tgindex
202-maktab
@maktab_202узбекский

Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda Ushbu kanalda Chilonzor tumanidagi 202-maktabda amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib boriladi #Ta'limdagi islohotlar maktabimizda #Motivatsiya #Yangiliklar #Yutuqlar #Tanlovlar #Ibrat #Mazmunli_satrlat

Последний пост
11 окт. 2025 г.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
118
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
745
20 постов
Вовлечённость
631,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 окт. 2025 г.48821из tiluzbot

    🇺🇿 “Til bilimdonlari” tanlovida pul yutuqlarini yutib oling. 💰 Tanlov sovrin jamg‘armasi 96 million so‘m! 🔹Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan respublika tanlovini e’lon qiladi! Tanlovda ishtirok etish👇 https://t.me/tiluzbot?start=453134577

  • без подписи

  • Assalomu alaykum! 🎶 Hurmatli ota-onalar! 🎶 Farzandingiz san’atga, musiqa olamiga qiziqadimi? Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! “Bolalar musiqa ansambli” to‘garagi san’atga oshno, iste’dodli yoshlar uchun ochildi! Farzandingiz bu yerda: 🎵 Turli musiqa asboblarini chalishni; 🎤 Qo‘shiq kuylash, vokal mashg‘ulotlarini; 🎼 Estrada yo‘nalishlarida chiqish qilishni o‘rganadi. To‘garak mashg‘ulotlari iqtidorni rivojlantiradi, sahnada erkin chiqish qilish, jamoaviy ishlash va san’atni sevishga o‘rgatadi. 🎹 Ijodkor bolajonlar safidan o‘rin egallang – bugunoq farzandingizni yozdiring! 📍Manzil: ["Barkamol avlod" respublika bolalar maktabi, Chilonzor 19-kv, 43 A-uy] 📞 Aloqa: [99. 708-55-99]

  • 🎗9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bepul kinonamoyishlar tashkil etiladi ⚡️ Joriy yilning 1-10 may kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinofondi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Kino saroyi ma'muriyati hamkorligida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining bepul namoyishlari tashkil etilmoqda. 📽 Namoyish jadvali bilan tanishing: 🗓 1-may ↪️14:00 — “Muhabbat bahori” badiiy filmi ↪️16:10 — “Inoyat Navro‘zboyev” hujjatli filmi 🗓 2-may ↪️14:00 — “Said bilan Saida” badiiy filmi ↪️16:03 — “Malik Qayumov” hujjatli filmi 🗓 3-may ↪️14:00 — “Hayot” badiiy filmi ↪️17:31 — “Xalq jasorati” hujjatli filmi 🗓 4-may ↪️14:00 — “Pandemiya” badiiy filmi ↪️16:06 — “Sobir Rahimov” hujjatli filmi 🗓 5-may ↪️14:00 — “Berlin-Oqqo‘rg ‘on” badiiy filmi ↪️15:57 — “Matonat” hujjatli filmi 🗓 6-may ↪️14:00 — “Meros” badiiy filmi ↪️15:31 — “Oy borip, omon qaytganlar” hujjatli filmi 🗓 7-may ↪️14:00 — “Vatan” badiiy filmi ↪️15:34 — “Sharof Rashidov” hujjatli filmi 🗓 8-may ↪️14:00 — “O‘zbek qizi” badiiy filmi ↪️16:02 — “Qudrat Suyunov” hujjatli filmi 🗓 9-may ↪️14:00 — “Ilhaq” badiiy filmi ↪️16:20 — “Mamadali Topvoldiyev” hujjatli filmi 🗓 10-may ↪️14:00 — “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi ↪️16:24 — “Zebo G‘aniyeva” hujjatli filmi 🎟 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishlarda kutamiz! Kirish bepul! Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

  • без подписи

  • 20 февр. 2025 г.76021из uzbekkinopress

    📣 Oʻzbek kinosining yangi filmlari namoyishi – «OCHIQ ESHIKLAR KUNI»ga marhamat! Joriy yilning 20-fevralidan 6-mart sanasiga qadar Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida 2024-yil mobaynida ishlab chiqarilgan badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlar namoyishi sizni kutmoqda! 📽Repertuar jadvali bilan tanishing: 🗓 Payshanba, 20-fevral: 🎞 «Bahodir Yalangtoʻsh» b/f – 10:00 🎞 «Pandemiya» b/f – 14:00 🗓 Juma, 21-fevral: 🎞 «Bir kuni Samarqandda» b/f – 10:00 🎞 «Yangi yil» b/f – 11:40 🎞 «Uyga qaytish» b/f – 14:00 🎞 «Ajiniyoz» b-p/f – 15:20 🗓 Shanba, 22-fevral: 🎞 «Uch qahramon» b/f – 10:00 🎞 «Kallaxona LOVE» b/f – 14:00 🗓 Yakshanba, 23-fevral: 🎞 «Bahorni quvib» b/f – 10:00 🎞 «Xaus» b/f – 11:40 🎞 «Sevdo» b/f – 14:00 🗓 Dushanba, 24-fevral: 🎞 «Samuray» b/f – 10:00 🎞 «Qariqiz» b/f – 11:30 🎞 «Zobit-55» b/f – 14:00 🎞 «Maxtumquli» b/f – 16:00 🗓 Seshanba, 25-fevral: 🎞 «Ishq va anduh» b/f – 10:00 🎞 «Odina» b/f – 11:45 🎞 «Mukarrama Turgʻunboyeva» h/f – 14:00 🎞 «Halima Nosirova» h/f – 14:13 🎞 «Joʻraxon Sultonov» h/f – 14:26 🎞 «Muhiddin Rahimov» h/f – 14:39 🎞 «Fattohxon Mamadaliyev» h/f – 14:52 🎞 «Toʻra Sulaymon» h/f – 15:05 🎞 «Baxtiyor Sayfullayev» h/f – 15:18 🎞 «Alisher Navoiy» h/f – 15:55 🗓 Chorshanba, 26-fevral: 🎞 «Yangi Oʻzbekiston lochinlari» h/f – 10:00 🎞 «Seni vatan kutadi» h/f – 10:23 🎞 «Zamonaviy harbiy institut» h/f – 10:36 🎞 «Qutqaruvchi» h/f – 10:49 🎞 «Ayollar daftari» h/f – 11:15 🎞 «Tadbirkorlik. Katta sakrash» h/f – 11:41 🎞 «Islom – tinchlik va ezgulik dini» h/f – 12:07 🎞 «Xavfli hudud» h/f – 12:20 🎞 «Jadid maʼrifati» h/f – 12:46 🎞 «Ziyorat – oltin yoʻl» 5 qismli h/f – 14:00-15:44 🗓 Payshanba, 27-fevral: 🎞 «Hamza Umarov» h/f – 10:00 🎞 «Shuhrat Abbosov» h/f – 10:20 🎞 «Maryam Yoqubova» h/f – 10:40 🎞 «Nabi Rahimov» h/f – 11:00 🎞 «Shukur Burhonov» h/f – 11:20 🎞 «Razzoq Hamroyev» h/f – 11:40 🎞 «Komil Yormatov» h/f – 12:00 🎞 «Yoʻldosh Aʼzamov» h/f – 12:20 🎞 «Lutfixonim Sarimsoqova» h/f – 12:40 🎞 «Nabi Gʻaniyev» h/f – 14:40 🎞 «Oy borib, omon qaytganlar» h/f – 15:00 🗓 Juma, 28-fevral: 🎞 «Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi» 12 qismli h/f – 10:00-14:30 🎞 «Oʻzbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida» h/f – 15:00 🎞 «Siz kimsiz, janob Vamberi?» h/f – 15:25 🗓 Shanba, 1-mart: 🎞 «Hamidulla Akbarov» h/f – 10:00 🎞 «Yoqub Ahmedov» h/f – 10:30 🎞 «Turgʻun Azizov» h/f – 11:00 🎞 «Muhammadali Abduqunduzov» h/f – 11:30 🎞 «Abdurahim Ismoilov» h/f – 12:00 🎞 «Musbatoy va Manfiybek» 15 qismli a/f – 12:30-14:40 🗓 Yakshanba, 2-mart: 🎞 «Jonivorlar haqida suhbat» 16 qismli h/f – 10:00-15:30 🎬 Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram❕

  • 20 февр. 2025 г.55011из Jadidmediauz

    ✅ DARSDAN SO‘NG Kimnidir koyidi chekkani uchun, Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham. Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam. “Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi? Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr. Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman, Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr”. Qish kuni – bir tutam. Qoraygandi qosh. Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan. Eri ham kelmadi olib ketishga “Ko‘ngli sovidimi...” – vahm etdi birdan. Hamkasb dugonasi qistovga tutib, “Tunab keting, – dedi. – Kech bo‘lib qoldi”. Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi. Ovul tugab, endi qirga chiqqanda Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh. Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi. “O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo...” Yuragini battar vahima bosdi, Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv. O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay Yana ketaverdi, ketaverdi u. Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh, Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib, Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan, Iziga bir daftar tashladi yoqib. Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng – yana, yana, Muallima omon topgan bu olov Yirtqichga berardi ilojsiz sabr. Yo‘lovchi – yoqardi, qashqir – to‘xtardi, Tin olardi ikkov har daftarda bir. Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och, Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat. Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi Muallimda daftar, qashqirda – toqat. Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda, Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi. Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi Hammadan ham yomon yig‘ladi. No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim, Na olim, na fozil, na so‘z piriman. O‘z vaqtida daftar topshira olmay Qolgan bolalarning biriman. Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi Yozgan she’rlarimni oshiqlar. Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n, Bilaman, bular bir oddiy mashqlar. Lekin... ketmakdasan kelajak sari Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan. O‘zimcha asragim keladi seni Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan. Men mashq bajaraman, yozaman har kun Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni. ...Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni... Matnazar ABDULHAKIM Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • Toshkent shahar Chilonzor tumani 202-umumta'lim maktabi 6-"B" sinf o'quvchilari ishtirokida sinf soatida "Mehrli bo'laylik" mavzusi asosida tayyorlagan video roligi Sinf rahbar: N.B.Saidova

  • без подписи

  • #Ўрганиш Чилонзор тумани ҳокими 202-сонли умумтаълим мактабидаги таъмирлаш ишларини ўрганди Хабарингиз бор, туманимиздаги 202-сонли умумтаълим мактабида Инвестиция дастури доирасида мукаммал таъмирлаш ишлари якунига етказилиб, тантанали очилиш маросимига тайёргарлик ишлари бошлаб юборилди. Туман ҳокими Саидқаҳҳор Холхўжаев ва сектор раҳбарлари ушбу мактабда бўлиб, олиб борилган таъмирлаш ишларини ва очилиш маросимига тайёргарлик ишларини ўрганди. Ўрганишлар жараёнида аниқланган айрим камчиликларни бартараф этиш юзасидан масъулларга тегишли кўрсатмалар берилди. 🔼Лавҳамизда ўрганишлар жараёни 🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi

  • 15 янв. 2025 г.6141из oltinkitob_uz

    ZAMONAVIY YOSH DASTURCHI  TO‘GARAGIGA MARHAMAT! “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir” - lekin bilim olishning ham o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun insonda, eng avvalo, qiziqish kuchli bo‘lishi kerak! ✅Aynan, “Yosh dasturchi” to‘garagi o‘qituvchilari sizda dastavval qiziqish paydo qilib, keyin bu hunarning sir-asrorlarini ipidan ignasigacha o‘rgatadilar. Shuningdek, bonus sifatida Kompyuter savodxonligi darslari ham oʻrgatiladi. ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida siz kutgan "Yosh dasturchi" to'garagi faoliyatini boshladi. Maqsadimiz — sifatli ta’limni barkamol avlodga yetkazish! ☎️ Murojaat uchun: +998945266609 +998943130860 © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE

  • Juda yaxshi dars o'tibdi. Sizlarga ham ilindik.

  • #ТЕЗКОР #РАСМАН ⚡️2025 йил “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилинди.

  • 19 нояб. 2024 г.74311из kunuzofficial

    Айрим битирувчиларга ўқишга кириш учун имтиёзли тавсиянома берилади Ҳар бир туман (шаҳар)да битта умумий ўрта таълим мактаби негизида “Жасорат мактаби” фаолияти йўлга қўйилади. "Жасорат мактаби”ни аъло баҳолар билан тамомлаганларга ўқишга кириш учун имтиёзли тавсиянома берилади. 👉 https://kun.uz/kr/09039214 Kun.uz расмий канали

