Maryam Jamal | Math & English
Статистика- Последний пост
- 7 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
So‘zlar nega tez unutiladi? Ko‘pchilik shunday qiladi: Bugun 20 ta so‘z yodlaydi. Ertaga 15 tasi esdan chiqadi. Bir haftadan keyin esa deyarli hammasi. Bu xotira muammosi emas. Bu metod muammosi. Asl sabab: Siz so‘zni yakka holatda o‘rganayapsiz. Miya esa so‘zni emas, vaziyatni eslab qoladi. Noto‘g‘ri usul: important — muhim Shu yerda tugaydi. To‘g‘ri usul: important meeting This is important for me. It’s not very important. So‘z endi yakka emas, kontekstda. Qoidani eslab qoling: 1 ta so‘z → kamida 3 ta gap. Shunda u xotirada qoladi. Bugungi mashq: So‘z: change Quyidagi 3 ta gapni ovoz chiqarib ayting: I want to change my job. This plan will change. I need a change. O'zingiz tanlagan so‘z bilan 1 ta gap yozing 👇 So‘z muhim emas. Muhimi — uni gap ichida ishlatdingiz.
Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi: “Avval barcha grammatikani o‘rganaman, keyin gapiraman.” Muammo shundaki, bu “keyin” hech qachon kelmaydi. Asl haqiqat: Gapirish uchun barcha qoidalarni bilish shart emas. Sizga boshlash uchun atigi 2 ta narsa yetarli: So‘z tartibi (word order) Hozirgi zamon (Present) Qolgani yo‘lda keladi. Eng oddiy gap modeli: Subject + Verb + Object Masalan: I like coffee. She works here. We learn English. Shu struktura bilan minglab gap tuzish mumkin. Nega grammar sizni to‘xtatadi? Chunki siz: • qoida izlaysiz • xato qilsam deb qo‘rqasiz Gapirishda esa miya soddalikni xohlaydi. Bugungi mini mashq: Quyidagi model bilan 3 ta gap yozing: I + verb + something Masalan: I watch videos. I study English.
Ko‘pchilik inglizcha tanishganda shunday deydi: My name is Ali. I am from Uzbekistan. I am 20 years old. Bu xato emas, lekin juda robotga o‘xshash. Real hayotda odamlar boshqacha gapiradi. Eng tabiiy model (simple & real): Hi, I’m Ali. I live in Tashkent. I’m learning English to improve my career. Oddiy. Tirik. Real. Nega bu muhim? Chunki tanishtirish — birinchi taassurot. Agar shu joyda erkin gapira olsangiz, suhbatning 50% yengil bo‘ladi. 3 qadamli formula: 1️⃣ Ismingiz 2️⃣ Qayerda yashaysiz 3️⃣ Nega ingliz tili o‘rganayapsiz Shu uchta yetarli. Ortiqcha ma’lumot kerak emas. Bugungi mashq: Quyidagi shablonni to‘ldiring va ovoz chiqarib ayting: Hi, I’m ___. I live in ___. I’m learning English because ___. 3 marta takrorlang. Izohga yozing (kamida bitta gap): Masalan: Hi, I’m Dilshod. I live in Samarkand. Hamma mukammal yozishi shart emas. Muhimi — boshladingiz.
Video aytilgan iboralarni misollari kamentga yozib qo'ydim
без подписи
So‘zlarni bilasiz. Grammatikani ham o‘rgandingiz. Lekin gapirish kerak bo‘lsa — miyangiz bo‘shab qoladimi? Bu juda ko‘pchilikda bor muammo. Va bu bilim muammosi emas. Aslida 3 ta haqiqiy sabab bor: 1️⃣ Tarjima odati Siz gapirishdan oldin: o‘zbekcha o‘ylaysiz → inglizchaga tarjima qilasiz → keyin gapirasiz. Bu jarayon juda sekin. Miya “stress mode”ga kiradi. 2️⃣ Xato qilishdan qo‘rqish Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi: “Xato qilsam kulishadi” Shu sabab miyangiz: gapni emas, o‘zingizni himoyalashni tanlaydi. 3️⃣ Passive learning Faqat: video ko‘rasiz o‘qiysiz eshitasiz Lekin og‘zingiz bilan ishlab ko‘rmaysiz. Til — mushak. Ishlamasa, rivojlanmaydi. Eng muhim haqiqat: Gapira olmaslik — bilimsizlik emas. Bu noto‘g‘ri metod natijasi. Bugungi mini mashq (1 daqiqa): O‘zingizga ovoz chiqarib ayting: 1.Hi, I'm ___. 2.I’m learning English because ___. Mukammal bo‘lishi shart emas. Muhimi: gapira oldingiz Savol (izohga yozing): Sizga qaysi biri ko‘proq to‘sqinlik qiladi? Tarjima qila olish Xato qilishdan qo‘rqish Qayerdan boshlashni bilmaslik
без подписи
Hammaga Assalomu alaykum salomatmisiz bugundan boshlab telegramda ham xuddi instagramdek foydali ma'lumotlar ulashishni yo'lga qo'yamiz ☺️
Writing Task 2 to'liq razbori Yana shunday foydali materiallarimizni ko'rishni xohlasangiz kanalga obuna bo'lib qo'ying
Guys bu ikkita videoni aslida soat 20:50 da yuborgan edim, lekin qanaqadir error bo’lib video yuborilmagan, shu sababli yaqinda video jo’natildi. Kechikgani uchun ming bor uzur
без подписи
без подписи
bu esa ushbu audioning skripti. Birinchi o’rinda audioni shunchaki eshiting, keyin ikkinchi marta skriptni ochib birgalikda gaplarni qaytaring, va buni tugatib bo’lganingizdan keyin ozingiz uchun yangilik sifatida lug’atingizga kirgan so’zlarni chatga yuboring, men esa ularni ma’nosini tushunishingizga yordam beraman, bosamiz guys🔥😎
без подписи
Hozirgi kunda judayam ko’pchilik odamlar kunini deyarli butun qismini telefondagi yoqimsiz xabarlarni o’qish bilan o’tqizib yuborishadi, bu narsa aslida odamni maqsad qo’yishdan, har kuni stresga to’la holda hayotini kechirishiga sabab bo’lishdan boshqa narsaga yaramaydi. Bu holat esa ingliz tilida “doomscrolling” deb ataladi. Hozir sizlarga yuborgan audioyim aynan shu narsa haqida !
good morning my genius english learners 🔥
без подписи
Hammaga assalomu aleykum ! Anchadan beri ba’zi bir sabablarga ko’ra social mediada faoilyatimni yuritmay qo’ydim, lekin tez orada o’z faoliyatimni yuritishni boshlayman. Agar sizlarga ingliz tilini o’rganishingiz uchun judayam samarali natija beradigan kontentlarni ulashishimni va ingliz tili bo’yicha ajoyib ma’lumotlarni bo’lishishimni istasangiz reaksiya qoldiring, sizlarni reaksiyalaringizga qarab qanchalik ulashadigan ma’lumotlarim sizlarga qiziqarli ekanligi haqida bilib olaman, bosamiz guys😎🔥
Siz sezmaydigan xatolar! Ingliz tilida shunday xatolar borki, gapirganimizda koʻp ham sezilmaydi, lekin xato baribir xato va siz ularni bilib olishingiz kerak! Videoni gapirganda koʻp xato qiladigan tanishlaringizga joʻnating! ⚡️ Ijtimoiy tarmoqlar: Telegram | TikTok | Instagram | YouTube
🎞 Inglizcha kino ko'rasiz, lekin tushunmaysizmi? Ingliz tilini kino orqali o'rganmoqchi bo'lsangiz, ayrim qoidalarga amal qilishingiz kerak Qoidalar haqida batafsil video Youtube kanalimga joylandi. Havola orqali o'tib ko'rishingiz mumkin!👇 🔴 https://youtu.be/IhOOKKwjdrQ Siz ingliz tilida qaysi kinolarni ko'rgansiz? Nomlarini izohlarda yozib qoldiring! ⚡️ Ijtimoiy tarmoqlar: Telegram | TikTok | Instagram | YouTube