MILLIYTANLOV.UZ
Статистика🇺🇿 MILLIY TANLOVLAR platformasi telegram kanali 📸 Instagram | instagram.com/milliytanlovuz 💭 Facebook | facebook.com/milliytanlovuz ©️ Barcha huquqlar himoyalangan
- Последний пост
- 14 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Tanlov ⚡️Qoraqalpog‘istonda “Esar Jayhun shamollari” nomli an’anaviy qo‘shiqchilik tanlovi o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda “Esar Jayhun shamollari” an’anaviy qo‘shiqchilik tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur tanlov milliy an’anaviy qo‘shiqchilik san’atini asrab-avaylash, uni yuksak darajaga ko‘tarish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov 17 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan ijodkorlar o'rtasida bo'lib o'tadi. Unda, 60 nafarga yaqin ijodkorlar ishtirok etadi. 📅O‘tkazilish sanasi: 2026-yilning 18–19-iyun kunlari. 📍 Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, To‘rtko‘l madaniyat saroyi. Telegram | Instagram| Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
#Maqom_2026 ⚡️ Namanganda YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “III Xalqaro maqom san'ati anjumani” o‘tkaziladi Joriy yilning 23–26-iyun kunlari Namangan viloyatining Namangan shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “III Xalqaro maqom san'ati anjumani” o‘tkaziladi. Mazkur nufuzli madaniy tadbir 2018-yildan buyon har ikki yilda bir marotaba tashkil etilib kelinmoqda. Forumning asosiy maqsadi — Sharq mumtoz musiqa san’atining noyob yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan maqom san’atini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yoshlar orasida mazkur san’at turiga qiziqishni oshirish, shuningdek, xalqaro miqyosda madaniy va ilmiy-ijodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Forum doirasida quyidagi asosiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan: 🔹 ilmiy-amaliy konferensiya; 🔹 maqom ansambllari, xonandalar va cholg‘uchilar o‘rtasida xalqaro tanlov; 🔹 O‘zbekiston va xorijning taniqli san’atkorlari ishtirokida yakkaxon konsertlar. Forumda 7 nafargacha bo‘lgan maqom ansambllari, yakkaxon ijrochilar, musiqashunos olimlar, festival tashkilotchilari, musiqa menejerlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, taniqli san’atkorlar, bastakorlar va mutaxassislar Tashkiliy qo‘mita taklifiga binoan qatnashadilar. Tanlov natijalarini baholash uchun 7 nafar xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati shakllantiriladi. Ishtirokchilarning chiqishlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 🔹 maqom san’atining milliy va o‘ziga xos jihatlari; 🔹 badiiy-estetik daraja; 🔹 ijrochilik mahorati. 🟠 Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🟠 Gran-pri — 15 000 AQSh dollari; 🥇 1-o‘rin (2 nafar) — har biri 10 000 AQSh dollari; 🥈 2-o‘rin (2 nafar) — har biri 7 000 AQSh dollari; 🥉 3-o‘rin (2 nafar) — har biri 5 000 AQSh dollari. Bundan tashqari, “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom cholg‘uchisi”, “Eng yaxshi maqom ustasi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqom ijrochisi” hamda “Eng yaxshi maqom bastakori” nominatsiyalari bo‘yicha maxsus mukofotlar topshiriladi. III "Xalqaro maqom san’ati forumi" milliy musiqa merosimizni dunyo miqyosida keng targ‘ib etish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va san’at sohasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 🔸 Ishtirok etish istagida bo‘lgan xorijiy nomzodlar 2026-yilning 20-may sanasiga qadar maxsus onlayn ariza orqali ro‘yxatdan o‘tib, ijro materiallarini taqdim etishlari lozim: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd6YTtkLfSYu9lw2hEFlIXONtrK0IZ9v7-fpIBnpY3jlWDZfg/viewform ✔️ Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlab olingan ishtirokchilar ro‘yxati 2026-yil 1-iyun kuni e’lon qilinadi. 