tgindex
UzGTL HSE

Бу канал «Uzbekistan GTL» МЧЖ ходимларини хавфсизлик маданиятини шакллантириш, хавфсиз ишлаш кўникмаларини ошириш мақсадида жорий қилинди

Последний пост
05:52
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
русский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
808
−2 за 6 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
540
27 постов
Вовлечённость
66,8%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 30
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
332
1/48двое суток
380
1/72трое суток
410

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 05:5223011

    #VMQ_819 📑 Ma’muriy-jamoatchilik nazoratining 3-bosqichi tashkilot miqyosida mehnatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi holatini kompleks baholashga qaratilgan. 📊 Nazoratni kim o‘tkazadi? Nazorat tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuzilgan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tomonidan amalga oshiriladi. ✈️Komissiya tarkibiga, jumladan: 🟢 bosh muhandis; 🟢 Mehnatni muhofaza qilish xizmati boshlig‘i; 🟢 kasaba uyushmasi raisi yoki xodimlar vakili; 🟢 bosh mexanik, bosh energetik, bosh texnolog; 🟢 kadrlar xizmati rahbari yoki mutaxassisi; 🟢 fuqaro muhofazasi yoki yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodim kiradi. ⚫️Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i ham komissiya tarkibiga kiritiladi. ✈️ Muhim: tekshiruv o‘tkazilayotgan bo‘linma yoki sex rahbari ham nazorat jarayonida ishtirok etadi. 🔹Telegram  🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube

  • 🏗 MINORALI YUK KO‘TARISH KRANLARIDAN XAVFSIZ FOYDALANISH — MUHIM TALABLAR Qurilish obyektlarida keng qo‘llaniladigan minorali (bashennyy) yuk ko‘tarish kranlari yuqori xavfli texnik qurilmalar hisoblanadi. Ularni noto‘g‘ri o‘rnatish, texnik nosoz holatda ishlatish yoki malakasiz xodimlarga boshqartirish inson hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlaridan foydalaniladigan obyektlar xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiradi. Shu sababli minorali krandan foydalanishdan oldin quyidagi talablar ta’minlanishi zarur: 🔹 Kran pasporti va texnik hujjatlari mavjudligi; 🔹 Muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat mavjudligi; 🔹 Kran montaji va o‘rnatilishi tegishli loyiha asosida bajarilganligi va dalolatnomalar rasmiylashtirilganligi; 🔹 O‘rnatilgandan so‘ng belgilangan tartibda texnik ko‘rik, statik va dinamik sinovlar o‘tkazilganligi; 🔹 Harakatlanuvchi kranlarda kranosti yo‘lining sozligi va tegishli hujjatlari; 🔹 Kran yordamida ishlarni bajarish uchun PPRK — ishlarni bajarish loyihasi mavjudligi; 🔹 Kran elektr jihozlarining sozligi va yerga ulash (zazemleniye) tizimi bajarilganligi; 🔹 Kranlardan xavfsiz foydalanish uchun malakali mas’ul shaxs tayinlanganligi; 🔹 Kran mashinisti va yuk iluvchilarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi hamda tegishli malaka hujjatlariga ega ekanligi; 🔹 Kranlarning belgilangan muddatlarda texnik ko‘rik, diagnostika va sinovlardan o‘tkazilishi; 🔹 Xizmat muddatini o‘tagan kran bo‘yicha, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi mavjudligi. 📌 Muhim: 2026-yil 11-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 53-son qarori bilan yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning amaldagi tartibi belgilangan. Unda yuk ko‘tarish qurilmalarini majburiy davriy texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ekspluatatsiya jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda nosoz yoki xizmat muddatini o‘tagan qurilmalardan foydalanishning oldini olish masalalari tartibga solingan. ⚠️ ENG MUHIMI! Minorali kranni shunchaki “kran bor va ishlayapti” degan tamoyil asosida ekspluatatsiya qilish mumkin emas. Kran → hujjatlar → to‘g‘ri montaj → texnik ko‘rik va sinov → xavfsizlik qurilmalari → malakali xodimlar → davlat reyestri → ruxsatnoma → xavfsiz ekspluatatsiya. Kran belgilangan tartibda davlat reyestrida hisobga olingan va qonunchilikda talab etilgan hollarda undan foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma olinganidan keyingina ekspluatatsiya qilinishi lozim. 💰 MOLIYAVIY JAVOBGARLIKNI HAM UNUTMANG! O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-701-son “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tegishli ruxsatnomasiz faoliyat yuritish yuridik shaxsga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • #VMQ_819 👨‍🏫 2-bosqich nazorati davomida bo‘linma, bo‘lim (sex) yoki ishlab chiqarish darajasida mehnat xavfsizligining amaldagi holati kengroq ko‘lamda baholanadi. 📄 Mas'ul shaxslar quyidagilarni tekshirilishi kerak: ✅ 1-bosqichda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganmi; ✅ rahbariyat va davlat nazorati organlari ko‘rsatmalari bajarilganmi; ✅ uskunalar, transport vositalari va elektr qurilmalari xavfsiz holatdami; ✅ texnologik jarayonlar, shamollatish va yoritish tizimlari talabga javob beradimi; ✅ yong‘inga qarshi vositalar va xavfsizlik belgilarining holati; ✅ xodimlar o‘qitilgan va bilimlari tekshirilganmi; ✅ SHHV mavjudmi va undan to‘g‘ri foydalanilyaptimi; ✅ ichimlik suvi, sanitariya sharoitlari, dam olish joylari hamda belgilangan imtiyozlar ta’minlanganmi; ✅ ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish choralari ko‘rilganmi. 📌 Muhim: Tashkilot o‘z faoliyatining xususiyatlariidan kelib chiqib, qo‘shimcha nazorat talablarini ham belgilashi mumkin.

