tgindex
Muhayyo Umar
@muhayyoumarузбекский

Onkolog | Farzand tarbiyasi | Lifestyle 👩🏻‍⚕️Kundalik hayotimizdagi kanserogenlar va onko-ogohlik 🕊Minimalizm 👶🏻Egizaklarning Montessori onasi @TKmurojaat_bot

Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
696
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 043
22 постов
Вовлечённость
149,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
682
1/48двое суток
781
1/72трое суток
842

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 авг.400321

    Bolalarimning hamma kiyimlari ular qoʻli yetadigan joyda turadi. Bugun birinchi marta kiyimlarni joyiga ilishni bajarib koʻrishdi. Ularga bu ish yoqdi. Hammasini ilib chiqqach, shuni atrofida oʻynab yana qaytadan hammasini pastga tushurib ham yuborishdi. Undan tashqari yechgan va kir kiyimlarini oʻzlari kirga tashlashadi. Bu ishni qayta va qayta mazza qilib bajarishadi. Qaytishda yangi ishtoncha olib kelishadi (kir solinadigan idish va toza kiyimlar taxlangan organayzer yonma yon turadi). Bu qayta va qayta aytib, eslatib, koʻrsatib berishni natijasi. Nima zaril bir ishingizni ikki qilib, shuni oʻziz qib qoʻya qosez bo'midimi desangiz, bunga ham javobim tayyor. Men dangasa onaman, har doim bolalar uchun hamma ishni oʻzim qilishni istamayman. Ular qancha erta mustaqil boʻlishsa, menga shuncha yaxshi. Oldin jiyanlarim biron narsa tayyorlab bering desa, ularga 10 martalab oʻzim qilib berishni oʻrniga, bir necha marta qanday qilishni koʻrsatardim. Bu bolani ancha mustaqil qiladi. @muhayyoumar

  • 7 авг.451513

    Q: Voy, qumga oʻtirib oldi. M: Hech narsa qilmaydi. Q: Usti kir boʻladi-yu. M: Yuvsa ketadi. (men va qoʻshni oʻrtasidagi qisqa suhbat). Qum oʻynash uchun moʻljallangan oʻyinchoqlarni olib maydoncha oʻrtasiga bordim, qulay joy topib oʻtirdim. Keyin bolalar ham yonimga kelib oʻtirishdi. Atrofda ayollar va bolalar bor. Qoʻshnilardan biri bizning egizaklarga ham shunaqa oʻyinchoqlar olgandik, lekin hech eplab oʻynashmadi dedi. Birozdan keyin esa oʻsha 4 yoshli egizak oʻgʻil bolalar sekin kelib biz bilan oʻynay boshlashdi. Agar bola oʻzi qiziqqan vaqtida unga qum (yoki boshqa narsa)ni his qilishga qoʻyib berilmasa, nega endi u katta odam xohlaganda jimgina oʻtirib qum oʻynashi kerak? Sal kengroq boʻlish kerak bolalarga nisbatan, ular hamma narsani biz xohlaganday qilishga mahkum robotlar emas. Ular ham inson, hali jajjigina boʻlsa ham. Ularning ham biz kabi koʻplab hislari bor. Oʻsha hislarni his qilishni oʻrgatish va bunga imkon berish esa biz kattalarning vazifasi. @muhayyoumar

  • 1 авг.733212

    Kitoblarimni uch guruhga ajratdim. Birinchi guruhi, sohamga oid men doim murojaat qiladigan kitoblar. Ikkinchisi, men albatta qayta oʻqib koʻraman degan kitoblar. Uchinchisi, esa shu yerda turibdi. Bu kitoblarni oʻqib men oʻzimga kerakli xulosalarni olganman va ularni javonda chang bostirib qoʻygandan koʻra, undan foyda olishi mumkin boʻlgan boshqa zamondosh insonga berishni toʻgʻri deb topdim. Kitobni bemalol olib ketishingiz, oʻzingizda saqlashingiz, uni shu yerga qayta qoʻyib ketishingiz yoki atrofingizdagi boshqa insonga berib yuborishingiz mumkin. Faqat kitoblarimiz javonlarimizda chang bosib yotmasa boʻldi. Bitta kitobni almashish orqali koʻp inson oʻqishi koʻplab daraxtlarni qogʻoz ishlab chiqarish uchun kesilishdan asraydi. Demak, biz kitoblarimizni almashish orqali tabiatni asrab avaylashga oʻz hissamizni qoʻshar ekanmiz. Kitoblar turli yoʻnalishlarda: tibbiyot, badiiy, shaxsiy rivojlanish. 📍Lokatsiya izohda. @muhayyoumar

  • Bolalarimni jismoniy energiyasi qaynar humcha kabi qaynab, tugamaydigan davrlar boshlangan. Shuning uchun koʻchaga koʻp chiqamiz, u maydonchadan bunisiga oʻtib shu energiyalarni sal sarflab uyga qaytamiz. Agar bir kun olib chiqmasam, bu energiya manbayi meni asablarimni yeb ado qiladi. Dadamizni hayollarida ikkita bola bilan bogʻma-bogʻ yursam, men aylanib, dam olib, oʻynab kelgan boʻlar ekanman. Ularga ham ikkita ikki yoshdan kichik bolalar bilan shunday "dam olib kelish"ni taklif qilsam men eplay olmayman deb rad qiladilar. Yana bir zoʻr odatlari bor. Aksar yakshanbalarda hammamiz birga aylanamiz. Uyga kelganimizdan keyin bizni qoldirib, endi men aylanib kelaman deb ketadilar. Qissadan hissani tushundingiz 😁 Dardi meniki bilan bir xil ayollarni jon qulogʻim bilan eshitaman. Is that approach really weird? Or is the weird thing me? @muhayyoumar

  • Сўнаётган инсонлар ҳақида сўз очган эдик (https://t.me/Baxtiyor_Abdugafur/663). Давомини ўқишга қизиққанлар кўп экан. Давом этамиз. Одам вужуди ўзини ўзи тиклаш — регенерация қилиш хусусиятига эга. Бу жараён соғлом яшашда ўта муҳим аҳамиятга эга. Жараённи…

  • Сўнаётган инсонлар ҳақида сўз очган эдик (https://t.me/Baxtiyor_Abdugafur/663). Давомини ўқишга қизиққанлар кўп экан. Давом этамиз. Одам вужуди ўзини ўзи тиклаш — регенерация қилиш хусусиятига эга. Бу жараён соғлом яшашда ўта муҳим аҳамиятга эга. Жараённи таъминлаш шарти эса учта: меъёридаги уйқу, тўғри овқатланиш ва жисмоний ҳаракат! Уйқу ва тўғри овқатланишни қўйиб, жисмоний ҳаракат ҳақида фикр юритмоқчиман. Бугунги кун инсоният унутиб қўйган жараён бу — жисмоний ҳаракатдир! Одамнинг соғлом бўлишининг асосий шартларидан бири танага бериладиган жисмоний юкламадир. Шу сабаб қон тоза ва меъёридагидек суюқ бўлади, суяклар мустаҳкамланади. Иммунитет максимал даражада бўлади. Ёш оилалардаги ажримларнинг кўплиги ҳам йигит ва қизнинг жисмонан бақувват эмаслигидадир! Жисмоний ҳаётда чиниққанлар (айтайлик, меҳнат...) руҳан бардошли, чидамли ҳам бўлади, стрессларга мойиллиги ўта паст бўлади, ҳар нарсага эътибор беравермайди. Йигитчаларнинг мулойимлашиб бораётгани, бир челак сувни ҳам кўтаришга қийналаётгани... шундан. Айниқса, қизларнинг туға олмаётгани, ҳомиладорликнинг оғир ўтиши ҳам шундан! Жисмоний ҳаракат — меҳнат — юклама бўлмас экан одамнинг, ўхшатиш қўпол бўлса узр — бир қоп гўштдан фарқи қолмайди. Тез-тез касал бўлади, эрта қарийди, умри қисқа бўлади. Тарихий сурат ва фильмлардаги одамларга бир қаранглар. Ҳозирги қаричимиз бўйича ориқ ва ингичка, қоринсиз, ортиқча вазнларсиз... Аслида, ҳар бир одам шундай бўлиши керак! Бу одамларнинг умри — ҳаёт тарзи тўхтовсиз жисмоний ҳаракатда ўтган. Улар қандли диабет, қон босими, инсульт, инфаркт... деган нарсаларни билмаган. Бугунги одам — ҳаракатини ўзи чеклаган одамдир! У жуда кам юради, комфортда яшайди, ўзини койитгиси келмайди. Аччиқ бўлса ҳам шуни айтаман: айнан шундайлар қон билан боғлиқ барча касалликлар билан оғрийди. 30-40 дан ўтгандан кейин аҳволи жиддийлашади. Бу касалликларни "ижтимоий касалликлар" дейилади. Бу касалликларнинг белгиларини алоҳида санаб ўтгандим (https://t.me/Baxtiyor_Abdugafur/664). Уларни инсон кундалик яшаш тарзи орқали орттиради, ирсий жиҳатдан эмас. Гапни чўзмайман, чўзилиб ҳам кетди. Бунинг давоси оддий. Жисмоний меҳнат чекланган бўлса пиёда юринг. 5000 қадамдан бошланг. 10 мингга чиқаринг, кунлик меъёри шундай бўлсин. Кунига бир маҳалдан овқатланинг (овқатланиш ҳақида алоҳида ёзаман). Натижани кейин кўрасиз. Ўзингизни асранг.

  • 20 июл.1 0373125

    Uchinchi bosqichda paytimiz patfiziologiya fanidan maʼruzaga judayam qattiqqoʻl inson kirardi. Bilmayman, nega u kishidan hammamiz qoʻrqar edik. Boʻlmasa oldimizga kelib joningni olaman demagan, lekin oʻzimizga bizdan oldingilardan yetib kelgan gap soʻzlarni eshitib shunaqa qilardik. Bir kuni maʼruzada shu kishi hammaga bitta qoʻlini yuqoriga koʻtartirib qoʻydilar. Oradan daqiqalar oʻtyapti. Hamma qoʻlini koʻtarib turibdi. Bir biriga qaraydi. Hech kim men charchadim demaydi. Hech kim nima uchun oʻzi bunday qilishimiz kerak demaydi. U payti har bir soniya soatlarga teng boʻlib tuyulgan. Keyin qoʻlimizni tushirishga ruxsat berganlar. Va "sizlarga shunchalik farqi yoʻqmi. Kim nima qil desa qilib oʻtiraverasizlarmi. Hech biringizning oʻz fikringiz yoʻq. Oʻzbek guruhlarda hamma shunaqa. Na birontang savol berasan, na ovoz chiqarib tushundim yoki tushunmadim deysan" maʼnosidagi gap aytganlar. Bu inson nimani uqtirmoqchi boʻlganlarini men yillar oʻtib anglaganman. Tarbiyadagi nuqsonni inson hayotiga qanchalik putur yetkazishi. Bu inson darsida odobli boʻlib oʻtiradigan talabalarni emas, balki oʻzi bilan muhokama qiladigan ilmga chanqoqlarni istagan. Bizda bolalar uchun taʼqiqlar juda koʻp. Borma, yiqilasan. Tegma, sindirasan. Shovqin qilma, ukangni uygʻotasan. Katta odamga gap qaytarma, nima desa xoʻp de, yerga qarab tur (vaholangki bolaga kichikligidan eye contactni, yaʼni suhbatdoshi koʻziga qarab gaplashishni oʻrgatish muhim). Bolaga ovqatni oʻzi yeyishiga bermaymiz, ustini va qimmatga olingan mebellarni kir qilmasligi uchun (natijada 3-4 yoshga kirgan bolalar ham qoshiqni eplab ushlay olmaydi). Bu kabi taʼqiqlar bolani sekin asta qarorlar qabul qilishdan toʻxtatadi. Bola kattalar baqirmasligi uchun ularning koʻziga qarab ish qilishga odatlanadi. Bolada kreativlik soʻnadi. Domlaning gaplari bilan aytganda "taʼqiq majruh qiladi". Natijada bola atrofni oʻrganishga qiziqmaydi, qayerda qoʻyib qoʻysangiz oʻtiraveradi. Men bir yarim yosh bola ustini kir qilmasdan koʻchada oʻynay olishi normal deb hisoblamayman. Agar bola qayta va qayta ustini kir qilganida qattiq dakki eshitaversa oʻrganishi mumkindir, lekin bu normal oʻrganish emas. Taʼqiqsiz katta qilish degani bu, hech narsaga qaramasdan bolani tashlab qoʻyish degani emas. Bolani erkin qoʻyish kerak, oʻziga yoki boshqa odamga ziyon boʻladigan paytda chegaralarni sekin tushuntirish kerak. Bu davr juda qisqa, lekin bolaning kelajak hayotiga taʼsiri juda katta. Kelajakda kimdir farzandingizning shaxsiy chegarasini buzganida, u "miq etmay" turishini xohlamasangiz farzandingizni sal erkinroq qoʻying, uning kreativligini qafasga solmang, hadeb taʼqiqlar girdobiga oʻrab olavermang. @muhayyoumar

  • без подписи

  • 15 июл.1 0305

    без подписи

  • Hozirgi reklama tizimi insonlar hayotini shunchalik oʻzgartirib yuborgan-ki, ehtiyojlar allaqachon qondirilib, istaklar oʻz tizginini yoʻqotgan. "Koʻproq sotib olish uchun koʻproq ishlashim kerak" degan halqa ichiga tushib qolganday hamma. Yilda yangisi chiqadigan…

  • Hozirgi reklama tizimi insonlar hayotini shunchalik oʻzgartirib yuborgan-ki, ehtiyojlar allaqachon qondirilib, istaklar oʻz tizginini yoʻqotgan. "Koʻproq sotib olish uchun koʻproq ishlashim kerak" degan halqa ichiga tushib qolganday hamma. Yilda yangisi chiqadigan telefonlar, hadeb yangi funksiya qoʻshilib yangilangan turli jihozlar-u kompyuterlar, javonimizga sigʻmay ketayotgan kiyimlar ustiga har mavsumda harid qilinadigan yangilari. Odamlar kunini ishxonada oʻtkazib faqat tunash uchun keladigan uyini jihozlar bilan toʻldiradi. Bir vaqtda bittagina mashinani haydash mumkin, lekin ikkinchisini sotib olishadi. Bir vaqtda faqat bir uyda mavjud boʻla olish mumkin, lekin oʻzlarini qiynab boʻlsa-da yana bitta olinadi. Yaxshilab oʻylab koʻrilsa, oʻsha buyumlarni sotib olmasa ham hayot davom etadi. Natijada esa oʻsha pulni umuman ishlab topmaslik ham mumkin. Juda ham muhim boʻlmagan narsani sotib olish uchun pul ishlab topishga sarflanadigan hayot soatlarimizni oʻzimiz uchun foydali boshqa ishlarga sarflasa boʻladi. Biz sarflaydigan har bir soʻm hayotimiz daqiqalari evaziga almashiladi. Daqiqay-u soatlarimizni nimalarga ishlatayotganimizga diqqatli boʻlishni "Your money or your life" kitobidan oʻrgandim. Shu bilimlarni hozir yanada oʻstiryapman, hayotimda qoʻllab koʻryapman. Bu yerda oʻylab koʻriladigan yana bir jihat bor. Biz talabni oshirish orqali ishlab chiqarishni oʻzimiz oʻstiryapmiz. Natijada esa yer yuzi chiqindilarga toʻlib, ortga qaytarib boʻlmas oʻzgarishlar yuz beryapti. Chuqur tafakkur qilish uchun yana bir mavzu. @muhayyoumar

  • 10 июл.1 061224

    Ancha oldin menga kimdir qanday qilib biografik kitoblarni oʻqiysiz, zerikib ketmaysizmi deb savol bergan edi. Qiziq menga. Toʻgʻri tanlab oʻqilsa koʻp savollarga javoblar olsa boʻladi. Kimningdir butun hayotini bitta kitobda varoqlash, bu yaxshi. Aksincha, oʻzimni badiiy kitob oʻqishga hech majburlay olmayapman. Yaqinda kitob javonimni tartibga keltirgandim. Ancha oldin olgan, lekin hali oʻqimagan kitoblarim talaygina ekan. Bu yaqin orada oʻzimga kitob olmasam kerak, bolalarnikini boyitish bilan bandman. Oʻn kuncha oldin bir tajribali kishining tavsiyasi bilan bolalarga kitoblar olgan edim. Toʻgʻri tanlashga yordam beribdilar. Shu kitoblarni bolalar ancha vaqt varoqlab oʻtiradigan boʻlishibdi. Shuning hisobidan men ham ancha kitob oʻqiydigan boʻlib qoldim. Oldinlari oʻzimga yoqqan kitoblarni tanlab olib bergan ekanman. U kitoblar qolib, menikiga yopishib, yirtib tashlashardi. Hozir oʻzlariniki bilan ancha band boʻlib qolishdi, Alhamdulillah. @muhayyoumar

  • 10 июл.1 068153

    Dr Shepherd sudmed ekspert. Karyerasini endi boshlaganida ayoli Jenni uchratadi va oila qurishadi. Jen hamshira boʻlib ishlardi, ammo shifokor boʻlishni har doim xohlagani va oilasini bunga imkoni yetmaganini aytganida, Shepherd bu borada uni qoʻllashni istaydi. Jen oʻqiydi, Shepherd ishlaydi va ularning oilasida ikki farzand dunyoga keladi. Kitobda ular oila bilan bu ishlarni qanday amalga oshira olgani haqida soʻz ketadi. Undan tashqari Shepherd faoliyati davomidagi ancha caseʼlarni keltirib oʻtadi. Oʻgli veterenariya, qizi esa tibbiyotni tanlaydi. 60 yoshga yetganida Shepherd ustidan ish ochiladi. "I have spent my entire working life reviewing cases. Now I was a case". Uning dunyosi ostin-ustun boʻlib ketadi. Oʻzini oʻldirish yoʻllarini ham oʻylab koʻradi. Bu ish oʻz-oʻzidan yopiladi, u ishga qaytadi va bir-biridan jumboqli oʻlim sabablarini aniqlashda davom etadi. Hozirda Shepherd nafaqada. Uchuvchilik litsenziyasi ham bor. 500 soatdan oshiq havoda parvoz qilgan. @muhayyoumar

  • 7 июл.1 120216

    Savol: Assalomu alaykum. Mahliyo opa sizdan maslahat olmoqchi edim. Men 4-kursni tugatdim. Ingliz tili b1,rus tili chala qolgan a1. Tibbiy bilimni sayoz deb hisoblayman. Undan boshlayman ,bundan boshlayman deb chala tashlab keyingisiga oʻtib ketyapman. Miyamda bir paytning oʻzida barchasi muhimday hammasidan oz ozdan qilib kunimga vazifa tayyorlaymanu,ikki kundan uzoqqa choʻzilmayapti ishtiyoq. Menga tavsiya bera olasizmi? Oldindan katta rahmat. Xayrli kun yaxshilar. Botga javob avtomatik emas, men tomonimdan yoziladi. Bir kuzatuvchi botda savol qoldirganlar, men javob yozganimda esa botni allaqachon bloklagan ekanlar. Men imkonim boʻlganda, qoʻlim tekkanda yoki savolga arzigulik javob oʻylaganimda yozaman. Siz dardingizni toʻliq yozib, oʻz yukingizni menga ham yuqtirib, men uni oʻylab yurib, keyin vaqt ketkazib javob yozsam-u, siz botni bloklashga ulgurgan boʻlsangiz. Iltimos oʻzingizni ham, boshqalarni ham vaqti va resursini hurmat qiling. @muhayyoumar

  • 5 июл.941205

    Tibbiyot oliygohida biz meʼda-ichak tizimi (MIT) anatomiyasi, fiziologiyasi, patologiyasi haqida oʻrganamiz. Lekin menda ancha chuqurroq savollar paydo boʻlgandi va qidirib-qidirib shu kitobni topdim. Bilasiz bittagina savolim uchun ham butun boshli kitobni oʻqib chiqishga erinmayman. Bosh miya va MIT orasidagi chuqur bogʻlanish men uchun shok boʻldi. Oxirgi yillar davomida ovqatlanish va yashash tarzi oʻzgarishi hisobiga ichaklardagi mikroflora xilma-xilligi qanday qilib kamayib borishi va bu oʻzgarishning inson butun tanasi va miyasiga qanday taʼsir oʻtkazishi batafsil yoritib berilgan. Ultra ishlov berilgan oziq-ovqatlar tanamizda qanchalik chuqur iz qoldirishi mumkinligini yaxshilab oʻylab koʻrishimiz kerak ekan. Shunda qoʻlimiz choʻziladigan nosogʻlom yeguliklarni tark qilish yanada osonlashadi. *kitob pdf shakli izohda. @muhayyoumar

  • 3 июл.1 071382

    Egizaklarim tugʻilganidan keyin men 24/7 uyda boʻlib qolganman. Koʻchaga faqatgina dadamizni vaqtlari boʻlgandagina chiqa olar edik, chunki ikkita bolani u paytlar bir oʻzim eplay olmasdim. Har doim kutubxona, univer, qahvaxonalarda yurgan mendek ona uchun bu juda ogʻir davr boʻlgan. Oʻzimni dunyodan uzilib qolganday his qilganman. Bolalarim 8-9 oyga yetganda uydan biroz uzoqroqqa ham oʻzim olib borishni boshladim. Shu payt oʻzim atrofimdagi odamlar bilan qoʻshilib turli joylarga bolalarimni olib borgim kelardi. Lekin aksiga olib birga koʻchaga chiqishni taklif qilsam hammani ishi paydo boʻlib qolardi. Chunki men kolyaskamni koʻtarib, ikkita bolam bilan borardim-da 😁. Ular boʻlsa bolalarini maktab, bogʻchaga berib, yosh boladan endi qoʻli ochilgan ayollar. Boshida bu davrni yashab oʻtishim oson boʻlmagan. Rossa siqilganman, xafa boʻlganman, meni qoʻshishmadi deb depressiyaga ham tushgan boʻlsam kerak. Keyin bolalari oʻzimnikilar bilan teng ayollar, dugonalarim bilan toʻxtab yotgan muloqotlarni tiklab, aynan oʻzim bilan bir xil sharoitda boʻlganlar bilan birga boʻlishni boshladim. Bu ancha yengillik berdi. Chunki bolalarimiz teng boʻlgani uchun hech kim bir birovni bolasini muhokama qilmaydi, aql oʻrgatmaydi, yemagan maslahatlarni sizga bermaydi. Mana shu munosabatlarni tiklab boshlagandan keyin "odam taftini odam oladi" degan jumlani maʼnosini yanayam his qilganman. Oʻzimizni mahalladan menikilar bilan teng egizak qizlari bor ayol bilan tanishdim. Kun ora birga sayr qilamiz mahallada. Bugun esa 3 dugona va 5 ta yosh bola (a 3 years old and 4 under 2) koʻrishdik. Dugonalar oʻzaro hol ahvol soʻrab gaplashishga ulgurmadik, shundayam hamma bir birini koʻrganidan xursand. Bolalarimiz teng va birga katta boʻlishi boshqacha tuygʻu beradi. Chunki qachonlardir abituriyent paytimizda kutubxonada soatlar dars tayyorlar edik. Hamon birgamiz. Kelajakda farzandlarimiz ham shunday boʻlishsa ajab emas. Bolalarimni uxlatib eshitib yurgan podcastimda ham mehmon shularni tavsiya bergan ekan. Yosh onalar koʻp savollariga javob oladigan suhbat boʻlibdi, faqat ingliz tilida. Adashmasam Youtube hozir avtomatik boshqa tilga audio tarjima qiladigan funksiya qoʻshgan. @muhayyoumar

  • 11 июн.1 314297

    Xabaringiz bor, talabalik davrimning ancha qismini oʻzbek tilida sifatli tibbiy kontent yaratilishiga sarflaganman. Hali hamma narsani sunʼiy intellekt qilib bermasidan oldin, biz turli jamoalar bilan ilk tibbiy videolar, matnlar va sifatli tarjima qilingan rasmlar tayyorlaganmiz. Keyin shu faoliyat bilan shugʻullanadigan guruhlar, odamlar koʻpaydi va man bundan juda xursand boʻlganman, potensialimni esa boshqa tomonga qaratishga qaror qilganman. Radiologiya sohasiga qiziqadigan talabalar va shu sohadagi bilimlarini oshirishni istovchilar uchun bir manbani tavsiya qilmoqchiman. Sababi radiologik tasvirlarni tushuna olish, uni toʻgʻri baholay olish mening soham uchun ham juda muhim. @muhayyoumar

  • 9 июн.1 7733313

    Parkinson kasalligini davolashda/simptomlarini yengillashtirishda probiotiklarni qoʻllash borasida ilmiy ishlar olib borilgan/borilyapti. Bunda ichak mikroflorasini tiklash va miya-ichak oʻqi (brain-gut axis) kabi jihatlar qamrab olinadi. Agar mana shu ishni teskarisiga oʻgirsak, ichak mikroflorasi qanchalik xilma-xil va sogʻlom boʻlsa insonning yoshi ulgʻayganda neyrodegenerativ (Altsgeymer, Parkinson va boshqa) kasalliklarga chalinish ehtimoli kamayadi. Yana bir tadqiqotda neyrodegenerativ kasallikka chalingan bemorlarda ichak mikroflorasi xilma-xilligi past ekanligi aniqlangan. Ichak mikroflorasini eng koʻp taʼsirlantiradigan omil bu antibiotiklarni oʻngga chapga qaramasdan ishlatish. Yosh ona boʻlganim uchun boshqa onalar bilan koʻp muloqot qilaman. Kimdir farzandi burni oqsa, sal yoʻtal boshlansa darrov dorixonadan antibiotik olib, yana ukolini, farzandiga qiladi. Bolalar kasal boʻlishi tabiiy, tez yechim beradigan omillarga yugurmasdan, sal kutishni oʻrganish kerak. Koʻp hollarda oʻzi yengil oʻtib ketadi. Agar antibiotik qoʻllashga koʻrsatma boʻladigan boʻlsa, unda albatta avval bakterial ekma (bakposev) topshirib keyin qabul qilish kerak. Undan tashqari, antibiotik ukol shakli ogʻir bemorlar uchun. Uy sharoitida bolalarga sirop shakli avzal. Buni kg vazniga hisoblash juda oson va bola ukolga nisbatan kamroq azoblanadi. Xulosa qilib aytsak, antibiotikni bir ishlatib, kasallikdan tuzalish bilan ish bitmas ekan. U organizmda qoldirgan taʼsirni oʻrnini qoplashga haftalab, oylab, yillab vaqt ketishi mumkin (ichak mikroflorasi qayta tiklanishi uchun). Aksar hollarda esa, inson yoshligida qoʻllagan shu kabi dorilar taʼsiri hayotining keyingi yillarida boshqa hastaliklar rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin ekan. Shuning uchun, antibiotikni har doim koʻrsatma mavjud hollardagina qoʻllash kerak. @muhayyoumar

  • 19 мая1 700245

    Shu toʻrtta kitobni turli vaqtlarda oʻqidim va ular umuman boshqa boshqa mavzularda. Lekin ularni birlashtiradigan bir jihat bor. Bu - qanday qilib marketing orqali bizga narsalarni koʻproq sotishlari va uydagi bor narsalardan foydalangan holatda kamroq harid qilib, frugal hayot tarziga odatlanish. Frugality - bu oxirgi yillarda ommalashayotgan atama. Aynan oʻzbekcha tarjimasi menga nomaʼlum. Bu - oʻzing qila oladigan ishlar uchun boshqa odamga pul toʻlama, harid qiladiganing narsalar sonini kamaytirib sifatini oshir, oʻzing taʼmirlab ishlatishni oʻrgan, texnikalarni yangi chiqqan rusumi emas bitta oldingisini ishlat (bir necha yuz $ tejaladi) va hk. Shulardan kelib chiqib, butun uyimni declutter qilganman. Koʻzimga yoqmagan va kerakmas deb oʻylagan hamma narsani tashlab yubordim. Harid qilmoqchi boʻlgan narsamni kechiktirishni oʻrgandim, shu muddat davomida olish yoki olmaslik haqida yaxshilab oʻylab olishim mumkin boʻlyapti. Oʻzi har biri haqida insaytlarni alohida yozishim kerak ekan) @muhayyoumar

  • 11 мая1 7213711

    "Hid qanchalik kuchli boʻlsa - shunchalik toza". Bir necha 10 yillar oldin xonalarni hidlantiruvchi vositalar shu shior ostida insonlar hayotiga kirib kelgan. Oldiniga ularni hech kim sotib olmagan. Lekin "The Power of Habit" kitobida oʻqiganimdek, kuchli marketing hisobiga bu kabi vositalar savdosi ommalashgan. Hozirgi kundalik hayotimizda esa hid beruvchi vositalar ajralmas bir boʻlak boʻlib qolgan. Hid hammayoqda. Kir yuvish vositalari, tana parvarishi vositalari, atirlar, hidlatgichlar (xona, dush, mashinada ishlatishga) va bu roʻyxat davom etaveradi. Hid bu shunchaki hid emas, miya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilayotgan molekula. Hid sezish fiziologiyasi haqida ozgina toʻxtalamiz. Hid beruvchi molekulalar burun shiliq qavatida joylashgan hid bilish retseptorlariga yopishadi. Bu molekulaning oʻzi organizmga kirmaydi, balki uning retseptorga bogʻlanishi natijasida hujayra ichida signal hosil boʻladi. Bu signal esa nerv impulsi koʻrishinida toʻgʻri miyaga uzatiladi. Bu axborot limbik sistemaga taʼsir qiladi. Limbik tizim - insonning hissiyotlari, kayfiyati va jinsiy maylini boshqaradigan soha. Bir narsaning hidini sezish miya uchun katta ish, chunki bunda "hid molekulasi → GPCR retseptor → Golf proteini → adenilat siklaza → cAMP ↑ → ion kanallari ochilishi → nerv impulsi" shuncha jarayon ketadi. Shuning uchun 10-20 daqiqadan keyin miya bu hidga adaptatsiya qilishni boshlaydi, yaʼni hid retseptorlarining shu hidga sezuvchanligi pasayadi. Bu miyaning himoya mexanizmi, miya juda koʻp kuchini faqat hidni sezishga sarflamaslik uchun shunday qiladi. Shuning uchun ham odam oʻz uyini hidini sezmaydi, uyga kelgan mehmon buni darrov payqaydi. Ayrimlar oʻziga sezilmay qolgandan keyin har yarim yoki bir soatda atirni qayta sepadi (bu atrofdagi men kabi hidlarga bardosh qila olmaydigan odamlarga juda koʻp noqulaylik tugʻdiradi). Har doim yanada kuchliroq hidli narsalarni qidiradi. Tabiiyki miya bu hidlarga ham adaptatsiya qiladi. Natijada esa, retseptorlarning oddiy tabiiy hidlarga sezuvchanligi keskin pasayadi. Odam atrofidagi tabiiy hidlardan mazza qilmaydi. Koʻpchilik biladigan, lekin tan olmaydigan yoki esidan chiqib qolganday tutadigan maʼlumotga qaytamiz. Bilamizki, bizda ayollar koʻchaga xushboʻylanib, atirlar sepib chiqishi mumkin emas. Buni fiziologik mexanizmiga toʻxtalsak, hid limbik tizimga taʼsir qiladi dedim. Limbik tizim esa insonning jinsiy maylini boshqaradi. Yana ham tushunarliroq yozmoqchi edim, mayli shu yetsa kerak. Shu yerda yana bir gap. Men unisex atirlarni umuman tushunmayman. Men umrida biron marta ham atir sotib olmagan odamman. Chunki boshim kuchli ogʻriydi. Oʻzimni bir nercha marta "oʻrgatmochi" boʻlganman, lekin oʻxshamagan. Bir marta juda mayin hidli, qimmat atir sovgʻa qilishgan, shuni ham bir necha marta ishlatganman. Ikki yil oldin toʻyim arafasida olganimiz atir haligacha turibdi. Uyga kimdir kelganida ishlatadi doim. Kir yuvish uchun bolalar kukunidan foydalanaman, deyarli hidi yoʻq. Idish yuvish uchun esa bilasiz oddiy kir sovun ishlataman, idishdayam, ishlatganda ham hidi chiqmaydi. MuhayyoUmar