NEFT VA GAZ - MA'LUMOT KANALI
СтатистикаBog'lanish uchun: @sh_uz Neft va gaz olami! 📚 Kitoblar 📺 Videolar 🌏 Yangiliklar 🏆 Test oʻyinlari 🔥 va boshqa qiziqarli faktlar, maʼlumotlar, rasmlar, memlar, roliklar!!! Manzil: @ng_uz
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 520
- 1/48двое суток
- 1 741
- 1/72трое суток
- 1 878
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
@ng_uz
Haydovchilarni yana bir narx kutilmaganligi kutmoqda: bugun ba’zi benzin quyish shoxobchalari allaqachon bir litr propan gazini 8 500 sumga sotishmoqda. Bir hafta oldin narx taxminan 7 000 sum atrofida edi. Bu shuni anglatadiki, atigi bir necha kun ichida gaz narxi litriga taxminan 1 500 sumga oshdi — bu taxminan 20 foizlik o’sish demakdir. Pul tejaslash maqsadida propanga o’tgan haydovchilar uchun bu narx o’sishi har safar yoqilg’i quyishda xarajatlarning sezilarli darajada oshishini anglatadi. Bu ayniqsa har kuni ishga qatnaydiganlar yoki mashinadan ish uchun foydalanadiganlar uchun og’ir seziladi. Masalan, 40 litr to’ldirganda avvalgi narxga nisbatan farq taxminan 60 000 sumni tashkil etadi. Agar oyiga bir necha marta to’ldirsangiz, qo’shimcha xarajatlar tezda sezilarli darajada oshadi. @ng_uz
#DIQQAT #TARQATING Mustaqillik bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga koʻra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket toʻrt kun (29-avgust – 1-sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentyabr) dam oladi. 🟡 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 🟢 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 🟢 31-avgust, dushanba – barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni 🟢 1-sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni 2-sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni. @ng_uz
NASA Yerning haqiqiy shaklini namoyish etdi. NASA 15 yil davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida Yerning yangi geoid modelini taqdim qildi. Olimlarning ta’kidlashicha, faqat tortishish kuchi ta’sirida Yer mukammal shar emas, balki shaklan kartoshkani eslatadi. Biroq tasvirdagi notekisliklar 10 ming marta bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Aslida esa bu farqlar oddiy ko‘z bilan deyarli sezilmaydi. Bu notekisliklar Yer ichidagi massalarning notekis taqsimlangani bilan izohlanadi. @ng_uz
🇺🇿 O‘zbekiston faxri, futbol afsonasi Odil Ahmedovdan muhim tavsiya! 📍 Abu Rayhon Beruniy universiteti Qashqadaryo kampusida 30 dan ortiq bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi va kechki ta’lim shaklida qabul davom etmoqda. Yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olish va hujjat topshirish uchun havolalar ustiga bosing ⬇️ 💡 Yo‘nalishlar haqida batafsil 👆 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 💬 Qabul bo'yicha bog'lanish uchun: @ARBU_Qarshi_Admin1 📞 Murojaat uchun: +998 55 401 0100 📱 Telegram | 📱 Instagram
Iyunda 2,5 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridan 25 foizga kam 2026 yilning birinchi yarmida gaz qazib olish hajmi 18,3 mlrd kub metrni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,6 mlrd kub metrga yoki 16,4 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 4,2 mlrd kub metrga yoki 18,6 foizga qisqardi. Xususan, iyun oyida gaz qazib olish hajmi 2,5 mlrd kub metrgacha kamaydi va joriy yildagi eng minimal ko‘rsatkichni qayd etdi. 👉 https://kun.uz/uz/13098085 @ng_uz
Aldaysanku Sardor 😊🙈😂👍 @ng_uz
#Tayinlov Ismoilov laziz Azizovich — “Oʻzlitineftgaz” AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. laziz Ismoilov shu paytga qadar “Oʻzlitineftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. ________________________ Исмаилов Лазиз Азизович — назначен исполняющим обязанности Председателя Правления АО “OʻZLITINEFTGAZ”. До настоящего назначения Лазиз Исмаилов занимал должность Первого заместителя Председателя Правления АО “OʻZLITINEFTGAZ”. 👉Bizni kuzating web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
#Tayinlov Nabiyev Mansur Mahmudovich — “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Mansur Nabiyev shu paytga qadar “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktori oʻrinbosari, bosh muhandis lavozimida ishlab kelayotgan edi. ___________________ Набиев Мансур Махмудович назначен исполняющим обязанности генерального директора АО "Узнефтегазкудуктаъмирлаш." До настоящего времени Мансур Набиев занимал должность заместителя генерального директора — главного инженера АО "Узнефтегазкудуктаъмирлаш." 👉Bizni kuzating web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
#Tayinlov Qudratov Rufat Rustamovich — "Oʻzbekneftgaz" AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori lavozimiga tayinlandi. Rufat Qudratov shu paytga qadar “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. ___________________ Кудратов Руфат Рустамович — назначен на должность директора Мубарекского управления добычи нефти и газа АО "Узбекнефтегаз." Ранее Руфат Кудратов работал генеральным директором АО "Узнефтегазкудуктаъмирлаш." 👉Bizni kuzating web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
#ilmiy_unvon “Oʻzbekneftgaz” tizimida yana bir ayol professor unvoniga sazovor boʻldi Neft-gaz sohasi odatda erkaklar mehnati bilan bogʻliq tarmoq sifatida tasavvur qilinadi. Biroq bugun ilm-fanda oʻz oʻrnini mustahkamlayotgan ayollar ham bor. Ana shunday yuksak yutuqlardan biri — “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "Oʻzlitineftgaz" AJ tizimida faoliyat yuritayotgan olima Hulkar Asadovaga professor ilmiy unvonining berilganidir. U koʻp yillar davomida neft va gaz konlarini samarali oʻzlashtirish, qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish yoʻnalishida samarali mehnat qilib kelmoqda. Eng muhimi, Hulkar Asadova “Oʻzlitineftgaz” ilmiy-tadqiqot muassasasida faoliyat yuritayotgan ilk ayol professorlardan biri sifatida tarixga kirdi. Bu nafaqat bir olimaning shaxsiy muvaffaqiyati, balki mamlakatimiz neft-gaz ilm-fanida ayollarning oʻrni tobora mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasidir. Bu yutuq ilmga intilgan yosh qizlar uchun ham katta ilhom va munosib namuna boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Hulkar Asadovani ushbu yuksak eʼtirof bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz! 👋Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Neft va gaz sohasida qazib chiqarish barqarorligini taʼminlash avvalo yangi zaxiralarni izlash va ularni oʻz vaqtida oʻzlashtirishga bogʻliq. Bu esa eng zamonaviy burgʻilash texnologiyalari, yuqori malakali mutaxassislar va kuchli texnik bazani talab qiladi. Ana shu maqsadda “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida milliy burgʻilash salohiyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadigan, xalqaro talablar asosida ishlay oladigan, mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan “UNG Burgʻilash” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Yangi kompaniyaning tashkil etilishi nafaqat yangi tuzilma yaratish, balki mamlakatimizda chuqur quduqlarni burgʻilash sohasida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan milliy burgʻilash maktabini shakllantirish hamda neft-gaz sohasida raqobatbardoshlikni oshirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Shu bilan birga kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyishdan koʻzlangan yana bir maqsad kelgusida qoʻshni davlatlar va xalqaro bozorda ham raqobatbardosh servis xizmatlarini koʻrsatish salohiyatini shakllantirishdan iborat. Shu bois jamiyat eng zamonaviy burgʻilash uskunalari va texnologik yechimlar bilan toʻliq taʼminlanadi, xodimlar tarkibi esa xalqaro talablar, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda zamonaviy kasbiy bilim va koʻnikmalar asosida saralanadi. Kompaniyaning asosiy vazifasi Ustyurt va respublikamizning boshqa istiqbolli hududlarida neft va gaz quduqlarini xalqaro standartlar asosida burgʻilash, yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash hamda qazib chiqarish barqarorligini taʼminlashdan iborat. Bu maqsadda kompaniya uchun 9 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan, raqamli boshqaruv tizimi bilan jihozlangan ZJ-70 va ZJ-90 rusumli 21 ta zamonaviy burgʻilash dastgohlari xarid qilinmoqda. Ularning mamlakatimizga yetkazib berilishi joriy yilning oktyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. Yangi avlod burgʻilash qurilmalari yuqori bosim va yuqori haroratli murakkab geologik sharoitlarda ham ishonchli va xavfsiz ishlash imkoniyatini yaratadi. @ng_uz
