tgindex
Mokhiya's Thoughts

Mokhiya's Thoughts

Статистика
@mokhiya_thoughtsузбекский

Havaskor dasturchi va raqamli lingvistning hayotiy xulosa va fikrlari Asosiy kanal: https://t.me/komp_ling_uz

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
174
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
266
25 постов
Вовлечённость
152,9%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 26
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
90
1/48двое суток
103
1/72трое суток
111

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Baxt va baxtsizlik Yemay-yedirgan ota-onalar ko'pincha tashqi tarafdan charchagan, "shilpaygan", xorg'in, kasal yoki bechora ko'rinadi. Men erisholmadim, bolam erishadi, deydi, lekin o'zi erishmagan maqsad-niyatlari ich-ichidan qaysidir burchakni kemiradi. Xullas, o'zi erisholmagan zo'r hayot va baxtni bolasiga ilinadi. bu bir tarafdan yaxshi niyat. Lekin o'sha bola katta bo'lsa, nima bo'ladi? Xuddi ota-onasidek ko'p hollarda "o'zini unutadi". Bu sikl abadiy davom etadi. Yo'q, fikrimcha, ota-ona oldin o'zi baxtli bo'lishi kerak, o'ziga eng yaxshi narslarni RAVO ko'ra olishi kerak, salomatligi va shaxsiy rivojlanishi ustida ishlashi kerak. sport bilan shug'ullanishi kerak. Sog'lom ovqatlanishi kerak. Kitob o'qishi kerak. Qur'on yodlashi kerak. Saviyali davralar atrofida to'planishi kerak. Shunda farzandlar ham avtomatik inson o'zini sog'lom sevishi qanday bo'lishini ko'rib uyg'onadi. Pinterestdagi ham ma'nan, ham jismonan chiroyli ota-ona-farzand uchligidagi rasmlarga mo'ltillamay, o'z oilasida shu baxtni ko'radi. Baxtli ota-onadan baxtli farzand tug'iladi. Baxtsizidan, noliydiganidan, tekinxo'ridan baxtsizlar. Baxt chunki tashqaridan kelmaydi, u avval ichkarida hosil bo'ladi. 19.06.2025 Toshkent @mokhiya_thoughts

  • без подписи

  • Mokhiya's Thoughts pinned a video

  • 8 авг.259285

    Giiiirl, i think he likes you 🤭 — How many times did you watch it? — yeah

  • 7 авг.224101

    "Janub" deya atalgan ko'cha, Akatsiya gullagan qiyg'os, Lida degan ajoyib qizcha, Shu ko'chaga juda-juda xos. U ko'chadan chopib o'tganda, Derazadan ko'rinar aksi, Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida! Xo'sh, nimasi yaxshi ekan? So'rang uni, qo'shni boladan, "Kim?" deb o'sha Lida degan qiz, Shu nom bilan uxlar u shaydo, Shu nom bilan uyg'onar hargiz. Shu uyning ostonasida, Katta qilib yozdi u bir kun, Chiroyli qiz, Yaxshi qiz Lida! Kim deb, o'sha Lida degan qiz, Ta'sir qilar o'tgan ketganga, Ostonaga yozilgan bu xat, Balki Pushkin shunday sevgandur, Balki Geyne sevgandur shunday. U ulg'ayib bo'ladi mashhur, Tark etadi o'z uyini zor. Bu ulkan muhabbat uchun, Kelib qolar ko'chalari tor. Oshiqlarga yo'qdur hech sarhad, Iymanishlar barchasi bekor, Dunyodagi barcha yo'llarga, abad, O'sha qiz ismini yozadi takror. Chiroyli qiz, Yaxshi qiz Lida! Yaroslav Smelyakov Mirza Abdullayev tarjimasi @mokhiya_thoughts

  • Tish do’xtirimning 3 yil oldin bergan maslahatini har eslasam, kulgim keladi: “Judayam tishlaringizni yuvishga erinib ketsangiz, tuzli suvda yaxshilab chayib uxlang” U tuzni olish uchun o’rnimdan turib, oshxonaga borib, tuzli suvni tayyorlab, keyin hammomga borib tishimni chayguncha tishimni tinchgina yuvib bo’laman-ku ) @mokhiya_thoughts

  • Stay focused 🙂‍↔️ Matvassa 2

  • без подписи

  • без подписи

  • 3 авг.233161

    Bugun Westminister litseyida imtihon kuni ekan sheklli. Yoki javoblarini e’lon qilishyapti katta ehtimol. O’zimning qaltirab borib test yechganlarim esimga kelib ketdi. Hammasidan ham ota-onalarga qiyinroq. Ikki baravar hayonlanadi. Kirib chiqquningizcha ertalabdan kechgacha sizni sarg’ayib kutishadi. Shungacha bo’lgan jarayonga qancha pul tikishadi. Sizga imkoniyat yaratib berishadi. Shuning uchun yutuqlarimiz haqida bilishga eng haqlisi avvalo ota-onalarimizdir. Ular bo’lmasa, hech qaysimiz hozirgi darajamizda bo’lmasdik.

  • 2 авг.230323

    Ukamdan matvassa ekan. Kechagina bog’chadan olib kelib yurgandim. O’lay agar, qachon bu bloger bo’lib ketdi?)

  • Doimiy rivojlanishda yurgan va biroz sekin yoki boshqacharoq muhitda vaqt o’tkazgan odamlar, bolalikda qanchalik yaxshi do’st bo’lmasin, vaqt o’tib umuman bir-biriga tushmasligi mumkin. Hozir birorta sinfdoshim bilan aloqam yo’q. Chunki ularning olami allaqachon…

  • Doimiy rivojlanishda yurgan va biroz sekin yoki boshqacharoq muhitda vaqt o’tkazgan odamlar, bolalikda qanchalik yaxshi do’st bo’lmasin, vaqt o’tib umuman bir-biriga tushmasligi mumkin. Hozir birorta sinfdoshim bilan aloqam yo’q. Chunki ularning olami allaqachon o’zgarib ketgan. Bozor, maishiy mavzular atrofida yurishadi. Hatto universitetdagi do’stlarim bilan ham nimani gaplashishni bilmaydi kishi. O’sha paytdagi palonchadan asar ham qolmagandek. Aslida esa sizning ongingiz o’sib borayotgani uchun bir vaqtlar to’g’ri kelgan qadriyatlar endi farq qilishi hisobiga chiqisholmay qolayotgan bo’lasiz. Suhbatingiz hurmat yuzasidan samimiy qoladi. Lekin ortiqcha savol bermaysiz. Chunki ehtimoliy javoblarni bilasiz. Sizga qiziq mavzular unga qiziq emas. Unikilari esa sizga "torlik" qiladi. Birov birovdan ustun demoqchi emasman. Ikki xil tempdagi va ikki xil dunyodagi boshqa-boshqa odamlarga allaqachon aylangansiz, xolos. Do’stlik uzoq saqlanib qolishi uchun hech bo’lmasa, o’xshash hayotiy maromda harakatlanish kerak. Shunda suhbatingiz ham qovushadi, og’rinmay vaqt ham o’tkazasiz. @mokhiya_thoughts

  • Yaxshiyam din bor. Yaxshiyam Xudo o'rnatgan qoidalar va ko'rsatmalar bor. Juda ko'p xatolardan bizni ushlab qoladi. Qiynalganimizda taskin va umid beradi. Vahima bosganda hammasi aslida nima uchun yaratilganini eslatib turadi. 22.01.2026 Toshkent @mokhiya_thoughts

  • #otabek #kumush “O’tkan kunlar”ni butun umr bizga boshqacha talqin qilishgan. Ya’ni Otabek aybdor emasmish, onasiga shunchaki qarshi borolmaganmish, bu o’sha davr muammosini ko’rsatish ekan. Bu kitobni birinchi marta 8-sinfda o’qiganman. 15 yashar o’smirda o’z fikri qayerdan bo’lsin? Hammasi yon-atrofdagilar fikri bilan shakllangan bo’ladi. To’g’ri, ota-onalar o’z havaslari deb farzandlarini ba’zan baxtsiz qilishlari rost. Bu 100 yil avval Qodiriy yashagan zamonda ham bor edi, hozir ham bor. Bundan keyin ham qolsa kerak. Kechirasizlar-u, lekin shu joyida men Otabekni aybdor deb hisoblayman. Kumushga sevib uylanib yashab yurgan vaqti borib Kumushning ota onasini ham, o’zining onasini ham KO’NDIRISHi kerak edi. Kamiga hech bo’lmasa otasi — kimsan Yusufbek Xoji u taraf bo’lib turganda. Ayol kishi emotsiyaga beriluvchan bo’ladi. Uning hamma gapiga ham kirish shart emas. Otabek tabiatan qo’pol yigit emas. U, aksicha, o’sha davrdagi eng ideal yigitlardan bittasi. Hozirgi til bilan aytganda Jentlmen. Lekin onasini ko’ndirsa bo’lardi. Kumushni olib kelib qo’yib, aylanib o’rgilib xizmatlarini birgalashib qilishsa, onasini shirin gapirib ko’nglini olishsa, hammasi iziga tushardi. Hammasiga sababchi — bu naqd uchta xotinni uch tarafga yurishiga sabab bo’lgan Otabekning qat’iyatsizligidir. Yigitlar, iltimos. If you truly love the girl, fight for her. Yes, you may meet many people in your life, but you’ll only ever have one mother. That’s absolutely true. But your mother can’t be your wife. She already has a husband to love and protect her. It’s your responsibility to build your own family, stand by your partner, protect the woman you love, and create a life together. A mother and a wife are not rivals. They have different places in your life, and one should not come at the expense of the other. @mokhiya_thoughts

  • Savol Xudoga duo qilganingizda, sizga “yo’l ko’rsatgan” vaziyat haqida gapirib bering

  • Savol Xudoga duo qilganingizda, sizga “yo’l ko’rsatgan” vaziyat haqida gapirib bering

  • Men hech qachon dadam tarafdan buvimni ham, bobomni ham ko’rmaganman. Ular dadam endi oila qurgan vaqtlarida kasallikdan vafot etib ketishgan. Lekin kim buvimni tanigan bo’lsa, hamma deyarli bir xil feedback beradi: “Mohiyaxon juda sho’x, shaddod, g’ayratli, bir o’zi 10 ta kishini o’rnini bosadigan energiyali edi. Bir gapirib, 10 ta kulardi”. Menimcha, men buvimdan nafaqat ismni, balki xarakterni ham me’ros qilib olganman. Chunki na oyim, na oyimning onalari bunday emas, aksincha ular ancha bosiq odamlar. But i like it. I love my energy. Ko’pchilik mening oldimda bo’lish yoqimli ekanligini, o’zimdan yaxshi energiya chiqarishimni, mening oldimda hatto birinchi marta turgan bo’lsa ham, yengil va relaxed his qilishini aytadi. Bilasizlarmi, nimaga? Chunki ko’ngil tozzzzzade ☝🏻) Yoshroq ko’rinishimga ham shu sabab bo’lsa kerak. @mokhiya_thoughts

  • Кажется, я дошла до такого этапа, когда больше никого не заставляю. В последние месяцы я всё чаще ловлю себя на мысли, что мне уже не нужно, чтобы кто-то что-то делал ради меня — обращал внимание, ревновал, любил, просил о помощи. Особенно, близкие. Конечно, я никогда не оставлю своих, всегда помогу, даже если меня об этом не попросят. Но если человек не принимает эту помощь, я больше не спрашиваю: "Почему ты не обращаешься ко мне? Я тебе не нужна?" Потому что я наконец поняла: если человек хочет, он сделает. Если действительно скучает — напишет. Если ему не всё равно — найдёт способ прийти. Если ты для него важна — он тебя найдёт где угодно. Он не будет долго обижаться. Он просто будет любить. Заботиться. Я из тех, кто легко находит общий язык с людьми, а потом, если начинаю по-настоящему любить, люблю всем сердцем. Стараюсь помочь, поддержать, делаю всё, что в моих силах. Мне тяжело отпускать людей. Если чьи-то слова, поведение или отношение легко задевают, значит, этот человек уже занял место в сердце. Но я поняла, что даже к самым близким иногда вдруг может охладеть душа. И ты понимаешь, что уже не будет, как прежде. Слава Богу, у меня есть по-настоящему родные люди. Но теперь, когда кто-то говорит "я тебя люблю" или "ты мне дорога", я смотрю не на слова, а на поступки — именно они говорят обо всём. Я больше никого не заставляю — любить меня, впускать в свою жизнь. Если человек хочет — он это сделает. Если нет — я не навязываюсь. Я знаю себе цену. Похоже, я повзрослела... 03.11.2025 Ташкент @mokhiya_thoughts

  • 😹😹 Kursimiz yakunlandi, lekin biz endi bir-birimiz bilan yaqindan tanishdik. Kimdir 16 yosh, kimdir 20, kimdir 26, kimdir allaqachon 27. Eng qizig’i, menga hamma bir ovozdan mana shu memni tashladi Omg guys!