NAVOIY VIL. TIBBIYOT TEXNIKUMI
Статистика🏥Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞+998(55)3516803 📍Manzil: Navoiy viloyati Navoiy shahar S.Ayniy ko'chasi 1-uy.
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 269
- 1/48двое суток
- 308
- 1/72трое суток
- 332
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari! Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi. Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Channel photo updated
🇺🇿🇩🇪 Xalqaro e'tirof — texnikumimiz pedagogi Germaniyada malaka oshirmoqda! ✔️Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Chinmirzayeva Sadoqat Rahmonqulovna Kasbiy ta’lim agentligi, Migratsiya agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan Germaniya tibbiyot akademiyasi (GMA)ning “Train the Trainer (TTT)” xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. 📌Dastur Germaniyaning Rostok universiteti klinikasida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi "Hamshiralik ishi" yo‘nalishida xalqaro standartlarga mos mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirishdan iborat. 📚Dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy o‘qitish metodikalari, ilg‘or didaktik yondashuvlar hamda amaliy tajribalarni o‘zlashtirib, kelgusida yurtimiz kasbiy ta’lim tizimida trener sifatida faoliyat yuritadilar. 👏 Texnikumimiz jamoasi nomidan Chinmirzayeva Sadoqat Rahmonqulovnaga ushbu nufuzli xalqaro dasturda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ishonamizki, orttirilgan bilim va tajribalar ta'lim sifatini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi. Bizni kuzating 👇 📱 Facebook | 🌐 Instagram |🧑💻 Telegram | 📹 YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🎉BITIRUVCHI – 2026 🎓Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ularning mehnati va erishgan yutuqlari e'tirof etildi. Ushbu quvonchli lahzalar ularga ezgu tilaklar, ulkan ishonch va porloq kelajak sari yangi qadam bo‘ldi. ✅ Marosimda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi, faol va namunali talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅ Tadbir davomida bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Bitiruvchilar esa ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik izhor etdilar. 🎉 Barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklaymiz! Kelgusi hayot yo‘lingiz doimo omad, zafar va yuksak marralar bilan bezansin! Bizni kuzating 👇 📱 Facebook | 📷 Instagram |📱 Telegram | 🔥 YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi. Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
❌"Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi ✔️26-iyun — Xalqaro giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. ✔️Tadbirda Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari J. Xo‘jayev, Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J. Kalandarov, Ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologi T. Sharopov, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh. Qodirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi J. Jumayev hamda texnikum direktori V. Ergashev ishtirok etdilar. ✔️Uchrashuv davomida giyohvandlik va narkotik moddalarning salbiy oqibatlari, yoshlarni zararli odatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. ✔️Sog‘lom turmush tarzi — baxtli kelajak garovi. Keling, giyohvandlikka birgalikda "Yo‘q!" deylik! Bizni kuzating👇 😎 Facebook | 📷 Instagram | 🚀 Telegram | 🎬 YouTube | 🌐web-sayt