not solief
СтатистикаIt’s just me, myself and I 🙋♂️Temurbek Solief 🦉IELTS 8.5 (WT2: 8.5, S8.5x2) ⚒️CELTA 🎨5 years in teaching 🥁500+ o'quvchilar va 8.0gacha natijalar 😇Ingliz tili ustozining vlogiga xush kelibsiz! ✍️ @antimort
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 114
- 1/48двое суток
- 130
- 1/72трое суток
- 140
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
the recruitment process of English teachers must include checking essays! checking essays against the rubric of the department #honestly @notsolief
don't cry if i don't go to your to'y. it is not because i don't respect you. it's just because my circumstances decided so. @notsolief
building an awesome handbook for Rahimov School English Head Teachers :)) first, will be implemented at Lokomotiv and then at other branches, probably, but it is gon' be good, bruh. @notsolief
don't cry if i don't go to your to'y. it is not because i don't respect you. it's just because my circumstances decided so. @notsolief
ultimate productivity tip - wake up at 4 am. there is nobody to disturb you at this time. - no phones. no social media. - plan your day ahead. know exactly what you'll do tomorrow. - decrease the number of decisions you make. the less decisions, the less mental fatigue, the better quality decisions. - choose only three things to do in maximum. or just one thing. @notsolief
Those times when I used to police around in the class 💊 @notsolief
Yes, this happened before 👀 Back in late November The pinned message is my card number. Still active if you want to send some free money, lol @notsolief
без подписи
без подписи
shu o'zgarishlardan yana bittasi bu nigilizm. ammo buni aniq prefrontal cortexga aloqasi yo'q. bu har xil davrlarda hammada sodir bo'lib turadigan narsa. shunchaki, endi nima? va nimaga? degan savollariga javob berishim qiyinlashib qoldi. yaqinda @soliefs da baxtni atrofimizdagi kichik narsalardan topishimizni yozgan bo'lsam-da, bu kattaroq Zuhro yulduzi bo'lmasligi kerak degani ham emas. inson tepalikka chiqish uchun yaratilgan. ya'ni uning hayoti tobora qaysidir yo'nalishda yuksalib borishi kerak. yuksalishni inson o'z qarichi bilan o'lchaydi. xohlasin dinda, xohlasin sog'lig'ida, xohlasin boshqa bir narsada. ammo odam uyaladi ham qaysidir ma'noda bu gaplarni yozgani. chunki men Elon Musk midimki, nigilist bo'lib, bir maqsadsiz bo'lib qolsam. axir internetdagi "ta'sirchi"lar aytadilar-ku, uying bormi? moshinang bormi? ota-onangni chetga yubordingmi? yo'q bo'lsa, nega unda maqsadsizsan? deb bilmadim, akalar. balki men chizib berilgan chiziqlar bo'ylab yurishga o'rganib qolgandirman? garchi buni o'zim xohlamasam ham. endi mana hamma chiziqlar tugagan-da, siznikidan yuraymi? Fight Club effekti deyman men buni. I am effed up, I know. But this is for a moment only. Oldik 🥂 @notsolief
25ga yaqinlasharkanman, menda prefrontal cortex rivojlanib borayotganini sekin-sekin his qilyapman. personality va self-awareness da o'zgarishlarni juda kuchli sezyapman. avvallari "ha mayli; tortishsam, xafa qilib qo'yaman" deb qo'shilmagan fikrimni ham o'tkazib yuboraverardim "bo'apti" deb. lekin hozir unday emas. qo'shilmasligimni ochiqdan ochiq aytaveryapman, albatta oqibatlarini taroziga solib. personal expression avval ham kuchli edi. endi yana-da kuchaydi. @notsolief
xohish ta'limdagi eng katta muammolardan bittasi. o'quvchilar xohlamay qo'ydi. kitob ochishni istamayapti. juda ko'pchilik weak. siz zehni o'tkir deb yurgan o'rtoqlaringiz ham telefonini titmasdan turolmaydi. zombidek o'tirib qolgan. raqobat yo'q.…
