Slaydlar | Referatlar | Mustaqil ishlar
СтатистикаPrezentatsiyalarni qidirishda heshteg (#) lardan foydalaning !!! #kichikbiznes #ytl #mum #yerhuquqi ... . . Admin: @vakhoboff . .
- Последний пост
- 21 июн. 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔝TOP-12 platforma: Oliy taʼlim va professional taʼlim sohasidagi eng muhim onlayn xizmatlar roʻyxati – barchasi bir joyda! Quyidagi xizmatlardan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin: 1️⃣ Diplom va hujjat dublikatini olish 🔗 my.gov.uz/oz/service/642 2️⃣ Magistraturaga kirish uchun ariza topshirish 🔗 my.gov.uz/oz/service/844 3️⃣ Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash 🔗 my.gov.uz/oz/service/843 4️⃣ Talaba uchun oliy taʼlimdan maʼlumotnoma olish 🔗 my.gov.uz/oz/service/323 5️⃣ Litsey yoki kollejdan maʼlumotnoma olish 🔗 my.gov.uz/uz/service/761 6️⃣ Transkript (akademik maʼlumotnoma) olish 🔗 my.gov.uz/uz/service/851 7️⃣ Nodavlat taʼlim faoliyati uchun litsenziya olish 🔗 my.gov.uz/uz/service/580 8️⃣ Pedagoglar attestatsiyasi 🔗 my.gov.uz/uz/service/540 9️⃣ TTJga joylashish va navbatni tekshirish 🔗 Joylashish: my.gov.uz/uz/service/870 🔗 Navbat: my.gov.uz/uz/service/874 🔟 Diplom maʼlumotlarini tahrirlash (bakalavr, magistr, kollej): 🔗 Bakalavr: my.gov.uz/uz/service/742 🔗 Kollej: my.gov.uz/uz/service/744 1⃣1⃣ Davlat stipendiyasiga ariza topshirish: — Tayanch doktorantura: my.gov.uz/uz/service/873 — Magistratura: my.gov.uz/uz/service/872 — Bakalavriat: my.gov.uz/uz/service/871 1⃣2⃣ Hisoblangan stipendiyalar haqida maʼlumot 🔗 my.gov.uz/uz/service/963 Ushbu roʻyxatni saqlab qoʻying — siz yoki doʻstlaringiz uchun foydali boʻlishi mumkin! ✅ EDU | INFO
❗️Qabul tugashiga 6 kun qoldi. O'qishga kirish oson yo'nalishlar 📉 56,7 ball bilan kirsa bo'ladiganlari! ✅ Ushbu faylda kontraktga o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin. Eslatma: Abituriyent talabalikka tavsiya etilishi uchun maksimal ballning hech bo‘lmasa, 30 foizini to‘plashi kerak. Bu — 56,7 ball bo‘ladi. Ro'yxatdagi yo‘nalishlar o'tgan yilgi o'tish ballari asosida tayyorlangan, eng minimal ball to‘plab talaba bo‘lish mumkin bo‘lganlari. E’tiborli bo‘ling: bu yo‘nalishlar faqat kunduzgi ta’lim shaklida emas, balki boshqa ta’lim shakllari ham bor. Yaqinlarga maksimal tarqating, Bu juda foydali ma'lumot! @mustaqil
📹 Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish 🎓 Qabul davom etmoqda! ☄️ Hurmatli abituriyentlar! Orzuingizdagi oliygohga yo‘l olish payti keldi! 🧑💻 Hujjatlarni qanday topshirishni bilmayapsizmi? Hech qayg‘urmang! Quyidagi videoni tomosha qiling va 2025–2026-o‘quv yili uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishing.👆 @mustaqil
Тошкентда ўқиётган ҳиндистонлик 1-курс талабасининг ҳаяжонли фиғони: «Тошкент тиббиёт академияси — ҳақиқий даҳшат. Бу ерга келманг. Мен Тошкент тиббиёт академияси (ТТА)да таҳсил олаётган ҳиндистонлик биринчи курс талабасиман. 2025 йил феврал ойида қабул қилинганман. Мен чин юракдан бу ўртача даражадаги университет бўлади, деб ўйлагандим — арзон ўқиш, хорижий MBBC, ажойиб муҳит ва ҳ.к. Аммо вазият мутлақо бошқача экан. Бу ерда таълим сифати шунчалик аянчлики, айниқса биз каби хорижий талабалар учун, тасаввур қилиб бўлмас даражада. Аввало — ўқитувчилар деярли инглизча гапира олишмайди. Мен ҳазиллашмаяпман — уларнинг ярим гаплари гўё Google Translate орқали ўқилаётгандай туюлади. Биз шифокор бўлишни ўрганишимиз керак, уларни эса умуман тушунмаймиз. Улар биз учун 4 соатлик инглиз тили дарси ўтказишади — гўёки мен бу ерга анатомия эмас, алифбо ва грамматикани ўрганишга келганман! Анатомияга эса 20 дақиқа ажратилади — у ҳам кулгули тарзда. Улар ҳеч нима тушунтиришмайди. Дарсга келишади, дарсликка ишора қилишади ва буюрилади: «Мана мавзу, ўқиб, ўрганиб кел». Баъзида дарс бошланишига бир дақиқа қолганда: «бу дарс онлайн бўлади», деб айтишади, лекин, ҳайрон қоларли ҳолат — ҳеч қандай онлайн дарс ўтказилмайди. Аслида, биз ўзимиз ўрганамиз, улар эса маош олишади ва фақат ўзларига қулай пайтда бизга жавоб беришади. Энди декан ҳақида. Бу одам — мутлақо ақлдан озган. Доимо соқол масаласи билан безовта қилади — гўё, соқол олиш керак, деб таъқиб қилади. Мен тушунаман, «вазирлик қоидалари» бор, лекин, ака, тинчланинг — менинг соқолим имтиҳонларнинг ёмон ўтишининг сабабчиси эмас. Ўзи эса бутунлай самарасиз — ҳеч қандай муаммога ечим топмайди, фақат муҳим шахс каби юради, холос. Ҳа, ҳинд талабалар яшайдиган ётоқхона эса — ҳақиқий даҳшат. Қўланса ҳид, моғорлаган деворлар, мудом оқиб турувчи қувурлар — кимдир қизамиққа чалинса, худди фермадаги чорвани эмлагандек, ҳаммага қандайдир вакцина уриб чиқишади. Гигиена? У бу ерга қадам босмаган. Бу ердаги таълим шунчалик ёмонки, нимадан бошлашни ҳам билмайман. Ўқитувчилар келганда, фақат слайд ўқишади ёки ўзинг ўқи, деб кетишади. Токи бизга ҳеч нарса ўргатишмас экан, биз қандай қилиб яхши шифокор бўламиз? Имтиҳонлар — ғирт цирк. PDF кўринишида тахминан 50 та савол беришади, уни ёдлаймиз ва имтиҳон вақтида ҳам ўша саволлар тушади. Ҳаммаси қандай ёдлашга боғлиқ. Ёдлаб ўтасиз, эсдан чиқарасиз, кейинги босқичга ўтасиз. Бундай имтиҳонлар осон — аммо улардан фойда нима? Мен бу ерга ўйин-кулги учун эмас, инсонларни даволашни ўрганиш учун келганман. Бу «университет» қандай қилиб ҳалигача «доктор» деган ном билан одамларни чиқариб юборяпти? Унга Ҳиндистоннинг NMC (Медицинал Кенгаши) томонидан қандайдир тан олиш берилганми? Буни кимдир текшириши керак». Бирор сўз қўшиб ёки айириб бўлмайди. «Келинимиз фоҳишалигини билардик, ушлаб олганимиз чатоқ бўлди-да», деган гап бор-ку… ➡️ @shokirjonov
Bugun 2026-yil uchun topshirilgan "Grin karta" lotereya dasturi natijalari e'lon qilinishi boshlandi. Toshkent vaqti bilan 3-may 21:00 dan boshlab quyidagi manzil orqali natijalarni bilishingiz mumkin: https://dvprogram.state.gov/ Javobni olish uchun ariza topshirilganda berilgan tasdiq raqami (Confirmation Number), familiya (Last/Family Name) va tug'ilgan yilingiz (Year of Birth) haqidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi. Agar "Grin karta" yutgan bo'lsangiz, ekranda chiqqan xat quyidagi gap bilan boshlanadi: "You have been randomly selected for further processing in the Diversity Immigrant Visa Program for the fiscal year 2026". Tarjimasi: “2026-moliyaviy yil uchun Turli millatlarga mansub immigratsion vizalar dasturida arizangizni ko'rib chiqishni davom ettiirsh uchun siz tasodifiy yo'l bilan tanlab olindingiz”. Agar yutmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqa xat chiqadi: "Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa Program at this time". Tarjimasi: "Taqdim etilgan ma'lumotlar asosida bu ariza Elektron Turli millatlarga mansub viza dasturida qatnashish uchun TANLAB OLINMAGAN". Bu yil g'olib bo’lganlarga viza 2026-yilda beriladi. Hammaga omad yor bo'lsin! Oramizda yutganlar bo'lsa, xabar bering. @mustaqil
Chat GPT O'zbekistonda soliq to'laydigan bo'libdi. Open AI kompaniya soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tgan. Bu endi O'zbekistondan qilinadigan daromaddan QQS va boshqa soliqlar to'lanishini anglatadi. Endi qo'rqmasdan ChatGPT O'zbekistonda rasmiy va qonuniy xizmat deyishimiz mumkin. Hozirda Chat GPTning bepul, 20 $lik Plus va 200 $lik Pro versiyalari mavjud. Soliq to'lash narxlarga ta'sir qilishi yoki yo'qligi haqida ma'lumot berilmagan. #soliq #chatgpt @mustaqil
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati: 1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi! 2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha). 3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi). 4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga). 5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi). 6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi. 7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi. 8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi. 9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi. 10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi. 11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi. 12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil). 14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil). 15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida). © alisher_sadullaev @mustaqil
🎉 Ramazon hayiti muborak!
❗️ TOP-100 ta oliygohda PhD qilgan yoshlarga uy olish uchun 800 mln so‘m foizsiz ssuda beriladi Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan: ✅ nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, 10 yil muddatga BHMning 2 ming 150 baravarigacha (806 mln 250 ming so‘m) miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi. 👉 @mustaqil
Энди яхшироқ ўқиган талабалар контрактдан грантга ўтиши мумкин Ўзлаштиришга қараб грантларни қайта тақсимлаш тартиби тасдиқланди. Ижтимоий тоифадаги абитуриентларга эса қўшимча грантлар ажратилади. @mustaqil
🌙 Ramazon muborak! 🤲 Bu muqaddas oy hayotingizga baraka, sabr, tinchlik va nur olib kelsin. Alloh tutgan ro‘zalarimiz va qilgan ibodatlarimizni qabul qilsin! 🤍 📿 Iymonimiz mustahkam, qalbimiz pok bo‘lsin! Ramazon oyi muborak! 🌟✨
🇺🇿Istiqlolimizning 33 yilligi barchamizga qutlug’ bo’lsin! @mustaqil
#Докторантура_PhD_DSc #Стипендияли ⚡️PhD нинг 3 хил кўриниши мавжуд: ➡️Стажёр-тадқиқотчи: 📝 Илмий иш қилиш(ҳимоя) учун муддат: 1 йил; 🤑 Стипендияси айни пайтда: 5 013 746,08 сўм(октябрь ойидан 10% ошса: 5515120,6 сўм) 📑 Қабул муддати: 15-сентябрдан 15-октябргача(Асос: https://lex.uz/docs/3213410) ➡️Таянч докторантура: 📝 Илмий иш қилиш(ҳимоя) учун муддат: 3 йил; 🤑 Стипендияси айни пайтда: 5 663 636,26 сўм(октябрь ойидан 10% ошса: 6 229 999,886 сўм) 📑 Қабул муддати: 15-сентябрдан 15-октябргача(Асос: https://lex.uz/docs/3213410) ➡️Мустақил изланувчи: 📝 Илмий иш қилиш(ҳимоя) учун муддат: чекланмаган; 🤑 Стипендияси айни пайтда: Тўланмайди 📑 Қабул муддати: Йилига 4 марта(чорак) қабул бўлади: 15 сентябрдан 15 октябргача(1-чорак), 15 январдан 15 февралгача(2-чорак), 15 апрелдан 15 майгача(3-чорак), 15 июлдан 15 августгача(4-чорак)(Асос: https://lex.uz/docs/3213410) ➡️Эрин тадқиқотчи(Олийгоҳ илмий кенгаши томонидан тасдиқланган бўлса мавжуд ёки мавжудмас): 📝 Илмий иш қилиш(ҳимоя) учун муддат: чекланмаган; 🤑 Стипендияси айни пайтда: Тўланмайди @mustaqil
⁉️ Таянч докторантура, докторантура, стажёр-тадқиқотчилик, мустақил изланувчилик фарқи нимада? ✅✅ Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 22 майдаги 304-сон қарори 2-иловасида қуйидагича таъриф берилган: ❇️ стажёр-тадқиқотчилик — ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда тегишли ихтисослик бўйича илмий ва илмий-ижодий изланишларни олиб бориш ва фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун изланувчини тайёрлаш шакли; ❗️PhD дан яъни, таяч докторантурадан олдинги босқич бўлиб, ҳозирда стажёрга таянч докторантурага киришда ҳеч қандай имтиёз кўзда тутилмаган! "эл қатори" имтиҳон топширади 🔰 стажёр-тадқиқотчиликда — таҳсил олувчи шахсларга стажёр-тадқиқотчи лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда 3 912 720 сўм миқдорида стипендия тўланади ❇️ таянч докторантура — фалсафа доктори (Doctor of Philosophy (PhD) илмий даражасига даъвогар изланувчилар учун ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда ташкил этиладиган олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисослиги бўйича олий таълимдан кейинги таълим шакли; ❗️мутахассислик ва хорижий тил имтиҳонларидан мувафаққиятли ўтган талабгорлар 3 йил ичида танлаган мавзуси доирасида илмий иш олиб бориши, тегишли ихтисослик бўйича Илмий Кенгашда ҳимоя қилиши ҳамда якунда тегишли фан бўйича фалсафа доктори дипломи тақдим этилиши назарда тутилади 🔰 таянч докторантурада — таҳсил олувчи шахсларга илмий даражага ёки илмий унвонга ега бўлмаган (2 йилгача илмий фаолият тажрибасига эга бўлган) кичик илмий ходим лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда 4 419 894 сўм сўм миқдорида стипендия тўланади ❇️ докторантура — фан доктори ((Doctor of Science (DSc) илмий даражасига даъвогар изланувчилар учун ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда ташкил этиладиган олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисослиги бўйича олий таълимдан кейинги таълим шакли; ❗️PhD дан ёки "эски" фан номзоди илмий даражасидан кейинги босқич бўлиб, тегишли фан бўйича Doctor of Science (DSc) илмий даражаси берилади 🔰 докторантурада таҳсил олувчи шахсларга фан номзоди ёки фалсафа доктори (PhD) илмий даражасига ёки хорижий давлатларнинг унга тенглаштирилган бошқа илмий даражаларига ёки илмий унвонга эга бўлган етакчи илмий ходим лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда 5 435 064 сўм стипендия тўланади. ❇️ мустақил изланувчилик — фалсафа доктори (Doctor of Philosophy (PhD) ёки фан доктори Doctor of Science (DSc) илмий даражаларига даъвогар изланувчилар учун ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда ташкил этиладиган олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисослиги бўйича олий таълимдан кейинги таълим шакли. (❗️йилда 4 маротаба ҳужжат қабул қилинади, квота ажратилмайди, талабгорлар кириш сухбати асосида қабул қилинади) Олий ўқув юртидан кейинги таълимнинг ушбу босқичида талабгор (изланувчи) асосий иш жойида ишлаган ҳолда тадқиқот олиб боргани учун, молиялаштириш кўзда тутилмаган (❗️стипендия тўланмайди) ‼️ Таянч докторант ва докторантлар ўқиш муддати давомида диссертацияси мавзусини мувафаққиятли олиб боришлари ва ўз вақтида ҳимоя қилишлари нуқтаи-назаридан солиққа тортилмайдиган стипендия белгиланган. 😎 Таққослаш учун давлат ОТМ ўқитувчисининг "қўлига тегадиган " ойлигидан таянч докторантнинг стипендияси бирмунча ортиқ. Бунинг замирида эса илмий ходимнинг етарли шарт-шароитда илм қилиши ва Ташкилотнинг илмий салоҳиятини оширишга қаратилганидир. 📈📊 Маъулумот учун, Ўзбекистон ОТМ ларидаги профессор-ўқитувчиларнинг илмий салоҳияти 2016 йилда 31.9 фоиз бўлгани ҳолда, 2020-йилда 38 фоиздан ортгани қувончли рақамдир. Янги очилаётган Илмий Кенгашлар, таянч докторантура учун сўнгги йилларда квотанинг оширилаётгани, илмий даражали ходимларни асосли рағбатлантириш тизимлари жорий этилгани илмий ходимларда самарали рағбат уйғотмоқда ❇️❇️ Мамлакат ривожи давлатдаги билимлиларнинг салмоғига мутаносибдир. Давлатнинг зиёли қатламини ташкил этувчи Сиз талабгорларга - барча соҳаларда , давлат иқтисодини янада ошириш ва миллатни зиёли қилиш каби катта масъулият ишонилмоқда @mustaqil
⚡️Расман: Иш ҳақи, пенсия ва нафақалар миқдори қуйидагича оширилди «Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони имзоланди 🔹2024 йил 1 сентябрдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар миқдори 15 фоизга оширилди. Бунда: ➖пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 428 000 сўм; ➖ ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 834 000 сўм; ➖ ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 920 000 сўм этиб; 🔹2024 йил 1 октябрдан бошлаб: ➖бюджет ташкилотларида ишловчи тиббиёт ходимлари, шунингдек, мактабгача, умумтаълим, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим муассасалари ва ташкилотлари, “Мурувват” интернат уйлари, болалар ва меҳрибонлик уйлари, болалар санаторияларида ишловчи педагог ходимларнинг иш ҳақи миқдори – 15 фоизга оширилади; ➖бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори – 10 фоизга оширилади. ➖меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 155 000 сўм; ➖ базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм этиб белгиланди. ✍️Батафсил: https://president.uz/uz/lists/view/7463 @mustaqil
🌙 Qurbon Hayit ayyomi barchamizga muborak bo'lsin! Sizga eng yaxshi tilaklar hamroh bo'lsin, hayitda qilgan ehson-u savoblaringizdan Alloh rozi bo'lsin 🤲 @mustaqil
2030-yilda ikki marta Ramazon bo'ladi. Bu g'alati hodisa Islom taqvimi oy taqvimi bo'lgani uchun yuz beradi, bu esa Gregoriy taqvimidan, ya'ni xalqaro darajada fuqarolik maqsadlarida ishlatiladigan quyosh taqvimidan taxminan 10-12 kun qisqaroq. Islom (Hijriy) yili 354 yoki 355 kunni tashkil etadi, Gregoriy taqvimida esa 365 yoki 366 kun bor. Shuning uchun, Islom oy va bayramlari har yili Gregoriy taqvimida taxminan 10-12 kun orqaga siljiydi. 2030-yilda birinchi Ramazon yanvar oyi boshlarida, ikkinchisi esa dekabr oyi oxirlarida boshlanishi kutilmoqda. Bir Gregoriy yilida ikki marta Ramazon kelishi har 33 Islom yilida bir marta sodir bo'ladi. Chat GPT4 @mustaqil
Open AI Ўзбекистон учун Chat GPT’га рухсат берди Сунъий интеллектга асосланган сўровлар бўйича маълумот берувчи ChatGPT хизмати ўзбекистонлик фойдаланувчилар учун очилди. Бундан аввал мазкур хизматдан фақат VPN воситасида чет эл рақамлари орқали рўйхатдан ўтиш мумкин эди. Эндиликда Ўзбекистондаги алоқа операторлари рақамлари орқали ҳам рўйхатдан ўтиш мумкин бўлди. Chat GPT манзили : https://chat.openai.com/auth/login @mustaqil
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin? 1. IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo'lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.) Agar IDP dan olingan bo'lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin. 2. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi. 3. APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi: a) British council ning info@britishcouncil.uz elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda; b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. 4. LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O'zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo'lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004 kod bilan ro'yxatdan o'tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi. Ayrim o'quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko'rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo'qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo'lmaydi. 5. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazib, rasmiy so'rov yuborish kerak.) 6. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun tests-security@etsglobal.org elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin. 7. TESOL, TEFL - Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko'p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo'q. Tegishli qarorga ko'ra, maktabgacha va maktab ta'limi tizimida TESOL sertifikatining faqatgina ESN loyihasi ( International Assosiation TCCP Course) orqali olingani tan olinadi. Qolgan sertifikatlar xoh onlayn xoh offlayn olingan bo'lsin, qaror ro'yxatida berilmagan. Shuning uchun tan olinmaslik ehtimoli yuqori. ☝️ Undan tashqari soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin. @mustaqil
#Doktorantura #Foydali_manba Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videorolik Sayt: https://phd.mininnovation.uz/login Eslatma‼️ Qabul bugun 00:00 ga qadar davom etadi #PhD #DSc @mustaqil