  • 5 сент. 2024 г.87961из liderlar1

    "Ўғлимнинг муҳтарам ўқитувчиси! …Мен ўғлимга ҳаётни бўяб-бежаб кўрсатишингизни истамайман. У ҳаётда ҳамма ҳам адолатли ва самимий бўлавермаслигини билиши шарт. Сиз унга ҳаётда аблаҳлар ҳам қаҳрамонларга айлантирилиши мумкинлигини, уқувсиз ва такаббур раҳбарларга ҳам содиқ ходимлар учраши мумкинлигини тушунтиришдан қўрқманг. Унга уқтирингки, модомики душманлари бор экан, демак дўстлари ҳам бўлади. Биламан, бунга анча вақт сарфланади, лекин имконингиз бўлса, унга ноҳалол йўл билан топилган ўн доллардан кўра, ҳалол йўл билан топилган бир доллар кўпроқ фойда келтиришини ўргатинг. Шундай таълим берингки, у ғалаба нашидасини суриш учун олдин ютқазиш аламини тотиб кўриш кераклигини англасин. Қўлингиздан келса, унинг табиатига ҳасад чанг солмаслигининг чорасини кўринг. Унга мақтанчоқ одамлар устидан ғалаба қозониш жуда ҳам осон бўлишини ҳис этишга шароит яратинг. Яна имконингиз бўлса, уни китобларга ошно қилинг… Шундай таълим берингки, у жасур, кучли, темир иродали йигит бўлиб улғайиш билан бирга, кўкдаги қушлардан, қирлар узра очилган гуллардан ва бу гуллардан бол йиғиб юрган асаларилардан, қўйингчи табиатнинг бетакрор гўзалликларидан таъсирлана оладиган нозик қалбга ҳам эга бўлсин. Шундай ўқитингки, у ҳаётдаги энг майда ҳолатлар юзасидан ҳам мулоҳаза қилиб кўришни ўргансин. Мен унинг шу кичик ёшиданоқ ҳаётда қаллоблик қилиб ғалабага эришгандан кўра, ҳалоллик туфайли омадсизликка учраш афзал эканини англаб етишини истайман. Уни атрофдагилар ҳар қанча ўз йўриқларига юргизишга уринишмасин, ўз шахсий фикрларида собит тура олишга ҳам ўргатасиз, деган умиддаман. Уни юмшоқ феъллилар билан – юмшоқ, қаҳрлилар билан қаҳрли бўлишга ўргатинг. Ўғлимга моҳиятни англамасдан туриб, ғалаба қозонганлар тарафига ўтиб кетадиган оломонга эргашмасликни уқтиришга ҳаракат қилинг. Уни ҳаммани эшитишга ва ҳар бир эшитганларини мулоҳаза қилиб, ҳақиқатни ажратиб олишга ўргатинг. Ўргата олсангиз, маҳзун вақтда кулиш кераклигига ўргатинг. Вақти келганда кўз ёши тўка билишни ва бунинг ҳеч уятли эмаслигини ўргатинг. Унга ўзига ортиқча зеб бермаслик кераклигини ўргатинг. Зарурат бўлганида ўз ақли ва танасидаги мушаклар кучини энг қиммат нархда сотиши мумкин-у, лекин ўлса ҳам юраги, руҳи, виждонини сотишга ҳаққи йўқлигини англатинг. Унга жасур бўлиш учун энг аввало сабрли бўлиш лозимлигини уқтиринг. Ўтда қаттиқ тобланган пўлатгина юқори сифатга эга бўлишини тушунтиринг. Унда ўзига ишонч ҳиссини шакллантиринг, шундагина у бошқаларга ҳам ишонч билан муносабатда бўлади. У билан юмшоқ, лекин ортиқча мулойимликсиз муомала қилинг. …Биламан, Сиздан истаётганларимни бажариш осон иш эмас, лекин, ҳар ҳолда сўраганларим орасидан қўлингиздан нима келишини ажратиб олсангиз ҳам бўлади. У ажойиб бола, яхши бола — менинг ўғлим!.. Балки у ҳам келажакда дунёнинг етакчи лидерларидан бўлар… Сизга чексиз ҳурмат ва ишонч билан Абраҳам Линкольн, 1855 йил". АҚШнинг ўн олтинчи президенти Абраҳам Линкольннинг беш ёшли ўғли Уильямнинг ўқитувчисига ёзган мактубидан парча

  • Toshkent shahar Chilonzor tuman 202- maktab 4-"A" sinf oʻquvchilarining vatanni madh etuvchi sheʼrlaridan namunalari.

  • без подписи

  • 8 авг. 2024 г.9001из otabek_khasanov

    Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos ✅  Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan. Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq. Ma`rifatni yuksaltirish oiladan boshlanadi.

  • 7 авг. 2024 г.93322из ElmurodovaOyjamol

    ⚡️ «УСТОЗ» қисқа метражли фильм ⏰ 10 дақиқа вақт ажратиб албатта кўринг ⚡️БАРЧАГА УЛАШИНГ 👉 https://t.me/muallimlarga

  • 7 авг. 2024 г.789из ElmurodovaOyjamol

    ⚡️ Бир кун келар... Бир кун келар, домлалар қадри Тоғ бўлади, осмон бўлади. Бизга кулган одамлар дарди Дил тубида армон бўлади. Бир кун келар, муаллим шўрлик Санаб юрмай тийинларини, Дафтар, китоб тутар ҳарбийлар, Ташлаб чипор кийимларини. Бир кун келар, машина олар Домла ойлик моёнасига. Муаллима қирқ сават солар Қуда томон тўёнасига. Муаллимлар таътил пулига Қиз чиқариб, ўғил уйлайди. Уйланмаган бўйдоқ домлалар Қиз танлашга чўчиб турмайди. Бир кун келар, ғам чекмас ҳеч ким Тушлигию йўл кирасига. Дам олишга борар домлалар Оврўпанинг Франциясига. Бир кун келар, домлани ҳамма Қадри баланд зот деб билади. Гўдаклар ҳам прокурорликмас, Домлаликни орзу қилади. Қачон келар ўша кун?-дерсиз, Сабр қилинг, сал шошмай туринг. Ўша кунлар етиб келгунча Қадрингизни эҳтиёт қилинг! Қалбингизни эҳтиёт қилинг! Абдулла Орипов 👉 https://t.me/muallimlarga