💬 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: maqomartinternationalforum@gmail.com 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#Tanlov ⚡️ Diqqat tanlov! 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlab “Tavakkal Qodirov qoʻshiqlari el qalbida” xalqaro tanlovini eʼlon qiladi! Agar siz 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlsangiz, va anʼanaviy xonandalik sanʼatiga oshno boʻlsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! 🖼 30–31-may kunlari Fargʻona viloyatida sizni unutilmas sahna kutmoqda… 🟠 Shoshiling! Arizalar 25-mayga qadar qabul qilinadi. 🟠 Ishtirok etish uchun: pasport nusxasi, ijro dasturi, foto va telefon raqamingizni @tavakkal_qodirov_tanlov_bot ga yuboring. Ovozingiz bilan qalblarni zabt eting… 🟠 Murojaat uchun: +998909572826 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
DIQQAT, TANLOV! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi 2026-yilda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinoloyihalar uchun 🎬 IJODIY TANLOV e’lon qiladi! ⌛ Muddat: 1-may — 2-iyun 2026-yil (soat 18:00 gacha) 🎥 KIMLAR QATNASHISHI MUMKIN? ✔️ Kino studiyalar ✔️ Ijodiy jamoalar 📌 Talablar: — Zarur kinoapparatura va mutaxassislar mavjud bo‘lishi — Jamoada kamida 1 nafar professional kinoijodkor bo‘lishi — Loyihaga o‘z mablag‘i hissasi (foizda) 📝 SENARIY (SINOPSIS) TALABLARI: ✔️ O‘zbek tilida (yoki tarjimasi bilan) ✔️ A4 format, 14 shrift, 1.5 interval ✔️ Adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan bo‘lishi shart ⚠️ MUHIM: — Har bir yo‘nalish (lot) uchun faqat 1 ta loyiha topshiriladi — Hujjatlar muhrlangan konvertda topshiriladi — Sinopsislar qaytarilmaydi va taqriz qilinmaydi — Talablarga mos kelmagan loyihalar qabul qilinmaydi 📍 Topshirish joyi: Kinematografiya agentligi Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi Davlat buyurtmasi bo‘limi 📍 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A 📞 Tel: 71277-81-49 🎬 TANLOV YO‘NALISHLARI: 1️⃣ Suv resurslari sohasida fidoyi mehnat qilayotganlar, ayniqsa ayollar haqida hujjatli film 2️⃣ “Ipak yo‘li” davlat muzeyi uchun: VR, multimedia, immersiv video va hujjatli loyihalar 3️⃣ Mahalliy yozuvchilar asarlari asosida: oila, mahalla, qadriyatlar, birdamlik haqida badiiy filmlar 4️⃣ Harbiy xizmatda jarohat olib, jamiyatda o‘z o‘rnini topgan qahramonlar haqida badiiy film 5️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslar imkoniyatlari va mahsulotlari haqida videoroliklar 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
🇺🇿 YURTIMIZDA IJOD QILAYOTGAN XONANDA, KOMPOZITOR VA BASTAKORLAR DIQQATIGA! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 🎶 “Bir Vatan — turli millat ohangida” nomli ENG YAXSHI QO‘SHIQLAR TANLOVI e’lon qilinadi! 🎤 Tanlov tashkilotchilari: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 🎵 KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI? ✔️ Havaskor va professional xonandalar ✔️ Shoirlar ✔️ Kompozitorlar va bastakorlar 📌 Mavzular: Vatan, istiqlol, tinchlik, farovonlik, ona yurtga muhabbat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik 📩 QATNASHISH UCHUN: Ijodiy ishlaringizni @mustaqillik_2026 telegram manziliga yuboring ⏳ Qabul muddati: 10-avgustgacha 🏆 MUKOFOTLAR: 🥇 1-o‘rin — 50 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 40 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 30 mln so‘m 🎉 G‘oliblar mustaqillik bayrami tadbirlarida ishtirok etadi! 