tgindex
Men

Murodjon Raxmonov Mo'minjon o'g'li

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
27
+3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
160
22 постов
Вовлечённость
592,6%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 22
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
16
1/48двое суток
18
1/72трое суток
19

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bir yaxshi qiziq va yoshlarbop yangilik qilgani ketyapmiz 😊

  • без подписи

  • Rasmlar orasidan meni topinglar )

  • 8 авг.361из murodjonrakhmonov

    https://kun.uz/news/2026/08/08/kampirobod-havzasida-14-turdagi-baliq-aniqlandi

  • Mazza 😁 Ilhom kelganda tayyorlab qo'ydim. Men doim jiddiy va aqilli ko'rinmayman, biroz kulgi ham kerak. Muhimi o'zimman o'zligimdaman.

  • https://www.instagram.com/stories/___rakhmonov/3959096897176084530?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MWpqOHpoaXZ6bGxqeg==

  • Savollar va fikrlar uchun Instagram eshiklari ochiq )

  • Avtobus toʻxtaydigan yoʻlga qoʻyib ketadigan darajada qanday muhim ishi boʻlgan ekan-a ?

  • Biz doim oʻtmishda yashaganmiz va yashaymiz.

  • Pul baxtli qilmaydi, lekin baxtliroq qiladi.

  • https://tirikchilik.uz/biologiciq Tirikchilik.uz dan Donat uchun profil ochdim ) Endi bemalol pul tashlayverishadi

  • Siz va sizning atrofingizda boʻlayotgan ishlarning hech biri bejiz emas. Har narsaning oʻz hikmati bor. Vaqti kelib barchasini tushinib boramiz. Qay biri yaxshi boʻldi-yu, qay biri yaxshilikka..

  • Gaplashib o'tiribmiz. Men bir narsaga qarab: "Men orzularimni amalga oshirish yo'lida bunday qimmat narsalarni sotib ololmayman", dedim. U esa xotirjam javob berdi: "Men bunday narsalarni bemalol sotib olishga qodirman. Ammo endi mening orzularim yo'q."

