tgindex

Migration.uz | Хабарлар

описание

Ташқи меҳнат миграцияси масалалари бўйича ахборот ва тавсиявий канал Савол ва қўшимча фикрлар учун: 📨: @info_2332400

288
подписчиков
Охват к подписчикам
329,9%
ERR
Реакции к просмотрам
0,17%
33 на 20 постов
Пересылки к просмотрам
0,72%
136
Постов в день
0,0
всего 20

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 30 мар. 2025 г.Рамазон ҳайити муборак бўлсин! Аллоҳ барчамизнинг ибодатларимизни қабул қилсин, файзу барака насиб этсин.0,87%
  • 1 дек. 2024 г.Endi Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I fuqarolarga ikki mamlakatga ham 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi.0,83%
  • 1 июл. 2025 г.⚠️Turkiya Respublikasida ishlashni rejalashtirayotgan yoki noqonuniy maqomda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini huquqiy maqomlarini qonuniylashtirishga chaqiramiz! Turkiya hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda va ayrim sohalarda (uy xizmatlari, bola va qariya parvarishi, chorvachilik) legallashtirish uchun maxsus imtiyozlar taqdim etilmoqda. ❗️Lekin, bunday imtiyozlar hukumatning rasmiy hujjatlari bilan tasdiqlanmagan va faqat yuqoridagi infografikadagi shartlarga mos kelgan shaxslarga beriladi: Agar siz ushbu talablarga javob bersangiz, legallashtirish uchun migratsiya boshqarmasiga murojaat qiling, va vaqtinchalik yashash guvohnomasi olish imkoniyatiga ega bo‘ling. 📌 Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi: Anqara shahri, Yıldız-Chankaya tumani, Sanjak mahallasi, 549-ko‘cha, 3-uy. +903124411746 (Telegram, WhatsApp) +905356353277 📍Локация @migration_TMMA0,64%
  • 8 янв. 2025 г.🇰🇷 Koreya Respublikasidan CCVI vizasi berilgan, ammo hujjatlarini Migratsiya agentligiga topshirmagan fuqarolar diqqatiga! 08.01.2025 holatiga ⏺Ro‘yxatda nomi keltirilgan fuqarolar zudlik bilan Migratsiya agentligiga uchrashishlaringizni so‘raymiz. Koreya Respublikasiga birinchi marta hamda qayta shartnoma bilan borayotgan fuqarolar: 👉 Ro'yxat (VIP viza) Talab etilgan hujjatlar: 👉Ro'yxat CCVI (Confirmation of Certificate for Visa Issuance) — bu Koreya immigratsiya xizmati tomonidan tasdiqlangan ruxsatnoma asosida beriladigan viza turi ⚠️CCVI vizasi chiqqan, ammo o'z vaqtida hujjatlarini taqdim etmagan fuqarolarning ishchi shartnomalari ish beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shu sababdan hujjatlarni o'z vaqtida topshiring! 📱Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarinso ko'chasi 1-uy Googleda Yandexda Migratsiya agentligi telefon raqamlari - 1282 qisqa raqam yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.0,63%
  • 18 дек. 2024 г.18-декабрь Халқаро мигрантлар куни! Барча мусофирдаги ҳамюртларимизни табриклаймиз, қаерда бўлсангиз ҳам Аллоҳ панохида асрасин. Мусофирлик оғир экан нетай энди, Оз қолди деб соғинчимни ичга ютай энди. Рисқ насибам топиб кейин кетай энди, Кўзларингни соғиндим ку жоним болам. @migration_TMMA0,31%
  • 27 нояб. 2024 г.🇩🇪 Яна 20 нафар ўзбекистонлик Германия клиникаларида ишлашга кетди! ✔️ “Globogate Concept AG” лойиҳаси доирасида навбатдаги 20 нафар ўрта бўғин тиббиёт ходимлари визаларини олишди ва Германия клиникаларида фаолият юритиш учун жўнаб кетишди. Шу кунгача “Globogate" орқали 250 га яқин юртдошимиз Германиянинг “Aachen" клиникаларида фаолият олиб бормоқда, яна 1000 га яқин тингловчи кетиш учун тил ўрганаяпти. 🗣Германия клиникаларида ишлаётган юртдошларимиз юқори ойлик маош ҳамда тиббиёт соҳасида орттираётган тажрибаларидан жудаям мамнун бўлган ҳолда яхши изоҳлар беришяпти. Бундай имконият сизда ҳам бор, Миграция агентлиги янада яхши таклифлар беришда давом этади! Интилинг, билим олишдан тўхтаманг, тил ва касб ўрганиш учун ҳеч қачон кеч эмаслигини англанг! @migration_TMMA0,21%
