tgindex
Soliefs

🙋‍♂️Temurbek Solief ✍️ @antimort

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
32
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
814
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
829
31 постов
Вовлечённость
101,8%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 32
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
266
1/48двое суток
304
1/72трое суток
328

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • "O‘ylab ko‘ring: shu qiynoq degan narsani oling; bunda azoblar va jarohatlar bo‘ladi, joning og‘riydi, bularning hammasi ruhiy azob chekishga imkon bermaydi, shunday bo‘lgandan keyin to o‘lguningcha badandagi jarohatlarning azobini torta-torta yashab ketasan. Va lekin odamga eng yomon azob beradigan narsa jarohatlarning og‘rig‘i bo‘lmasa kerak, menimcha hozir, mana bir soatdan so‘ng, keyin o‘n daqiqa, so‘ng yarim daqiqa, keyin mana hozir, shu on, shu soniyada muqarrar suratda joning uzilishini, boshqa hech qachon odam bo‘lmasligingni, hammasi endi muqarrar suratda ro‘y berishini bilib turishing qattiq qiynoqqa soladi; hammasidan og‘iri — shu muqarrarlik. Boshingni tig‘ ostiga qo‘yganingdan so‘ng, jodi tepangda shirrillaydi, xuddi shu jodi shirrillagan soniyaning ulushlari hammasidan ham dahshatliroq... Qotillik qilganligi uchun qatl qilish jinoyatning o‘zidan ko‘ra ham og‘irroq jazo. Hukm o‘qish yo‘li bilan qilinadigan qotillik qaroqchilik yo‘li bilan qilinadigan qotillikdan ko‘ra beqiyos dahshatliroq. Qaroqchilar tomonidan o‘rmondami yo boshqa biron yerda so‘yiladigan odam oxirgi daqiqagacha albatta hali qutulib ketishim mumkin, deb umidvor bo‘ladi. Kekirdagi kesilgan chog‘da ham odam hamon umidini uzmaydi, yalinadi, yolvoradi, qochishga urinadi, shunday voqealar bo‘lgan, bunga misollar bor. Boyagi holda esa odamning o‘lishini o‘n baravar osonlashtiradigan o‘sha so‘nggi umid, ilinjni muqarrar suratda tortib oladilar; buning ustiga hukm deng, hukmning muqarrarligi, undan qochib qutulib bo‘lmasligi hammasidan ham dahshatliroq azob beradi, yorug‘ jahonda bundan ko‘ra qattiqroq qiynoq yo‘q." FYODOR DOSTOYEVSKIY, TELBA @soliefs #kitobdanparcha

  • Biz insonlar juda o'zimizni aldashni yoqtiramiz: o'zimizdagi kamchiliklarni jamiyatning aybiligiga ishonamiz. @soliefs #qoralama

  • Xarid-tug'adigan xaridlar Hech shunday bo'lganmi, yangi narsa olsangiz, boshqa narsalaringiz eskidek yoki arzondek tuyulib ketadi. Keyin ularni ham yaxshirog'iga o'zgartirgingiz keladi. Garchi o'z funksiyalarini a'lo darajada bajarayotgan bo'lsa-da. Buni Didero effekti deydi. 18-asrda Fransiyada Denni Didero degan bir faylasuf yashab o'tgan. Rahmatli akamizga bir kuni qimmatbaho xalat sovg'a qilishadi. Xalatga qarab, uyidagi narsalar eski yoki arzon ko'rinib qoladi. Keyin butun uyidagi buyumlarni yangilab tashlaydi va natijada burnidan qarzga botib ketadi. Ha, aynan burnidan. Bu haqida o'zi qanday qilib avvalgi buyumlarining egasidan yangi buyumlarining quliga aylangani haqida batafsil yozgan. Bundan qanday qochish mumkin? O'zi qochish kerakmi? Agar yangi xarid sizni buyumlarga egalikdan qulga aylantirayotgan bo'lsa, albatta, ha. Qutulish uchun dastavval shunday Didero effektiga aldanayotganimizni anglaylik. Keyin esa buyumlarning funksionalligiga ko'proq e'tibor beraylik. Ishlayaptimi? Yaxshi ishlayaptimi? Bo'ldi. Almashtirish shartmas. Yo'qsa, bir xarid boshqa keraksiziga yetaklashi turgan gap. Sizda ham o'zi shunday holat bo'lib turadimi? @soliefs

  • 9 авг.2 75740

    Antimo'rtlik yoxud zarbatoblarlik atamasi Nassim Talebning "Antifragile" kitobidan so'ng mashhur bo'lib ketdi. Bu yerda menga o'xshagan Nassim Talebni sevib o'qiydigan aka-singillar bor bo'lsa, ajabmas. Bugun shu antimo'rtlik haqida gaplashamiz va uni hayotimizga qanday tadbiq qilishni o'rganamiz. Dunyoda kutilmagan qiyinchiliklar va inqirozlar doim bo'lib kelgan. Biz ko'pincha ulardan qochishga harakat qilamiz. Ha, o'ldirmasa, shu janavarlardan qochishning o'rniga ularni quchoq ochib kutib olsak-chi?! Axir Nitsshe qalinmo'ylov aytadi-ku, bizni o'ldirmagan narsa kuchliroq qiladi, deb. Hayotdagi holatlarni uchga bo'lish mumkin. Birinchisi — mo'rtlik. Masalan, shisha idish. Yerga tushib ketsa, chilparchin bo'ladi. Faqat bitta maoshga qarab yashaydigan yoki katta qarzga botgan insonning hayoti aynan shunday mo'rt. Kichik moliyaviy inqiroz uni tang ahvolga solib qo'yadi. Ikkinchisi — chidamlilik. Toshni yerga ursangiz sinmaydi. Qiyinchiliklarga sabr bilan chidaydigan odamlar xuddi shu toshga o'xshaydi. Ular zarbalarga dosh beradi, lekin foyda ham topmaydi. Uchinchisi — antimo'rtlik. Bunga misollar talaygina: mushaklarimiz, immunitet tizimi, texnologik innovatsiyalar, madaniyatlar, siyosiy g'oyalar va hatto biz insonlar ham. Bular tashqi stress hisobiga yanada yaxshilanadi. Antimo'rtlik — bu inqiroz va qiyinchiliklardan oziqlanib, o'sish degani. Uni Behalovat avlodning tarjimonlari "zarbatoblarlik" deb ham o'zbekchaga kiritishibdi. Qoyil lekin! Xo'sh, bu g'oyani amalda qanday ishlatamiz? Taleb amaki dastavval shtanga qoidasini ilgari suradi. Moliyaviy va hayotiy qarorlarda o'rtamiyonalikdan qochish kerak. Masalan, jamg'armangizning katta qismini eng xavfsiz joyda saqlang. Bu, misol uchun, tillaga tikilgan sarmoya bo'lishi mumkin. Kichik bir qismini esa riski yuqori, ammo daromadi juda katta bo'lishi mumkin bo'lgan g'oyalarga yo'naltiring. Shunda yo'qotsangiz kam yo'qotasiz, yutsangiz ko'p yutasiz. O'qishga kelsak, mumtoz adabiyotlardan uzilmang. Vaqt sinovidan o'tgan va hali ham aktual kitoblarni o'qing. Va shu bilan birga, texnik dokumentlar va nish adabiyotlar ham o'qing. Mana shular 80/20 shtanga strategiyasiga misollar bo'la oladi. Keyingisi, qomusiylik. O'zingizni bitta tanlovga qamab qo'ymang. Asosiy ishingiz yoniga yana foydali ko'nikmalarni o'rganing. Buni Hormozi "skill-stacking" deydi. Naval ham buni bozorda boshqalardan ajrab turish uchun maslahat beradi. Xullas, inqiroz kelib, bitta eshik yopsa, zaxiradagi ko'nikmalaringiz boshqa eshiklarni ochadi. Yoki sizni alishtirish juda qiyin bo'ladi. Chunki siz faqat bitta emas, bir nechta ko'nikmaga ega asset'ga aylanasiz. Uchinchisi, Via Negativa. Tizimni yoki umuman hayotni yaxshilash uchun unga doim nimanidir qo'shish shartmas. Avval sizni orqaga tortayotgan narsalarni olib tashlang. Nosog'lom odatlar, ortiqcha ma'lumotlar va keraksiz qarzlardan voz kechishning o'zi hayotingizni aaaancha yaxshilaydi. Mikelanjelo ham David haykalini qanday yasagani haqida so'ralganida "Davidga tegishli bo'lmagan qismlarini olib tashladim" deganga o'xshash gap aytgan axir. Va nihoyat, muntazam kichik stresslar. Qulaylik insonni bo'shashtiradi. Comfort zone kills you deb bejiz aytishmaydi mashoyiqlarimiz. O'zingizni atayin kichik noqulayliklarga o'rgating. Zal, yugurish, ro'za, sovuq dush, uzoq soatli chuqur fokus, noma'lumlik darajasi yuqori bo'lgan yerlarga safarlar va hokazo. Asta-sekin oshirib boriladigan yuklamalar yoki notanish muhit kabi kichik stresslar sizni kelajakdagi haqiqiy zarbalarga tayyorlaydi. Shunaqa gaplaaar. Bu gaplarni yana bitta qayta o'qib, hayotga tadbiq qilish kerak. Telegram uchun yozganimga, qisqa-qisqa qilib yozaverdim. Menimcha, bitta boshqa uzun formatda ham olib chiqaman. In shaa Allah. Xullas, stresslarga ochiqmiz. Noma'lumliklarga ham. Xatolarga ham. Mag'lubiyatlarga ham. Lekin bu gaplarimdan keyin ulardan yutib chiqmagan kal bo'ladi. Hammaga antimo'rtlik tilab, Solief Aytgancha, postni shunday gaplarni tushunadigan o'rtoqlaringiz bilan bo'lishib tashlang! @soliefs

  • Solief, Biz orqasidan quvayotgan narsalar ko'pincha baxt olib kelmaydi. Bizga chinakam baxt olib keladiganlarini esa aslida orqasidan quvmaymiz. Ularni ba'zan payqamaymiz ham. Bu bahorda daraxtning gullashini ko'rish Yoki unib chiqqan kurtaklarning kuzda sap-sariq bo'lib to'kilishi. Yo'l chetidagi ariq suvining sharillab oqishi. Onang yopgan issiq nonning hidi va ta'mi. Yomg'irdan keyingi asfaltdan keladigan hid yoki quyosh nurida tovlanadigan kamalak. Bolali ayolning kolyaskasini zinadan olib chiqishga yordam berib yuborganing. Yaqinlaring bilan birga ibodatda qoyim bo'lishing. Ag'anab yotgan ijara samakatini yo'l chetida, foydalanmasang ham, to'g'rilab ketganing. Yaqin insoningning qo'lini mahkam siqib, uni senga ishonishini his qilganing. Va ba'zan yiqilganingda tanangning og'rishi ham. Shular chin baxt beradi. Shular hayotni yashashga chindan arzirli qiladi. Faqat oniy lahzada bo'lolsang, bas. Uni his eta olsang, bas. Dunyoga ham erishasan. O'sha tulporlarni ham minasan. O'sha uylarni ham qurasan. O'sha qizga ham uylanarsan. InshaaAllah. Ammo ular davomli baxt olib kelmaydi. Davomli baxt qaysidir manzilda emas. Balki u har doim biz bilan. Uni his eta olsak, Yaratganga shukr ayta olsak bo'lgani. Shuning uchun, baxtni quvma; uning o'zi seni topadi deyishsa kerak inglizlar. Shukronalik esa baxtning darvozasi bo'lsa, ajabmas. Xullas, baxtli bo'l demayman. Shunchaki, uni his et. Eng muhimi, salomat bo'l, my friend. Aytgancha, Ruh (2020) degan multfilm yaxshi ekan. Ko'rishni maslahat beraman. 9/10 ⭐️ @soliefs

  • tushkunlik, halovatsizlik, diqqat kamligi, fikr tarqoqligi, vahimachilik yoki muammolarda pashshadan fil yasash uchrab turibdimi? o'zingizdan qoniqmaslik avjiga chiqyaptimi? to'xtovsiz charchoq bordir? uyquga to'ymayotgandirsiz? munosabatlaringizdan qoniqmayotgandirsiz? balki vaqtingiz hech nimaga yetmayotgandir? yechimi bor. offlayn yashang. bilaman, deyarli hech kim buni uddalay olmaydi. ammo men oxirgi paytlar shunga qaror qilyapman. behalovat avlod kitobidan keyin onlayn dunyo haqida fikrim tubdan o'zgarib ketdi. hayotimning bu qismini yetarlicha jiddiy olmayotgan ko'rinaman. post joylash uchun kiryapman telegramga ham. ijtimoiy tarmoqlar telefonimda yo'q. bo'lsa ham, o'chirib tashlayapman o'sha kuniyoq. bu hayot tomosha qilish uchun berilmagan. uni yashash kerak. ekran ortidan dunyoga qarab o'tgandan shu dunyoda chinakamiga yashagan afzalroq. o'zingizni aldamang. hammaga sog'liq, halovat va xotirjamlik tilab, ~ Solief @soliefs

  • FYODOR DOSTOEVSKIY: Eng avvalo, o'zingga yolg'on gapirma. O'ziga yolg'on gapirib, o'z yolg'onini tinglayvergan odam oxir-oqibat o'zida ham, atrofida ham haqiqatni ajrata olmay qoladi va shu tariqa o'ziga ham, boshqalarga ham hurmatini yo'qotadi. Hurmatsiz qolgach, sevishdan to'xtaydi, va sevgisiz o'zini band qilish, chalg'itish uchun ehtiroslar va qo'pol lazzatlarga berilib, illatlarida hayvoniylikka tushib ketadi — bularning bari boshqalarga va o'ziga tinimsiz yolg'on gapirishdan kelib chiqadi. O'ziga yolg'on gapiradigan odamni har qanday odamdan ko'ra osonroq xafa qilish mumkin. Bilasanmi, gohida xafa bo'lish juda yoqimli, shunday emasmi? Odam hech kim uni haqorat qilmaganini biladi, lekin o'zi haqoratni o'ylab topgan, uni bo'rttirib, chiroyliroq ko'rsatish uchun yolg'on qo'shgan, bir so'zga yopishib olib, pashshadan fil yasagan — buni o'zi ham biladi, ammo baribir birinchi bo'lib xafa bo'ladi va bu norozilikdan katta zavq topgunicha unga berilib ketaveradi, natijada bu chinakam qasoskorlikka aylanib ketadi. "Aka-Uka Karamazovlar"dan Shunday deb bilgan odamlaringizga yuborib qo'ying. @soliefs

  • shumi zamonaviylik? - soatlab gadjet titish va "brainrotting" (=miyani chiritish) - uxlash uchun ham kiyib bo'lmaydigan kiyimni jamoat joyida kiyish - uy yoki atrofimdan emas, balki internetdan qahramon qidirish - mulaqotlar onlayn va kayfiyatni emojilar belgilasa - inson qadri yig'gan "layklarining" soniga chambarchas bog'liq bo'lsa - yegan 4ta yeguligimizdan kamida 2tasi "himikat" bo'lsa - yashillikni tobora yeb borayotgan beton "mashinalar" - iste'molidan "musor"i ko'p xaridlar men bu poyezddan shu yerda tushib qolsam, iltimos @soliefs

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • O'tgan shanba dachada jamoaviy yig'indan keyin hayking qildik. Kichik Chimyonga. O'sha kuni eng issiq kun bo'lishi kutilayotgandi. Ertalab chiqib ketdik. 1 soatdan biroz ko'proq chiqishga va qaytishga taxminan 25-30 minut ketdi. Kichik Chimyonni zabt etdik. O'zimga chellenj qilib, tezroq chiqishga va irodamni sinab ko'rishga harakat qildim. Kelasi safar unday qilmayman lekin. Chiqishdagi suhbatlardan mosuvo bo'ldim. Cho'qqiga birinchi marta chiqishim edi. Zo'r tajriba bo'ldi. Tafakkur qilishga zo'r mashg'ulot ekan. Bir kun avval uxlamaganim pand berdi. Tikroq joylariga kelganda charchab qoldim. Ammo umumiy olganda, charchab mazza qildim. Yana hayking bo'lsa, yo'q demayman. Tog' cho'qqisiga hayking: 10/10 @soliefs

  • Bu Mavzu Haqida Yozmagan O'zi Men Yetmayotgandim Ayolim hozir ishlayapti. Yosh bolachalarga dars beradi. Yoz tugasa, ishi ham tugaydi. Men o'zim juda ham qizg'onchiq odamman. Menimcha, har bir erkak kishi ayolini qattiq qizg'onsa kerak. Lekin shu post sharti yozyapman. Bo'lmasa, onlayn yozishga ham qizg'onaman. Xullas, bir nechta ayollar "Uyda o'tirib nima qilasan? Ilming bor ekan. Jamiyatga foydang tegsa bo'lmaydimi?" debdi. Endi mening argumentim. Dastavval, ilm haqida. Nihollik paytida odam jamiyatga hissa qo'shish haqida o'ylamasin. O'zi zo'r bo'lishi haqida o'ylasin. Bo'lmasa, ustidan bir marta yursa yanchilib ketadi. Daraxt bo'lib o'ssin. Ilmining ko'lankasidan atrofidagilari bahra olsin. Fil ham turtib, siljita olmasin. Qolaversa, ayol kishini erkak bilan bir xil fahmlaydiganlarning farosatiga qoyil qolaman. Ayol jamiyatga foydasi tegishi uchun ko'chaga chiqib ishlashi har doim ham shartmas. Erkak ko'chaning odami. Ayol kishi unday emas. Ayollar kerak bo'lsa, jamiyatni shakllantirishda erkaklardan muhim ro'l o'ynaydi. Uyda o'tirib turib ham. Chunki u o'zi ilmli bo'lsa, bolasini ham shunday ilmli qilib tarbiya qila oladi. Pul topish va boshqa mas'uliyatlar erning zimmasida. Men ko'p aytaman, hatto uy ishlari ham unchalik muhim emas. Muhimi, o'rgansin, ilm olsin; vaqtini ishlab o'tkazib qo'ymasin. Hayotning ma'nosi ishlash emas, axir. Baribir farzandlar bilan eng ko'p vaqt o'tkazadigan, xohlaymanmi yo'qmi, u bo'ladi. O'zi ilmli, aqlli ayol bo'lsa, farzandlar ham shunday yetishadi. Shunday o'quvchilarni ko'rib qolaman. Ota-onasi havas qilsa arziydigan kishilar, lekin farzandi unday emas. Keyin yaxshilab chuqurlashsam, chiqib keladi: ota ham, ona ham ertalabdan kechgacha ishda. O'zi ayollarni ko'chaga "haydab" jamiyatni buzmayapmizmi? Farzandlar tarbiyasini ijtimoiy tarmoq va televizorga qoldirib? Men ayolimni uyda o'tirsin demayman. Mayli faqat ayollar mulaqot qiladigan har xil ilmiy doiralarga qo'shilsin, qiziqishlarining orqasidan quvsin. Uy qamog'ida yashashini xohlamayman. Ammo muhimi o'zining jamiyatdagi o'rnini ko'chadan izlamasin. Kuchli shaxslar shunday yetishib qolmaydi. Orqasida ko'pincha onalari turadi. Jamiyatga hissa qo'shmoqchi bo'lgan ayollar eng avval oilasiga qarasin. Shunda jamiyat o'zi yaxshilanib ketaveradi. Bu gaplarim bilan erkaklarni oila va bola parvarishidagi yukdan soqit qilmoqchi emasman. Ularning ham o'z majburiyat va mas'uliyatlari bor. Shunchaki urg'uni ayollarni erkaklar bilan birdek fahm qiladigan "opaxonlarning" gapiga qaratmoqchi bo'ldim. Ayol vrachlar kerakmi? Kerak. Ayol salonchilar kerakmi? Kerak. Ammo hamma shunday bo'lishi kerak degani emas. Jamiyatda ishchi kuchini ko'paytirish uchun deb boshimni qotiradi kimdirlar. Agar karyera uchun farzand rejalashtirish degan narsalar qilinmasa, menimcha, tug'ilishlar soni ham, sifatli ishchi kuchi soni ham yetarlicha bo'ladi. Biroz vaqt olsa-da. Gaplarimga xafa bo'lmanglar. Bular mening fikrlarim. Qonun-qoidalar emas. @soliefs

  • Yaqinda Outdoor Boys kanali muallifi bitiruv marosimida nutq so'zladi. Umumiy xulosa: qattiq tejang (Save Aggressively) Bu nima degani? Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz, lekin anniq muammolar bo'ladi, va ko'pini pul bilan hal qilsa bo'ladi. Hozir tejab, kelajak uchun yig'ish imkoniyatlar bo'y ko'rsatganda ularni ushlab qolishimizga yordam beradi. Pul bu moslashuvchanlik. Azizbek aka Rahimov kishining 6 oyga yetadigan jamg'armasi bo'lishi kerakligini aytardilar. Shunda inson muhim qarorlar qilayotganda pulga bog'lanib qaror chiqarmaydi. Uzoqni ko'zlab fikr qila oladi. Natijada yutish ehtimoli oshadi. Sababi uzun yo'llarni tanlaganlar baribir bir kun kelib yutib ketadi. Bu haqida Azizbek akaning Parallel Muhitda bepul insholari ham bor. O'qib ko'ringlar. Xullas, Outdoor Boys'dan yaxshi maslahat bo'libdi. Bu safar yovvoyi dunyoda emas, balki zamonaviy hayotda "tirik qolish" bo'yicha maslahat beribdi )) Nutqni tomosha qilmoqchi bo'lganlar uchun havola bu yerda. Post foydali bo'lgan bo'lsa, ulashishni unutmang. Fikrlaringiz bo'lsa, izohlarda bo'lishing. @soliefs

  • 17 июл.1 04013

    Blogmi, vlogmi, har bir inson kanalida shaxsiyatini ochadi. Kanalining turidan qat'iy nazar. Rasmiy yoki davlat idorasi kanali bo'lmasa bo'lgani. Aksar kichik bloglarning menga yoqadigan tarafi mualliflar auditoriyaga egilmaydi. Qo'rqmaydi. Yoqmasa, chiqib ketaversin misolida, original o'zi bo'lib yozadi. Yozgisi kelganda yozadi. To'g'ri, ijodiy intizom degan narsalar ham bor. Ba'zan xohlamagan paytimiz ham nimadirlar yasashga majburmiz. Ammo tirikchilik bunga bog'liq bo'lmasa, ijodga majburiylik hissi olib kirmagan yaxshi. Yozish ham bir ijod. Naryog'idan qaynab kelmasa, natija xuddi qaynamagan suvga damlangan choy kabi-da. Bu yerdagi juda ko'pchilik obunachilarning o'z shaxsiy blogi borligini bilaman. Shu bloglarda o'z shaxsiy ovozi bilan yozadiganlariga alohida qoyil. Ayrimlar yozishni, o'z fikrlari bilan bo'lishishni xohlamaydi. Va bu ham tahsinga sazovar. Hamma qilgan ishni qilishi shartmas axir. Fikrini hamma joyda o'qib bo'lmaydigan kishilarning dunyosi ko'pincha ko'plab kashfiyotlarga boy bo'ladi ham, tajribamda. Lekin kun so'nggida yana ta'kidlaymanki, shaxsiy ovoz va uslub har bir blogning bir bezagi. Hammaga ham yoqmasligi tabiiy. Nima qilibdi? Kimgadir choy, kimgadir qahva yoqadi-da. Bu gaplar avvalo ijod bo'yicha o'zimga undalmalarim. Bilmayman, ba'zan omma oldida shunday o'zimga o'zim yozsam, ko'proq tegadi. Har holda ommaga chiqyapti deb, yozganlarimga yaxshilab nazar tashlasam kerak-da. Foydasi tegsa, bo'lishib qo'ying yoki saqlab qo'ying. @soliefs

  • без подписи