Davron Akbar - anomal fikrlar
СтатистикаDavron Akbarning shaxsiy blogiga xush kelibsiz. Bu yerda juda subyektiv fikrlar bildiriladi. Fikr yoqmasa, iltimos, o’zingizni ham, bizni ham qiynamay bu yerni tark eting!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 938
- 1/48двое суток
- 1 074
- 1/72трое суток
- 1 159
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sen Allohga makr qilaman deding, sen Allohning olimlariga makr qilaman deding, ko'p o'tmadi: senga Alloh makr qildi! Natijada xor bo'lding, sening e'tiqoding bo'lgan amalingdan quvilding! Endi ayt-chi, kim eng zo'r makr qiluvchi ekan?! @meningcha_blog
Es-es eslayman. 2012-yillar edi, adashmasam. Onam qaysidir balnitsada farrosh bo'lib ishlardilar. Oyliklari chiqqan ekan, kolbasa olib kelganlar. Quruq dasturxonda non bilan kolbasani yeb turar ekanman: "Biz ham butun kolbasani xotirjam, yetarli holatda yer ekanmiz-a?!" - degandim. Shu kunlarga ham qariyb 15 yil bo'libdi. Hozir o'sha kolbasaning korxonasi bilan sotib oladigan sharoitim bor, balnitsada onamni ishga olgan glavniy vrachdan kam mablag' topmayman. Biroq o'sha kunlarni ko'rgan, "O'g'limni hali professor qilaman" - deb qo'shnilarga maqtangan onam yo'q. O'sha paytda terib-yig'ib, 8-martga sevgan insonimga bitta gul, onamga bitta paypoq sovg'a qilganim esimda. O'shanda bitta paypoqqa rossa xursand bo'lgan edi. Hozir tillalar bilan burkab tashlashga imkonim bor, lekin onam yo'q. Onamdan keyin uyga sig'may qolgan kunlarim ko'p bo'lgan, ertaga pul topishdan to'xtasam, yana sig'may qolishimni ham yaxshi bilaman, shundan kelib chiqib yashayapman. Lekin mendan keyingi farzandlar boshqacha bo'lishiga iymonim komil! @meningcha_blog
Mening farzandlarim ham qori, ham vrach bo’ladi, Xudo xohlasa! Shu kunga yetgan kunim shu xabarni repost qilib, qayta uzataman! @meningcha_blog
Hech mushuk gapirganini ko’rganmisiz? Mahshar kunida ahvolingiz tang bo’lib turganda boqqan mushugingiz “Bu mening egam” deya so’z boshlaydi. @meningcha_blog
Feyaxonga pasport tayyorladim:) @meningcha_blog
Bugun - hozir aytgan gaping bir kun kelib hayotda amalga oshadi - nuqta, verguligacha! Og'izdan chiqayotgan har qanday gapingga ehtiyot bo'l, har bir gaping seni yuksaltiruvchi gap bo'lsin! @meningcha_blog
Uzoq umr ko'rishning siri nimada degan savolga hamma har xil javob beradi. Menda yagona javob bor va bu o'zim uchun haqiqat - kamgaplik! @meningcha_blog
“Obed”gacha uxlash bu ne’matmi yoki dangasalik? @meningcha_blog
Erkakning uylanishi muvaffaqiyatsiz chiqsa, muvaffaqiyat izlab yana uylangisi keladi. Agar uylanishi muvaffaqiyatli chiqsa, shu muvaffaqiyatni yana takrorlagisi keladi:) Facebookdan olindi. @meningcha_blog
Telegramning comment botlari sen va mening sof muhabbatimizga putur yetkazmoqda:) @meningcha_blog
Videoda juda qattiq gap ketdi! @meningcha_blog
Agar to'y va to'ydan keyin kelin tomonga o'zim va oilam uchun nimadir qildirsam, o'sha kundan boshlab meni uchta harf bilan chaqirishingiz mumkin. Men uchta harf bo'lmaslik uchun oilam, qarindoshlarim va o'zim bilan kurshaman endi. O'zimni yengib bo'lganman, qolgan ikkitasi qoldi. @meningcha_blog
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Sinfdoshlar, amma-xolalar, mahalla-qo'shnilar guruhiga ham yuborishni unutmang. @meningcha_blog
Katta yoshli xolalarga savolim bor-da: qarindoshlar guruhiga tashlaydigan har xil stiker va rasmli izhorlarni qayerdan olasizlar? Shuni men qidirib ham topa olmayman) @meningcha_blog
Inson odatda halim bo'lishi kerak. Lekin hozirgi zamonda emas. Tilingiz, jag'ingiz va zardangiz butun bo'lsin. Aks holda, hech kim siz bilan o'ylashib munosabat qilmaydi. @meningcha_blog
So’taqo’zi Angliya… @meningcha_blog