tgindex
QDTU Neft-gaz va geologiya fakulteti (sirtqi)

QDTU Neft-gaz va geologiya fakulteti (sirtqi)

Статистика
@nggf_25узбекский

Ushbu kanalda Qarshi davlat texnika universitetidagi Neft-gaz va geologiya fakulteti 1-2-3-4-5-kurs talabalari o'quv jarayoniga oid ma'lumotlar berib boriladi (03.05.2025).

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
47
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 211
−2 за 6 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
726
40 постов
Вовлечённость
60,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 47
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
358
1/48двое суток
410
1/72трое суток
442

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Mustaqillikka_35_yil “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan olimlarning ilmiy yo‘li, izlanishlari va yutuqlarini yoritishga qaratilgan tanishtiruvimizning navbatdagi qahramoni — ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qarshi davlat texnika universiteti “Neft-gaz va geologiya” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor Abbos Shodiyev. Yosh olim 1991-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Oliy ta’limni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Navoiy davlat konchilik institutida olgan. Uning ilmiy faoliyati noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan. Jumladan, Abbos Shodiyev rahbarligida “Olmaliq KMK AJ yarim mahsulotlaridan nikelni ajratib olish va nikel kuporosi ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” mavzusida amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Olimning ilmiy ishlanmalari zamonaviy metallurgiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallarida ham o‘z aksini topgan. 2026-yilda u texnogen metallurgiya chiqindilaridan germaniyni ajratib olish, skandiy olish hamda noyob metallar xomashyosidan kompleks foydalanish yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqotlar bilan ishtirok etgan. 2021-yilda “Shuhrat” medali, 2022-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bugungi kunda u nafaqat ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olim, balki oliy ta’lim tizimida ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga hissa qo‘shayotgan mutaxassislardan biridir. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • #ilmiy_stajirovka Yosh olimlar uchun Germaniyada ilmiy stajirovka imkoniyati! Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka uchun maqsadli tanlov e’lon qilindi. Stajirovka yo‘nalishlari: 🔵Konchilik muhandisligi 🔵Konchilikda atrof-muhitga ta’sirni boshqarish 🔵Geodeziya 🔵Geometallurgiya 🔵Konchilik iqtisodiyoti ➡️Dastur tili: Ingliz tili ➡️Davomiyligi: 2 oy ➡️Ishtirokchilar soni: 10 nafar Tanlov g‘oliblari 2026–2027-yillar davomida Germaniyada ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hujjatlar 30-avgustga qadar (shu kuni ham soat 23:59 gacha) internship.ilmiy.uz orqali topshiriladi. 🌐 Tanlov havolasi Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • ❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈

  • Nodavlat oliygohlarga oʻqishini koʻchirish istagidagi talabalar diqqatiga!   Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar oʻqishini koʻchirish (boshqa sabablarga koʻra ham), shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida oʻqishni koʻchirish hamda oʻqishni qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi.   Eslatib oʻtamiz, respublikadagi davlat va nodavlat oliygohlaridan oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash  transfer.edu.uz platformasi orqali; Xorijiy oliygohlardan oʻqishni koʻchirish my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.   🗓 2026/2027 oʻquv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.   ❗️Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • E’lon Qashqadaryo viloyati kasbiy ta’limi boshqarmasi tomonidan pedagoglar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi Yarmarkada 58 ta texnikum direktorlari mavjud vakant ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi. Shuningdek, texnikumlardagi xorijiy tillar fani o‘qituvchilari uchun vakant lavozimlar ham taklif etiladi. Mazkur yarmarka texnikumlarda faoliyat yuritish orqali maxsus ustamalar va qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanishni istagan pedagoglar uchun qulay imkoniyat yaratadi. 🗓 Sana: 4-5-avgust 🕘 Vaqt: soat 09:00 📍 Manzil: 4-avgustda Qarshi shahar 3-son texnikumi.        5-avgustda Shahrisabz shahar 1-son texnikumi. 📱Telefon raqam: 88-313-48-84. 📌Pedagogik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishni istasangiz, sizni bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif etamiz! 📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X

  • без подписи

  • 4 авг.1 012

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Karyera_kunlari Bugun Qarshi shahridagi 3-son texnikumida viloyat kasbiy taʼlimi boshqarmasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi. Mehnat yarmarkasida viloyatdagi 58 ta texnikum rahbarlari va masʼullari tomonidan mazkur oʻquv yurtlaridagi shart-sharoitlar hamda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida keng maʼlumot berildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari mehnat qonunchiligi, ishga joylashish tartibi, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim tushunchalarga ega boʻldilar. Tadbirda Qarshi davlat texnika universiteti bitiruvchilari ham faol qatnashib, ish beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qildilar. Yarmarka davomida yosh mutaxassislarga oʻz mutaxassisligiga mos boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi, rezyumelar qabul qilinib, dastlabki suhbatlar oʻtkazildi. Bunday mehnat yarmarkalari bitiruvchilarning doimiy ish bilan taʼminlanishi hamda ish beruvchilarning malakali kadrlarga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

  • Olmaliq kon metallurgiya kombinati #Ish #Vakant 3-Mis boyitish fabrikasi boʻsh ish oʻrinlari 2026-yil 30-iyuldan 9-avgustga qadar “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlarga rezyumelar qabul qilinadi: 1️⃣ Elektrgazpayvandchi 2️⃣ Ta'mirlovchi-chilangar 3️⃣ Mexanik 4️⃣ To‘yintiruvchi mashinisti 5️⃣ Nasos qurilmasi mashinisti 6️⃣ Konveyer mashinisti 7️⃣ G'alvirlovchi 8️⃣ I toifali avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo'yicha muhandisi 9️⃣ Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika bo'yicha chilangar 🔟 Agronom Onlayin rezyume xizmati 👇👇👇 @murojaatadminga577 🚨 Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirish uchun Barcha rezyume topshirganlar bilan muloqotda bo'lib turish uchun 👇👇👇 https://t.me/Agmkrezyume_kombinat 🚨 O'zbekiston bo'ylab ishga qabullardan xabardor qilguvchi yagona kanalga azo bo'ling 👇👇👇 https://t.me/olmaliqishbor247 Kanal va gurux admini @murojaatadminga577

  • 1 авг.8701из Najmiddin Boymurodov

    🎓 KELAJAGINGIZNI MUHANDISLIK BILAN BOSHLANG! ⛏️🌍 📢 OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash davom etmoqda! Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar (15 kun davomida) oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti sizni zamonaviy ishlab chiqarish va sanoatning eng istiqbolli hamda mehnat bozorida yuqori talabga ega bo'lgan ta'lim yo'nalishlarida tahsil olishga taklif etadi! Bugungi kunda konchilik, geologiya, metallurgiya va neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo'nalishlarda tahsil olgan mutaxassislar yirik sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro loyihalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 📚 Geologiya va konchilik ishi kafedrasidagi ta'lim yo'nalishlari: ⛏️ Konchilik ishi — foydali qazilma konlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qazib olish, kon korxonalarini loyihalash va boshqarish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. ⚙️ Metallurgiya muhandisligi — metall va qotishmalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, zamonaviy metallurgiya texnologiyalarini qo'llash hamda sanoat korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish yo'nalishidir. 🌍 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi — foydali qazilmalarni izlash, geologik tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy qidiruv uskunalari va texnologiyalaridan samarali foydalanishni o'rgatuvchi istiqbolli yo'nalish. 📖 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (neft-gaz va qattiq foydali qazilmalar) — yer qa'ridagi tabiiy boyliklarni aniqlash, baholash, geologik-qidiruv va razvedka ishlarini tashkil etish hamda neft-gaz va qattiq foydali qazilmalar konlarini o'rganish bo'yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi. 🌟 Nima uchun aynan ushbu yo'nalishlarni tanlash kerak? ✅ Konchilik, geologiya, metallurgiya va neft-gaz sanoatida yuqori talabga ega kasblarni egallash imkoniyati; ✅ Zamonaviy laboratoriyalar, o'quv-poligonlar va innovatsion texnik bazalarda amaliy bilim olish; ✅ Yetakchi kon-metallurgiya, geologiya va neft-gaz korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o'tash; ✅ Tajribali professor-o'qituvchilar hamda soha mutaxassislari rahbarligida sifatli ta'lim olish; ✅ Bitiruvdan so'ng davlat va xususiy korxonalar, loyiha institutlari, ilmiy markazlar hamda xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish imkoniyati; ✅ Zamonaviy muhandislik texnologiyalari, raqamli yechimlar va innovatsion yondashuvlar asosida kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish. 🚀 Muhandislik — bu kelajakni bunyod etuvchi kasb! Bugun bilim oling, ertaga yirik konchilik, geologiya va sanoat loyihalariga rahbarlik qiling! 📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: ☎️ +998 90 673 64 33 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Geologiya va konchilik ishi kafedrasi 📢 Bizni kuzatib boring: 🔹 Telegram: @konchilarkanali

  • ❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • Olmaliq kon metallurgiya kombinati #Ish #Vakant 3-Mis boyitish fabrikasi boʻsh ish oʻrinlari 2026-yil 30-iyuldan 9-avgustga qadar “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlarga rezyumelar qabul qilinadi: 1️⃣ Elektrgazpayvandchi 2️⃣ Ta'mirlovchi-chilangar 3️⃣ Mexanik 4️⃣ To‘yintiruvchi mashinisti 5️⃣ Nasos qurilmasi mashinisti 6️⃣ Konveyer mashinisti 7️⃣ G'alvirlovchi 8️⃣ I toifali avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo'yicha muhandisi 9️⃣ Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika bo'yicha chilangar 🔟 Agronom Onlayin rezyume xizmati 👇👇👇 @murojaatadminga577 🚨 Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirish uchun Barcha rezyume topshirganlar bilan muloqotda bo'lib turish uchun 👇👇👇 https://t.me/Agmkrezyume_kombinat 🚨 O'zbekiston bo'ylab ishga qabullardan xabardor qilguvchi yagona kanalga azo bo'ling 👇👇👇 https://t.me/olmaliqishbor247 Kanal va gurux admini @murojaatadminga577

  • Олий таълимда талабалар билимини баҳолаш тартиби ўзгариши мумкин Ўзбекистонда 2026–2027-ўқув йилидан бошлаб бакалавриат ва магистратурага қабул қилинадиган талабалар учун билимни баҳолашнинг янги тартибини жорий этиш режалаштирилмоқда. Бу Вазирлар Маҳкамаси қарори лойиҳасида назарда тутилган. Лойиҳага кўра, 100 баллик баҳолаш тизими сақланиб қолади. Бунда жорий назорат учун 30 балл, оралиқ назорат учун 20 балл ва якуний назорат учун 50 балл ажратилади. Тиббиёт йўналишларида эса баллар алоҳида тартибда тақсимланади. 👉 https://kun.uz/kr/25011894 Kun.uz расмий канали

  • 28 июл.96128из Шавкат Суюнов

    без подписи