tgindex
Mohir Speaks
@mohirspeaksузбекский

— Ўта шахсий фикрларим билан танишамиз. Админ: @light_upon_light2

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 591
+44 за 5 дн.
Сутки
+14
+0,39%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 049
23 постов
Вовлечённость
84,9%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 23
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 779
1/48двое суток
2 038
1/72трое суток
2 198

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.4987613

    Odamlar zo‘r boshlab, dabdala qilib tugatadi. Sen dabdala qilib bo‘lsa ham boshlab, zo‘r qilib tugat.

  • 14 авг.9431495

    Hayollaringda Afrikadagi och bolalarga ovqat tarqatishni to‘xtat. Shundoqqina burningning ostida qancha savob amallar borku axir...

  • 13 авг.1 4441719

    10 kunlarda hamma qiyinchiliklar tugaydi deb o‘zimni xotirjam qilsam, maraz odamcham ustimdan kulib: Zato ta‘til ham tugaydi deydi. 😂

  • 12 авг.1 7031514

    — Men uchrashuvga ketdim — Kim bilan? — O‘zim bilan.

  • 12 авг.1 7411187

    Ismlarimiz Abdurahmon, Abdulbosit, Abdulaziz-u o‘zimiz Abdullazzatmiz...

  • 12 авг.2 08015422

    Boshlash uchun — katta motivatsiya Intizom bilan davom ettirish uchun — yetishmovchilik kerak.

  • 11 авг.4 9341917

    Bir yili yangi maktabga ishga kirgandim. Hamkasblarim ham ko‘pi yangi edi. Ustiga ustak kuratorlikni ham berib qo‘yishgan. O‘quv yilining 2-haftasidanoq ota-onalar majlisi belgilab qo‘yilgandi. Biz xayronmiz. Hali bolalar u yoqda tursin, o‘zimizning kim ekanligimizni ham bilmaymiz, ota-onalar majlisida bolalar haqida nima deymiz? Endi ikki hafta bo‘lgan bo‘lsa... Bir hamkasbimiz aytib qoludi — hamma bolalarga tushadigan “dejurniy” gap bilan chiqib ketamiz: Farzandingizda potensial bor, faqat ozgina ko‘proq harakat qilishi kerak. 😅

  • 11 авг.2 0061503

    Meni qo‘limda 30 ta xodim ishlaydi deb maqtansa, ichimdagi maraz odamcham: — Zato meni qo‘limda 500 ta o‘quvchi o‘qiydi devoradi.

  • 11 авг.2 17513827

    “Ba’zan odamlar haqiqatni eshitishni istamaydilar, chunki ular o‘zlarining xomxayollari barbod bo‘lishini xohlamaydilar.” — Fridrix Nitsshe

  • 11 авг.2 2801059

    Mahallamizda ishkal bo‘lgandi. Sportchi akalarimiz bilan ko‘cha bolalari tortishib qolishgandi. Bolalar telefon qilib, sportchi akalar kutib turishini, hozir kelayotganini aytishgandi. Ularni mast ekanini sezib qolgan sportchi akalar shundoq devordan oshib o‘tib, uyiga yugurib qochishgan edi. O‘sha vaqt tushunmagan edik: shunday katta sportchi, bir ursa tog‘ni talqon qiladigan akalar, qayoqdagi mast bolalardan qochishyaptimi deb. Katta bo‘lib tushunib yetdim. Sportchi akalarimiz haqiqiy sportchi bo‘lishgan ekan. Haqiqiy sportchi o‘zini nazorat qila oladi. O‘ziga haqiqatan ishongani uchun ularga e‘tirof, odamlar tasdig‘i shart emas. Justin Geyji ham aytgandiku “menga tasdiq kerak emas, men kimnidir qo‘llarim bilan o‘ldirishimni bilaman“. Chala sportchilarda aksi. Ular tasdiq qidiradi. O‘zini kuchini isbotlashni xohlaydi. Demak, haqiqatan o‘ziga ishongan inson maqtanishga ehtiyoj sezmaydi. O‘zining kuchliligi, baxtliligi, oilaviy hayoti bilan maqtanyaptimi? Unda o‘sha narsa yo‘q shekilli...

  • 11 авг.2 26111512

    Umringizda sizga eng kerak bo‘lgan ilm? Qadarga iymon.

  • 11 авг.2 71920424

    Umringizda sizga eng kerak bo‘lgan ilm? Qadarga iymon.

  • 11 авг.3 15223131

    Bittayu bitta muammoying — uyga vazifa bo‘lgan davrlarni sog‘indim…

  • 10 авг.14,9 тыс226202

    Ko‘p muammolarga oddiy yechim beruvchi sehrli gap: Uzr, mendan o‘tdi...

  • 10 авг.3 5151132

    Rengenga tushishim kerak. Shifoxonada yotganim uchun navbatsiz kirishim mumkin. 38 isitmam ham bor. Mendan oldin 3 kishi navbatda ekan: 1. Futbol o‘ynab boshidan jarohat olgan bolakay, jarohat olganini eslay olmayapti ham. 2. Aka-ukalar. Ukasi akasiga jigarini bermoqchi. Ukasini jigarini tekshirish kerak. 3. Ayol kishi. Anchadan beri kutib o‘tiribdi. Qizchasining mazasi yo‘q. Qanday qilib navbatsiz kirib ketishim mumkin endi? Siz navbatsiz kirmaysizmi? Boring kiring, deb qoldi — hamshira opa. O‘ylab qoldim, hayotda sizga ko‘p aql o‘rgatadiganlar standartlardan kelib chiqib fikrlaydi. Vaziyatni to‘liq hisobga olmaydi. Sinfxonada ham shunday. Ba'zan falonchi metodni qo‘lla 100% ishlaydi, deb oson gapirib yuboramiz. Ammo vaziyatini to‘liq hisobga olmaymiz. Keyin aybimizni berkitish uchun “o‘zing eplolmagansan, o‘zingda ayb”, deb turib olamiz. Xullas, nima demoqchiman? O‘zim ham bilmayman) Siz ayta qoling nima demoqchiligimni...

  • 10 авг.3 0461967

    Do‘ppi kiyib namoz o‘qimagandan ko‘ra, kepka kiyib o‘qigan yaxshi.

  • 10 авг.3 13820511

    — Falonchi katta akaxonni rozi qilish uchun choyxona qilib berish kerak — Nahotki, shunday katta odam bo‘lib, bitta osh bilan fikri o‘zgaradigan arzon bo‘lsa?

  • 10 авг.3 160864

    Oziq-ovqatda aktivistlar bor. Nega ta‘lim va tibbiyotda yo‘q? Yoki men ko‘rmayapmanmi.

  • 9 авг.3 0951394

    Universitetimizda diplomatiya degan fandan bizga prorektor dars o‘tardi. Qizig‘i — dars o‘tmasdi. Yilni boshida bir-ikki kirganday bo‘lib, boshqa vaqt deyarli kirmagan. Oylik uchun faqat hujjatda dars ketardi. Shunaqa “pul yuvadiganlar” hamma yerda bo‘lsa kerak-a? Haligacha shunaqalarni ustidan yozmasdan, shikoyat qilmasdan, qo‘y bo‘lib bitirib ketganimni eslasam o‘zimni kechira olmayman. Qattanam esladim. Uyqum buzildi...

  • 9 авг.2 2325720из soliefs

    Antimo'rtlik yoxud zarbatoblarlik atamasi Nassim Talebning "Antifragile" kitobidan so'ng mashhur bo'lib ketdi. Bu yerda menga o'xshagan Nassim Talebni sevib o'qiydigan aka-singillar bor bo'lsa, ajabmas. Bugun shu antimo'rtlik haqida gaplashamiz va uni hayotimizga qanday tadbiq qilishni o'rganamiz. Dunyoda kutilmagan qiyinchiliklar va inqirozlar doim bo'lib kelgan. Biz ko'pincha ulardan qochishga harakat qilamiz. Ha, o'ldirmasa, shu janavarlardan qochishning o'rniga ularni quchoq ochib kutib olsak-chi?! Axir Nitsshe qalinmo'ylov aytadi-ku, bizni o'ldirmagan narsa kuchliroq qiladi, deb. Hayotdagi holatlarni uchga bo'lish mumkin. Birinchisi — mo'rtlik. Masalan, shisha idish. Yerga tushib ketsa, chilparchin bo'ladi. Faqat bitta maoshga qarab yashaydigan yoki katta qarzga botgan insonning hayoti aynan shunday mo'rt. Kichik moliyaviy inqiroz uni tang ahvolga solib qo'yadi. Ikkinchisi — chidamlilik. Toshni yerga ursangiz sinmaydi. Qiyinchiliklarga sabr bilan chidaydigan odamlar xuddi shu toshga o'xshaydi. Ular zarbalarga dosh beradi, lekin foyda ham topmaydi. Uchinchisi — antimo'rtlik. Bunga misollar talaygina: mushaklarimiz, immunitet tizimi, texnologik innovatsiyalar, madaniyatlar, siyosiy g'oyalar va hatto biz insonlar ham. Bular tashqi stress hisobiga yanada yaxshilanadi. Antimo'rtlik — bu inqiroz va qiyinchiliklardan oziqlanib, o'sish degani. Uni Behalovat avlodning tarjimonlari "zarbatoblarlik" deb ham o'zbekchaga kiritishibdi. Qoyil lekin! Xo'sh, bu g'oyani amalda qanday ishlatamiz? Taleb amaki dastavval shtanga qoidasini ilgari suradi. Moliyaviy va hayotiy qarorlarda o'rtamiyonalikdan qochish kerak. Masalan, jamg'armangizning katta qismini eng xavfsiz joyda saqlang. Bu, misol uchun, tillaga tikilgan sarmoya bo'lishi mumkin. Kichik bir qismini esa riski yuqori, ammo daromadi juda katta bo'lishi mumkin bo'lgan g'oyalarga yo'naltiring. Shunda yo'qotsangiz kam yo'qotasiz, yutsangiz ko'p yutasiz. O'qishga kelsak, mumtoz adabiyotlardan uzilmang. Vaqt sinovidan o'tgan va hali ham aktual kitoblarni o'qing. Va shu bilan birga, texnik dokumentlar va nish adabiyotlar ham o'qing. Mana shular 80/20 shtanga strategiyasiga misollar bo'la oladi. Keyingisi, qomusiylik. O'zingizni bitta tanlovga qamab qo'ymang. Asosiy ishingiz yoniga yana foydali ko'nikmalarni o'rganing. Buni Hormozi "skill-stacking" deydi. Naval ham buni bozorda boshqalardan ajrab turish uchun maslahat beradi. Xullas, inqiroz kelib, bitta eshik yopsa, zaxiradagi ko'nikmalaringiz boshqa eshiklarni ochadi. Yoki sizni alishtirish juda qiyin bo'ladi. Chunki siz faqat bitta emas, bir nechta ko'nikmaga ega asset'ga aylanasiz. Uchinchisi, Via Negativa. Tizimni yoki umuman hayotni yaxshilash uchun unga doim nimanidir qo'shish shartmas. Avval sizni orqaga tortayotgan narsalarni olib tashlang. Nosog'lom odatlar, ortiqcha ma'lumotlar va keraksiz qarzlardan voz kechishning o'zi hayotingizni aaaancha yaxshilaydi. Mikelanjelo ham David haykalini qanday yasagani haqida so'ralganida "Davidga tegishli bo'lmagan qismlarini olib tashladim" deganga o'xshash gap aytgan axir. Va nihoyat, muntazam kichik stresslar. Qulaylik insonni bo'shashtiradi. Comfort zone kills you deb bejiz aytishmaydi mashoyiqlarimiz. O'zingizni atayin kichik noqulayliklarga o'rgating. Zal, yugurish, ro'za, sovuq dush, uzoq soatli chuqur fokus, noma'lumlik darajasi yuqori bo'lgan yerlarga safarlar va hokazo. Asta-sekin oshirib boriladigan yuklamalar yoki notanish muhit kabi kichik stresslar sizni kelajakdagi haqiqiy zarbalarga tayyorlaydi. Shunaqa gaplaaar. Bu gaplarni yana bitta qayta o'qib, hayotga tadbiq qilish kerak. Telegram uchun yozganimga, qisqa-qisqa qilib yozaverdim. Menimcha, bitta boshqa uzun formatda ham olib chiqaman. In shaa Allah. Xullas, stresslarga ochiqmiz. Noma'lumliklarga ham. Xatolarga ham. Mag'lubiyatlarga ham. Lekin bu gaplarimdan keyin ulardan yutib chiqmagan kal bo'ladi. Hammaga antimo'rtlik tilab, Solief Aytgancha, postni shunday gaplarni tushunadigan o'rtoqlaringiz bilan bo'lishib tashlang! @soliefs