MEDOSFERA - hayotning tibbiyot qobig'i
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 32
- 1/48двое суток
- 36
- 1/72трое суток
- 39
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bilimingizni sinab ko'ring. Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Tranzitor holatlar Bilasizmi aslida tranzitor holatni, Kasallik deb shoshilmang har bir alomatni Tanani yangi hayotga moslar har lahzada, Tabiatga topshiring davolamoq navbatni Sariqlik ko‘rinsa darrov vahimaga tushmang, Teri rangin ko‘rib xulosa chiqarib shoshmang, Bu aslida bolaning qon almashish belgisi Bir ozgina e’tibor qilish kerak unutmang Ha bilamiz buvilar ko’p narsani biladi Ammo mastopatiyani siqib bekor qiladi Onadagi gormonlar meros o’tgan bolaga Ozgina parvarish va qaytadi o’z holiga Allergiyaga o’xshab teri qizarib qolsa Eritema chiqdi deb qilmang darov talvasa “Fiziologik” so’zini qo’ying uni boshiga Yo’qoladi u o’zi 7 oy quyosh ko’rsa Bolam ozib ketyabdi qorni to’ymayabdi deb Xunob qilmang ayolning miyasini yeb Bu ham asli normal hol, kurashishi kerakku Tayyor shohona muhutdan mustaqil olamga keb Yiqildi yo urdi deb xulosaga shoshilmang Alam olish niyatda o’qlov olib yugurmang Bu ko’kish dog’ aslida mongol dog’i deyilar Dangasa bir melonin migrantsiyasin unutmang Axir yangi tug’ildi demak meros bo’libdi Yuzlari va burniga mayda akne chiqibdi Siqsam og’risa kerak unda krem surtaman Deb o’ylanib o’tirmang uni yuziga milia toshibdi Tranzitor holatlarni, biling shoshilib qilmang qaror Norma bilan kasallikni ajrating qilar albat kor Taxmin bilan davolamang, ehtimolga suyanmang Bolalarning sog’ligi shunda bo’lar betakror Muallif: Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-davolash fakulteti 314-B guruh talabasi Safarmatova Zarnigor Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Bolalarda hazm tizimi semiotikasi Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Gemogramma Gemogramma tilga kirdi sekin, Qog‘oz emas — go‘yo yurakday. Sovuq raqam jim turar, lekin Ichimda bir gap bor — kerakday. Eritrotsit mung bilan qarar “Ranging nega oqarib ketgan?..” Men javobsiz turdim indamay — Anemiya boshlanib ketgan Gemoglobin pastlab qolibdi, Nafasim ham nimjon sezilar. Yuguraman — lekin bir zumda Oyog‘imda charchoq sezilar. Leykotsitlar shoshqin, bezovta, “Ichda dard bor,” xavotir kechar. Tana jim-u, lekin ich-ichidan Sokin bir jang uzluksiz kechar. Eozinofil sekin bir qarar, Ko‘zlarida pinhon bir savol. Ichkarida qurtlar jim yashar, Bola bilmas — bu qandayin hol. Neytrofil jangga shay turar, Ko‘zlarida sovuq bir qaror. Dushmanlarni darhol yo‘q qilar, Ichkarida qolmas og‘ir hol. Trombotsit jim, lekin hushyor, Tomirlarda turadi tayyor. Bir tomchi qon chiqqanda darhol, Yopib qo‘yar — quradi devor. Limfotsitlar sokin kuzatar, Nigohida teran bir ma’no. Virus kirsa yo‘llarin to‘sar, Bola sezmas — topilar davo. Monotsitlar sekin ish tutar, Qoldiq, kirni birma-bir yutar. O'liklarni yo‘q qilib asta, Tana ichra poklikni tutar. Gemogramma so‘zladi sekin, Har satrida yashirin hikmat. Kim tinglasa bu signallarni, Asrar edi sog‘liqni, albat. ✍Muallif: Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-davolash fakulteti 314-B guruh talabasi Inomov Shavkatjon Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Gemogramma (Umumiy qon tahlili) Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Fallo(Fallot) kasalligidagi anatomik nuqsonlar Triada Fallo ▪️Qorinchalararo to'siq defekti ▪️O'pka arteriyasi stenozi ▪️O'ng qorincha gipertrofiyasi Tetrada Fallo ▪️Qorinchalararo to'siq defekti ▪️Aorta dekstrapozitsiyasi ▪️O'pka arteriyasi stenozi ▪️O'ng qorincha gipertrofiyasi Pentada Fallo ▪️Qorinchalararo to'siq defekti ▪️Aorta dekstrapozitsiyasi ▪️O'pka arteriyasi stenozi ▪️O'ng qorincha gipertrofiyasi ▪️Bo'lmachalararo to'siq defekti Kanalimiz👉@Medosferauz
Diqqat e'lon! Zakovat intellektual o'yiniga ixlosmand talabalar uchun ajoyib yangilik! "MEDOSFERA" klubining "Zakovat" to'garagi ish boshladi. Agar sizda qiziqish bo'lsa, vaqtni boy bermay ro'yxatdan o'ting va to'garak darslariga qatnashing. ❗️Eslatma: Shoshiling! To'garakda joylar cheklangan! To'garakda ishtirok etish uchun quyidagi havoladan ro'yxatdan o'ting! Ro'yxatdan o'tish uchun havola Bizni sizni har shanba 14:00 da 14-korpus, 2-qavat, 204-xonada kutamiz. Kanalimiz👉@Medosferauz
Bolalarda yurak-qon tomir tizimi sindromlari Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Gastroshizis - bu qorin old devorining tug’ma nuqsoni bo’lib, unda ichak qovuzloqlari bazan,boshqa organlar bilan birga qorin bo’shligidagi yoriq, orqali tashqariga chiqadi. Ilgari bunday tashxis qo’yilgan chaqaloqlarning taxminan 50% vafot etgan, ammo jarrohlikning rivojlanishi tufayli o’lim darajasi 30% gacha kamaygan va o‘nta chaqaloqdan to’qqiztasi dunyodagi eng yaxshi klinikalarda saqlab qolinmoqda. Kanalimiz👉@Medosferauz
Kardiotorakal indeks(KTI) - rentgenogrammada yurak soyasining ko'krak qafasining bazal diametriga nisbati. Kardiotorakal indeks kattalar uchun 50%gacha norma, 50% dan yuqori kardiomegaliya demakdir. Aniqlash formulasi: KTI=(a+b)/c yoki KTI=((a+b)/c)x100 Kardiotorakal indeks bolalardagi normalari: -chaqaloqlarda - 0,58-0,60(58-60%) -6 oylikda - 0,58(58%) -1 yoshda - 0,57(57%) -3 yoshda - 0,54(54%) -6 yosh va undan kattalarda - 0,5(50%) Kardiomegaliya darajalari: 1-daraja - KTI 50-55% 2-daraja - KTI 56-60% 3-daraja - KTI 60% dan yuqori Kanalimiz👉@Medosferauz
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
"Tahlil" nashriyotidan yangi kitob! “Sotilayotgan kasalliklar” — jurnalistlar Ray Moynihan va Alan Kassels tomonidan 2005-yilda yozilgan ilmiy-tahliliy asar. Kitob farmatsevtika sanoatida uchraydigan “disease mongering” — ya’ni oddiy holat yoki xavf omillarini kasallik sifatida targ‘ib qilish amaliyotini ochib beradi. Mualliflar ilmiy maqolalar, marketing hujjatlari va sog‘liqni saqlash statistikalariga tayangan holda, ayrim kompaniyalar kasallik mezonlarini kengaytirish orqali bozorni oshirishini ko‘rsatadi. Masalan, xolesterin me’yorlari pasaytirilishi yoki ruhiy holatlarning patologiya sifatida taqdim etilishi millionlab sog‘lom odamlarni “bemorga” aylantirishi mumkin. Tadqiqotlar ortiqcha tashxis va keraksiz dori qo‘llash iqtisodiy va sog‘liq uchun xavf tug‘dirishini tasdiqlaydi. Kitob sog‘liqni saqlash tizimida manfaatlar to‘qnashuvi, reklama ta’siri va klinik mezonlarning tijoratlashuvi haqida tanqidiy fikr yuritadi. @Maqsud_Muxtor
5 kunlik o‘g‘il chaqaloq. Ikkala ko‘krak bezining kattalashishi + sutga o‘xshash ajralma. Qizarish yo‘q. Og‘riq yo‘q. Bu normal holatmi? Sabablari qanday? Kanalimiz:👉@MEDOSFERAUZ
Sportni molekulyar darajada "imitatsiya" qiluvchi mexanizm Olimlar hujayralar yuzasida harakat va yuklamani sezuvchi Piezo1 oqsilini aniqlashdi. U jismoniy faollik vaqtida suyak iligida yog‘ to‘planishini kamaytirib, yangi suyak to‘qimasi hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Piezo1 faol bo‘lmaganda, suyak massasi tez yo‘qoladi va yog‘ hujayralari ko‘payadi. Bu mexanizmni tushunish haqiqiy jismoniy yuklamasiz, dorilar yordamida suyaklarni mustahkamlash imkonini beradi. Nima uchun bu muhim? Osteoporoz (suyak zaifligi) 50 yoshdan oshgan har 3-ayol va har 5-erkakda kuzatiladi. Olimlarning fikricha, bunday "mashq imitatorlari" keksalar, yotib qolgan bemorlar va surunkali kasalliklari bor insonlarda osteoporozni davolashda katta burilish bo‘lishi mumkin. Hozirda jamoa tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga tatbiq etish va aholining zaif qatlamlarida suyak massasini saqlab qolishning yangi usullarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Kanalimiz:👉@MEDOSFERAUZ
Jigar sirrozi va gidropnevmotoraks: Jigar sirrozida ko‘krak qafasi asoratlari orasida eng ko‘p uchraydigani — gepatik gidrotoraks bo‘lib, u plevra bo‘shlig‘ida transsudativ suyuqlik to‘planishi bilan xarakterlanadi. Biroq ayrim kam holatlarda ushbu suyuqlikka havo qo‘shilib, gidropnevmotoraks rivojlanishi mumkin. Bu holat odatda invaziv muolajalar (torakosentez), alveola yorilishi yoki spontan pnevmotoraks bilan bog‘liq. Rentgen tekshiruvda gidropnevmotoraksning asosiy belgisi — aniq gorizontal havo–suyuqlik sathi hisoblanadi. O‘pka qisman kollapsga uchragan bo‘lishi, mediastinum siljishi kuzatilishi mumkin. Sirrozga xos ravishda holat ko‘pincha o‘ng tomonlama aniqlanadi. Kanalimiz👉@Medosferauz