tgindex
Motivatsiya
@mativatsiyaузбекский

Motivatsiyasini oshirish

Последний пост
8 апр.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
410
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
15,2 тыс
20 постов
Вовлечённость
3715,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 8 апр.2 3247

    Bir kun telefonsiz: Qulaylik qurbonimi yoki xotirjamlik kaliti? Bir kuni telefonimni uyda unutib qoldirdim. Yo'lning yarmida buni anglagan bo'lsam ham, orqaga qaytmaslikka va bir kunni "oflayn" o'tkazishga qaror qildim. Bu tajribadan olgan qiziqarli xulosalarim quyidagicha: 📉 Minuslar (Qulaylik va vaqt yo'qotilishi): * Taksi muammosi: Tushlikda kasalxonaga borishim kerak edi. Odatiy holatda Yandex "Komfort" orqali 12,000 so'mga boradigan joyimga, ko'chadan taksi tutishga majbur bo'ldim. Narxlar 25,000 so'mdan boshlandi. 10 daqiqa vaqt yo'qotib, oxiri 15,000 so'mga noqulay bir Spark'da manzilga yetib oldim. * Kuryer bilan aloqa: Buyurtma qilingan kitobimni olib kelgan kuryer men bilan bog'lana olmadi va yetkazib berish jarayoni ortiqcha muammoga aylandi. 📈 Plyus (Asablar va shaxsiy chegara): * Raqamli xotirjamlik: Ishda shoshilinch loyiha bo'yicha kelishmovchilik yuzaga keldi. Menejerlar tushlikkacha kerakli "task"ni kiritib berishmadi. Agar telefonim yonimda bo'lganida, kasalxonaga ketayotgan yoki tushlik qilayotgan vaqtimda tinimsiz qo'ng'iroqlar bilan meni bezovta qilib, orqaga qaytarishlari aniq edi. Telefonsiz esa men hech qanday stresssiz muhim ishimni bitirib, asabiylashmasdan ishga qaytdim. Xulosa: Smartfon — kundalik logistika va qulaylik uchun o'ta muhim. Ammo ba'zida undan uzoqlashish ish xodimlari va muammolardan himoyalovchi eng yaxshi "qalqon" bo'lar ekan. Sizning hayotingizda telefon qanday muhim darajada? Bir kunni usiz o'tkaza olarmidingiz?

  • 24 окт.7 66842

    Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 📝 Ichingizdagilarni qog'ozga tushuring - yengillashasiz Boshingizda mingta fikr, ko'nglingizda yuz xil tuyg'u aylanib yuribdimi? Bugun bir narsani sinab ko'ring - hamma narsani qog'ozga yozing. ✍️ Nima bo'ladi? - Fikrlaringiz tartibga keladi - Stressdan xalos bo'lasiz - O'zingizni yaxshiroq tushunasiz - Muammolarga yechim topish osonlashadi Qog'oz hech narsani hukm qilmaydi. U shunchaki tinglaydi. Kuniga 5 daqiqa - o'z fikrlaringizni yozing. Qayg'ularingizni, orzularingizni, rejalaringizni... Hamma narsani. 💭 Ichida saqlagan narsalaringizni qog'ozga to'king. Yurakingizdan yengil tosh olib tashlangandek bo'lasiz. Bugun boshlang. Daftar olib, yoza boshlashning o'zi kifoya. #journaling #yengillashish #yozish #motivatsiya Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 🔥 Sizning hayotingizni o'zgartiradigan 3 ta oddiy odat! Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Siz ham o'zingizni ba'zan energiyasiz, motivatsiyasiz his qilasizmi? Bu tabiiy holat! Lekin bugun siz bilan hayotni tubdan o'zgartiradigan 3 ta juda oddiy ammo kuchli odat haqida gaplashamiz: 1️⃣ "5 daqiqa qoidasi" Qiyin vazifani boshlaganingizda o'zingizga "faqat 5 daqiqa qilamiz" deying. Ko'pincha 5 daqiqadan keyin o'zingizni davom etayotganingizni ko'rasiz! 2️⃣ Har kuni 1% yaxshiroq bo'lish Katta o'zgarishlar emas, balki har kuni ozgina yaxshiroq bo'lishga harakat qiling. 365 kun oxirida 37 marta yaxshiroq bo'lasiz! 3️⃣ "Nima uchun?" savolini bering Har bir ishni boshlaganingizda o'zingizdan "Men buni nima uchun qilyapman?" deb so'rang. Bu sizga aniq maqsad va yo'nalish beradi. 💡 Eslab qoling: Muvaffaqiyat - bu bir kunlik natija emas, har kungi kichik qarorlar natijasidir! 🔔 Bizning kanalimizga obuna bo'ling va yangi motivatsion kontentlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Sizning muvaffaqiyatingiz - bizning maqsadimiz! 🎯 📤Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • Yaqinda Toshkentdan Xorazmga poyezdda safar qildim. Sirdaryodan bir ayol vagonga chiqdi va yo‘lakdagi joyni ko‘rib, hayron bo‘ldi: “Kassirlar qanday qilib bunday joy berishi mumkin?” deb norozilik bildirdi. Kechasi bo‘lgani uchun hamma uxlayotgan, lekin u bu joyda uxlay olmasligini aytib, biroz baland ovozda gapirdi. Ammo ko‘p o‘tmay, joyni to‘g‘rilab yotib oldi. Ertalab esa, shu joydagi boshqa ayollar bilan bilet masalasida yana shikoyat qildi. Qizig‘i, bu ayol biletni bir oy oldin olganini aytdi. Ammo shuni aniq bilamanki, agar chindan ham biletni oldindan olgan bo‘lsa, bemalol yaxshi joyni tanlash mumkin edi. O‘zim esa qaytish biletini atigi bir hafta oldin olganman va o‘sha paytda ham pastki joylardan katta ko'chiligi bo'sh edi, bakovoylar esa to‘liq bo‘sh edi. Demak, ayol biletni yaqinda olgan, lekin aybni boshqalarga yuklamoqda. Shuni kuzatib, inson psixologiyasini yana bir bor tushunmay qoldim. Nega odamlar noqulaylikka o‘zlari sababchi bo‘lsa-da, aybni boshqa tomondan izlaydi? Bunday norozilikdan hech qanday foyda yo‘q-ku. Yoki shunaqa holatlardan qandaydir ichki qoniqish, e’tibor yoki tasalli izlanadimi? Izlanishlarim natijasi: Menimcha, bu holatda ayol odamlar orasida o‘zini haqli ko‘rsatishga, e’tibor qozonishga harakat qilgan. Ehtimol, noqulaylikdan chindan norozi bo‘lgandir, lekin ayni paytda o‘z xatosini tan olish o‘rniga, aybni kassirga yoki tizimga yuklab, o‘zini "jabrdiyda" sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu ko‘p uchraydigan psixologik himoya — ya’ni, odam o‘z tanlovidan norozi bo‘lsa ham, bu norozilikni boshqalarga qaratib ichki diskomfortini yengillatmoqchi bo‘ladi. Lekin amalda bu hech qanday foyda bermaydi, balki atrofdagilarning salbiy munosabatini chaqiradi, xolos. Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 12 июн. 2025 г.10,2 тыс18из DrAlgorithm

    Ota, farzand va kitob Avtobusda ketayotib ajoyib manzarani kuzatdim. Ota farzandini aravachada olib ketmoqda, qoʻlida kitob. Iroda - kitobni keyin oʻqirman, shartmi hozir oʻqishim, - desa boʻladi-ku. Otaning matonati, barcha "sabab"larni "bahona"ga aylantirganini qarang. Irodasiga qoyil qoldim. Intizom - har birimizga vaqt kuniga 24 soat berilgan. Kimdir ishini ketma-ket reja qiladi. Shu sabab har bir ishga ketgan vaqtni yigʻsak 24 chiqadi. Kumdir ertalab turib: "Bugun nima qilmoqchi edim", - deydi. Uniki 16 chiqsa kerak. Rasmdagi otadek insonlarda ishlar parallel reja qilingan boʻladi. Bular kuniga 32 soat yashasa kerak. Ota - farzandini maktabga olib borish faqat onalarning vazifasi emas. Otaning ham vazifasi. Rasmga qarab, oʻylanib qoldim. Yuqoridagi gapga yaxshi namuna ekan. Eʼtibor bering, aravachada 2 ta bola. - Mayli, man ishga ketdim. Bollarni bir nima qilarsan, - deb ketvorsa boʻladi -ku. Xulosa qilib aytganda, hali bir-birimizdan oʻrganadigan narsa koʻp. Vaqtimizni qancha unumi qila olsak, shuncha oʻzimizga va yurtimizga yaxshi. Kitob oʻqigan xalq kambagʻal boʻlib qolmaydi. Oʻqiylik. Oʻrganaylik. --- Kecha bitta yangilik oʻqib qoldim. AQSh va Xitoy oʻrtasida boj masalasi uzil kesil hal boʻlibdi. Endi Xitoy xalqi AQSh universitetlarida maxsus imtiyoz bilan oʻqishi mumkin. Xitoy oʻz xalqi AQShda oʻqishi uchun harakat qilmoqda. 10-20 yilda koʻrasiz, Xitoy taʼlimda ancha oldinga oʻtib oladi. Keyin hammamiz Xitoyga borib oʻqisak kerak, "MIT Chin" da. 12.06.2025 London @DrAlgorithm