xohish ta'limdagi eng katta muammolardan bittasi. o'quvchilar xohlamay qo'ydi. kitob ochishni istamayapti. juda ko'pchilik weak. siz zehni o'tkir deb yurgan o'rtoqlaringiz ham telefonini titmasdan turolmaydi. zombidek o'tirib qolgan. raqobat yo'q. odam sonini raqobat demang. son bor; sifat yo'q, bo'tam. xohlasangiz, imkon topiladi. buvim aytadilar, qilaman degan odam ikki tog'ning orasida turib ham qilaveradi ishini. yoxud intilganga tole yor, taqsirlar. bo'shashmanglar. kundalik vird (amal) laringiz [podkast, maqola va yozish] ni tashlab qo'ymang. istalgan til bo'lsin. istalgan fan bo'lsin. ularda o'sish uchun eng fundamental mashqlarini tashlab qo'ymang. chumoli kabi yozda ishlang; qishda qishlang. shunda siz dars qilayotganingizda volleybol yoki futbol o'ynayotgan aka-opalaringizga hadeb kuyavermaysiz. siz ham ularning qatoriga qo'shilasiz, va erkinlikning ta'mini totasiz. @notsolief
winterfell nomi bir paytlar bir serialga qiziqib yurgan paytimda kelib qolgan. ortiq unaqa narsalarga muxlis emasman. o'zi muxlislikka Allohdan boshqa hech nima va hech kim arzimaydi. yes, balki radikaldirman. yes, balki esimni yeb qo'ygandirman. qiziqmas nimaligim, xullas. lekin bitta narsa haqiqat — 25ga yaqinlashib yoki aqlimni tanib boryapman, yoki uni battar yo'qotib. u ham qiziqmas atak. bu yerda yozganim ham avval o'zimdan o'zgarishni boshlaganim. ertadan keyin shunday desam yuzimga soladiganlar chiqishi turgan gap. winterfell o'shanda nomlanib qolgan; undan keyin Rahimov School Lokomotiv'da o'quvchilarim bilan bir cult ga aylanib ketib, shundayligicha qolib ketgan. atak unchalik jiddiy olarli joyi yo'q. @notsolief #nuqtainazar
ba'zan hayotdan siqilgan, hayotga yoki yashashga qiziqishi o'lgan o'quvchilar uchrab qoladi. men ularni haddan tashqari erta katta bo'lib qolganlar deb atayman. bu yaxshi va yomon. qandayligi ularning reaksiyasiga bog'liq. ayrimlar qobig'iga kirib, o'sha g'oridan chiqmaydi. bu yomon. o'sha yerda chiriydi. ayrimlar o'zlari chiqib, kapalak qurti kabi transformatsiya qiladilar. avvalgidan-da kuchliroq va g'ayratliroq bo'lib. @notsolief #nuqtayiznazar
bir yoshroq tanishim bo'lardi. mendan bir sinf pastki sinfda o'qigan. ingliz tilisi yaxshi edi. menikidan ham yaxshiroq edi. (hozir unday emas). qo'shimcha kurslarga borardi. maktabdagi ingliz tili ustozimizning til bilish qobiliyatlari unchalik zo'r bo'lmagan bo'lsa kerak, ustozni mensimasdi. ustoz ko'p xafa bo'lgan. ustozning o'z til bilimlari juda unchalik zo'r bo'lmasa-da, ustoz sifatida juda yaxshi inson edilar. qattiq hurmat qilardim. shu bolaning keyingi kelajagi nima bo'ldi, hech kim bilmadi. omadini bersin, ammo ilmdan oldin odob-axloq deb bekorga aytishmagan ekan. men uchun dars yoki kuzatuv bo'ldi. @notsolief #nuqtayinazar
ayrim o'quvchilarga qoyil qolmay iloj yo'q: ustoz xuddi unga dars o'tishga doljendek munosabatda bo'ladi ustozga. ustozning aybi — pul olishi. "pulini olyapsanmi, o'qitasan" qabilida yondashadi. agar o'tmishdagi kabi ustozning xizmatini qilib, ilmini olish bo'lganida bunday bo'lmasdi, menimcha. bilmayman, ustozni bunday ahvolga solgan bolaga ertadan keyin ilm qanchalik yuqadi, qanchalik yo'q. keyinchalik shunday holatlarni ko'rib, nega ayrim ustozlarimiz bizdan bir tiyin ham olmaganliklarini tushunib yetdim. @notsolief #nuqtayinazar
Eh o’sha damlar, o’sha damlaaar @notsolief
Outdoor Boys Told Law Grads What No Professor Would https://youtu.be/ttQd5bEdfL0 For the record, he is one of my most favorite YouTube bloggers! @notsolief