Mr.Man | Shaxsiy Blog
Статистика- Последний пост
- 5 апр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Aralashmay desang tarafing no’malum. Aralashay desang “yashashing” noma’lum.
Yaqin kungacha kiyimlarni o’zgartirib, har xil kiyinish moda edi. Endi sekin sekin bir xillikga qaytish ommalashish mumkin.
Yaxshi inson bo'ling, Uni isbotlashga vaqt sarflamang.
Siqilganizni butun ijtimoiy tarmoqdagilar bilishi shart emas, har xil istoriyalar joylamay yaqiningiz bilan biroz suhbatlashing o'tib ketadi. Nima demoqchiman. O'zingizga holatingiz ayon va shundayligicha qola qolsin. Foydasini keyin sezasiz. Biroz kuchliroq bo'ling🦾
Siqilishdan oldin surishtiring. Arzisa siqilavering.
Manfaat birlashtirgan do'stlikni, manfaat ajratadi...
#kayfiyat Ҳикоя қилишларича, бир аъробий бир уйни ижарага олибди. Бироқ уйнинг томи жуда кўп ғичирлар ва тебраниб турарди. Уй эгаси ижара ҳақини сўраб келганида, аъробий унга: "Уйингизнинг томини таъмирлаб беринг, у жуда кўп қимирлаяпти", деди. Уй эгаси эса: "Хавотир олма, бу том Аллоҳга тасбеҳ айтиб турибди", деб жавоб берди. Шунда аъробий: "Тўғрику-я, лекин унинг хушуъси ортиб кетиб устимизга сажда қилиб юборишидан қўрқаман!" дебди.😀 @arabicuz
Мен эгоистман. Абитуриентлик давримда уй ишларидан қочиб, ўқишга тайёргарлик қилиш учун вилоятга кетгандим. Ҳа, худбинлик қилдим. Лекин натижада Университетга бюджетга кириб, оиламни катта харажатдан асраб қолгандим. Шунда хулоса қилгандим: Эгоистликни ҳам тўғри бошқарса бўлар экан! Ҳозир ҳам худбинман: — Дарсга тайёрланиб бораман — кун бўйи мазза қилиб, сифатли дарс ўтишни хоҳлайман. — Касал бўлсам, “ватанпарварлик” қилмай дам оламан — соғлиғим керак. — Йўл қоидаларига амал қиламан — жарима тўлагим келмайди. — Бировнинг айбини беркитаман — Аллоҳ менинг ҳам айбимни сатр қилсин деб. — Фарзанд тарбиясига оид китоблар ўқийман — бир умр фарзандим феълидан жабр чекишни истамайман. — Шариат қоидаларига амал қиламан — охиратда машаққатга қолгим келмайди. — Спорт билан шуғулланаман — касал бўлиб қийналишни хоҳламайман. — Ёрдам сўраганларга ёрдам бераман — савоб керак. — Кредит олмайман — бой бўлишни истайман. — Тез кечиришга ҳаракат қиламан — Аллоҳ ҳам мени кечирсин деб. — Иш вақтим тугаса, дам оламан — самарали ишлаш учун энергиямни тиклашим керак. — Курсларда ўқийман — муаммолар билан қийналиб юришни ёқтирмайман. — Шахсий ривожланишга эътибор қаратаман — кўпроқ имконият ва имтиёзларга эга бўлишни истайман. Қиссадан ҳисса: Аҳмоқ “ватанпарвар” бўлма — ақлли худбин бўл. @Ustoz_kundaligi
Kambag’al ko’proq to’laydi To’liq to’lashga pul yo’qmi? Bo’lib to’lab - ko’proq to’laydi. Tishni davolatishga pul yo’qmi? Keyinroq olib tashlashga to’laydi. Sifatli ta’limga pul yo’qmi? Keyinroq og’ir mehnat bilan to’laydi. Ko’p xalqlarda “kambag’al ikki marta to’laydi” degan maqol bor - ko’p ma’noda ishlaydi. Kambag’allik = odatlar Pulsizlik = holat holos. Pulsizlikni tuzatsa bo’ladi. Ammo kambag’allik faqat cho’ntakda emas - fikrlashda.
Oliy ishlar yo'lida nafslarimiz e'tibordan qolar chetda, Kim go'zal qizga sovchi qo'ysa, mahr hech qimmat bo'lmas unga. Kishi tashvishiga yarasha yuqori darajalarga ko'tariladi.
12. Hayotdan yana bir xulosam. Eng yaqin inson ham har doim sizni o‘ylayvermaydi. Chunki yaqinlik fidoyilik degani emas. Har bir inson, eng yaqin bo‘lsa ham, avvalo o‘z ehtiyojlari va qarashlari bilan yashaydi. Bu xiyonat emas — bu inson tabiatidir. Shuni tushunib yetishi kerakki, “yaqin” degani o‘zini unutib, boshqasiga bag‘ishlashni anglatmaydi. Har kimning o‘z yo‘li, o‘z chegarasi, o‘z sukuti bor. Munosabatlar uzoq davom etishi uchun murakkab qoidalar shart emas. Ba’zan eng to‘g‘ri yo‘l — masofani bilishdir. Chunki haddan ortiq yaqinlik kutishlarni ko‘paytiradi, kutish esa ranjishga olib keladi. Masofa sovuqlik yoki befarqlik degani emas, u aqlning ehtiyot chorasi. U munosabatni buzmaydi, balki uni saqlab qoladi. @Muqriy
Meni rosa o'ylashga majbur qilgan savol. Eng kuchli odam kim?
Meni rosa o'ylashga majbur qilgan savol. Eng kuchli odam kim?
Ilmli ko'rinish yaxshi, ilmli bo'lish undan ham yaxshi. Boy ko'rinish yaxshi, boy bo'lish undan ham yaxshi.
O'ylab yaxshilik qiling...
Ko'klam vaqti uxlab qolgan dehqon, Kuz kelganda ko'zidan oqar qon.
Muhabbat komil bo'ladi, agar u ikki tomonlama bo'lsa...
Ko'ngil tez yetgisi kelgan joyga jasad sekin boradi, jasad tezlashganda ko'ngil hayqirar...
Har qanday jiddiy erkak ham uyida, yaqinlarining oldida hazilkashdir...
Biri bayram bilan tabrikladi, ramazonga ham oz qolibdi.