📞 Batafsil: +99871234-24-28 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#bolalar_uchun #ijodiy_tanlovlar Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qo‘g‘irchoq teatrlari o‘rtasida SHOU-SPЕKTAKL yaratish bo‘yicha e’lon qilingan ijodiy tanlovga hujjatlarni qabul qilish yakunlandi. Tanlovga 2 ta qo‘g‘irchoq teatridan 3 ta loyiha kelib tushdi. Mazkur loyihalar bir oy ichida Ekspertlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, gʻoliblar aniqlanadi. ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tanlovda qatnashish uchun ariza topshirgan ijodkorlarga omad tilaydi! 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#bolalar_uchun #ijodiy_tanlovlar Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda bolalar teatrlari (yosh tomoshabinlar teatrlari) o‘rtasida zamonaviy va kreativ SHOU-SPЕKTAKL yaratish bo‘yicha e’lon qilingan ijodiy tanlovga hujjatlarni qabul qilish yakunlandi. Tanlovga 4 ta teatrdan 4 ta loyiha kelib tushdi. Mazkur loyihalar bir oy ichida Ekspertlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, gʻoliblar aniqlanadi. ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi barcha ijodkorlarga omad tilaydi! 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#Premyera #Madhiya ⭐️ 15-aprel — "O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni" munosabati bilan vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning "Madaniyat o'lmasin..." nomli ilk madhiyasi yaratildi. 🇺🇿 Madaniyat o'lmasin... Shou bo‘lsa shou, biznes bo‘lsa biznes. Faqat bitta iltimos, adabiyot o‘lmasin. Muammolarda, muomalalarda, yaxshi gapiring faqat. Muhabbat o‘lmasin! Ahamiyat o‘lmasin, jamiyat o‘lmasin. Odam orasida madaniyat o‘lmasin. Inson bolasida Hurriyat o‘lmasin, Ofiyat o‘lmasin, samimiyat o‘lmasin. Madaniyat o‘lmasin, hurriyat o‘lmasin, Qo‘shiq, nolasida she’riyat o‘lmasin. O‘ynasin-o‘ynasin, lazgiga o‘ynasin, Nomus-u-qadriyat ishqida o‘ynasin. Madaniyat o‘lmasin! G‘olib bo‘lsa-g‘olib, mag‘lub bo‘lsa-mag‘lub, Sog‘lom bo‘lsa mayliga raqobat o‘lmasin. Hikoyalarda, risolalarda mardlar bo‘lsin e’tirof, Adolat o‘lmasin! Jasorat o‘lmasin, matonat o‘lmasin, Inson yuragida diyonat o‘lmasin! Salohiyat o‘lmasin (sadoqat o‘lmasin) Saxovat o‘lmasin (fazilat o‘lmasin) Ma’rifat o‘lmasin! Ma’naviyat o‘lmasin! 💬 Telegram | 📷 Instagram
#bolalar_uchun #ijodiy_tanlovlar 📣 QO‘G‘IRCHOQ TЕATRLARI UCHUN TANLOV! ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qo‘g‘irchoq teatrlari o‘rtasida shou-spektakl yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi! Milliy ertaklarimiz, dostonlarimiz va mashhur tarixiy siymolarimizga yangicha hayot baxsh etish vaqti keldi. An’anaviy shirma ortidagi ijroni emas, balki mexanika, soyalar o‘yini, marionetkalar va murakkab vizual yechimlarni birlashtirgan kreativ SHOU-SPЕKTAKL loyihalarini kutamiz! Tanlovda qatnish shartlari: ☑️ loyihaning qahramonlari, g‘oyasi va voqealar rivoji aks etgan 4-5 betlik konsepsiya; ☑️ qo‘g‘irchoqlarning o‘ziga xosligi (mexanikasi, milliy hunarmandchilik asosidagi yasalish texnologiyasi), vizual-musiqiy yechimlar, tarbiyaviy maqsad, tayyorgarlik bosqichlari, budjet va sahnalashtiruvchi guruh haqida ma’lumot portfoliosi aks ettirilgan taqdimot albomi; ☑️ ijodiy jamoa yaratgan avvalgi ishlardan namunalar. G‘olib loyiha Markaz buyurtmasi asosida to‘liq moliyalashtiriladi! Qo‘g‘irchoqlarni jonlantirib, millat ruhini bolalar qalbiga olib kiring! 