Laylo Nurullayeva.
Статистика🏅NSP Slovakia🇸🇰🇪🇺 25-26 🏛Member of the Youth Parliament 🥇Olim Khasanov fund winner 🥇Islam Karimov State scholarship holder 👩⚖️LLB4/4 📚Bookworm 📸 Love taking pictures 🏅 Self-Defense Camp Alumni from U.S.Embassy
- Последний пост
- 16 авг.
- Последнее чтение
- 11:23
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 53
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Религия
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 156
- 1/48двое суток
- 178
- 1/72трое суток
- 192
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Yana bir sevimli joy A. Navoiy nomidagi opera teatri 📍 Mustaqillik maydoni ham yoqadi ammo u yer gavjum, bu yer tinchroq. Shu joyda Madina bilan 4 soatcha suhbat qildik, hatto vaqt ham yetmadi. Aslida shunaqa bo'ladi oʻzizni insoniz bilan suhbatlarga vaqt yetmaydi, chegaralarsiz, tortinishlarsiz, g'urursiz, egosiz shunchaki yurakdan samimiy suhbat. Biz turli qiziq mavzularda juda kam insonlar-oʻzimiz haqidamizda gaplashdik. Madina YPIP da internship qilyabdi shu doirasida oʻrganganlari, qiziq Insights bilan bo'lishdi->think beyond:)) Ajoyib joy sizlarga ham tavsiya))
Tashrif buyuruvchidan Tashkil qiluvchigacha Mana Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat boshlanganiga ham naqd 1,5 oy bo'libdi, bu vaqt davomida oz bo'lsada tajriba, anglashlar, tushunchalar oldim. Birinchi kun esimda menga berilgan vazifa shunchalik oddiy va oson tuyulganidan doim shunaqa oson ish boʻladimi men hech narsa oʻrganmayman ku deb ishdan qaytib juda yigʻlagandim, 9dan 6gacha o'tirish, shunchaki chiqib ketolmaslik,shoshilib qaror qabul qildim, men ishlamayman, qaytaman, meni boshqacha orzularim bor deganman, ammo ma'suliyat degan narsa shunchaki tashab ketishga yo'l qo'ymagan axir sen kelding, boshlading, mayli hech bo'lmasa 1,2 oy ruxsat ber oʻzinga, jamoani ko'r, holatni, jarayoni ko'r mayli keyin ketasan dedim. Ammo mana 1,5 oy bo'lib qolibdi bir pastda. Ustozim, bo'limimiz Rahbari Xurshida Opa samimiy, ochiq ko'ngil inson boʻlganlariga menga bosim qilmadilar, kamchiliklarim, xatolarimni sabr bilan oʻrgatib kelyabdilar. 14-avgust kuni BRM doirasida davra suhbati tashkil qildik bizni bo'lim, 2 hafta oldin tayyorgarlik boshlangandi, bu jarayonda ham tajribalar oldim, to'g'ri juda ko'p xato bo'ldi ammo Xurshida Opa erinmay tushuntirganlariga, erinmay qayta-qayta qilib yaxshi holatga olib kelishga harakat qildim. Balki harakterdandir balki samimiylikdandir jamoada deyarli ko'pchilik bilan tanishib, ba'zilari bilan opa-singil bo'lib yaxshi munosabat yo'lga qoʻyishga ham ulgurdim, menga ko'p jihatlarda maslahatlar berishyabdi, men Ilmiy-tadqiqot institutining eng kichik ilmiy xodimiman)) Har bir jarayon, faoliyat, insonlar albatta oʻrgatishadi, tajriba berishar ekan, va anglaganim insonlar nega xato qil deyishadi chunki bir narsa xato xato orqali eng yaxshi holatga kelarkan qachon qayerda nima xato qilayotganini bilib to‘girlansa. Mamnunmisiz desangiz ha deyman, ilmiy, olim insonlar hamda hayotni eng muhim jarayonlari o'rganiladigan joyda kelajak uchun qimmatli ilm olinadigan maskandaman to'g'ri ba'zida zerikaman, nimadirlar yoqmaydi ammo suv koʻlmaksiz bo'lmas, boshlanishiga yomon emas ku to'g'rimi?) Xayrli tun. 15.08.2026. Toshkent. #faoliyatafsilotlari #ishdan