  • Yuqori xavfli uchastkalarda xodimlarni kasbi boʻyicha stajirovkaning ... davomida mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bilimlar tekshiriladi

  • 11 авг.3906из Jamol_Musurmonov

    #VMQ_819 📄 Ikkinchi bosqich nazorati bo‘linma va bo‘lim (sex) boshlig‘i hamda kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari vakili boshchiligida har 15 kunda bir marta o‘tkaziladi. 🤝 Nazoratni o‘tkazishda tekshiriladigan masalalarga tegishli: 📊 muhandis-texnik xodimlar; 📊 Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi; 📊 tibbiy xizmat xodimi ham jalb etilishi mumkin. 🗓 Tekshirish jadvali bo‘linma va bo‘lim (sex) boshlig‘i tomonidan tuziladi. ✒️ Jadval: ✅ Mehnatni muhofaza qilish xizmati; ✅ kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari vakili bilan kelishiladi va tashkilot rahbari yoki bosh muhandis tomonidan tasdiqlanadi. 📌 Tasdiqlangan tekshirish jadvali barcha uchastka boshliqlariga — usta, uchastka boshlig‘i va smena boshlig‘iga (tanishtiriladi) yetkaziladi. ❗️ Muhim: 2-bosqich nazorati — ish joylaridagi mehnat xavfsizligi holatini muntazam va jamoaviy baholashga qaratilgan nazorat bosqichidir. 🔹Telegram  🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube

  • 🔰 2026-yilning 7-oy davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar JAMI 529 ta mehnat faoliyati bilan bog'liq baxtsiz hodisalar sodir bo'ldi. Statistika: 📍24 ta — guruhiy; 📍372 ta — og‘ir oqibatli; 📍132 ta — o‘lim bilan tugagan. 🔻 Jabrlanganlar soni — 580 nafar: 402 nafari — og‘ir jarohatlangan; 22 nafari — yengil jarohatlangan; 156 nafari — vafot etgan. 📌 Baxtsiz hodisalar natijasida 11 mlrd 379 mln so'm bir yo‘la beriladigan va oyma-oylik zarar pullari undirib berildi. ❗️Mehnat xavfsizligi — har bir ish joyida ustuvor masala bo‘lishi shart. 📊 Batafsil infografikada... 👉 Davlat mehnat inspeksiyasi

  • 7 авг.5422из Jamol_Musurmonov

    #VMQ_819 Ma'muriy-jamoatchilik nazoratining 1-bosqichida aniqlangan har bir kamchilik bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rilishi shart. 🔍Asosiy talablar: ➡️ kamchiliklarni bartaraf etish va mas'ullarni belgilash; ➡️ imkon qadar kamchiliklarni darhol bartaraf etish; ➡️ bo‘linma o‘zi bartaraf eta olmasa, yuqori rahbarga yozma ravishda xabar berish; ➡️ xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan holatlarda kamchilik bartaraf etilgunga qadar ishni to‘xtatish; ➡️ aniqlangan kamchiliklar va ko‘rilgan choralar haqida xodimlarni xabardor qilish; ➡️ har kuni smena yakunida mehnatni muhofaza qilish holati bo‘yicha rahbarga hisobot berish. 🔍 Muhim: Kamchilik 10 ish kuni ichida bartaraf etilmasa, u ma'muriy-jamoatchilik nazoratining 2-bosqichiga o‘tkaziladi. ✈️ Tekshiruv natijalari maxsus jurnal yoki elektron dasturda qayd etiladi. Elektron tizimdan foydalanishda OneID orqali identifikatsiya qilish talab etiladi.

  • 6 авг.5064из Jamol_Musurmonov

    #VMQ_819 📄 Ma'muriy-jamoatchilik nazoratining 1-bosqichi davomida mas'ul shaxs va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil ish boshlanishidan oldin quyidagilarni tekshiradi: ✔️ oldingi tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganmi; ✔️ ish joylari, yo‘laklar va transport yo‘llari xavfsiz holatdami; ✔️ uskunalar, yuk ko‘tarish vositalari va elektr jihozlari sozmi; ✔️ ventilyatsiya tizimlari va xavfli moddalar bilan ishlash talablari bajarilganmi; ✔️ ogohlantiruvchi belgilar va yo‘riqnomalar mavjudmi; ✔️ xodimlar yo‘l-yo‘riqdan va tibbiy ko‘rikdan o‘tganmi; ✔️ shaxsiy himoya vositalari (SHHV) yetarlimi va to‘g‘ri foydalanilmoqdami; ✔️ zarur guvohnomalar va naryad-ruxsatnomalar rasmiylashtirilganmi. 🔍 Muhim: Tashkilot o‘z faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha nazorat talablarini ham belgilashi mumkin. 🔹Telegram  🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube

  • #VMQ_819 👨‍💼 Tashkilotlarda ma'muriy-jamoatchilik nazoratini ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etadi. Birinchi bosqich nazorati quyidagi mas'ul shaxslar - tegishli uchastka boshligʻi (smena boshlig‘i; usta; brigadir) tomonidan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil ishtirokida o'tkaziladi. 🔴 Nazorat har kuni ish boshlanishidan oldin, yuqori xavfli ishlarda esa zaruratga qarab ish jarayoni davomida ham o‘tkaziladi. 🚨 Nazorat o‘tkazilmasa nima bo‘ladi? ⚠️ Nazoratni tashkil etmagan yoki o‘tkazmagan mas'ul shaxslarga nisbatan ichki tartib-qoidalarga muvofiq intizomiy choralar qo‘llanilishi mumkin. ⚠️ Davlat nazorati davomida ushbu talab bajarilmagani aniqlansa, ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. 📌 Maqsad: Ish boshlanishidan oldin xavflarni aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish va baxtsiz hodisalarning oldini olish. 🔹Telegram  🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube

  • без подписи

  • Ishlab chiqarish bino va inshootlarining xavfsizligi ... orqali taʼminlanadi

  • 🧠 HSE-лидернинг 50 фикри | Фикр №4 АГАР ХОДИМЛАР МУАММО ҲАҚИДА ХАБАР БЕРИШДАН ҚЎРҚСА, ДЕМАК ХАВФСИЗЛИК ТИЗИМИ АЛЛАҚАЧОН БУЗИЛГАН Ходим шикастланган тўсиқни душанба куни пайқаган эди. Ёнидан ўтиб кетган ва жим қолган. Жума куни эса бахтсиз ҳодиса содир бўлди. Жиддий ҳодисаларнинг кўпчилиги аслида шундай кўринишга эга - уларга деярли ҳар доим майда бузилишлар ва хавотирли белгилар олдин келади, уларни аллақачон кимдир пайқаган, лекин айтмаган. Нега одамлар жим туради? Уларга хавфсизлик бефарқ бўлгани учун эмас. Улар эшитилмасликдан қўрқади. Айбланишдан қўрқади, раҳбар билан муносабатни бузишдан қўрқади. Хабар бергандан кейин ҳеч нарса ўзгармаслигидан қўрқади. Ходимларнинг жим туриши - уларнинг муаммоси эмас. Бу лидер учун сигнал. Агар одамлар хавф ҳақида жим туришни афзал кўрса, демак улар ўз овозининг аҳамияти борлигига ишонч ҳосил қилмаган. Ҳақиқий HSE-Лидер шундай муҳит яратадики, унда хавф ҳақидаги хабар шикоят сифатида эмас, балки умумий хавфсизликка қўшилган ҳисса сифатида қабул қилинади. Бундай ишонч ўз-ўзидан пайдо бўлмайди - у аниқ ҳаракатлар орқали шаклланади: - Диққат билан тинглаш. - Танқид учун баҳона излаш ўрнига, бефарқ бўлмагани учун раҳмат айтиш. - Муаммони «кейинроққа» қолдирмасдан, чуқур ўрганиш. - Зарур чора кўриш. - Ва албатта, ходимга нима қилинганини хабар бериш. Ишончни бузишнинг энг тезкор йўли - ходимлардан муаммо ҳақида хабар беришни сўраб, кейин ҳеч нарса қилмасликдир. Кейинги сафар одам оддийгина жим туради. Аммо агар у ўзи эшитилганини кўрса - яна хабар беради. Энди бу тартиб талаб қилгани учун эмас, балки ўз овози ишни хавфсизроқ қилишини билгани учун. Шундай қилиб очиқ хавфсизлик маданияти туғилади. Қўрқув билан эмас. Жазо билан эмас. Балки ишонч ва раҳбарнинг изчил ҳаракатлари билан. 📌 HSE-раҳбар фикри «Энг хавфли риск - ходимлар жим туришни танлаган рискдир» 💬 Муҳокама учун савол Ходимларга бузилишлар ҳақида очиқ хабар беришга кўпроқ нима тўсқинлик қилади: жазодан қўрқувми, раҳбариятнинг реакция қилмаслигими ёки «барибир ҳеч нарса ўзгармайди» деган ишончми? Фикр ва тажрибангизни изоҳларда баҳам кўринг.