🗓 Qabul muddati: 27-martdan 27-aprelgacha. 📞 +998555111505 (ichki 1005). 📍 Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 2-“A” uy. 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#bolalar_uchun #ijodiy_tanlovlar 📣 BOLALAR TЕATRLARI UCHUN YANGI TANLOV! ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda bolalar teatrlari (yosh tomoshabinlar teatrlari) o‘rtasida ijodiy tanlov e’lon qiladi! Sizda milliy tariximiz, bebaho ma’naviy merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy madaniyatimizni o‘zida mujassam etgan zamonaviy va kreativ SHOU-SPЕKTAKL yaratish g‘oyasi bormi? Tanlovda qatnish shartlari: ✔️ loyiha g‘oyasi, qahramonlari va voqealar rivoji aks etgan 4-5 betlik konsepsiya; ✔️ yosh toifasi, innovatsion ssenografiya va 3D yechimlar, liboslar eskizi, interaktiv mexanizmlar, budjet va ijodiy jamoa (rejissyor, rassom, kompozitor va b.) haqida batafsil ma’lumot aks ettirilgan taqdimot albomi; ✔️ ijodiy jamoa yaratgan avvalgi ishlardan namunalar. Eng yaxshi deb topilgan loyiha Markaz tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi va katta sahnalarda namoyish etiladi! Ma’naviy qadriyatlarimizga zid keluvchi yoki badiiy jihatdan sayoz loyihalar ko‘rib chiqilmaydi. Tomoshabinni voqealar ichiga tortib keta oladigan, aktyorlar va bolalar o‘rtasida jonli muloqot o‘rnatadigan haqiqiy san’at asari g‘oyasini kutmoqdamiz! 🗓 Qabul muddati: 27-martdan 27-aprelgacha. 📞 +998555111505 (ichki 1005). 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 2-“A” uy. 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#Milliy_tanlov 🇺🇿 Madaniyat vazirligi tanlov e’lon qiladi 📣 🎭 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nodavlat teatr va teatr-studiyalariga sahna asarlari uchun davlat buyurtmalari berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. ✔️ Batafsil ma’lumot 🔸Tanlovda ijodiy, milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi sahna asarlari ko‘rib chiqiladi. 🟠 Tanlov hujjatlari milliytanlov.uz platformasi orqali orqali qabul qilinadi. 🟠 Oxirgi ariza topshirish muddati: 2026-yil 1-aprel 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#Xalqaro_tanlov ⚡️ “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasidagi tanlovning Respublika bosqichiga arizalar qabul qilinmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda YUNESKO shafeligida o‘tkaziladigan “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasidagi tanlovning Respublika bosqichiga arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi! 🟠 Tanlov joriy yilning 10-11-aprel kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida boʻlib oʻtadi. 🟠 Tanlov ikki yo'nalishda boʻlib oʻtadi: 💃 Yakka ijrochilar — raqs sanʼati sohasida yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan raqqos va raqqosalar; 💃 Raqs sanʼati jamoalari — raqs sanʼati sohasida yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan raqqos va raqqosalardan iborat jamoalar. 🖼 Nufuzli festivalda Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qiladigan nomzodlarni tanlovda qatnashishga taklif etamiz. 