tgindex
MEDIASMI | RASMIY KANAL

MEDIASMI | RASMIY KANAL

Статистика
@mediAsmi_uzузбекский

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti BT “MEDIASMI” jamoasining Rasmiy kanali ⭐️ YANGILIKLAR ⭐️ QIZIQARLI MA’LUMOTLAR ⭐️ YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR Barchasiga birdamlikda erishamiz! 📞 Murojaat uchun: @mediasmiadmin

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
85
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
417
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
28
40 постов
Вовлечённость
6,7%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 85
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
17
1/48двое суток
19
1/72трое суток
21

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #YoshlarOvoziGazetasi 🙋 Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang! 🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing! ☑️ Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari ☑️ Besh million sun’iy intellekt yetakchilari ☑️ Bandlik va tashabbuskorlik — mahalla rivojining bosh omili ☑️ Makon AI — katta investitsiyalar jalb qilayotgan loyiha ☑️ 24 ta ekoloyihaga 1,14 mlrd so‘m grant ☑️ Yangi avlod tadbirkorlari ☑️ Bir kunda 10 ta medal ☑️ Biohaking: Insoniyat o‘zini qayta yarata oladimi? ☑️ Avans emas, bo‘nak 📰 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ma’ruza zallari shay holatga keltirilmoqda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 2000 o‘rinli o‘quv binosida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida yangi o‘quv yilida talabalar uchun foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan ma’ruza zallarining holati, ularning moddiy-texnik ta’minoti hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Rektor mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ma’ruza zallarini zamonaviy talablar asosida jihozlash, zamonaviy multimedia vositalari, texnik qurilmalar va zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, auditoriyalarda talabalar uchun qulay va munosib ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida obodonlashtirish va jihozlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi. Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, talabalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. ❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlariga tayyorgarlik Joriy yilning 11–13-avgust kunlari Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirish istagidagi tibbiyot texnikumlari bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. Mazkur suhbatlarni yuqori saviyada, tartibli va shaffof tashkil etish maqsadida institut rektori M.Madazimov mas’ullar bilan uchrashib, jarayonlarga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Uchrashuvda suhbat o‘tkaziladigan joylarning to‘liq shayligi, abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashkiliy masalalarni puxta yo‘lga qo‘yish hamda suhbat jarayonlarini belgilangan mezon va talablar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Rektor tomonidan mas’ullarga suhbatlarni adolat, xolislik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazish, barcha texnikum bitiruvchilari uchun teng sharoit yaratish hamda ularning bilim va salohiyatini belgilangan mezonlar asosida haqqoniy baholash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. ❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter

  • #videorolik “Vodiy Gavhari – 2026” V-Xalqaro yozgi maktabi ishtirokchilari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialida! “Vodiy Gavhari – 2026” V Xalqaro yozgi maktabi doirasida ishtirokchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialida bo‘lib, viloyatning eng ilg‘or tibbiyot muassasalaridan birida tashkil etilgan tanishtiruv ekskursiyasida ishtirok etdi. Jarayondan videolavha. ❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter

  • #Xavfsiz va sog‘lom yurt 🔈Kiberxavfsizlik — bu shaxsiy ma’lumotlaringiz va raqamli xavfsizligingizni himoya qilishning eng muhim omilidir. Noma’lum manbalardan APK fayllarni yuklashdan oldin ularning xavfsizligini tekshiring! ⚠️AND KIBER-QALQON ilovasi APK fayllarni tahlil qilish va kiberxavfsizlikka oid savollarga javob olish imkonini beradi. Raqamli xavfsizlikka befarq bo‘lmang. Ehtiyotkorlik — kiberjinoyatlardan himoyaning eng samarali yo‘lidir!✔️ 🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

  • #Bayram_shukuhi Mustaqillik shukuhi – institutimizda! O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida bayramona muhit yaratish maqsadida keng ko‘lamli bezatish ishlari amalga oshirildi. Institut hududi, o‘quv binolari va markaziy kirish qismi davlat ramzlari, bayramona bannerlar hamda mustaqillik g‘oyalarini aks ettiruvchi bezaklar bilan bezatildi. Ushbu bayramona muhit talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mustaqillik – xalqimizning bebaho ne'mati, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ana shu ulug‘ sana munosabati bilan institut jamoasi mamlakatimiz ravnaqi, ilm-fan va tibbiyot sohasi taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shish yo‘lida fidoyilik bilan faoliyat olib bormoqda. Yurtimizning eng ulug‘ bayrami – Mustaqillikning 35 yilligi barchamiz uchun faxr, g‘urur va yangidan-yangi marralar sari ilhom manbai bo‘lsin! ❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter

  • ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram