PureTalent
СтатистикаPureTalent.uz – sizni grantlar va imkoniyatlar tomon yetaklaydi. 🚀 Mentorship kurslar 📄 CV & motivatsion xat tayyorlash 🖌 Suhbatga tayyorgarlik 🔃 Hujjatlaringizga ekspert fikri 📩 Aloqa: @puretalent_support Grantlar: @granthub_uz
- Последний пост
- 3 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 152
- 1/48двое суток
- 174
- 1/72трое суток
- 187
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚀 PureTalent’dan Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasiga mentorlik dasturi!🚀 Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Tanlov g‘olibi bo‘lgan talabalar 10 oy davomida jami 22 mln so‘mgacha, akademik litsey o‘quvchilari esa jami 8,8 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🎯 Kimlar ariza topshira oladi? • TATU talabalari • Toshkentdagi Inha universiteti talabalari • Amity universiteti talabalari • Cyber University talabalari • TATU qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari Tanlovda faqat hujjat topshirish emas, balki kuchli portfolio, to‘g‘ri tayyorlangan ariza va keyingi bosqichlarga puxta tayyorgarlik ham muhim. Shu sababli PureTalent.uz ushbu stipendiyani qo‘lga kiritishni maqsad qilgan nomzodlar uchun maxsus mentorlik dasturini e’lon qiladi. 👨🏫 Mentorlik davomida sizga yordam beriladi: ✔️ Tanlov mezonlari va talablarini tushunish ✔️ Ariza hujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash ✔️ CV va portfolioni kuchaytirish ✔️ Yutuq va faoliyatlarni to‘g‘ri taqdim etish ✔️ IQ testi va tanlov bosqichlariga tayyorlanish ✔️ Suhbat hamda self-presentation ko‘nikmalarini rivojlantirish ✔️ Individual tavsiyalar va feedback olish Mentor: Abror Musulmonov 2024–2025-yil Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi va PureTalent asoschisi. 🕒 Mentorshipga ariza topshirish muddati: 15-avgust, soat 23:59 gacha 📥 PureTalent mentorligiga ariza: Havola PureTalent — kuchli tayyorgarlik, aniq strategiya va natija. @puretalent_uz
🎉 PURETALENT ALUMNI RESULTS 🎉 PureTalent loyihamiz doirasida JACAFA mentorlik dasturining navbatdagi natijasini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz! Mentorshipimizda qatnashgan talabalarimizdan biri final intervyu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 2026–2028 JACAFA Eurasia Scholarship Program stipendiyasi uchun tanlandi. JACAFA Foundation tomonidan yuborilgan rasmiy xatda ishtirokchimiz 2026-yilgi JACAFA Scholarship Recipient sifatida saralab olingani ma’lum qilindi. Bu natija — aniq strategiya, puxta tayyorgarlik va muntazam mehnat samarasidir. Mentorlarimiz Farruxbek Rustamov va Abror Musulmonovlarga bu uchun tashakkurlarimizni bildiramiz. Ishtirokchimizni ushbu muhim yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀 PureTalent — imkoniyatni topishdan natijagacha. @puretalent_uz
🎓 Olim Fondi 2026 uchun PureTalent mentorlik dasturiga qabul boshlandi! Olim Fondi mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning kontrakt xarajatlarini qoplab berishga qaratilgan stipendiya dasturini amalga oshiradi. Olim Fondi stipendiyasiga topshirmoqchimisiz, lekin arizani qanday kuchaytirish, yutuqlaringizni to‘g‘ri taqdim etish yoki saralash bosqichlariga tayyorlanishni bilmaysizmi? PureTalent mentorlik dasturi davomida siz: ✅ Olim Fondi talablari va baholash mezonlarini o‘rganasiz; ✅ Shaxsiy profilingizning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaysiz; ✅ CV va arizadagi javoblaringizni yaxshilaysiz; ✅ Yutuqlaringizni to‘g‘ri taqdim etishni o‘rganasiz; ✅ Keyingi saralash bosqichlariga tayyorlanasiz. 👩🏫 Mentor — Laylo Nurullayeva 🥇 Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi 🥇 Olim Hasanov jamg‘armasi g‘olibi 🏅 NSP Slovakia 2025–2026 stipendiyasi sohibasi 🏛 Yoshlar parlamenti a’zosi 🏅 U.S. Embassy Self-Defense Camp bitiruvchisi 👨🏫 Mentor — Abror Musulmonov 🌐 Huawei Imagine WiFi 7 — global g‘oliblardan biri 🎓 Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi sohibi 🥇 Urban Tech Uzbekistan, HealthTech yo'nalishi g‘olibi 🏆 “Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika g‘olibi 🏅 YPIP 2025 & YouLP 2023 dasturlari qatnashchisi. Ishtirokchilar arizadagi javoblari, Olim Fondi mezonlariga mosligi va mentorlik jarayonida faol qatnashish imkoniyatiga qarab saralanadi. Ariza topshirishda CV talab qilinadi. 📥 Ariza havolasi: Havola ⏳ Ariza muddati: 5-avgust, 23:59 PureTalent - Imkoniyatingizni tasodifga emas, kuchli strategiyaga topshiring. @puretalent_uz
PureTalent pinned a photo
🚀 PureTalent Assistant — grant va ta’lim imkoniyatlariga tayyorgarlik endi Telegram’da! PureTalent.uz loyihasi doirasida talabalarni grant, stipendiya, internship va boshqa ta’lim dasturlariga tayyorlashga yordam beruvchi yangi PureTalent Assistant bot ishlab chiqdik. Bot orqali siz: 👤 shaxsiy profilingizni yaratishingiz; 🎯 o‘zingizga mos dasturlar bilan tanishishingiz; 📚 dastur talablari va tanlov bosqichlari haqida ma’lumot olishingiz; 📄 CV, motivatsion xat va boshqa hujjatlaringizni AI yordamida tahlil qildirishingiz; 🎤 intervyu savollariga javob berib, individual feedback olishingiz; 📊 arizangizning kuchli va yaxshilanishi kerak bo‘lgan tomonlarini ko‘rishingiz mumkin. PureTalent Assistant mentorni to‘liq almashtirmaydi. Uning vazifasi — tayyorgarlik jarayonini tezlashtirish, kerakli yo‘nalishni ko‘rsatish va dastlabki individual tavsiyalar berish orqali sun'iy intellekt bilan integratsiya qilingan. Hozirgi versiya MVP bo‘lib, foydalanuvchilar fikri asosida bosqichma-bosqich takomillashtiriladi. Fikr va takliflaringiz biz uchun muhim. 🤖 Botni sinab ko‘ring: @puretalentbot PureTalent — imkoniyatni topishdan natijagacha. @puretalent_uz
🌍 JACAFA Eurasia Scholarship Program 2026–2028 uchun PureTalent’dan bepul mentorlik! JACAFA Eurasia Scholarship Program 2026–2028 uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu dastur orqali talabalar: 🌏 xalqaro do‘stlar va networking; ✈️ Yevrosiyo bo‘ylab fully funded tadbirlar; 🇯🇵 kelajakda Yaponiyaga safar imkoniyati; 💶 oylik stipendiya qo‘llab-quvvatlovi kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin. 🎯 Kimlar topshira oladi? Azerbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston yoki O‘zbekistonda tahsil olayotgan 2-kurs tamomlab, 3-kursga o'tgan bakalavr talabalari. 📌 Faqat ariza to‘ldirish yetarli emas. Bunday xalqaro dasturlarda arizangizdagi maqsad, shaxsiy hikoya, motivatsiya, tajriba va kelajak rejalaringiz aniq ko‘rinishi juda muhim. Shu sababli @PureTalent_uz ushbu grantni yutmoqchi bo‘lgan talabalar uchun maxsus bepul mentorlik yo‘nalishini boshlaydi. 🙋 Mentorlarimiz Farruxbek Rustamov va Abror Musulmonov'lar bo'lishadi. 👨🏫 Mentorlik davomida sizga yordam beriladi: ✔️ Ariza strategiyasini tuzish ✔️ Motivation va personal statement g‘oyalarini shakllantirish ✔️ Tajriba, yutuq va faoliyatlaringizni to‘g‘ri ko‘rsatish ✔️ CV va portfolio bo‘yicha tavsiyalar berish ✔️ Application guidelines’ni tahlil qilish ✔️ Xalqaro dasturga mos kuchli profil yaratish ✔️ Final arizani yaxshilash bo‘yicha individual feedback olish Savollaringiz bormi? - marhamat: @puretalent_support ⏰ Deadline: 15-iyun, 2026 📄 Application Guidelines 📥 PureTalent mentorship dasturiga ariza topshiring: Havola: https://forms.gle/YF55KEpCv2A3uAT27 Joylar soni cheklangan. Eng faol va qat’iyatli nomzodlar tanlab olinadi. PureTalent — imkoniyatlarga tayyorgarlik shu yerdan boshlanadi. @puretalent_uz
🎉 PURETALENT ALUMNI RESULTS 🎉 Loyihamiz hammuassisi va YPIP mentorship ishtirokchilaridan biri Zarifbek Yuldashmatov, bu yilgi Young Professional Internships Program — YPIP 2026 dasturiga muvaffaqiyatli qabul qilindi. 🏆 Ushbu dastur doirasida Zarifbekka Science Olympiad Centre tashkilotida amaliyot o‘tash imkoniyati mavjud bo'ldi. 💡 Bu natija - to‘g‘ri tayyorgarlik, aniq maqsad va imkoniyatlardan samarali foydalanishning yaqqol namunasi.✏️ PureTalent jamoasi nomidan Zarifbekni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀 PureTalent — imkoniyatlarga tayyorgarlik shu yerdan boshlanadi. @puretalent_uz
без подписи
без подписи
🎉 PURETALENT ALUMNI RESULTS 🎉 PureTalent loyihasi Mirzo Ulug'bek vorislari tanlovi mentorshipida ta'lim olgan talabalarimiz yana bir bor o‘zlarining yuqori darajadagi yutuqlari bilan ajralib turishdi! 👏 Respublika tanlovining viloyat bosqichida Temur Nurimov (Qashqadaryo), Dilrabo Abdurahimova (Sirdaryo) va Sohib Jaynarov (Jizzax) hududlarida g'olib deb e'tirof etilib Respublika bosqichiga yuborildi. 🎉 ✨ Ushbu yutuq Ulug‘bek jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda viloyatlar hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining viloyat bosqichida qo‘lga kiritildi. 🔹 PureTalent platformasi talabalarga har tomonlama yordam ko‘rsatib, ularning yutuqlarini ro‘yobga chiqarishda asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Bizning mentorlardan olingan shaxsiy yondoshuv, motivatsiya xatlari, CV va portfoliolarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar har bir talabaga o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ochishga yordam berdi. 💡 PureTalent yordamida nafaqat yutuqni qo‘lga kiritish, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlarga mustahkam poydevor yaratish mumkin. Mentorship ishtirokchilarini keyingi bosqichlardagi ishtiroklariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!✨ @puretalent_uz
👨💻 PureTalent’dan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kursiga tayyorgarlik mentorligi 2026/2027-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga arizalar qabuli boshlandi. Ushbu dastur Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkentdagi Inha universiteti hamda Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug'bek jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan. 🎯 Dastur kimlar uchun? 2-bosqichni yakunlab, 2026/2027-o‘quv yilida 3-bosqichga o‘tadigan, IT, Data Science, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarga qiziqadigan talabalar uchun. Kurs davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi: ✅ Python, R, SQL ✅ Power BI ✅ Machine Learning ✅ AI asoslari ✅ Vibe coding ✅ Startup loyihalar va IT yechimlar ✅ Zamonaviy muammolarga texnologik yondashuv 📌 Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun faqat ariza topshirish yetarli emas. Hujjatlar, motivatsion yondashuv, portfolio, testlarga tayyorgarlik va suhbat bosqichlaridagi ishonchli chiqish ham muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli PureTalent ushbu dasturga topshirayotgan talabalar uchun maxsus mentorlik yo‘nalishini yo‘lga qo‘yadi. 👨🏫 Mentorlik davomida sizga yordam beriladi: ✔️ Motivatsion xatni to‘g‘ri strukturada yozish ✔️ CV va portfolio tayyorlash ✔️ Ariza hujjatlarini tartibga keltirish ✔️ Tanlov mezonlariga mos strategiya ishlab chiqish ✔️ IQ testi, texnik bosqich va suhbatga tayyorgarlik ✔️ Self-presentation va taqdimot ko‘nikmalarini shakllantirish ✔️ O‘z kuchli tomonlaringizni to‘g‘ri ko‘rsatish 📊 O‘tgan yilgi natijalarimiz PureTalent tomonidan tashkil etilgan Dscience.uz Mentorship dasturida 7 nafar ishtirokchi tayyorgarlik jarayonida qatnashgan. Dastur quyidagi bosqichlarda olib borilgan: • 0-bosqich: Onboarding, hujjatlar tahlili va individual tavsiyalar • 1-bosqich: IQ testi bo‘yicha yo‘riqnoma va mashqlar • 2-bosqich: Matematika va dasturlash topshiriqlariga tayyorgarlik • 3-bosqich: Self-presentation va taqdimot ko‘nikmalari Natijada, dastur oxirigacha yetib borgan 5 nafar ishtirokchining barchasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kursiga muvaffaqiyatli qabul qilingan. Bu natija PureTalent yondashuvi — aniq strategiya, individual tahlil va bosqichma-bosqich tayyorgarlik samarali ekanini ko‘rsatdi. 👨💼 Mentorlar: Zarifbek Yuldashmatov va Abror Musulmonov 📥 PureTalent Mentorship: Havola 🕒 Deadline: 10-Iyul, 23:59 PureTalent — ushbu yo'lda sizga yordam beradi. @puretalent_uz
без подписи
без подписи
🎉 PURETALENT ALUMNI RESULTS 🎉 PureTalent loyihasi Mirzo Ulug'bek vorislari tanlovi mentorshipida ta'lim olgan talabalarimiz yana bir bor o‘zlarining yuqori darajadagi yutuqlari bilan ajralib turishdi! 👏 Respublika tanlovining tuman bosqichida Temur Nurimov (Shahrisabz, Qashqadaryo), Dilrabo Abdurahimova (Xavos, Sirdaryo) va Sohib Jaynarov (Zafarabod, Jizzax) hududlarida g'olib deb e'tirof etilib Viloyat bosqichiga yuborildi. 🎉 ✨ Ushbu yutuq Ulug‘bek jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda viloyatlar hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining Zafarobod tumani bosqichida qo‘lga kiritildi. 🔹 PureTalent platformasi talabalarga har tomonlama yordam ko‘rsatib, ularning yutuqlarini ro‘yobga chiqarishda asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Bizning mentorlardan olingan shaxsiy yondoshuv, motivatsiya xatlari, CV va portfoliolarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar har bir talabaga o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ochishga yordam berdi. 💡 PureTalent yordamida nafaqat yutuqni qo‘lga kiritish, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlarga mustahkam poydevor yaratish mumkin. Mentorship ishtirokchilarini keyingi bosqichlardagi ishtiroklariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!✨ @puretalent_uz
GrantHub - yangilangan formatda qaytmoqda! 🔔 Uzoq tanaffusdan so‘ng GrantX loyihasi endi yangi bosqichda GrantHub sifatida faoliyatini davom ettiradi. Kanal formati to‘liq yangilandi va loyiha doirasida muhim o‘zgarish amalga oshirildi. 🤖 Bugundan boshlab GrantHub postlari sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tayyorlanadi. 🔥 Bu qarorning asosiy maqsadi - grantlar, stipendiyalar va boshqa xalqaro imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlarni sizga tezkor, aniq va tartibli shaklda yetkazish. 📂 Har bir postda quyidagilar bo‘ladi: 💰 Moliyalashtirish turi va miqdori 🎯 Kimlar uchun mo‘ljallangani 📅 Ariza topshirish muddati 🔗 Rasmiy havola 🌍 Bizning maqsadimiz aniq: O‘zbekistonning har bir hududidagi yoshlar va talabalar mahalliy va xorijdagi grantlar hamda foydali imkoniyatlardan o‘z vaqtida va eng saralari haqida xabardor bo‘lishi kerak. 💥 GrantHub aynan shu vazifa bilan qaytdi! @Granthub_uz
🚀 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida g‘olib bo‘lishni xohlaysizmi? PureTalent jamoasi iqtidorli yoshlar uchun maxsus Mentorship dasturini e’lon qiladi! 🌟 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi — bu nafaqat o‘z loyihangizni namoyish etish, balki katta pul mukofotlari (12mlngacha) va davlat miqyosidagi qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish imkoniyatidir. Kimlar ishtirok etishi mumkin? 🔹 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan loyihaga ega barcha yoshlar. Mentorshipda nimalarga ega bo'lasiz? - Sizga 2024-yilgi tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi — Abror Musulmonov mentorlik qiladi. - IQ testdan o'tish sirlari va loyihani himoya qilish (pitching) bo'yicha amaliy darslar. - G‘oyangizni tahlil qilib, uni hakamlar hay’ati uchun ideal ko‘rinishga keltiramiz. 🔗 Mentorshipga 5-fevralgacha ariza topshiring. Jamoamiz barcha arizalarni ko‘rib chiqadi va tanlab olingan nomzodlar bilan bog‘lanadi. Eslatib o'tamiz, tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 10-fevralgacha davom etadi. @puretalent_uz
без подписи
🏆 PURETALENT — KLAB UZBEKISTAN STARTUP COMPETITION 3-O‘RIN G‘OLIBI PureTalent jamoasi KLab Uzbekistan loyihasi doirasida o‘tkazilgan Startup Competition tanlovida ishtirok etgan 45 ta jamoa orasidan 3-o‘rinni egalladi va 5 million so‘m miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi. Mazkur tanlov butun mamlakat bo‘ylab yosh, innovatsion va texnologik jamoalarni birlashtirdi. Baholash jarayonida jamoalarning mahsuloti, muammo–yechim mosligi, rivojlanish strategiyasi va amaliy natijalari inobatga olindi. PureTalent - yurtimizdagi talabalarni stipendiya, grant va nufuzli ta’lim imkoniyatlariga tayyorlashga qaratilgan mentorlik asosidagi loyiha. Bizning yondashuvimiz maslahat berish bilan cheklanmaydi, balki aniq strategiya va real natijaga yo‘naltirilgan. Ushbu yutuq jamoamiz uchun muhim bosqich bo‘lib, kelgusida mahsulotni rivojlantirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va ko‘proq yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish yo‘lida turtki bo‘lib xizmat qiladi. KLab Uzbekistan loyihasi va tashkilotchilarga ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada katta rejalar va maqsadlar bor.🏳 @PureTalent_uz jamoasi
YPIP dasturiga topshirayotganlar uchun tavsiyalar! Amerika kengashi tomonidan tashkil har yili tashkil etilib kelinayotgan YPIP dasturi arizalar yopilishiga yaqin qolmoqda. Dasturi 2-3-4-bosqich kurslari uchun yozgi 12 haftalik amerikacha tarzda amaliyot qilish imkonini beradi. Yevropa sayohatlaridan cheklangan holda, hozirda YPIP doirasida biroz tavsiya va maslahatlar yozib o'tmoqchiman. Interyu bosqichiga 2024 va 2025-yillarda o'tganman, 2024-yilda tajribalar kamligi uchun rad etildim, ammo 2025-yilda dasturga qabul qilindim. Dasturga Amerika kengashining rasmiy vebsayti orqali topshirishingiz kerak bo'ladi. Bunda bir qoidani eslataman, saytdan sizdan nima so'ralgan bo'lsa barchasini qo'lingizdan kelganicha maksimal to'ldirishingizni tavsiya etaman. Ya'ni istalgan dasturga topshirayotganingizda sizdan asosiy so'raladigan narsa hujjatlarni to'liqligacha admission officer'larga yetkazsangiz, sizda qolganlarga nisbatan yutish ehtimolingiz oshadi. Dastur vebsaytiga kirganingizda, birinchi shaxsiy ma'lumotlarni aniq to'ldirishingiz kerak, shunda bir narsani unutmaslik kerak bo'lgan qism bor: Uch xil toifadagi arizachi. Agar siz Toshkentdagi qaysidir universitetda o'qiysiz, lekin viloyatdan kelgan bo'lsangiz, birinchi manzilga doimiy yashash manzil(ya'ni viloyatdagi manzilingiz) kiritishingiz kerak, keyingisiga esa hozirgi yashab turgan joyingiz kiritasiz. Bu esa dasturga qabul qilinganingizdan uch xil toifadagi finalist sifatida 3 oylik moddiy mablag' olasiz, shu bois hozirgi yashash manziliga o'qiyotgan manzilingiz, doimiy manzilga asl manzilni kiritishni unutmang. Keyingi qismda esa, o'qish yoshingiz kerak, va yozdagi amaliyot qilmoqchi bo'lgan sohalaringizni keltirib o'tishingiz zarur. Bu juda muhim, sababi shunga qarab yozda sizga host companylarga ajratishadi. Academic Achievements qismi ham unchalik muhim deb bilmiman, ammo yaxshilab to'ldiraverish kerak. Bu borada ko'proq baribir dasturga bo'lgan passioningiz ko'p narsani hal qiladi. Work-experience bo'lsa yozish kerak, lekin judayam hype qilib yuborish kerak emas, o'zi shundoq ham yaxshi tajribasi bor ekan, olmasliklari mumkin, agar bo'lmasa volunteering, internship, pet-projectlarni kiritib o'tgan ma'qul. Eng muhim qism Personal Statement, bunda sizga berilgan savolga mos tarzda o'zingiz haqida 500 so'zlik xat yozib bersangiz kifoya, hammasi oddiy tilda tushunarli yozsangiz bo'ladi, biroz gpt ishlatish zarar qilmaydi:) Yakuniy hujjatlarni tayyorlash qismi qoldi, bitta signature'ga ega recommendation letter (rektor, professor, head), GPA bu ham official bo'lsin, Resumega alohida e'tibor berishni unutmang bu eng muhim hujjat bu dasturga qabul qilinishingizda, va so'ngida passport yoki ID karta barchasini iloji bo'lsa pdf formatida yuklasangiz qulay bo'ladi. Barcha hujjatlar va ma'lumotlarni keltirilgan yakuniy muddatgacha perfect tarzda yuklashni unutmang. Undan so'ngra sizga agar maqul topilsangiz interyuga taklif olasiz. Interyu bosqichida esa asosan nega bu dasturga topshirdingiz, kuchli tomonlaringiz, bu internshipda nima qilmoqchisiz yoki xohlayapsiz va YPIP communityga qanday hissa qo'sha olasiz, shu kabi savollarga javob berishingiz kerak bo'ladi. Umuman interyu jarayonlarida hayajonlanmasdan samimiy tarzda javob bersangiz nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Agar bu bosqichdan ham o'tsangiz, yuqorida o'zingiz tanlagan sohalar va Resume'dan kelib chiqqan holda host companylar bilan interyularga chaqirilasiz yoki Resume o'zidan reject/accept qilishlari mumkin, ya'ni interyularsiz. Bu bosqich asosan sizning sohangiz bo'yicha tarjibangiz e'tibor berishadi, bir necha kompaniyalar bilan yuzma-yuz kelasiz va ular suhbat natijalariga ko'ra yakuniy qaror chiqarishadi. Ana shundan so'ng, siz YPIP dasturidan congratulations🎉 emailini olishingiz mumkin. Ushbu yo'lda, siz yo'lovchiga omad tilayman. YPIP Community (Alumni) ko'rishguncha, do'stlar! Agar ushbu dasturga qabul qilinishda full-support yordam kerak bo'lsa, biz bu imkoniyatni sizga PureTalent orqali beramiz. Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 04.12.2025 @AbrorMusulmonov
YPIP Mentorlik dasturi 🇺🇸 "Young Professional Internships Program (YPIP)" - bu AQSH Elchixonasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, va Amerika Kengashi tomonidan tashkil etiladigan Oʻzbekistonning Biznes va STEM sohasidagi eng iqtidorli yosh mutaxassislari uchun yaratilgan 8 haftalik amaliyot dasturidir. Bu nafaqat amaliy tajriba olish, balki xalqaro darajadagi professional tarmoqqa chiqish va karyerada butunlay yangi bosqichga ko‘tarilish imkoniyatidir. 📼 Nima uchun YPIP ga kirish qiyin? Bunday yuqori raqobatli dasturda muvaffaqiyatga erishish uchun sizning arizangiz quyidagi jihatlarda mukammal bo‘lishi shart: 1. Ingliz tilida yuqori darajadagi salohiyat. 2. Qat’iy maqsadlar bilan boyitilgan Motivatsion Xat (Motivation Letter). 3. Professional yutuqlarni aks ettiruvchi portfolio. 🛡 PureTalent Mentorlik Kursi - Sizning Strategik Yechimingiz Shu sababli, PureTalent jamoasi aynan YPIP talablariga mos bo‘lgan mentorlik kursini taqdim etadi. Dastur mentori – Abror Musulmonov, ushbu xalqaro dasturning g'olibi. ➡️Bizning kursimiz sizga nimani kafolatlaydi? Strategik Ariza: Oddiy hujjat to'ldirishdan uzoqlashib, qabul komissiyasi a'zolarining e'tiborini tortadigan, to'liq taqdim etiladigan arizani birgalikda tayyorlash. Impactful Motivation Letter: Biznes va STEM sohasidagi maqsadlaringizni to‘liq ifodalaydigan, kuchli ingliz tilida yozilgan motivatsion xatni tahrirlash va mukammallashtirish. Intervyuga Tayyorgarlik: Dastur talab qiladigan kasbiy va ingliz tilidagi suhbatlarga individual yondashuv asosida tayyorgarlik ko‘rish sirlari. To'liq yo'riqnoma: Kirish talablaridan tortib, 8 haftalik stajirovka davridagi professional etiketgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sizni qo‘llab-quvvatlash. 🔫 Kimlar uchun mo'ljallangan? Oliy ta'lim muassasalarining 2-3-4-bosqich talabalari. Asosiy talab: Biznes yoki STEM sohasida talaba bo'lish. Bu faqatgina dars emas, bu sizning professional faoliyatga kirishdagi ilk qadamingizdir. O'rinlar cheklangan – hoziroq ro'yxatdan o'ting va o'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang! 🔗 Ro'yxatdan o'tish U.S Alum🇺🇸ni bo'lishni qo'ldan boy bermang! #ypip #mentorship #internship @puretalent_uz