Kechki ta'lim va magistratura fakulteti (rasmiy kanal)
Статистика- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 39
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 382
- 1/48двое суток
- 437
- 1/72трое суток
- 472
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢IQTIDORLI TALABALAR DIQQATIGA! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari UNESCO Youth Hackathon 2026 xalqaro tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi. Mazkur tanlov yoshlarning media va axborot savodxonligi (Media and Information Literacy – MIL) yo‘nalishida innovatsion g‘oyalar va amaliy yechimlar yaratishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Kimlar ishtirok etishi mumkin? 18–30 yoshdagi yoshlar; 2–6 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar; Tanlov yo‘nalishlari: AI (Sun’iy intellekt) va media savodxonligi; Media va axborot savodxonligi bo‘yicha ta’lim yechimlari; Jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi loyihalar; Yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar; Mavzuga mos boshqa innovatsion g‘oyalar. 🔗 Tanlov haqida batafsil ma’lumot: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youth-hackathon-2026 📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar 8-avgustga qadar quyidagi havola orqali o‘z ma’lumotlarini qoldirishlari lozim: 👉 https:https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScs6Oie4vz7tQyGqcj1q3zA5QrZzf6dlHVrN8_xkaKywjCTZA/viewform?usp=publish-editor
#DoʻstlikFest2026 🌍Millatlararo totuvlik – bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan mustahkam birdamlik timsolidir. Turli millat va elat vakillarining ahil-inoq yashashi jamiyat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikning eng muhim omili hisoblanadi. 🤝Bir-birimizning urf-odatlarimizni qadrlash, madaniyatimizni eʼzozlash va umumiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash orqali yanada kuchli va jips jamiyatni barpo etamiz. 🇺🇿Bir Vatan, bir xalq, bir ezgu maqsad yoʻlida birlashgan yurtda hamjihatlik, bunyodkorlik va farovonlik doimo ustuvor boʻladi. 🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#JahonChempionati #BizBirgamiz 🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizga zafarlar yor bo‘lsin! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Biz birgamiz! 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Olg‘a, O‘zbekiston!🇺🇿 Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣⚡️ 📣TDIUda buyuk adiblar Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy va Abdulla Qahhor nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni uchun tanlov ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib birinchi bosqich test sinovi joriy yilning 21-may kuni 18:00da TDIU asosiy kampus 1-bino 1/321-auditoriyada bo‘lib o‘tadi. ❗️Maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni uchun hujjat topshirgan nomzodlarni mazkur test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. ✅Quyidagi toifadagi talabalar test sinovlarida ishtirok eta olmaydi: — avvalgi yillarda sovrindor bo‘lganlar; — sirtqi, kechki, masofaviy va 2-oliy ta’lim shaklidagilar; — Hujjat, yig‘ma jildlarini taqdim etmagan talabalar; — kunduzgi ta’lim 4-bosqich talabalari; — magistratura 2-bosqich magistrantlari. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🤩Hurmatli klubimizning faol, tashabbuskor va sportsevar talabalari! Sport klubi sizlarni “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan ochiq sport tadbirlariga taklif qilib qoladi! 📌 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi: ➡️Badminton ➡️Basketbol ➡️Stol tennisi ➡️Stritbol ➡️Futbol ➡️Voleybol ➡️Yengil atletika 📆 Sana: 16.05.2026 ⏰ Soat: 09:00 📌 Joy: TDIU Fiskal kampusi Sport maydoni 📌 Ushbu sport musobaqalarida kun davomida ishtirok etishingiz mumkin! ➡️Musobaqalarda faol ishtirok etgan va faxrli o'rinlarni egallagan talabalar ijtimoiy faollik indeksi uchun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Barcha sportsevar talabalarni kutib qolamiz! 🤩 TSUE Sport Club 💬Telegram | 📷Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI UNDIRISH: AMALIYOT TAHLILI” MAVZUSIDA SOHA MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA AMALIY DARS TASHKIL ETILDI. “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti O.Shodiyev tomonidan “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi” uzluksizligini ta’minlash maqsadidajoriy yilning 12-may kuni bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent viloyati Zangiota tuman soliq inspeksiyasi “Mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari” sho‘basi bosh inspektorlari Akmal Eshkobilov va Javohir Yusufbekovlar ishtirokida “Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini undirish: amaliyot tahlili” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida soliq organlari xodimlari tomonidan talabalarga 2025-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi va “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlari asosida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini undirish tartibiga kiritilgan asosiy o`zgartirishlar va qo‘shimchalar talabalarga etkazildi. Bundan tashqari jismoniy shaxslardan mol-mulk va yer soliqlarini undirishning amaldagi holati Zangiota tuman soliq inspeksiyasi amaliy ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Dars so‘ngida talabalar tomonidan mutaxassislarga savollar berildi va javoblar olindi. Amaliy mashg‘ulot darsi qiziqarli va jonli tarzda olib borildi.
👍👍👍 Talabalar murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Karimova Komila Daniyarovnaning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etilmoqda. 🗓 Sayyor qabul 13-may kuni soat 16:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 4-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tadi. 📌 Qabul davomida talabalarni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanadi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. 📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo mahallasi, Ziyo ko‘chasi 4a-uy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 4-sonli TTJ. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
Ro’yxatdan o’tish davom etmoqda !!! 🏃♂️ Ushbu platformada “Talaba Yugur” yugurish musobaqalariga talabalar hamda professor-o’qituvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. 🔵 Har bir kurs kesimida yigitlar va qizlar o‘rtasida alohida 1-, 2-, 3-o‘rinlar aniqlanadi; 🔵 Professor-o’qituvchilar o’rtasidagi g’oliblar 10% gacha ustamaga ega bo‘lishadi. 🔵 G‘olib bo’lgan talabalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇-o‘rin: 280 ming so‘mdan 6 oy 🥈-o‘rin: 280 ming so‘mdan 4 oy 🥉-o‘rin: 280 ming so‘mdan 2 oy ▶️Ro‘yxatdan o‘tish narxi — 39 900 so‘m. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va yugurishga tayyorlaning! ‼️Ro’yxatdan o’tishda Talaba bo’limini hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tanlashingizni so’rab qolamiz! 📍 Ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilarni 17-may kuni soat 7:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida kutib qolamiz. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#tadbir #davra_suhbati Joriy yilning 7-may sanasida “Kechki ta’lim va magistratura” fakulteti talaba yoshlari uchun “Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi ✅ Tadbirda Yunusobod tuman IIO FMB profilaktika inspektori katta leytenant O.A.Adhamjonov hamda “Kulol Qo’rg’on” jome masjidi imom-noibi B.Muhammadiyevlar mehmon sifatida tashrif buyurishdi 🔰Davra suhbati bugungi kunda yoshlarimizda yod g’oyalarga bo’lgan immunitetni shakllantirish, hamda ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratildi. Tadbir so’ngida yoshlar o’zining qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etishdi Telegram Instragam