🟠 Tanlovning Respublika bosqichiga quyidagi hujjatlar talab etiladi: 💬 Ishtirokchining ma'lumotnomasi; 💬 Ijro dasturi; 🟠 Ma'lumot uchun: +998995939693 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#milliy_tanlov #inssenirovka 🟠 ENG YAXSHI INSSENIROVKALAR TANLOVI 🟠 🇺🇿 Madaniyat vazirligi milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega asarlari inssenirovkasi uchun DAVLAT BUYURTMASI e’lon qiladi! 📜 Tanlov mezonlari: 🔸 Milliy mumtoz yoki zamonaviy adabiyot namunalari asosida yaratilgan bo‘lishi 🔸 Sahna dramaturgiyasi talablariga javob berishi 🔸 Ilgari sahnalashtirilmagan asarlar asosida yozilgan bo‘lishi 🔸 Muallifi yoki merosxo‘rlari bo‘lsa, ularning roziligi talab etiladi 🟠 Texnik talablar: 💬 Word format, 1,5 interval, 14-shrift 💬 Hajm: kamida 20 sahifa (qo‘g‘irchoq teatriga 12 sahifadan kam bo‘lmasligi lozim) 💬 Grammatika va orfografiya talablariga rioya qilinishi zarur. ⚡️ Tanlov yo‘nalishlari: ⭕️ Dramatik ⭕️ Musiqali ⭕️ Qo‘g‘irchoq 🟠 G‘olib inssenirovkalar davlat buyurtmasi asosida moliyalashtiriladi. 🟠 Tanlovga asarlar 5-maygacha qabul qilinadi. 🟠 Arizalar milliytanlov.uz platformasi orqali topshiriladi. 🚀 Ijodkorlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#milliy_tanlov #tarjima_asarlar 🟠 ENG YAXSHI TARJIMA SAHNA ASARLARI TANLOVI 🟠 🇺🇿 Madaniyat vazirligi tarixiy va zamonaviy mavzudagi eng yaxshi tarjima sahna asarlari tanlovini e’lon qiladi! 📜 Asarlar quyidagi mezonlarga mos bo‘lishi lozim: 🔸 Milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslangan g‘oya va badiiy yondashuv 🔸 Jamiyat uchun dolzarb mavzu 🔸 Sahna va dramaturgiya talablariga javob berishi 🔸 Original va ilgari sahnalashtirilmagan bo‘lishi ⚡️ Tanlov yo‘nalishlari: ⭕️ Dramatik ⭕️ Musiqali ⭕️ Qo‘g‘irchoq 🟠 G‘olib asarlar pul mukofoti bilan taqdirlanadi va teatr sahnalashtirish uchun tavsiya etiladi! 🟠 Tanlovga asarlar 5-maygacha qabul qilinadi. 🟠 Arizalar milliytanlov.uz platformasi orqali topshiriladi. 🚀 Ijodkorlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
📣 Diqqat e'lon! ⚡️ "Audiovizual — 2026" loyihasiga start berildi! Tanlovga qatnashing va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martali pul mukofotini yutib oling. 🇺🇿 Madaniyat vazirligi hamda Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tomonidan askiya va qiziqchilik san’ati bilan shug‘ullanuvchi taniqli ijodkorlar, iste’dodli talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda milliy askiya va qiziqchilik san’atini keng targ‘ib qilishga mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi! Yaratilgan ijod namunalari Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilib, eng ko‘p tomosha qilishlar hamda “yoqtirish”lar soni bilan aniqlanadi. ✔️ Tanlov quyidagi 25 ta yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: “Sun’iy intellekt va yuzaki bilim” “Repetitor ovuli” “Mutaxassislik va mas’uliyat” “Maktab hayoti va jamoatchilik” “Til bilish — madaniyat belgisi” “Zamonaviy kelin va oilaviy an’analar” “Raqamli dunyodagi ota-onalar” “Ortiqcha dabdaba — ma’naviy bo‘shliq” “Mehnatsevarlik va tayyorgarlik” “Dasturxon atrofidagi masofa” “Mahalla va ekologik madaniyat” “Daraxt qadri — soya qadri” “Jamoat mulkiga munosabat” “Isrofgarchilikning oqibati” “Navbat va intizom” “Startap va xomxayollar” “Sifatsiz xizmat — asossiz bahona” “Virtual murojaatchilar” “Kredit va orzular” “Raqamlashtirish va inson omili” “Ijtimoiy tarmoqdagi ustozlar” “Feyk xabarlar va asossiz ma’lumotlar” “Ilm va kitobxonlikka munosabat” “Reklama va til qoidalari” “Intervyu va samimiyat” 🟠 Unda quyidagilar inobatga olinishi muhim hisoblanadi: ✅ milliy kulgiga yo‘naltirilgan hajv va hazillar bo‘yicha audio va video kontentlar; ✅ milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etuvchi parodiya va hajviy qo‘shiqlar; ✅ aholini milliy ijtimoiy madaniy faollikka chorlovchi o‘zbek madaniyatining asl namunalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan ✅intermediya va inssenirovkalar; ✅ milliy latifa va hangomalar, askiyachilik san’atini targ‘ib etishga qaratilgan hajviy sahna ko‘rinishlari. 