tgindex
Milliynium
@milliyniumузбекский

Ular unutilmaydi, biz eslaymiz. Bu yerda tarix nafaqat oʻqiladi, balki his qilinadi Creator: @politque_potentielle

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
974
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
495
27 постов
Вовлечённость
50,8%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 27
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
152
1/48двое суток
174
1/72трое суток
187

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Men baxtni koʻrganman... Usmon Azimning menga eng yoqqan shox misralaridan biri. Sheʼrning Erkin Bozorov ijro qilgan yuqoridagi versiyasi esa eng yaxshi talqinlardan biri. Bugun baxtni koʻrgan shoir 76 yoshga kiribdi. @milliynium

  • Bugun 13-avgust ,,Xalqaro chapaqaylar kuniʼʼ. Bu kun 1992-yildan beri muntazam nishonlanib kelinadi. Maʼlumotlarga koʻra, dunyoni oʻzgartirgan juda koʻplab insonlar chapaqay boʻlishgan. Aristotel, Leonardo Da Vinchi, Mikelanjelo, Betxoven, Mariya Kyuri, Napoleon, Yuliy Sezar. Hozirgi maʼlumotlarga koʻra dunyo aholisining 15 foizini chapaqay insonlar tashkil qiladi. Kaminani ham ushbu kun bilan tabriklashingiz mumkin @milluynium

  • 12 авг.удалён 13 авг.

    Try to do.

  • 1979-yil 11-avgust...🗓️ Minsk shahridagi markaziy stadionga futbol ishqibozlari oqimi daryoday quyilib kelayotir. Muxlislar xayajonda 😰. Chunki mamlakatning ikki kuchli jamoasi oʻzlarining katta imkoniyatlarini namoyon etishi, mazkur oʻyin shiddatli boʻlishi kutilayotgan edi. Nihoyat belgilangan vaqt stadion tablosida Paxtakor, Toshkent - Dinamo, Minsk soʻzlari yozildi. Diktorning xirqiroq, gʻamnok ovozidan yigʻilganlar hayrat va xavotirga tusha boshladilar. Mehmon komanda sostavi tanishtirila boshlandi: Paxtakor, Toshkent : darvozabon-Sergey Pokatilov. Shu vaqt yengiga qora hoshiya bogʻlab olgan yigit darvoza oldiga kelib, oʻz oʻrnini egalladi. Ikkinchi raqamda Nikolay Kulikov, endi oʻsha raqamdagi boshi egik oʻyinchi stadionga kirib keldi. Olim Ashirov. Uchinchi raqamdagi oʻyinchi markaziy himoyachi oʻrniga borib turdi. Butun stadiondagi olomon bu gʻayrioddiy manzarani sukut bilan, nafaslarini ichiga yutib kuzatar, shu vaqt diktorning motam sadolari ostida fojia haqidagi xabaridan soʻng, minglab muxlislarining boʻgʻizlaridan, dahshatli ,,Ohʼʼ degan nido otilib chiqdi. Dinamo Minsk komandasi oʻzbek futbolchilarining ismi yozilgan 17 gulchambarni koʻtargan koʻyi, boshlari egik holda maydondan chiqib ketdilar...😔 Oʻsha kuni har galgi yumushlarni hal etish uchun jumhuriyat fizkiltura va sport komitetiga keldim. Lekin bu yerda qandaydir anglab boʻlmas voqea kechardi. Kishilarning rangi oqargan, hamma qattiq hayajonda. Respublika sudyalar uyushmasi raisi Viktor Vishinskiydan ,,Oʻzi nima gap, tinchlikmi deb soʻradim. ,,E, Axborjon xabaring yoʻqmi, Minskka borayotgan samolyot halokatga uchrabdi. Paxtakor komandasi aʼzolari va barcha yoʻlovchilar halok boʻlganʼʼ. Shum xabardan dilim vayron boʻlib qaytar ekanman, mahallamizning nuroniylaridan biri Sanjar otaga duch keldim. U kishi futbolga oʻta ishqiboz. Paxtakorning Toshkentda oʻtadigan oʻyinlariga kanda qilmay boradi. Bu safar ham gapni futboldan boshladilar. ,,Axborjon oʻgʻlim, Minsk dinamochilari bilan bugungi oʻyin qanday boʻlar ekan?ʼʼ Gʻalati boʻlib ketdim...tilim aylanmaydi. ,,Bugungi oʻyin boʻlmaydi deya oldim xolosʼʼ. - Nega? - Halokat, otajon, halokat...- Boshqa soʻz topolmadim. Otaxon hammasini tushundi. Sekinina ,,kimlarʼʼ dedi, u shivirlab. - Hammalari...😭 Vodarigʻ, qariyaning kipriklarida munchoq-munchoq boʻlib dumalab tushayotgan achchiq, alamli koʻz yoshlarini koʻrdim. Yosh qalqir, u unsiz yigʻlardi. Bu dard edi, parcha-parcha boʻlib ketgan umid edi bu koʻz yoshlar...💔 Axbor Imomxoʻjayev ©️

  • Yurtimizda nashr etilgan ilk roman qaysi! Adib Xolidning ,,Turkistonda jadidchilikʼʼ asarida yozilishicha, yurtimiz hududida ilk bora kitob holida nashr etilgan roman bu Daniel Defoning ,, Robinzon Kruzoʼʼ asari boʻlib, qizigʻi u Fozilbek Otabek oʻgʻli tomonidan ozar tilidan tarjima qilingan ekan. Aynan mana shu tarjima, Oʻrta Osiyo adabiy davralariga Roman atamasini olib kiradi. @milliynium