@ng_uz
🔥 Ajoyib yangilik: Abu Rayhon Beruniy universiteti Qashqadaryo kampusida ta’lim yo‘nalishlari soni rasman 33 taga yetdi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan universitetimizga yana 28 ta yangi ta’lim yo‘nalishi uchun litsenziya taqdim etildi va umumiy yo‘nalishlar soni 33 taga yetdi. Yangi litsenziya asosida qo'shilgan ta'lim yo'nalishlari: 60110200 — Maktabgacha ta'lim 60110400 — Boshlang'ich ta'lim 60110700 — O'zbek tili va adabiyoti 60110900 — Xorijiy til va adabiyoti 60111200 — Jismoniy madaniyat 60230100 — Filologiya va tillarni o'qitish 60410200 — Buxgalteriya hisobi 60411100 — Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60510100 — Biologiya 60520200 — Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610500 — Sun'iy intellekt 60710100 — Kimyo muhandisligi 60710400 — Energetika muhandisligi 60720100 — Oziq-ovqat texnologiyasi 60720400 — Texnologik mashinalar va jihozlar 60810400 — Agronomiya 60840100 — Veterinariya meditsinasi 61010200 — Sport faoliyati 61010400 — Logistika Magistratura muxatassisliklari: 70110102 — Pedagogika 70110401 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70310301 — Psixologiya 70110901 — Xorijiy til va adabiyoti 70410102 — Iqtisodiyot 70420101 — Advokaylik faoliyati 70330603 — Gidroelektr va nasos stansiyalari qurilishi 70721101 — Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish ✔️ Qabul kunduzgi, kechki hamda 2-mutaxassislik ta’lim shakllari bo‘yicha davom etmoqda. DTM ball asosida talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Joylar soni cheklangan. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 👇 👆 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 💬 Qabul bo'yicha bog'lanish uchun: @ARBU_Qarshi_Admin1 📞 Murojaat uchun: +998 55 401 0100 📱 Telegram | 📱 Instagram
27 июль куни Ўзбекистон президенти фармони билан энергетика вазири лавозимидан озод этилган Жўрабек Мирзамаҳмудов орадан икки кун ўтиб – 29 июль куни қамоққа олинди. Мустақил манбаларнинг маълумотларига кўра, собиқ вазир “жуда кўп миқдордаги мол-мулкни талон-торож қилиш”да гумонланмоқда. Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар ҳозирча ушбу ҳолат юзасидан расмий баёнот бермаган. Шунингдек, собиқ вазирнинг туғишган акаси — ПХХ мулозими Нодир Мирзамаҳмудов ҳам аввалроқ ҳибсга олингани ва терговга жалб қилингани хабар қилинмоқда. Манбаларнинг билдиришича, мазкур тергов жараёнлари ва юқори лавозимдаги шахслар билан боғлиқ янги тафсилотлар ўрганилмоқда. @ng_uz
Eronliklarga bepul gaz beriladi “Tasnim” agentligi xabariga ko’ra, 1-avgustdan Eronda avtomobillar uchun gaz bepul bo‘ladi. Hukumat aholini qo‘llab-quvvatlash, transport xarajatlarini kamaytirish hamda benzin iste’molini qisqartirish maqsadida mazkur aksiyani yo‘lga qo‘yadi. Shu munosabat bilan mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq gaz quyish shoxobchasi ishtirokida “Eron uchun birlashamiz va Eron xalqi uchun bepul gaz” kampaniyasi start oladi. @ng_uz
видео или голосовое, без подписи
#ana_bölmasam Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda AQSHning Alabama universitetini, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. Jo‘rabek Mirzamahmudov 2022 yilning sentyabr oyidan buyon Energetika vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zatom” agentligi bosh direktori (2018-2019), O‘zbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zatom” agentligi bosh direktori (2019-2022) lavozimlarida faoliyat yuritgan. @ng_uz
“Ўзбекнефтгаз” АЖ собиқ раҳбари Баҳодиржон Сидиқов иши судга оширилди Сидиқов Баҳодиржон Баҳромович Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш), 205-моддаси (ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш) ва 209-моддаси (мансаб сохтакорлиги)нинг бир қатор қисм ва бандлари бўйича айбланмоқда. Сидиқов билан бирга “Enter Engineering Pte. Ltd” компанияси бош директори Усмонов Улугбек Алимжонович, “Eriell Management” МЧЖ директори Бобоев Нодиржон Насимжонович, “Ўзбекнефтгаз” АЖ бошқарув раисининг собиқ ўринбосари Анаркулов Бахтияр Рахманкулович кабилардан иборат жами 9 киши судланмоқда. @pressuzb @ng_uz
Tushungan tushundi 😁👍 @ng_uz