MILLIY SERTIFIKAT
Статистика🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog! (Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq) 💬 Guruh linki: @milliyfikrlar 🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot 🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz 🔖 Reklama: @milliys_reklama 🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn
- Последний пост
- 19 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 47
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Sertifikat_natija Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi 🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sertifikat_natija Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 🗓 2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 11-13- va 25-may kunlari kunlari o‘tkazilishi belgilangan Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e'lon qilindi. 🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 va undan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. 🏢 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. 💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari ❗O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball berish tizimi joriy etiladi 📝 Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. ✴️Qarorga asosan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy ёки xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berishni yo‘lga qo‘yadi. 🏠 Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi. 📝 Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. 🚫 Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi: 🟢 so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani; 🟢 so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangani; 🟢 belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani. 💳 Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 📜 Bu haqda ariza beruvchiga YAIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi. ♻️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyining boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida fikrlar tarqalmoqda. Unda test topshiriqlari va ularning javoblari Telegramdagi yopiq guruhda audiochat orqali o‘qib eshittirilgani va ularning aksariyati imtihonda tushgani aytilgan. Ushbu audiofayllar Agentlikda mavjud bo‘lib, audiofayllar va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi: 1. Agentlikda test topshiriqlari maxsus rejimdagi binoda shakllantiriladi va ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan. 2. Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-aprel (3 smena), 5-aprel (3 smena) va 7-aprel (2 smena) kunlari jami 8 ta smenada o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir smenada 55 tadan test topshirig‘i berilgan. Ushbu imtihonda jami 400 tadan ortiq test topshirig‘idan foydalanilgan. Audiochatda o‘qilgani aytilgan test topshiriqlari aprel oyida o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan 400 dan ortiq test topshiriqlari bilan solishtirilganda, ularning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlandi (so‘zma-so‘z bir xil emas). Ular turli smenalarga yoyilgan bo‘lib, bitta smenaga eng ko‘pi bilan 6 ta test topshirig‘i to‘g‘ri kelmoqda (1 ta smenada 55 ta test topshirig‘i ishlatiladi). 3. Hozirda ushbu imtihonning natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblash hamda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon 6-may kuni yakunlanadi va test natijalari e’lon qilinadi. Shundan so‘ng imtihon natijalarining statistik tahlilidan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Natija_chet_tili Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi 🧑🎓 2026-yil 14-martdan 9-aprelgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
#Sertifikat_natija Navbatdagi milliy sertifikat imtihoni natijalari tayyor 🗓 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-27-fevral, 3-4-mart kunlari 🪕 musiqa madaniyati fani va ⚽️ jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi 🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
#Natija_chet_tili 🧑🎓 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2026-yil 14-fevraldan 6-martgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
#Sertifikat_natija ⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 🗓 2026-yil 31-yanvar va 1-2, 7-8-fevral kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. 💠 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. 💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 📃 Navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 🧑🔬 kimyo, 🌎 geografiya va ➕ matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi. 📍Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2026-yil 21-22, 28-fevral va 1-2, 7-mart kunlari tashkil etildi. 📊 Ularda jami 170 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 116 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🧮 Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
📚 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi 🎧 Musiqiy madaniyat va ⚽️ jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 25-27-fevral va 3-4-mart kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. 📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi. Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari: 1-smena: 09:30– 10:00 2-smena: 13:30 – 14:00 🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. ❗️ Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
#Ovozli_chat 📣 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat tizimi bo‘yicha ovozli chat 🗓 2026-yil 20-fevral kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎤 Ovozli chat umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat tizimi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 😎 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
📚 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi 🧑🔬 Kimyo, 🌎 geografiya va ➕ matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari o‘tkaziladi. 🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. 📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi. ⏰ Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari: 21-22-fevral kunlari: 1-smena: 07:00– 08:30 2-smena: 13:00 – 14:30 28-fevral, 1-2 va 7-mart kunlari: 1-smena: 07:00– 08:30 2-smena: 12:30 – 14:00 💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. ❗️ Belgilangan (yuqorida kunlar va smenalar kesimida koʻrsatilgan) vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
#Sertifikat_natija ⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 🗓 2026-yil 17-19-yanvar kunlari biologiya, fizka va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. 💠 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. 💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ✏️ imtihonning yozma qismi — 14-15-16-fevral kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 16-fevraldan 6-martgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. 🗺 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-10-2 Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat