🌝Kitoblarda nigohlar📚
СтатистикаBismillah😊 Assalomu alaykum! Har bir ilm egasi ustidan o'ta Bilguvchi bor☺️ Bu kanalda Ilm olishga loyiq bo'lgan kitoblar haqida suhbatlashamiz🎈📚 Admin: @Amantu_billah_01 @designer_Ilhomjon Kanalga: 22.05.2022 asos solindi👑
- Последний пост
- 2 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O’lim yaqinlashayotgani emas, biz undan uzoqlashib ketayotgandek yashayotganimiz qo’rqinchli... @ibratlivaqt
Bu yerda to'y haqida ajoyib gaplar aytilibdi Yozuv ustiga bosing:)
Film rasmiy kanalda chiqibdi ( Mualliflik huquqi buzilmagan holatda) https://youtu.be/wYr2Vf4xHWM?si=N56kIqE6WQDgDKDd
без подписи
Nozik hilqat vakilalari... Kecha magazinga kirgandim 2 ta yosh qizchalar ( taxminan 5-6 sinf) kirib qolishdi , ularni harid qlishlarini kutib bir chetda turdim va 2 ta dugona bir biri bilan gaplashib turib bittasi qo'lidan narsa tushurib yuborgandi sherigi vay b*t , ch****r degan eng qo'pol so'zni sherigiga aytdi . Tasavvur qilyabszmi yosh qizlar , odamlar yonida hatto men jamoat joyida aytgani uyaladigan so'zni aytyabdi. Bunaqa holatlarni men ko'p eshityabmanki miyamda faqat bir narsa aylanadi : Nozik hilqat vakilalari qanchalik hilqatlarini saqlab qolmoqda ? Hayo , iffat yo'qotilyotgan bir zamonda qizlarimiz tarbiyasiga juda qattiq turishimiz kerakki ularni Nozik hilqatlarini saqlab qolishimiz kerak aks holda *Erkaklashgan ayollar bilan jamiyatimiz to'lib boraveradi. #mulohaza #tarbiya
Amal + Muxabbat = Ibodat Amal + Muxabbatsiz = Toat
без подписи
https://youtu.be/rmW5AZhNMPc?si=tJ9H_OOsvcOQswS7
Bir kishi hashamatli qasrlarni orzu qilgan holida do‘stiga qarab turib: “Mana shu mol-dunyolar taqsim qilinayotgan paytda biz qayerda edik?”, debdi. Shunda do‘sti uning qo‘lidan tutib kasalxonaga olib borib: “Ushbu kasalliklar taqsimlanayotgan paytda biz qayerda edik?!”, debdi. Shunday ekan har doim, har qanday holatda Alloh taologa hamd ayting! Ey Alloh, O‘zingga hamdlar bo‘lsin! @ibratlivaqt
https://youtu.be/Hjj0h33L26s?si=i1PZFyIx-u7G0Z5a
Na uzoqlashaolaman, na yaqinalshishga qodirman...
Hech qaysi masofa inson o‘zi kimligi va kim bo‘lishi mumkinligi orasidagi masofachalik uzoq bo‘laolmaydi!
Namoz masjiddan chiqqach, Haj Makkadan chiqqach, Ro‘za Ramazon tugagach boshlanadi. -Najib Fozil Go‘yo manosi shunday, Namoz faqat masjid ichida emas, undan chiqqandan keyin ham xulqing bilan davom etadi, Haj faqat Makkada emas, qaytgandan keyin ham hayotingda ko‘rinishi bilan davom etadi, Ro‘za faqat Ramazonda emas, undan keyin ham sabr, halollik bilan yashashligingda ko‘rinadi...
Ovozlar ko‘tarilganda, Masofalar uzoqlashadi!
Dedilar : Erkak nafsini teysa , ayollar hijoblanishi shart emas. Dedim: Zotan Erkakni yaratgan zot agar buni iolji bo'lganida Hijobni muslimalarga farz qilarmidi?! #nafs
Ko‘chada ketayotganda boshingizni telefondan ko‘tarib, atrofga qarab turing. Bahor kelgan, daraxtlar gullashni boshladi, bunday manzaralardan ko‘zingizni, bodom gullaridagi xushbo‘y hidlardan burningizni, tabiatdan o‘zingizni mahrum qilmang!
Agar o'z umrimni Imom Buxoriyning umrlariga qo'shib, u kishining hayotlarini ziyoda qilishga qodir bo'lsaydim, albatta shunday qilar edim. Zero, mening o'limim bir insonning vafoti, xolos. Ammo u zoti sharifning vafot etishi ilmning ketishi va olamning o'lishidir. -Yahyo ibn Ja'far ibn A'yun Boykandiy 📚Sohilsiz dengiz
Mas’uliyat. Bu post erkaklar uchun. Avval bitta narsani aniq tushunish kerak: mas’uliyat nima va u qachondan boshlanadi? Mas’uliyat — bu yoshlik qolipidan chiqishdan boshlanadi. Kino, ertak va romantik orzularga ko‘r-ko‘rona ishonishni to‘xtatib, hayotga real ko‘z bilan qaray boshlagan joydan. Kimdadir bu tushuncha yoshligidan shakllanadi. Kimdadir esa 70 yoshda ham anglanmaydi. Mas’uliyat ko‘pchilik uchun faqat so‘z bo‘lib qolaveradi. Mas’uliyat qachondan boshlanadi? Savol aniq. Javob ham shunday. Qachonki sen hayotingda bo‘layotgan holatlarga real qarab, aytayotgan har bir gaping va qilayotgan har bir ishing ertaga senga nima olib kelishini oldindan ko‘ra boshlasang — mas’uliyat o‘sha yerdan boshlanadi. Bu nazariya emas. Bu kuzatuv. Oddiy misol: oila. Ota-onangga qarab ko‘r. 1 yil, 3 yil, 5 yil oldingi holatlarini esla. Bugungi holatlari bilan solishtir. Chuqurroq qarasang shuni ko‘rasan: sen dunyoga kelganingdan beri ularning qilgan ishlarining kamida 90% bevosita yoki bilvosita sening kelajaging bilan bog‘liq bo‘lgan. Va eng qizig‘i — bu holat hozirgacha deyarli o‘zgarmagan. Bu mas’uliyat. Endi haqiqatni eshit. Erkak kishining mas’uliyati ko‘pincha pul bilan o‘lchanadi. Bu yoqadimi, yo‘qmi — farqi yo‘q. (Mavzudan chetlashmaymiz bu bo‘yicha alohida post bo‘ladi) Lekin hozir o‘ylab ko'r: Nechi yoshdasan? 1 yil, 3 yil, 5 yil, 10 yildan keyin qayerda bo‘lasan? Ota-onangga qanday hayotni va’da qila olasan? Hech bo‘lmasa nimaga erishishing mumkinligini o‘ylab ko‘rganmisan? Mas’uliyatni tushunish uchun falsafa shart emas. Hayotga real qarash yetarli. Ko‘zini och! Men aniq ayta olaman: erkak sifatida mas’uliyatni anglagan kuningdan boshlab hayoting butunlay boshqa tomonga buriladi. O‘shanda sen: haqiqiy erkakning mas’uliyati nimalardan iborat ekanini tushuna boshlaysan. Kelib chiqishing muhim emas. Oilangdagi muhit ham bahona emas. Hatto pul bor-yo‘qligi ham. Tushunishing kerak bo'lgan narsa: O‘z hayotingga va o‘zing chiqargan qarorlarga har doim o‘zing javobgarsan. Hatto oxirigacha. Endi amaliy qism. Shunchaki bir kunni tanla. Xonangga kir. Eshikni qulflа. Kamida 4 soat: Yorug‘liksiz, telefonlarsiz, televizorsiz, odamlarsiz. O‘tir yoki yot — farqi yo‘q. 1-soatda miyang qarshilik qiladi. 2-soatda fikrlar chalkashadi. 3-soatda iching bo‘shab boradi. 4-soatda esa sen asta-sekin nimani xohlayotganingni tushuna boshlaysan.Agar shu joygacha kelgan bo'lsang — yana kamida 2–3 soat kerak bo‘ladi. Ana shu vaqtda sen: • hozirgi holatingni • shu kungacha bosib o‘tgan yo‘lingni • qilgan va qilmagan ishlaringni halol tahlil qilasan. Va eng muhimi — endi nima qilish kerakligini qadamma-qadam tuza boshlaysan. Bu oson emas. Lekin bu jarayon seni o‘zing bilan yuzlashtiradi. Va senga tushuntirib bo‘lmaydigan kuch beradi. Agar shu yergacha yetib kelgan bo’lsang — tabriklayman. Sen mas’uliyat nima ekanini anglagansan. Endi esa sen: Ko‘proq mas’uliyat olish uchun butunlay boshqa odam bo‘lib yashay boshlaysan. Kuzatishda davom et. Keyingi postlarda yana ham aniqroq tushuntirib borishga harakat qilaman! @rasulxonfozilov
"Agar sinovlari bo‘lmaganda Allohning huzuriga quruq qo‘l bilan borardik" -Ahmad ibn Hanbal 📚Sohilsiz dengiz "Kitoblarda yoziladiki, bu dunyo o'tkinchi, Alloh naznida pashsha qanoti qadar qadri yo'q, aslida ham shunday, bu dunyo arzimas, U dunyo uchun, U dunyoga arzishimiz uchun bu dunyodamiz, imtixondamiz. Bu imtixondan "a'lo" baho bilan o'tkanlargina Jannat ga kirishga haqli, va aksi, "qoniqarsiz" baho olganlar Do'zax nomli eslaganlarni qo'rqitadigan maskanga mahkum. Bilamiz, Odam alayhissalom yaratilganida Jannatda edi, va keyin yerga tushurilgan. Hech o'ylab ko'rganmizmi, nima uchun yerga tushurilgan, nima uchun aynan o'sha taqiqlangan mevani yegandan keyin Jannatdan chiqarildi?! Sabab, u mevani yegandan keyin hazm bo'lar edi, hazm bo'lgan narsa esa chiqarilishi kerak edi, lekin Jannatda najosat chiqarilmaydi, va bu najosatni chiqarish uchun yerga turshurildi. Va o'ylaymanki, bu yer bizlarga go'yoki "hojatxona" sifatida berilgan. Qo'poldek eshitiladi lekin bu haqiqat. Asl Uyimiz bu emas, bor umrimizni, vaqtimizni dunyo nomli maskanga berishimizni o'zi asli katta xato. Qanday yashash kerakligini, nima qilishimiz kerakligini aynan bilmayman, lekin, shu aniq, qalbni har narsa bilan bog'lab qo'ymaslik kerak. Qalb O'z egasida bo'laversin, qolgani bir gap bo'lar...
#kun_misrasi Meni tabriklamang yangi yil bilan,❌ O'tkan bu umrimga quvonay nechun?!🙁