🟠 Tanlovga materiallar quyidagicha qabul qilinadi: ✅ audio asarlar - vew va mp3 shaklida (audio asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari aytiladi); ✅ video asarlar - Mp4 hamda full HD shaklida (video asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari va Madaniyat vazirligi logotipi ko‘rsatiladi). 👩 Tanlov materiallari audio va video shakllarda ushbu manzilda 👉 @Guli0629 qabul qilinadi. Eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlarini Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martali pul mukofoti bilan taqdirlanadi va “Xush kayfiyat” respublika tanlovi hamda “Tabassum” xalqaro kulgi festivalining tantanali ochilish va yopilish marosimlariga ishtirokchi sifatida taklif etiladi. 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
👍👍👍 👥 🍔Tanlovda g‘olib bo‘ling va xorijga ta'lim sayohatini qo'lga kiriting! 💯 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan o'tkaziladigan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining yangi mavsumiga start berildi. 🎓 TANLOVDA 👥 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat, 📌 8 nafardan oshmagan maktab jamoalari ishtirok etishlari mumkin. 🗂 TANLOV BOSQICHLARI 😀Tuman (shahar) 😀Hududiy 😀Respublika bosqichlaridan iborat. 👥🍔An’anaga muvofiq respublika bosqichida g‘olib maktab jamoasi — ➡️XORIJGA TA'LIM SAYOHATI 🗺 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 🔔ESLATMA: Oldingi mavsumlarda respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari tanlovda ishtirok eta olmaydi. Teatr — bu tarbiya maskani! RO'YXATDAN O'TISH ❗️https://t.me/turonteatri_bot 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#Milliy_tanlov 🇺🇿 Madaniyat vazirligi tanlov e’lon qiladi 📣 🎭 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nodavlat teatr va teatr-studiyalariga sahna asarlari uchun davlat buyurtmalari berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. ✔️ Batafsil ma’lumot 🔸Tanlovda ijodiy, milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi sahna asarlari ko‘rib chiqiladi. 🟠 Tanlov hujjatlari milliytanlov.uz platformasi orqali orqali qabul qilinadi. 🟠 Oxirgi ariza topshirish muddati: 2026-yil 1-aprel 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
#Tanlov ⚡️ Madaniyat vazirligi “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti uchun tanlovni e'lon qiladi Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ✔️ adabiyot; ✔️ madaniy meros; ✔️ teatr va kino; ✔️ musiqa va raqs; ✔️ tasviriy va amaliy san’at; ✔️ moda va dizayn; ✔️ ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar. Tanlov shartlari bilan Xalqaro mukofot veb-sayti orqali - https://futureheritage.uz/ru tanishishingiz mumkin. Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. ⏰ 2026-yil uchun tanlovga hujjat topshirish 28-fevralga qadar davom etadi. Shoshiling! 📝 Hujjatlar Xalqaro mukofot veb-sayti orqali - https://futureheritage.uz/ru qabul qilinmoqda. 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube | 🇺🇿 Veb-sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи