Neft va Gaz Engineering
СтатистикаOʻzbekiston neft va gaz sanoati blogi. • Instagram.com/neft_va_gaz_engineering • facebook.com/neft.va.gaz.engineering Murojaat uchun: • @neftvagazengineeringbot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 544
- 1/48двое суток
- 623
- 1/72трое суток
- 672
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️ Energetika vazirligi: Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti 80 foizga tiklandi. Hozirda qolgan hududlarda ham elektr ta’minotini to‘liq tiklash ishlari olib borilmoqda. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
❗️Energetika vazirligi: Qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi. Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Neft-gaz bozori barqarorligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz bozorida barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib berish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Bir surat — bir muammoning yechimi: endi ish joyidagi kamchilikni markazdan yashirib bo‘lmaydi “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlar uchun “KASPRO” yagona raqamli platformasini ishga tushirish ishlari yakunlanmoqda. Platformaning asosiy maqsadi — kasaba uyushmasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni tezkor, shaffof va ishchilar uchun qulay shaklda taqdim etishdir. "KASPRO" orqali xodimlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi: • sanatoriylarga bo‘sh o‘rinlarni onlayn ko‘rish va o‘zlariga qulay sanani tanlab bron qilish; •QR-kod asosida elektron yo‘llanma olish; •bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish uchun elektron ariza yuborish; •mehnat muhofazasi, huquqiy himoya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni bitta platformadan olish imkonini yaratadi. Platforma mehnat muhofazasi sohasida ham yangi imkoniyatlarni yaratadi. Joylardagi jamoatchi vakillar ish joyida aniqlangan xavfli holatlar yoki kamchiliklarni suratga olib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tizimga yuklaydi. Bu esa kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ijrosini nazorat qilish va mehnat xavfsizligini yanada kuchaytirish imkonini beradi. Shuningdek, tizim orqali sanatoriylarga qancha yo‘llanma berilgani, qaysi muddatlarga joylar bandligi hamda xodimlarning dam olish jarayoni elektron tarzda yuritiladi. Bu xizmatlarning shaffofligini ta’minlab, inson omilini va qog‘ozbozlikni keskin qisqartiradi. 👋Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
“Uzbekistan GTL”da 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari sarhisob qilindi. Muhokamalar davomida korxona tarixida ilk bor ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 100 foizga yetkazilgani alohida qayd etildi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
"O‘zbekneftgaz" da avgust va sentyabr oylari tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish oylari bo‘lishi kutilmoqda. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Muborak gazni qayta ishlash zavodida 2026-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, reja ijrosi va mahsulot yetkazib berish masalalari tahlil qilindi. Yig‘ilishda yilning ikkinchi yarmida tannarxni pasaytirish, energiya samaradorligini oshirish va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
#Tayinlov Ismoilov laziz Azizovich — “Oʻzlitineftgaz” AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. laziz Ismoilov shu paytga qadar “Oʻzlitineftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
#Tayinlov Nabiyev Mansur Mahmudovich — “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Mansur Nabiyev shu paytga qadar “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktori oʻrinbosari, bosh muhandis lavozimida ishlab kelayotgan edi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
#Tayinlov Qudratov Rufat Rustamovich — "Oʻzbekneftgaz" AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori lavozimiga tayinlandi. Rufat Qudratov shu paytga qadar “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Jarayon process процесс Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Geologiya-qidiruv va qazib chiqarish jarayonlari endi soatbay tanqidiy tahlil etiladi. “O‘zbekneftgaz” AJda qazib chiqarishni ta’minlash, geologik-texnik tadbirlarni samarali amalga oshirish hamda geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov joriy yilning o‘tgan davri natijalari, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. 👉 Batafsil Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Narmatov Bexzot Raxmatullayevich Prezident Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha loyiha ofisi shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi. U 2020-2021-yillarda energetika vaziri o’rinbosari, 2021-2023-yillarda “O’ztransgaz” AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlagan edi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
O‘zbekneftgazga qarashli 5 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi. Jumladan, Qoraqalpog‘istonda yangi, yuqori bosimli kon topildi. Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida esa, 1 ta quduqdan gaz oqimi olindi. Hozirda tabiiy gazning debiti, tarkibi aniqlanmoqda. Quduqlarni qayta ta’mirlashda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Ustyurt hududidagi o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan Shimoliy Berdaq konining 7 son qudug‘i qayta ta’mirlanib, sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Keyingi yillarda O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi qanday bo‘ladi? Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-2030 yillar oralig‘ida gaz qazib olishni 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd kub metrga oshirish rejalashtirilyapti. 2027 yildan boshlab barqaror ko‘p yillik o‘sish prognoz qilinayotgan bo‘lsa-da 2030 yilga borib ham gaz qazib olish hajmi 2022 yilgi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada: 6,1 foizga yoki 3,2 mlrd kub metrga kam bo‘lib qoladi. O‘zbekistonda gaz qazib olish miqdori 2026 yilda ham qisqarib, keyingi 4 yil davomida bosqichma-bosqich o‘sib borishi prognoz qilinyapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib olish ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘zgaradi: 2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz) 2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz) 2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz) 2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz) Umuman olganda, 2026-2030 yillar oralig‘ida gaz qazib olish hajmini 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd m³ga oshirish rejalashtirilyapti. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochmoqchi. Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer so‘zlariga ko‘ra, yaqin 2 yil ichida g‘arb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta zamonaviy va qulay yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushiriladi. Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ochishni va aviatsiya sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer 18 fevral kuni Vashingtonda prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika biznesi va moliyaviy institutlari vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qildi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Ertaga, 11-fevral kuni soat 09:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham “metan zapravka”lar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbariga taqdim etilgan topshiriqlar ijrosi, “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish muhitini yaratish maqsad qilingani yana bir bor eslatildi. Xususan, ish haqini oshirish, ishchi-xodimlarni sifatli issiq ovqat bilan ta’minlash, zararli sharoitda mehnat qilayotganlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish va transport masalalarini hal etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering
“O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda. Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida investitsiyalarning asosiy qismi geologiya-qidiruv va qidiruv-burg‘ilash ishlarini jadallashtirishga yo‘naltiriladi. “O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda. Joriy yilda respublikada neft va gaz zaxiralarini oshirish maqsadida katta hajmda burg‘ilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayonda zamonaviy, yuqori samarador texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan ishchi guruh burg‘ilash sohasida ilg‘or yechimlar taklif etayotgan yetakchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering