tgindex
Mushoira klubi

Mushoira klubi

Статистика

🏢 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan “Mushoira” klubi rasmiy kanali

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
233
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
257
26 постов
Вовлечённость
110,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
26
1/48двое суток
29
1/72трое суток
32

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! ☑️Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

  • 🟥🟥🟥🟩🟩🟩 👸“Kitobxon qirolichalar” onlayn tanlovida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🌸 Tanlovda uy bekalari, talabalar, ustozlar... qisqasi hamma ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin. 📚Nuriya Cheleyenning “Qalb iffati” kitobini o‘qing va testlarni ishlab, g‘olib bo‘ling. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – Kosmetika to‘plami; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Organayzer to‘plami; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Led stol lampasi. ✅G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ✅Faol qatnashganlarga sertifikat beriladi. ➡️Kitobxonlik tanlovida qatnashish ➡️Kitobxonlik tanlovida qatnashish

  • Sizlarni muborak Hayit ayyomi bilan chin yurakdan qutlayman! Bu shukuhli bayram – mehr-oqibat, saxovat va insoniylik qadriyatlari ulug‘lanadigan, qalblar quvonchga to‘ladigan ulug‘ ayyomdir. Sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovon hayot tilayman. Xonadonlaringizdan quvonch arimasin, yurtimiz tinch, hayotimiz barakali bo‘lsin. Yaxshilik ulashish, mehr ko‘rsatish va bir-birimizga suyanch bo‘lish tuyg‘usi qalblarimizda doimo yashasin. Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! Muslimbek.Baxramov

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Zulfiyaxonim_tavalludi #SamATI 📌 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Zulfiya ijodiga bag‘ishlangan she’rxonlik kechasi yuqori saviyada tashkil etildi ✅Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir “Mushoira” klubi a’zolari hamda she’riyatga oshno, qalbida so‘zga muhabbat jo‘sh urgan talabalar ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Kecha davomida Zulfiyaxonimning Vatanga cheksiz muhabbat, sadoqat, sabr-toqat, matonat va insoniylik fazilatlarini tarannum etuvchi she’rlari ifodali va ta’sirchan tarzda o‘qildi. Har bir satr tinglovchilar qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘otib, shoira ijodining betakror jozibasini yana bir bor namoyon etdi. 📖Tadbir jarayonida talabalar Zulfiyaxonimning hayot yo‘li, ijodiy merosi hamda o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashdilar. Uning she’rlari nafaqat badiiy yuksakligi, balki tarbiyaviy ahamiyati bilan ham bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Shoiraning teran falsafiy qarashlari, samimiy tuyg‘ulari va hayotiy haqiqatlari yoshlarga ma’naviy kuch bag‘ishlashi qayd etildi. 🎥Shuningdek, tadbir doirasida Zulfiyaxonim she’rlarini zamonaviy formatda — videokontent ko‘rinishida tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu tashabbus shoira ijodini keng jamoatchilikka, ayniqsa yoshlar orasiga yanada faol targ‘ib qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’naviy qadriyatlarni ommalashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. ✅Bunday adabiy uchrashuvlar yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, she’riyatga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada mustahkamlash, milliy adabiyotimizga ehtirom ruhini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ma’naviyati yuksak yoshlar — jamiyat kelajagining mustahkam poydevoridir. 🤝Mushoira klubining rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling: 📱 Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Zulfiyaxonim_tavalludi #UrDPI 🔥UrDPIda “Mushoira” klubi a’zolari oʻrtasida vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab tanlov oʻtkazildi. 💬Tadbir “Mushoira” klubi a’zolari o‘rtasida tanlov tarzida tashkil etildi. Unda shoira hayoti va boy ijodiy merosi haqida so‘z yuritilib, Hamid Olimjon bilan ijodiy hamkorligi xususida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Zulfiyaxonim she’rlaridan namunalar ifodali o‘qildi. Tadbir yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga muhabbat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan. ⏺Tanlov yakunida faol ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🤝Mushoira klubining rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling: 📱 Telegram

  • 👍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mushoira klubi tomonidan Toshkent shahridagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ijodiy uchrashuv tashkil etildi. 🌐Ijodiy uchrashuvda quyidagi OTMlar talabalari ishtirok etdi: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Alfraganus universiteti Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oriental universiteti Toshkent amaliy fanlar universiteti Fan va texnologiyalar universiteti Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Renessans ta’lim universiteti Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institut Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Toshkent davlat transport universiteti OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 🤝Mushoira klubining rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling: 📱Telegram

  • 💟💟💟 🤝Mushoira klubi mamlakatimizdagi barcha Oliy ta'lim muassasalarida tashkil etilganini bilarmidingiz? ⏺Klub doirasida respublika miqyosida qilinayotgan eng muhim tadbirlar tafsilotlarini eng birinchilardan bo'lib bilishni xohlaysizmi? Asosiy kanal 🔥Kanalimizga qo'shiling, siz uchun eng saralarini joylab boramiz.