  • 10 янв. 2025 г.🇬🇧 Diqqat!!! Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijda ish veb sahifasida 2025-yil 10-yanvar soat 21:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘t. 👉Ro‘yxatdan o‘tish linki ⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan bepul amalga oshiriladi.0,14%
  • 5 янв. 2025 г.Ўзбекистонликлар учун Германия визасини онлайн олиш имконияти пайдо бўлди Германия бу имкониятни кўплаб давлатлар фуқаролари учун жорий қилган. Улар орасида Ўзбекистон ҳам бор. 👉 https://kun.uz/kr/26794076 Kun.uz расмий канали0,14%
  • 30 дек. 2024 г.⚡️Россияда вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бораётган ҳамюртларимиз учун муҳим хабар Россия Федерацияси Президентининг бугун имзолаган "Россия Федерациясида чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг айрим тоифаларининг ҳуқуқий ҳолатини тартибга солиш бўйича вақтинчалик чора-тадбирлар тўғрисида"ги 1126-сон Фармонига кўра Россияда ноқонуний бўлиб турган чет эл фуқаролари 2025 йилнинг 30 апрель санасигача мамлакатни тарк этиши ёки ҳуқуқий ҳолатини тартибга солиши керак. Талаб қонуний равишда қолишни истаган хорижликларга нисбатан қўлланилмайди. ❗️Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги 2025 йилнинг январь ойидан бошлаб Россияда ишлаб юрган, аммо, ҳужжатларида камчилиги мавжуд бўлган барча юртдошларимизга ҳуқуқий, амалий ёрдам кўрсатишга тайёр. Бу масала бўйича алоҳида гуруҳ фаолият олиб боради. Ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнлари ҳақида қўшимча хабар берамиз.0,14%
  • 28 дек. 2024 г.⚡️Diqqat!!! 🇬🇧Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun ro‘yxatdan o‘tish kunlari ma’lum bo‘ldi Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijdaish.uz portali orqali 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilishini ma’lum qilamiz. Tanlov qanday bosqichlardan iborat? 1. xorijdaish.uz sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti, Gmail elektron pochtangiz, (ism-familiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidak bo‘lishi shart), yorqin fonda pasport o‘lchamidagi elektron fotosurat kerak bo‘ladi. ❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Bu “HOPS”ning avtomatik tanlov tizimiga bog‘liq. 2. Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025 yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va ish beruvchi tomonidan tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. 3. “HOPS” vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi. Ariza beruvchilar uchun mezonlar: ▪️18-50 yosh; ▪️ rus tilini bilishi; ▪️ yaxshi jismoniy va psixologik holat. Mehnat sharoitlari: ▪️ish haqi soatiga 11,44£ (15$ atrofida); ▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ishlashni kafolatlaydi; ▪️viza va aviachipta xarajatlari ketuvchi hisobidan. ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish linkini 2025-yil 10-yanvar kuni joylashtiramiz. ⚠️Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan amalga oshiriladi. 🌐 Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali0,10%
  • 1 июл. 2025 г.без подписи0,00%
  • 7 февр. 2025 г.🇬🇧Буюк Британияда тўлаган солиқларингизни қайтариб олинг! ❗️Биласизми, эндиликда Ўзбекистон фуқаролари Буюк Британияда ишлаган вақтида тўлаган солиқларини қайтариш имкониятига эга. 💷Солиқларни қайтаришда 60 £ (фунт стерлинг) хизмат ҳақи қайтариладиган солиқ суммасидан ушлаб қолинади. 🙅‍♂️Олдиндан ҳеч қандай тўловлар йўқ. 👉Анкетани тўлдиринг ℹ️Маълумот учун: @tax_return_legal Бизни кузатиб боринг👇👇👇 🇬🇧Буюк Британияда тўлаган солиқларингизни қайтариб олинг! ❗️Биласизми, эндиликда Ўзбекистон фуқаролари Буюк Британияда ишлаган вақтида тўлаган солиқларини қайтариш имкониятига эга. 💷Солиқларни қайтаришда 60 £ (фунт стерлинг) хизмат ҳақи қайтариладиган солиқ суммасидан ушлаб қолинади. 🙅‍♂️Олдиндан ҳеч қандай тўловлар йўқ. 👉Анкетани тўлдиринг ℹ️Маълумот учун: @tax_return_legal0,00%