  • 🚀 Qulaylik hududingizdan chiqing: RIVOJLANISH SIRLARI! ✨ Hammada o‘zining "qulaylik hududi" bor 🛋. Bu biz o‘zimizni xavfsiz, nazorat ostida va qulay his qiladigan joy. Bu yerda hamma narsa tanish, hamma narsa oldindan ma’lum. Ammo bir sir bor: haqiqiy o‘sish va rivojlanish aynan shu hududdan tashqarida sodir bo‘ladi! 🧗‍♀️ Nega ko‘pchilik bu hududda qolib ketishni afzal ko‘radi? Chunki u yerda xavf yo‘qdek tuyuladi, yangi qiyinchiliklar yo‘q. Lekin bu xuddi bir xil manzarani har kuni tomosha qilishga o‘xshaydi – zerikarli, to‘g‘rimi? 😕 🧐 Nega Qulaylik Hududidan Chiqish Muhim? 1. 🌟 Yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi: Qachonki siz notanish narsaga qadam qo‘ysangiz, ilgari ko‘rmagan imkoniyatlarga duch kelasiz. Yangi tanishuvlar 🤝, yangi g‘oyalar 💡, yangi yo‘llar 🗺 – bularning bari sizni kutmoqda! 2. 💪 O‘zingizga bo‘lgan ishonch osmonlarga ko‘tariladi: Har bir yengilgan qo‘rquv, har bir yangi tajriba sizning o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlaydi. "Men buni uddaladim!" degan his eng kuchli motivatsiya! 😎 3. 🧠 Yangi ko‘nikmalar o‘rganasiz: Qulaylikdan chiqish ko‘pincha yangi narsalarni o‘rganishni talab qiladi. Bu sizning bilim va mahoratlaringizni kengaytiradi 🛠📚. 4. 🌍 Hayotga yangicha nazar tashlaysiz: Dunyoqarashingiz kengayadi, muammolarga boshqacha yondashishni o‘rganasiz. Hayot yanada rang-barang va qiziqarli bo‘lib qoladi🌈. 5. 💖 Ichki potensialingizni ochasiz: Siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroq, qobiliyatliroq bo‘lishingiz mumkin! Qulaylik hududi bu potensialni qobiqqa o‘rab qo‘yadi. Uni ochish vaqti keldi! 🗝 🤔 Qanday qilib qulaylik hududidan chiqish mumkin? Bu birdaniga katta sakrashni talab qilmaydi. Kichik qadamlar bilan boshlash mumkin: * 🚶➡️🏃 Kichik narsalardan boshlang: Har kuni odatdagidan biroz boshqacharoq ish qiling. Masalan, ishga boshqa yo‘ldan boring, notanish taomni tatib ko‘ring 🍜, yangi janrdagi kitob o‘qing. * 🦁 Qo‘rquvlaringizga yuzma-yuz keling: Sizni nima qo‘rqitadi? Ommaga gapirishmi? Yangi loyihani boshlashmi? Kichik dozalarda bu qo‘rquv bilan kurashishni boshlang. Qo‘rquv faqat sizning xayolingizda kattalashadi! * 🎨 Yangi xobbi toping yoki mahorat o‘rganing: Raqsga yoziling 💃, chet tilini o‘rganishni boshlang 🗣, rasm chizishni sinab ko‘ring 🖼. Bu sizni yangi muhitga olib kiradi. * 🗣 Notanish odamlar bilan suhbatlashing: Kichik suhbatlar ham dunyoqarashingizni kengaytirishi mumkin. Tadbirlarda, kutubxonada yoki hatto navbatda turgan odam bilan gaplashing. * ❓ "Eng yomon nima bo‘lishi mumkin?" deb so‘rang: Ko‘pincha bizning qo‘rquvlarimiz asossiz bo‘ladi. Eng yomon senariyni tasavvur qiling va unga tayyor bo‘ling. Ko‘rasizki, u unchalik qo‘rqinchli emas. * 🤗 O‘zingizga mehribon bo‘ling: Harakatlaringiz muvaffaqiyatsiz yakunlansa ham, o‘zingizni koyimang. Bu ham bir tajriba! Xatolardan o‘rganish – rivojlanishning bir qismi. 🎉 Chiqqandan keyingi hislar! Dastlab biroz noqulaylik, hayajon bo‘lishi tabiiy 😬. Lekin bu chegaradan o‘tganingizdan so‘ng, sizni ajoyib hislar kutadi: * ✅ G‘URUR VA QONIQISH: "Qildim! Uddaladim!" degan tuyg‘u. * 🚀 ENERGIYA VA ILHOM: Yangi g‘oyalar va rejalar uchun kuch paydo bo‘ladi. * 😊 KO‘PROQ BAXT HISSI: Hayotingizga yangi ranglar kiradi. Xulosa shuki... Qulaylik hududi – bu go‘zal joy, lekin u yerda hech narsa o‘smaydi 🌳. Haqiqiy sarguzashtlar, yutuqlar va o‘sish aynan shu hududning chegarasida boshlanadi. Jasorat qiling, kichik bir qadam tashlang va hayotingiz qanday o‘zgarishini kuzating! 🌟 Siz bunga qodirsiz! 