  • без подписи

  • ... maqsadi — har bir xodimni ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga oʻqitishdan iborat.

  • ⚠️ "Line of Fire" nima? Ish joyida, qurilishda yoki hatto uyda yurganda hech "Bir soniya kechikkanimda, ustimga tusharkan!" yoki "Yaxshiyam qo'limni o'z vaqtida tortib oldim..." deb o'ylaganmisiz? HSE (Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi) sohasida bu holat juda muhim va ommabop atama bilan ataladi: "Line of Fire" (ya'ni Xavfli chiziq yoki Ta'sir zonasi). Sodda qilib aytganda: Line of Fire — bu xavf otilib chiqadigan, tushadigan yoki harakatlanadigan nuqtaning to'g'ridan-to'g'ri yo'lida turishdir. Agar siz shu "chiziq"da bo'lsangiz, biror kor-hol yuz bersa — birinchi bo'lib siz jabrlanasiz. 🔍 Hayotiy va sodda misollar: Xavfli chiziqni yaxshiroq tushunish uchun atrofimizdagi kundalik va ishdagi holatlarga qaraylik: 1. Tushayotgan obyektlar (Striking Hazard) 🏗 Ishda: Yuqorida payvandchi ishlayapti, siz esa pastda kaskasiz, to'g'ridan-to'g'ri uning tagida telefoningizdan xabar o'qib turibsiz. Yuqoridan tushib ketgan kichik murvat (bolt) ham katta tezlikda boshingizga tegishi mumkin. Siz Line of Firedasiz! 🏠 Uyda: Javonning eng yuqori podnosidagi og'ir buyumlarni ushlab ko'rmasdan sug'urib olish. 2. Energiyaning to'satdan chiqib ketishi (Released Energy) 🛠 Ishda: Yuqori bosim ostidagi suv yoki gaz shlanglari. Agar shlang yorilib ketsa yoki biriktiruvchi joyidan chiqib ketsa, u ilondek silkinib, juda katta kuch bilan atrofdagilarni uradi. 🚗 Uyda: Gaz balloni yoki bosim ostidagi qoldiq havosi bor tizimni jo'mragini to'satdan va ehtiyotsiz ochish. 3. Qisilib qolish zonasi (Pinch Points) ⚙️ Ishda: Aralashtirgich yoki tishli g'ildiraklar (shesternyalar) aylanib turgan uskunaga qo'lqop bilan juda yaqin kelish. 🚪 Uyda: Shamolda yopilayotgan og'ir eshik yoki mashina eshigi orasiga barmoqni qo'yish. 🤔 Insonlar nega bu "chiziq"ga tushib qolishadi? Odatlanib qolish: "Har kuni shu yerda turaman, hech narsa bo'lmagan" degan xayol. Shoshilish va chalg'ish: Ishni tezroq tugatish uchun xavfsizlikni unutib, qisqa yo'ldan kesib o'tish. Ko'rinmas zonalar (Blind spots): Ekskavator yoki yuk mashinasi haydovchisi sizni ko'rmaydigan joyda turib olish. 🛡 Inson o'z jonini qanday asraydi? Ishni boshlashdan oldin o'zingizga atigi BITTA savol bering: ❓ "Agar hozir mana shu uskuna sinib ketsa, arqon uzilsa yoki bu buyum pastga tushsa — u menga tegadimi?" Agar javobingiz "Ha" bo'lsa — siz demak Line of Firedasiz! Darhol orqaga qadam tashlang va xavfsiz zonaga o'ting. Xavfsizlik — bu tasodif emas, bu sizning to'g'ri tanlovingiz! 🥽👷‍♂️

