маҳаллаларида аҳоли томонидан ҳашар уюштирилиб атроф муҳит чиқиндилардан тозаланди.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️Mahalladagi har bir g‘oya – yangi ish o‘rni uchun imkoniyat O‘zbekiston mahallalari uyushmasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank, tijorat banklari rahbarlari va mas’ul xodimlari hamda mahalla tizimi vakillari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda mahalladagi imkoniyatlarni aniqlash, aholining g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy loyihalarga aylantirish va shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, mahalla raisi, hokim yordamchisi va "mahalla bankiri" bir maqsad yo‘lida hamkorlik qilsa, har bir hududning o‘ziga xos imkoniyatidan kelib chiqib, yangi-yangi mikroloyihalarni amalga oshirish mumkin. Prezidentimizning topshiriqlariga asosan bugungi kunda 8 992 ta mahallaga 3 095 nafar "mahalla bankiri" biriktirilgan. Ular mahalla raislari va hokim yordamchilari bilan birgalikda aholining biznes g‘oyalarini o‘rganib, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirmoqda. Mahalla raislari va "mahalla bankir"lari tomonidan 3,2 trln so‘mlik 37 680 ta loyiha shakllantirilgan bo‘lib, ular orqali 94 857 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan edi. Ayni paytga qadar 1,7 trln so‘mlik 26 209 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 63 227 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Ularning 48,7 foizi qishloq xo‘jaligi, 31,6 foizi xizmat ko‘rsatish va 19,7 foizi sanoat sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Yil yakuniga qadar mahallalarning iqtisodiy imkoniyatlari va aholi tashabbuslari asosida 110 mingta yangi mikroloyiha shakllantirish maqsad qilingan. Muloqotda tayyor imkoniyatni kutib o‘tirish emas, balki izlanish, tashabbus ko‘rsatish va hamkorlik qilish orqali mahallaning o‘zida yangi imkoniyatlar yaratish mumkinligiga alohida e’tibor qaratildi. Chunki bir mahalladagi kichik g‘oya – ertaga yangi tadbirkorlik subyektiga, yangi ish o‘rniga va bir oilaning barqaror daromad manbaiga aylanishi mumkin. Shuningdek, muloqotda "Dolzarb 40 kunlik" va "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Joriy yilning 15-16-avgust kunlari respublika bo‘ylab xonadonlar, ko‘chalar va mahallalarda keng ko‘lamli hashar tashkil etishga kelishib olindi. Zero, saranjom-sarishtalik – yurtimiz qiyofasi, xalqimiz madaniyati va farovonligining muhim belgisidir. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
🌍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi musobaqasining Toshkent viloyatidagi hududiy bosqich o‘yinlari bo'lib o'tdi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Zakovat Bugun Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet ko‘chasida joylashgan “Zakovat” intellektual klubi binosida “Zakovat” intellektual o‘yinining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadbir yakunida sovrinli 1-o‘rinni Chinoz tumani “Tong yulduzi”, 2-o‘rin Ohangaron tumani “Qiziloy” mahallalari qo‘lga kiritib viloyatda mutloq g‘olib deb topildi. Gʻoliblarga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda “Mahalla hayriya jamoat fondi” Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
без подписи
без подписи