без подписи
без подписи
без подписи
Ishdan gapiramiz:)) Ishga Tvdan chiqib 12 ga yaqin kelsam ajoyib yangiliklar. Ilmiy tadqiqot institutimiz Faxriy Olima Ustozimiz Farida Abdurahimovani Tug'ilgan kunlari ekan, Ustoz haqiqiy kitob, ensiklopediya, ko'p narsalar o'rgansa bo'ladi, Umrlari yana ham mazmunli bo'lsin)) Keyin xonaga chiqsam menga Nigina opam sovg'a olib kelibdilar, judayam hursand bo'ldim🫠 Kun yarmi qismigacha yaxshi o'tdi, Ustozlar, yangi insonlar bilan tanishdim batafsil keyingi postda:)) P.s.ishxonada osh bayram munosabati bilan😉
без подписи
Ha aytgancha kecha EU Youth alumni network evetni birinchi oflayn uchrashuvi bo'lib oʻtdi. Zo'r bo'ldi eski do'stlarimni ko'rib suhbatlashib hursand bo'ldim)) Yangi narsalar oldim, sovg'a ham oldim))
Meni kechiring, men xato qildim.... ------ Buni aytish va tan olish oson emas ammo vijdon ancha yengil tortadi, unga oz bo'lsa ham havo berilgandek bo'ladi. Oxirgi bir oy oldin meni juda ham hurmat qiladigan insoni hafa qilib qo'ydim, atay bilib turib hafa qildim, ko'nglini og'ritib qo'ydim, yana eng yomoni mendan bunaqa holatni kutmaganida men hafa qildim. Bugun katta anglash oldim, yana bir hayot sabogʻini oldim, boshida juda hafa bo'ldim, ammo men birdan o'sha insonga nisbatan qilganim sabab shunday bo'lgani tushundim, ha eng muhimi tushundim, xulosa chiqardim. Va men o'sha insonga atay hafa qilib qo'yganimni aytib uzr so'radim, balki qabul balki yo'q ammo men ancha yengil tordim. Kimnidir bilib turib hafa qilish, qalbiga ozor berish juda yomon ish ekan. Qaysidir insoni bilib bilmay hafa qilgan bo'lsangiz Uzr qarzizni so'rab qoʻying, oʻziz shu holatga tushmasdan oldin, yokida iltimos atay kimgadir qalbiga ozor bermang.!
без подписи
Yolg‘iz yurish.. Bu juda oddiy, rostdan ham. Dunyoning qayerida boʻlishingizdan qatʼi nazar siz- yolgʻizsiz, doʻstlar bilan, uyda, xorijda, ishxonada yoki begona odamlar bilan boʻlasizmi — siz har doim oʻzingiz bilan birgasiz. Oʻzingizning davrangizdan zavqlana olishingizga ishonch hosil qiling. Bu siz bilan abadiy birga boʻlishi kafolatlangan yagona insondir✨ Ichki qadr-qimmat.. Oʻzingizga soʻz bering: oʻz qadr-qimmatingizni tashqaringizda mavjud boʻlgan narsalarga bogʻlashni bas qilishni. Ishingiz, yashaydigan joyingiz, yutuqlaringiz, siz omadsizlik deb bilgan narsalaringiz, doʻstni xolis fikri, boshqalarning maqtovi, yaxshi koʻrgan odamlaringizning xatti-harakatlari yoki eʼtiborsizligi kabi narsalarga. Oʻzingizga soʻz bering: hayotingizda mavjud boʻlgan bu narsalar shunchaki narsalar — butun umringiz davomida oʻzgarib turadigan tashqi omillar ekanini anglaysiz. Oʻz qadr-qimmatingizni oʻzgaruvchan narsalarga bogʻlasangiz, qadr-qimmatingiz haqidagi qarashingiz ham past-baland boʻlib turadi va siz oʻz kuchingizni borligingizni boshqaradigan, kayfiyatingiz va nimalarni his qilishingizni idora etishga yoʻl qoʻyadigan tashqi kuchlarga topshirib qoʻya boshlaysiz. Lekin haqiqiy ichki qadr-qimmat oʻzgara olmaydi, chunki u jismoniy narsa emas. Qadr-qimmat ich-ichingizdan his qilinganda, u tashqi omillarga eʼtibor bermaydi. Bu — hozirgi oʻzligingiz uchun harakatsiz, ammo abadiy boʻlgan qanoat, quvonch va mamnunlik tuygʻusidir✨ Tashqaringizda mavjud boʻlgan narsalarga boʻlgan bogʻliqliklarni olib tashlang va tub-tubingizda kim boʻlsangiz, oʻsha insonni qadrlang #avvaloʻzimgakeyinsizgaeslatma #keraklisozlar
Xayrli kun do'stlar📚📚🤩 Menga1985 kitobini Surayyo do'stimhadya qilgandi)) Men hali 1984 oʻqimaganman, bu kitobni oʻqiganlar bormi oramizda, ketma-ket oʻqishim kerakmi yokida bir-biriga aloqasi yo'qmi? O'qiganlar fikrlarizni qoldirsangiz foydali bo'ladi))
Xayrli kech doʻystlar salomatmisizlar🌌 1 haftacha bo'lib qolgan yangi loyiha e‘loniga, ilmiy tadqiqot institutida bizni bo'lim xodimlari (kamina kichik ilmiy xodim ham o'rganish maqsadida) komissiya tarkibida edilar. Men hayron qolganim xalqimiz faolligida. Fuqarolar shunchaki ai dan emas asl hayotda mavjud muammolarga takliflarini, g'oyalarini yozishgan. Yaxshi tashabbus bo'ldi real muammolarni ko'rib endi shular asosida ishlar qilinadi. Komissiya ichida bo'lish xalqni ichidagi holatni ko'rish imkonini berdi. Oila juda ko'pchilik ayniqsa yoshlar ham Oila ajrimlari, oilaga tayyorlov, ham yana hayron qolganim ayol, qizlar juda faol barchalari gaplaridan yonib turibdi oʻqiymiz, o'rganamiz deyabdilar. Haqiqiy muammolarni bilish yangi loyihalarga sabab bo'lishi mumkin ekan. P.s:shanba kuni ishga borishga to'g'ri keldi, jamoamiz bilan ozgina ishlarni qilib, meni ertaroq jo'natishdi. Bugun majlisda aytilibdi dam olish kunlari va bayram kunlari zarur ish bo'lib qolganda ishda bo'lgan xodimlarga oddiy kunlardan nisbatan 1x koʻpaytirilgan oylik yoziladi ekan ixm ixm)) Menda shunaqa gaplar sizlarda nima gaplar? #ishdan
Hozirgi mutolaa kitobdan. Rossiya AQSH Xitoy Yevropa ittifoqi-mamlakatlari bob tugadi. Afrika bob boshlandi. p.s boyagina soat 9 bo'lib ishga kelgandim, hozir soatga qarasam 13:00 allaqachon ovqatlanish vaqti bo'libdi, qo'rqib ketdim vaqtni shunchalar tez oʻtayotganidan yoki ish bilan bo'lib saotga ahamiyat bermadimi(((
Xayrli kun doʻystlar✨ Ishdan gapiramiz Ishlashni shunaqa ajoyib tomonlari ham bor ekan ku mana😂 Ertalabdan Qo'qon issiq patiri holvasi olib kelishdi, Vazira opam pancake qilib kelibdilar)) Nigina opam menga shunaqa buyum sovg'a qildilar, endi men bilan hazllashmanglar😎 Biram ojayib insonlar orasidaman ko'z tegmasin))
Magistraturaga qabul statistikasi, raqamlar ajoyib ku🥺🤩 Mayli aytmoqchi bo'lgan gapimni aytmayman😂
Xayrli kun doʻystlar🌞 Olim Khasanov fam haqida tepadan ancha yozgandim, hozir yangi o'quv yiliga qabul davom etyapti, sizlarga yordam berish maqsadida bu loyihani boshldik, Google havola orqali ro'yxatdan o'ting, shartlarga muvofiq kelgan nomzodlar bilan tayyorlanamiz grantga. #olimkhasanovfam shu heshteg orqali postlarni ko'rib chiqsangiz bo'ladi.