  • 24 июл.52113из mehnat_xavfsizligi1

    #VMQ_819 🇺🇿 Hukumatning 819-son qaroriga muvofiq, BOSH ENERGETIK (elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs) tashkilotda elektr va issiqlik energetikasi tizimlarining xavfsiz, ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi. ⚡️BOSH ENERGETIKning asosiy vazifalari: ☑ elektr va issiqlik uskunalarining xavfsiz ekspluatatsiyasini tashkil etish; ☑ profilaktik ko‘rik, sinov va rejali ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish; ☑ elektr qurilmalarining yerga ulanishi va himoya vositalarining sozligini nazorat qilish; ☑ elektr xavfsizligi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va bilimini baholash; ☑ elektr uskunalaridagi avariyalarni tahlil qilish va ularning oldini olish; ☑ elektr xavfsizligi bo‘yicha texnik hujjatlar, ogohlantiruvchi belgilar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlash. 📱Telegram  📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube

  • 🔌 Telefon o‘chganda zaryadlovchi (quvvatlagich)ni topa olmasangiz — nima qilasiz? 😐 Asabiylashasiz. 😕 Qayerga qo‘yganingizni eslay olmaysiz. 😤 Vaqt ketadi… ishlar to‘xtaydi. Endi tasavvur qiling — bu holat korxonada sodir bo‘lsa…Sizga kerak bo‘lgan hujjat topilmasa... 👉 Hujjat topilmaydi 👉 Mas’ul shaxs aniq emas 👉 Jarayon qayerda to‘xtagan — noma’lum ⛔️ Natija? Ish “o‘chadi”. 💡 Aslida muammo oddiy: Tizim yo‘q — tartib yo‘q. Tartib yo‘q — natija yo‘q. 🎯 ISO talabi ham shuni aytadi: Har bir ishning joyi, tartibi va egasi bo‘lishi kerak. 📌 Zaryadlovchini har doim bitta joyga qo‘ysangiz — izlamaysiz. 📌 Jarayonlar ham shunday: aniq bo‘lsa — yo‘qolmaydi. 🔥 Savol: Siz ishlayotgan jarayonda “zaryadlovchi” qayerda? 🤓 Hujjatlarni darrov topib beradigan xodim bor 😎 Hamma zaruriy hujjatlar bo‘lim boshliqda 🤔 Bizda hujjatlarni qidirish uchun vaqt ketadi 👍 Bizda hamma hujjatlar tartiblangan ✔️UzGTL ISO Standart

  • 23 июл.4662из mehnat_xavfsizligi1

    #VMQ_819 🇺🇿 Hukumatning 819-son qaroriga muvofiq, bosh mexanik ishlab chiqarish uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash bilan birga, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishda ham muhim mas’uliyatni bajaradi. 👩‍🦰 BOSH MEXANIKning asosiy vazifalari: 🌠 asbob-uskunalar va inshootlarning texnik ko‘rigi hamda rejali ta’mirini tashkil etish; 🌠 yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlovchi idishlar va boshqa xavfli uskunalarning texnik sozligini nazorat qilish; 🌠 eskirgan yoki xavfsizlik talablariga javob bermaydigan uskunalarni o‘z vaqtida almashtirish choralarini ko‘rish; 🌠 ventilyatsiya tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash; 🌠 xodimlarni xavfsiz mehnat usullariga o‘qitish va bilimini sinovdan o‘tkazish; 🌠 mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va muntazam yangilab borish; 🌠 avariyalar sabablarini tahlil qilish, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda vakolatli organlar ko‘rsatmalarining bajarilishini ta’minlash. 📱Telegram  📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube

  • 23 июл.1 0117

    #Safety information

  • Yong‘in xavfsizligi vositalarini tayyor holda saqlang. — Ёнғин хавфсизлиги воситаларини тайёр ҳолда сақланг.