  • без подписи

  • без подписи

  • Bir vaqtlar ko‘cha changitib yurgan kezlarimda kimdir kelib: "Kelajakda sen shunday inson bo‘lasan'', deb hozirgi meni ko‘rsatsa, boshqalardan avval o‘zim bu gapga ishonmagan bo‘lardim. Oila a’zolarim, otam va yana bir inson bunga ishonishgan edi. Ustozim... Tizimdan va odamlardan kamchilik qidirib, ularning barchasini aybdor sanab, hech bir ish qilmagan vaqtlarimda kelajakka bo‘lgan umid ancha ortga chekingandi. Universitetdagi ishlarim ham juda zo‘r emasdi. Oila ishlari, kam-ko‘stlarni yopish tarafiga allaqachon o‘tib ketgan edim. Hech narsaga qiziqish qolmagan, muhimi pul topish va uydagilarni xursand qilish edi, xolos. Biroz vaqt shunday yurdim. Keyin bir Telegram guruhidagi muhokamadan parchalarni kursdoshlarim yuborib qolishdi. Hujayra.uz telegram kanalida juda qiziqarli postlar va muhokamalar bo‘lar ekan. Kanal yurituvchisi esa men ilmga eng qiziqqan vaqtlarimda, akademik litseyda Gulbahor ustoz tavsiya qilgan yosh, lekin juda ilmli Baxtiyor Sheraliyev ustoz edi. Xazina topib olganday bo‘ldim. Men o‘sha kundan boshlab ularning kanalidagi barcha postlarni qayta-qayta o‘qirdim. Bo‘sh vaqtim bo‘ldi deguncha hujayra.uz'ga kirardim. Ustoz ham turli savolli postlar tashlab turar, muhokama guruhida bahslar, debatlar avjida bo‘lardi. Men umuman ularga aralashmasdim, chunki "Men hali yetarlicha tayyor emasman", degan fikr bunga to‘sqinlik qilardi. Bu orada ustoz Xitoydagi hayoti, universitet atroflari, supermarketlardagi mahsulotlar narxlari haqida bir qancha videolar qilardi. Ustozning kanalidan pinhona ilm o‘rganardim. Cherry pomidori borligi va u mevalar qatorida turishini ham o‘shanda bilganman. Shunda tushunib yetgan narsam shuki, insoniyatni ilm qutqaradi, ilmni esa eng zo‘r ustozdan ixlos, sabr va qunt bilan o‘rganish kerak. Ustoz bilan esa birinchi marta Triplophysa ferganaensis kashf qilinish arafasida turgan vaqtda berilgan savol orqali tanishganmiz. Doimgidek ustoz savolli post joyladilar. Ko‘p o‘tmay bunga javoblar yo‘llashni boshlashdi. Deyarli barchasi xato edi. Shunda negadir miyamga: "Nimaga men ham harakat qilib ko‘rmasligim kerak?" degan fikr keldi. Ikkita javob berdim va ikkinchisida ustoz: "Juda yaqin keldingiz", dedilar. Qattiq o‘ylab uchinchi javobni berdim. Axir men kanalni doimiy kuzataman, undagi bilimlarni ishlatish vaqti kelgan edi. Qarangki, uchinchi javob to‘g‘ri chiqdi. Ich-ichimdan xursand edim. Yaqin orada bunday baxtli bo‘lganimni eslay olmayman. Keyin esa eng muhim qarorni qabul qildim. Ustozga o‘zimning qiziqishlarimni, men haqimda bor barcha ma’lumotlarni obdon yozdim va shogirdlikka tushmoqchi bo‘lganimni aytdim. Shunda ustoz: "Ha, toshga suv quyib zerikkanman, lekin sizda nimadir bor. Qani, yana bir suv quyaylik-chi, adashmagan bo‘lay-da, ishqilib", dedilar va bot orqali aloqaga chiqishimni aytdilar. Botdan yozdim. Darrov javob kelmadi. Bir muddat o‘tgach, shaxsiydan Baxtiyor Sheraliyevning o‘zlari yozishdi. Tasavvur qilyapsanmi, Karl? Ustozning o‘zlari menga vaqt ajratib yozishdi. Va hayotimda yangi bob boshlandi "Asl ilm bobi". Sinov muddatida shogirdlikka tushdim. Ulardan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Bu orada esa o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar hali bisyor ekanligini tushunib yetyapman. Ular bilan universitetda bir jamoada ishlash taklifi bilan chiqishganlarida o‘ylab ham o‘tirmay rozi bo‘lganman. Laboratoriya assistenti bo‘lib ishladim va shu bilan birgalikda magistraturada o‘qidim. Ustozning ilmiy rahbarligi ostida magistrlik dissertatsiyamni himoya qildim. Dunyodagi yetuk ixtiologlar bilan bir davrada bo‘ldim, fikr almashdim. Jörg Freyhof, Amael Borzée kabi olimlar bilan jonli suhbatlar qildim. Buxoroda o‘tkazilgan Xalqaro biologiya olimpiadasida ustoz ekspert sifatida qatnashganlari uchun ular bilan birga nazoratchi sifatida 30 dan ortiq yurt vakillari uchun laboratoriya imtihonini o‘tkazdik. Yoshlar ishlari agentligi tashkil qilgan tadbirda ustozni ekspert sifatida taklif qilishgani uchun biz ham birga bordik va ularning hurmatli mehmoni bo‘ldik. Shu yerda Akademik Ayupov bilan tanishdik, ustoz tanishtirdilar. Ustozimizning: "Bu ikki yigit mening shogirdlarim", degan gapi ortidan har yerda hurmat-izzatda bo‘ldik. Insonlar bilan muomala qilishni, qiyin vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligini, hayotdagi maqsadimiz va qadriyatlarimiz qanchalar muhim ekanligini, orzularni asrash va o‘zligimizni unutmaslik haqidagi fikrlar aynan ustoz orqali bizda shakllandi. Insonlarning baxtidan birgalikda quvonishdek buyuk hislatni ustozdan oldik. Ularga hasad qilmaslikni va o‘zimiz bilan raqobat qilish ko‘nikmasini egalladik. Bu orada ilmimiz ham oldingidan biroz oshdi. Ustoz rahbarligida OAK e’tirof etgan mahalliy jurnallarda o‘nlab maqolalar chop qildik. Xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislarimiz bilan qatnashdik. Scopus bazasida indekslanuvchi nufuzli jurnallarda bir emas, naq 4 ta maqola chiqardik. Qolaversa, hozirgi kunda Scopus profilimdagi H-indeksim 2 ga yetdi. Shu o‘rinda Fozil qori ustozning bir gapi yodimga tushadi: "Biror narsani bilganing seni olim qilib qo‘ymaydi, ustozlarning nazari olim qiladi". Ushbu gapning qanchalik haq ekanligini ustoz bilan o‘tgan davr mobaynida har soniyada, har bir hujayram bilan his qilib turdim. Ular men uchun tirik afsona, o‘rnak olish mumkin bo‘lgan inson, yaqin suhbatdosh va ota o‘rnida ota bo‘ldilar. Har jabhada meni doimo qo‘llab turadilar. Hamma tashlab ketganda ham ular doimo men bilan bo‘ldilar. "Ustoz otangday ulug‘", degan naqlni ham men aynan Baxtiyor Sheraliyev ustoz bilan his qildim. Sheriklarimiz bilan hazil o‘rnida: "Erkak kishining 3 ta omadi bo‘ladi. Men barchasini ustozga shogird bo‘lishim uchun ishlatib yuborganman", deyman. Asl haqiqat ham shunday. Mendagi o‘sha "bor nimadir"ni hech kim ko‘rmaganida ham ustozim ko‘rib turdilar va uni ilm bilan sayqalladilar. Men doim o‘zlariga ayta olmagan narsalarimni hozir aytmoqchiman. Qadrli ustozim, men sizni juda yaxshi ko‘raman. Sizga taqlid qilaman, sizdan o‘rganaman, sizni hurmat qilaman, sizni ardoqlayman va doimo sizday ustozim borligidan faxrlanaman. Menga bergan yuksak ishonchingizni oqlash uchun esa doimo harakatdaman. Alloh o‘zi sizni qo‘llasin. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin. Oilaviy baxt-saodat, tinchlik, totuvlik va farzandlaringiz kamolini ko‘rish nasib qilsin. Va eng muhimi, doimo sog‘-omon bo‘ling. Bugungi shukrona kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman, ustoz. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

  • Kimdir sizdan o'rnak olib sizga ergashar ekan. Nima bo'lgan taqdirda ham uni umidsiz qoldirmasligingiz kerak. Chunki, u sizni qancha duolarida so'ranligini tasavvur ham qila olmaysiz. Siz ham yaqinda shunday so'rab duo qilayotganlar qatorida ekanligingizni yoddan chiqarmang.

  • Instagramda 1K boʻldim. Ajoyib-a ?

  • Boshqalarni yengish — kuch. O'zingni yengish esa haqiqiy qudratdir. Mastering others is strength. Mastering yourself is true power. Laozi

  • Ispaniya yutsin. Adolatdan boʻladi