💪😉 Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 📅 Bugungi Harakatingiz 💪 – Ertangi Kelajagingiz ✨ Hayotda ko‘p bor eshitadigan hikmatli so‘zlar bor 📜. Ulardan biri, shubhasiz, "Bugungi harakatingiz – ertangi kelajagingiz" degan naqldir. Bu shunchaki chiroyli so‘zlar yig‘indisi emas, balki hayotning asosiy qonuniyatlaridan birini ifodalovchi chuqur ma’noga ega hikmatdir 💡. Keling, ushbu hikmat zamiridagi ma’nolarni birgalikda tahlil qilaylik 🤔. Harakat – Kelajak Urug‘i 🌱 Tasavvur qiling, siz dehqonsiz. Yaxshi hosil olmoqchi bo‘lsangiz, nima qilasiz? Albatta, avvalo yerga urug‘ qadaysiz, uni parvarishlaysiz, sug‘orasiz 💧, begona o‘tlardan tozalaysiz. Bugun siz ekkan urug‘, qilgan mehnatingiz ertaga mo‘l hosil bo‘lib qaytadi 🌾. Hayotimiz ham xuddi shunday. Bugun qilgan har bir harakatimiz – xoh u ilm olish 📚, xoh yangi hunar o‘rganish 🛠, xoh sog‘lom turmush tarziga qadam qo‘yish 🏃‍♀️ bo‘lsin – kelajagimiz uchun ekilgan urug‘lardir. Agar biz bugun vaqtimizni bekorchi narsalarga sarflasak ⏳, dangasalik qilsak 🛋, o‘z ustimizda ishlamasak, ertangi kundan yorqin natijalarni kutishimiz ham mantiqsizlikdir. Zero, hech narsa ekmagan dehqon hosil ololmaganidek, bugun harakat qilmagan inson ham ertangi muvaffaqiyatga erisha olmaydi 😔. Kichik Qadamlarning Katta Kuchi 👣 Ba’zida oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlar bizni qo‘rqitishi mumkin 😨. "Bunga qanday erishaman?" degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Ammo unutmaslik kerakki, har qanday ulkan bino ham kichik g‘ishtlardan quriladi 🧱. Har bir muvaffaqiyatli insonning yo‘li ham kichik, ammo izchil qadamlardan boshlangan. * 📚 Ilm yo‘lida: Bugun o‘qilgan birgina sahifa kitob 📖, o‘rganilgan yangi so‘z yoki tushunilgan birgina formula – ertangi bilimdon mutaxassis, o‘z sohasining ustasi bo‘lishingizga qo‘yilgan poydevordir 🎓. * ❤️ Sog‘liq borasida: Bugungi 15 daqiqalik jismoniy mashq 🏋️‍♂️, sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan kichik bir urinish 🥗 – ertangi sog‘lom va tetik hayotingiz garovidir 🌟. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, surunkali kasalliklarning oldini olish aynan bugungi kichik harakatlarga bog‘liq. * 💼 Kasbiy rivojlanishda: Bugun ishda ko‘rsatilgan qo‘shimcha tashabbus ✨, o‘rganilgan yangi dastur yoki mahorat – ertangi lavozim pillapoyalaridan ko‘tarilish 🚀, hamkasblar orasida hurmat qozonish imkoniyatidir. * 💰 Moliyaviy barqarorlikda: Bugun tejab qolingan kichik mablag‘ 🪙, oqilona qilingan investitsiya – ertangi moliyaviy erkinlik va farovonlikka zamin yaratadi 💸. Prokrastinatsiya – Kelajak Dushmani 🤺 "Ertaga qilaman" 🗓, "Keyinroq boshlayman" ⏰, "Hali vaqt bor" – bu so‘zlar prokrastinatsiya, ya’ni ishlarni keyinga surishning eng yorqin ko‘rinishlaridir. Afsuski, ko‘pchiligimiz bu "kasallik"ka chalinamiz 🤧. Bugun qilinishi kerak bo‘lgan ishni ertaga qoldirish orqali biz nafaqat vaqtimizni, balki imkoniyatlarimizni ham boy beramiz 😥. Har bir "ertaga" bizni orzularimizdan bir qadam uzoqlashtiradi. Bugundan Boshlang! 🚀 Kelajagingiz qanday bo‘lishini istaysiz? Muvaffaqiyatli 🏆, baxtli 😊, sog‘lom 💪, farovon 🏡? Unda javob oddiy: bugundan harakatni boshlang! 1. 🎯 Maqsadlaringizni aniqlang: Siz nimaga erishmoqchisiz? Aniq va o‘lchanadigan maqsadlar qo‘ying. 2. 📝 Reja tuzing: Maqsadingizga olib boradigan kichik qadamlarni belgilab oling. 3. ▶️ Harakatga o‘ting: Rejangizdagi eng birinchi va eng oson qadamdan boshlang. Muhimi – boshlash! 4. 🔄 Izchillikni saqlang: Har kuni, oz-ozdan bo‘lsa ham, maqsadingiz yo‘lida harakat qiling. Muntazamlik – muvaffaqiyat kalitidir. 5. 💡 Xatolardan qo‘rqmang: Harakat jarayonida xatolar bo‘lishi tabiiy. Ularni tajriba sifatida qabul qiling va o‘rganing. Xulosa Unutmang, kelajagimiz oldindan yozib qo‘yilgan taqdir emas. Biz uni o‘z qo‘llarimiz bilan 🙌, bugungi tanlovlarimiz va harakatlarimiz bilan yaratamiz. Har bir o‘tayotgan kun – bu sizning kelajagingizga sarmoya kiritish uchun yangi imkoniyatdir 🌅. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Bugungi harakatingiz – bu sizning ertangi kelajagingizga yo‘llangan eng ishonchli maktubdir 💌. Uni mazmunli va yorqin qilish o‘z qo‘lingizda! ✨ Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 23 янв. 2025 г.12,7 тыс6

    Выговор Екатерина Ван Приснился мне вчера тревожный сон- Предстала я пред Богом для допроса. Он на меня смотрел, я - в пол. Застыла в ожидании вопроса. -"Ну, что? Пришла? И, как там? Расскажи!" -"Прости Господь, грешна и очень сильно." -"С грехами ты своими подожди, Про них я знаю! Мне это посильно!" -"Хочу спросить тебя я о другом, Понравились тебе мои творения? Всё создавал я на земле с умом, Для радости, любви, для наслаждения." . -"Я сотворил чудесные закаты. Ты любовалась ими или нет? А оценила гром ? Его раскаты? Ты созерцала пОутру рассвет?" -"Придумал диковинных животных и водопады нереальной красоты. Птиц редких, обитателей подводных, Невероятные деревья и цветы." -"Пещеры, горы и природные каньоны. Лес, джунгли, океаны и моря. Ты мне скажи: везде ты побывала? Я ж создавал всё это для ТЕБЯ!!!" -"Я чудеса нарочно разбросал по свету Чтоб люди путешествовать могли. Объехали за жизнь чтоб всю планету и показали б детям чудеса Земли." Он ждал ответ мой, я - молчала. Глаза не смела на него поднять. Господь хмурнел, а я не знала, Каааак перед ним себя мне оправдать?! От страха мое тело онемело и очень робко я произнесла: "Прости Господь, я как-то не успела, Работа, дом, да неотложные дела." -"Ещё кредит на мебель, ипотека и на работе каждый раз завал. Казалось, что есть время для разбега, Ведь рано ты к себе меня призвал." -"Ты не жила! А лишь... существовала! И посвятила свою жизнь вещам! Тебе всегда чего-то не хватало, Хотя для жизни я многое дал вам!" -"Потратила ты жизнь свою впустую, Детей своих ты так же научила жить! Своим примером приучила жить вслепую, Не научила ты их жизнь свою ценить!" -"Машина, мебель, деньги, ипотека- Ты думаешь всё в гроб с собой возьмешь? Ведь жизнь всего ОДНА у человека! Ты ничего ТУДА не заберешь!" -"Уйдешь одна ты, глупая, нагая и не познав сколько чудес вокруг! Жизнь прожигаете бумажки всё считая, Ведь наслаждаться ею ..всё вам недосуг...." Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 23 янв. 2025 г.16,8 тыс254

    Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 18 янв. 2025 г.10,8 тыс19

    ⭐️O'zim sinab ko'rgan bir yaxshi narsani sizlar bilan ulashmoqchiman. O'tkan 2023-yil oxirida men kirib kelayotgan 2024-yil uchun yangi maqsadlarni qo'ydim va yangi yilda shu maqsalarni maximal hammasini amalga oshirishga harakat qildim. Eng muhim 2 ta maqsadim birinchisi kitob o'qishni odatga aylantirish va har oyda bitta o'zbekcha shaxsiy rivojlanish uchun kichik bo'lsa ham kitob o'qish va bir yilda 12 ta kitobni to'liq o'qib tugatish. Shu vaqtgacha men bunday kitoblarni ko'pini olgan bo'lsam ham oxirigacha o'qib tugatolmagandim. Ikkinchi katta maqsadim bu kichik bo'lsa ham 2 qavatli hovli olish. Men maqsadlarimni trello saytiga yozib chiqdim va har kuni ertalab ishga kelishim bilan birinchi shu maqsadlarni o'qib esimga solish va ularni bajarish uchun kichik bo'lsa ham harakat qilish bo'ldi. Men 2024-yilda 15 ta shaxsiy rivojlanishga bag'ishlangan kitobni o'qib tugatdim. Shu bilan birga kichik bo'lsada o'z uyimni sotib oldim. Eng muhim e'tibor beradigan joyi kamida 250 kun moboynida men maqsadlarim haqida o'yladim va ularni amalga oshirishga harakat qildim. To'g'risi men o'zim ham maqsadlarimga erishishimga ishonmagandim lekin hudoga shukur mana yil oxiriga kelib 80% dan ko'proq yozganlarim amalga oshdi. Yangi yilda sizga ham shunday orzular ro'yobini tilaymiz. Neki orzu maqsadlariz bo'lsa amalga oshsin. Oilangizdan sog'lik salomatlik va eng asosiysi hotirjamlik arimasin. Maqola biroz ertaroq chiqarishim kerak edi. Buning uchun uzur so'rayman. Xechdan ko'ra kech deb yozib qo'ya qoldim.😊😊😊 Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 19 нояб. 2024 г.13,7 тыс15

    Mativatsiya uchun o'zimdagi bir vodeani sizlar bilan ulashgim keldi. Men bitta o'zim uchun qiziq yo'nalishda kitoblar o'qishni boshladim. Lekin shu o'qigan bilimlarimni o'z ishdagi topshiriqlarimda ishlatolmasdim. Sababi topshiriqlar uncha murakkab emas edi. Lekin men o'qishda to'xtamadim. Boshqa hamkasblarimda qandaydir muammo bo'lsa shu o'qigan bilimlarim bo'yicha maslahatlarimni ayamasdim. Ammo o'zim qilayotgan ishlarda qo'llay olmaganim uchun bir tarafdan jahlim ham chiqardi. Ishim men uchun shunday zerikarli bo'lib qolayotgandi. Ammo bir kuni meni majlisga chaqirib qolishda va savollarni bera boshlashdi. Hamma aytgan muammoli holatlariga menda javob bor edi va men maslahatimni yana ayamadim. Shunday qilib meni o'sha yangi loyhaga qo'shishdi va eng muhim qarorlarni men bilan maslahat qilgan holda qabul qila boshlashdi. Hozir barcha o'qigan bilimlarimni o'sha loyhada ishlatyapman. To'g'risi aytsam ishda bosim oshdi ammo o'zim mazza qila boshladim. Men bilimni boshqalarga ulashish menga foyda keltirishini bilardim ammo shu vaqtgacha natijasini aniq ko'rolmagandim. Bu loyhaga boshqa kuchliroq odamni qo'yishmoqchi bo'lishga ammo meni bu yo'nalishda o'qib yurganim va bilimlarimni boshqalar ham taxminan bilishardi. Yozganlarimda o'zimni ko'proq mahtab yuborgan bo'lsam uchun uzur so'rayman va sizdan diqqatni menga emas bilim olishga qaratishni so'rayman. Bilim boylikka o'xshab darrov natija bermasligi mumkin ammo uni xech qachon sizdan olib qo'yisholmaydi shuning uchun boshqalarga ulashishdan qo'rqmang chunki boshqalarga ulashish sizning foydangizga ishlashi aniq. Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 29 окт. 2024 г.13,8 тыс31

    📜Ishga kirishdagi kichik sir Qiziq bir faktni sizlar bilan ulashishni istadim. Hozirgi kunda ishga kirish va yaxshi lavozimda ishlash qiyin bo'lib qoldi. Men oldin yoshi katta bitta tanishimdan bitta maslahat eshitgandim. Ishga kirishdan oldin ishga kirayotgan firmangda qanday loyha ustida ishlashingni bil degandi. Sen ishlaydigan loyha shu firmaga qanday foyda keldirishini bil. Sababi agar siz ishga kirishda sizga oylik belgilanadi va firma uni to'laydi. Vaqt o'tib sizni oylikingi qayta ko'rib chiqish payti kelganda agar sizning ishlayotgan ishingiz firma uchun unchalik katta foyda keltirmasa unda rahbarlar sizni oylikingizni deyarli har doim oshirmaydi sabab firmaga foydangiz olayotgan oylikdan kam. Agar siz bilimingiz kam va boshlangich kelishgan oylikingiz kam bo'lsa ham lekin ishlayotgan loyhangiz firma uchun juda muhim bo'lsa siz juda qisqa fursatlarda oylikingizni yuqori darajaga ko'tarib olishingiz mumkin. Yani siz yuqori bilimga ega bo'lmasdan turib ham yaxshi oylik olasiz. Agar shu ikki aytgan turdagi Hasan Husan bitta firmada ishlaganda edi. Qaysi biri Hasan qaysi biri Husan ekanini bilmasa ham yani ularni farqlay olmasa ham rahbarlar muhim loyha ustida ishlayotganni oylikini oshiradi. Men bu vaziyatni o'z ko'zim bilan ko'rgandan keyin yozayapman. Men ishlayotgan firmada bir nechta loyhalar yaratildi. Yangi hali tajribasi yo'q bollar muhim bir loyhada ishlashdi. Natijada juda qisqa vaqtda oyliki o'sib 4-5 yildan beri ishlab yurgan ishchilarnikidan o'tib ketdi. Agar bilimni va sifatni solishtirsangiz tajribali hodimlarni ishi yaxshi lekin tez ko'zga ko'rinadigan natija yoshlarniki shuning uchun rahbariyat ularga katta oylik to'layapti. Siz postni shu joyigacha o'qigan bo'lsangiz umid qilaman bu ma'lumot sizga qachondir foydasi tegadi. Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 23 сент. 2024 г.14,1 тыс19

    без подписи

  • без подписи

  • 15 мар. 2024 г.30,8 тыс66

    @mativatsiya

  • 27 февр. 2024 г.29,7 тыс27

    📜Doktor Robert Entoni Ikki yil ilgari elektron pochtamga doʼstimdan xat keldi. Unda shunday satrlar yozilgandi: "Men hozirgina internetga kirdim, uning bosh sahifasida sizning kitobingizdan iqtibos keltirilgan ekan". Men doʼstimning gapini tekshirib koʼrish maqsadida internetga kirdim, bu "Ommaviy muvaffaqiyatning kengaytirilgan formulasi" kitobimdan olingan jumla edi. Shundan keyin sayt bilan tanishdim, keyin sayt egasi tavsiya qilgan xizmat koʼrsatuvchi tarmoqqa qoʼngʼiroq qildim va ular bilan gaplashdim. Iktibosga qoʼshimcha ravishda ularga tavsiya sifatida maqola yozib berishim mumkinligini aytdim. Bu ishni tekinga qilib bermoqchiligim suhbatdoshimga qattiq taʼsir qildi. Mening maqsadim uni qoʼllab-quvvatlash va yordam berish edi. Evaziga undan biror narsa talab qilish xayolimga ham kelmagandi. Bu yaxshiligim yerda qolmasligini, koinot ikki hissa qilib oʼzimga qaytarishini yaxshi bilardim. Men bergan tavsiyadan bir yil oʼtib, sayt sohibining savdosi ancha rivojlanib qolganiga guvoh boʼldim. Oʼtgan vaqt ichida biz bir-birimiz bilan gaplashmadik, toʼgʼrisini aytsam men bu voqeani unutib ham yuborgandim. Men ham u notanish odamga qiziqib qoldim va sira ikkilanmasdan elektron manzilimni berishga rozi boʼldim. Sayt egasiga bir yil oldin yordam berganimdan so'ng u bilan endi gaplashishim edi. Keyin mening elektron manzilimga maktub yozgan odam bilan bogʼlandim. Bu bilan birgina muloqot butun hayotimni oʼzgartirib yubordi. Vaqt oʼtishi bilan u notanish inson mening eng yaqin doʼstlarimdan biriga aylandi, keyinchalik esa mening yangi biznes-menedjerom va marketing boʼyicha mutaxassisimga aylandi. Uning yordami natijasida biznesdogi daromadim 500 foizga oʼsdi! Buning hammasiga men bir odamga hech bir tamasiz yaxshilik qilganim sababdir.Bu oʼzaro almashinuvining toʼgʼri va aniq samarasi edi. Bu qonun hech qachon oʼz kuchini yoʼqotmaydi. Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 11 янв. 2024 г.28,1 тыс35

    📜Biz doim kimlarningdir tasirini sezamiz Qadimgi Gretsiyada ota-onalarning o'z bolalarining maktabda bir kunda arzimagan bir-ikki soat bilim olishlari yoqmasdi. Ular bolalarini o'qituvchilari bilan yillar davomida birga bo'lishlarini hohlashardi. Ular amin edilarki, har kun doimiy muallim bilan uchrashib birga bo'lishi - bu zo'r maktab. Atrofimizdagi odamlardan tashqari xech narsa, ularchalik bizga tasirini o'tkaza olmaydi. Bu mulohazam kimgadir yoqmas, ammo bu haqiqat. Balki biz inson miyyasining ishlash faoliyatini endigina tushunib yetayotgandirmiz, lekin olimlar bu borada bir to'xtamga kelishgan. Miya o'zining atrofida sodir bo'layotgan hamma narsani o'ziga jamlaydi. Tasavvur qilishimiz mumkinki, ko'zimiz - telekamera, quloqlar esa mikrofon. Biz tashqaridagi hamma narsani yozib olib xotiraga joylaymiz. Keng doirada tasavvur qilsak, bizning ongimiz ko'z ongimizda bo'lib o'tgan jarayonlar yozilgan katta bir tasma. G'oliblik qonuniyatlari kitobidan Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 3 янв. 2024 г.27 тыс42

    📜ISHNING ENG ZАRURINI TEZLIK BILАN BOSHLАNG! Bir odam holsiz holda shifokor qabuliga kirdi. U yelkasiga yuklangan mas'uliyatning og'irligidan charchagandi. Uning hayollari qilishi kerak bo'lgan turli yumushlar bilan doim band edi. Buning oxiri kurinmasdi. Uni xavotirga solayotgan narsa vaqtning yetishmovchiligi edi. Tunlari yaxshi uhlay olmas, kunduzi esa tez charchab qolardi. Ishonchi so'nib, uning o'rnini xavotir egallayotgandi. Аqlli shifokor darrov uni tushundi. Bemorning bu ayanchli holatdagi muammosi - vaqtdan to'g'ri foydalanmayotgani edi. Buning uchta sababi bor: shoshilinch bajariladigan ishlarni zaruriylari bilan almashtirib qo'yib, tez bajarilishi keraklarini ortga surardi va shu bilan birga mukammallikka ham intilardi. Yaqinlarga ulashing @mativatsiya

  • 31 дек. 2023 г.25,8 тыс12

    🎄Bugungi bayram barchaga muborak bo'lsin. Yangi yilda sizga sog'lik, salomatlik, tinchlik va eng asosiysi ko'ngil hotirjamligini tilayman. Kelayotgan yil orzularingiz ushaladigan, maqsadlarizga erishadigan yil bo'lsin. Bugun yangi yilga maqsadlarni aniq belgilaydigan kun. 2010-yilda bizning oilada katta summa qarz bor edi va men yangi yil kuni chin dildan bu yil shu qarzlarimizdan qutulaman dedim. Hudoga shukur shu yilning o'zida qarzlarimizdan qutuldik. Shundan beri har yili yangi yil kuni o'zimga katta maqsadlarni qo'yadigan bo'ldim. 2021-yilda keyingi yilni o'zim sotib olgan uyda yangi yilni kutib olishni niyyat qildim. Oradan ko'p o'tmay 2022-yil yurtimiz poytaxtidan 2 xonali kvartirani kredit asosida sotib oldim. Shunday ekan bugun siz kelayotgan yildagi katta rejalaringizni aniqlab olishni maslahat beraman. Ishonamanki hudoning o'zi bu maqsadlaringizga erishishingizga yordam beradi. Yaqinlarni yangi yil bilan tabriklashni unutmang @mativatsiya