  • Qurultoyda har hafta muhtasham suhbatlar chiqmoqda. Bu safar Ashtarxoniylarning eng yirik vakili Imomqulixon haqida salkam 3 soatlik suhbat boʻlibdi. Koʻringlar yoki eshitinglar, albatta. https://youtu.be/s6HvXwl8lPI?si=m9rLcUramJcNmUN8

  • ,,Britaniyalik sayyoh Jozef Volf 1844-yili Buxoroga tashrif buyurganida, bir kuni oqshom mahalliy askarlar uning uchun atay ,,God save the Queenʼʼ ni kuylab berishganida, taajub ichra oʻzida yoʻq mamnun boʻlganini soʻzlaydi. Oradan yana oʻttiz yil oʻtib Qoʻqonni naq rus istilosi arafasida ziyorat qilgan Ejen Shuyler tuzukroq quloq solib koʻrsa, bu yerlik askarlar mashqlar chogʻida ingliz va ruscha buyruq soʻzlarini, oʻzlarining turkiy talaffuziga solib aytisharkan.ʼʼ Adib Xolid - ,,Turkistonda jadidchilikʼʼ @milliynium

  • ,,1812-yilda Movarounnahrni ziyorat qilgan Hindistonlik musulmon sayyohning aytishicha, Samarqand tamomila vayronaga aylanib, shu qadar abgorlashgan edi-ku, chakalakdan chiqqan yoʻlbars-u boʻrilar shahar oʻrtasidagi madrasa xarobalarini oʻzlariga makon tutishgan edi.ʼʼ 🐅🐺🏚️ Adib Xolid - ,,Turkistonda jadidchilikʼʼ 📚✨ @milliynium 🔗

  • Buxoro yoki Qozon taraflardan biror mullani yollash koʻchmanchi aholi orasida katta obroʻni anglatardi. Sadriddin Ayniyning hikoya qilishicha, akasining saboqdoshi boʻlgan bir turkman yigit yozgi taʼtilda turkman qishlogʻida mudarrislik qilishni taklif etadi 🏜️📖. Turkiy tilni bilmagan Ayniyning akasi taraddudlanib qoladi. ,,Tashvish chekma - dedi yigit akamni tinchitib - Turkman boylari bolalarini oʻqitish uchun mudarris yollamaydi. Ularga odamlar orasidagi ,,palonchi boyning naq Buxorodan kelgan muddarisi borʼʼ degan ovozalar kerak, xolos.ʼʼ ✨ Adib Xolid - ,,Turkistonda jadidchilik ʼʼ 🇺🇿 @milliynium 📲

  • Bir birodarimiz zakovatga oid kanal ochibdi. U yerda savollarni tahlil qilib, oʻzi topgan va topa olmaganlari sababini bayon qilmoqchi ekan. Qoʻshilib qoʻyinglar @too_imho @too_imho

  • Amir Temurning hokimiyatga kelguniga qadar yoʻli haqidagi muhtasham podcast chiqibdi. Temur shaxsiga butkul boshqa tomondan nazar tashlangan. Koʻringlar. https://youtu.be/1tlucERbKbc?si=izyvF8Oy1C6FM5_0

  • Talabalik davri... Darslardan tonib, Yoshlikning yettinchi osmonlarida, Toʻplar tepganimiz yodimda yonib, ToshDUning betonli maydonlarida Soʻng hayot irgʻitdi hammani har yoq, Izillab yoʻl oldik qayga chorlasa, Shukrona yoʻlladik tushirsa tayoq, Biz oʻzi arziymiz dedik xorlasa. Koʻksimizda turdi qoʻlimiz doim, Hijronlar oxiri magʻlub boʻldilar, Eng qaysar kaslarga boqdik muloyim, Ular-da bizlarni gʻolib bildilar. Yiqilsak, jimgina qoʻzgʻaldik yana, Koʻzga choʻp suqqanda mohir shaytonlar, Bizni tanlayverdi nuqul tantana, Bizni pishitgandi oʻsha maydonlar... Xayrulla Hamidov©️ @milliynium

  • 1987-yilda nashr qilingan bolalar ensiklopediyasi. Ochigʻi mustaqillik davrida ham bunday darajadagi ensiklopediya chiqmagan boʻlsa kerak. Juda qiziqarli ekan.

  • 1987-yilda nashr qilingan bolalar ensiklopediyasi. Ochigʻi mustaqillik davrida ham bunday darajadagi ensiklopediya chiqmagan boʻlsa kerak. Juda qiziqarli ekan.

  • Futbol yutdi.

  • Oddiy yutishni bilmas ekan bu Argentina.

  • Angliyaga Bobbi Charlton zamonlarining barokati qaytgan deyishmoqda)

  • ,,Detektiv qoʻylarʼʼ - yengil komediya va detektiv janridagi film ekan. Anchadan buyon bir oʻtirishda biron kinoni oxirigacha koʻrolmayotgandim. Janrning noodatiyligi oʻziga jalb qildi. Aytgancha, Breaking Bad qahramoni Brayn Kranston ham bu filmda qoʻy rolini ijro etibdi. @milliynium

  • Bastiliya zabt etilgan kunda Fransiya mahv etilmoqda)

  • 6 июл.810211

    #breaking ⚡FIFA prezidenti Janni Infantino Diego Maradonaning 1986-yil Angliya darvozasiga qoʻl bilan urgan golini bekor qildi.)

Milliynium — tgindex