Abror Musulmonov | Blog
СтатистикаTajribadan o'tkazgan va o'rganganlarim haqida ushbu blogda yozib boraman. Qisqasi hayotiy xulosalar... Computer Science student @ Inha.uz Contact: @CwithA_bot Travelled: 🇺🇿🇹🇷🇩🇪🇳🇱🇨🇭🇫🇷🇮🇹🇦🇿🇰🇿
- Последний пост
- 2 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👨💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kursini muvaffaqiyatli yakunladik! Bu dasturdagi faolligimiz 2024-yilning avgust oylaridan dasturga ariza topshirishdan boshlangan edi. Ariza jarayonlari unchalik qiyin emasdi, ammo ozroq tadqiqot va izlanish olib…
Men uchun bir vaqtlar orzu bo'lgan JACAFA dasturi, jarayondagi mag'lubiyat va g'alaba. Har safar nimadir o'rgansam, yoki qandaydir yutuqqa erishsam uni boshqalar bilan bo'lishgim keladi. Va imkon qadar bunga harakat qilib kelaman. Shu sababli oldin ham bir qancha natijaga erishgan dasturlarimiz ustida mentorship tashkil etdik, va ishtirokchilar yaxshi natijalarga erishib natija ko'rsatishdi, harakatlari uchun ularga tashakkurlar. Bugun esa shunday dasturlardan biri JACAFA granti uchun mentorship tashkil etib, yoshlarga arizalarni kuchli qilish uchun imkoniyat bermoqchimiz. Ushbu grant 2-kursni tamomlab, 3-kursga o'tgan yoshlar uchun tashkil etilgan bo'lib, unda markaziy osiyo va kavkaz mamlakatlari yoshlari qatnasha oladi. Dastur davomida oylik stipendiya, qo'shni mamlakatlarga sayohatlar, bitiruvchi bo'lgandan so'ng esa Yaponiyaga sayohat hamda, loyihangiz uchun birlamchi investitsiya olish imkonini beradi. 2024-yilda universitetdagi 2-kursni bitirib topshirganimda, yarim finalgacha borib oxirigacha borolmasdan qabul qilinmagan edim, ammo 2025-yilda tavakkal topshirib ko'rib finalgacha borib g'olib bo'lib qo'ygandim(Pastdagi rasmda ko'rishingiz mumkin). Ammo yakunda esa, 2 yil o'qishim kerakligi tufayli meni kursim to'g'ri kelmagandi yoki exchange semester olsamgina qabul qilishlari mumkin edi. Afsuski bunday qilishni xohlamadim, va taklifni rad etgandim. Bu jarayonda men o'zim uchun isbotlagan bir muhim narsa bor edi, so'ngicha borib yakunda mag'lubiyatli g'alaba edi. Yakunda, u yoshlar ichida bo'lmasamda hozirgacha hozirgacha guruhlarida borman, shuningdek ko'pchiliklari bilan networking'daman, shunisi men uchun yutuqdir. Bugun esa o'sha dasturga 2 marta topshirib, birida g'olib inson sifatida, stipendiya sohibi va communityda ichida bor Farruxbek bilan bu yil topshiradigan yoshlar uchun mentorship tashkil etmoqdamiz. Imkoningiz bormi, ushbu dastur talablariga to'g'ri kelasizmi, albatta bu imkoniyatni qo'ldan boy bermasdan qatnashib, g'oliblar qatorida bo'lishingizni so'rab qolgan bo'lardim. Marhamat - > Mentorship P.S: Qozog'iston taassurotlari va xulosalari tez orada shu yerda bo'ladi. Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 11.06.2026 @AbrorMusulmonov
Sayohat izlab chiqdim yo'lga, yo'lda o'zimni topmoqlik uchun. Yangi bir sarguzasht sari otlandim, va bu safar "solo travel" ya'ni yolg'iz chiqdim. Shu bois juda uzoqqa emas, qo'shnilarimizdan biriga yo'l oldim. Odam yolg'iz safar qilishida biroz qiyinchiliklar bo'larkan. Inson har tarafdan ko'p narsani his qilishni boshlarkan. Umuman olganda oxirgi chet elga safarimiz bu Lauzhack doirasida Yevropaga bo'lgan edi, va orada Baku va Istanbulni ham ziyorat qilgan edik. O'ylab qarasam biroz zerikib qolibman. So'ng orada bir Singapore/Malaysiaga bormoqchi bo'ldik, ammo o'xshamadi. Keyin Astanaga harakat qildik, unda ham ba'zi sabablarga ko'ra borolmadik. Aprel oyi boshlarida esa baribir chiqish kerak deb yana bir imkon borida Astanaga yo'l olishga qaror qildim. Va bugun, ushbu yo'ldaman. Avval samolyotga biletlarni ko'rdim, keyin esa yashashimiz mumkin bo'lgan mehmonxonalarini ko'zdan kechirdim. Hammasini minimum narxga olishga harakat qildim. Astanaga Almaty bilan tranzit orqali uchganimda arzonroq tushdi va shuningdek faqat qo'l yuki bilan yo'lga chiqishim kerak edi. Bugun ushbu yo'ldaman va 9 soatlik layoverimda ushbu postni yozmoqdaman. Toshkentdan Almatyga 1.5 soatda yetib keldik. Yo'lda Jamshidxon akani Migingo vloglarini tomosha qilib keldim. Tranzitligi uchun passport control'dan o'tmasam kerak deb o'ylagandim, ammo baribir o'tkazishdi, sababi Almaty - Astana bu mahalliy reysligi sabab boshqa terminalga borishim kerak ekan. Passport controlda esa Xodim, mendan ruscha "Nega Qozog'iston🇰🇿ga kelayapsiz" deb so'radi, (Conference) doirasida va sayohatga dedim. Va yana "Visa bormi?" deb so'radi, O'zbekistonliklar uchun vizasiz rejim-ku deb aytdim. Xullas ozgina provokatsiya qilmoqchidek ko'rindi, ammo amalladim. Eng birinchi muammo bu yerda ham internet, e-sim olmagandim, chunki telefon buni qo'llab-quvvatlamaydi:) Airport wifi'ga ulanish biroz qiyin kechdi, ammo mahalliy reysdagi xodim akalar bor bo'lishsin o'zlarini raqamlariga ochib berishdi. Shuningdek, bir qozoq aka bilan gaplashib qoldim, o'zlari Astanada yasharkanlar va yurist ekanlar, biroz gaplashdik va contact'larini berdilar. Astanada biror yordam kerak bo'lsa, bemalol bog'lanishing mumkin. Axir O'zbek - Qozoq, bir-birimizga "Бауыр"mizku - dedilar. Vaqt borida imkon qadar ishlab olishga harakat qildim, airport holati umuman olganda ancha yaxshi, shuningdek mahalliy reyslar juda serqatnov ekan. Demak, aholi samalyotlardan foydalanishni ma'qul ko'rishadi degan qarorga keldim. Astana ketadigan reysga hali 4 soat bor ekan, buni ammallab o'tkazib olishim kerak. Bu birinchisi ham emas, tunni airportda o'tkazayotganimni desam bo'ladi. Ha, bayrog'imiz sumkamda har doimgidek, sayohatimiz faqat Astana bilan cheklanib qolmaydi nasib etsa. Qolgan taassurotlarimni ham yozib borishga harakat qilaman. P.S: Bu sayohatlarim tarixida hamma narsani o'zim qoplashim kerak bo'lgan eng birinchi safarim bo'ldi. Almaty International Airport, Kazakhstan 🇰🇿 30.04.2026 @AbrorMusulmonov
O'rgangan bilim va tajribalarimni doim ulashishga harakat qilib kelmoqdaman... O'tgan davr mobaynida bir qancha tanlov, loyihalarda qatnashdim, o'rganlarimni ushbu blogda yozib bordim va yozib borishga harakat qilmoqdaman. Shuningdek, biror bir kishi maslahat va tavsiya so'rab yozsa, qo'limdan kelgancha yordam qilishga harakat qilmoqdaman, va mentorlik dasturlar ham qilib turibmiz. Har bir dasturga topshirganimda har doim bazi bir qiyinchiliklar bo'ladi, bular dastur haqida yaxshi tushunmaslik, yetarlicha bilim bo'lmasligi, ular kimni xohlashi kabi savollar tug'iladi. Bu jarayondan chiqishdagi eng oson yechim bu oldingi finalist, alumnilardan olingan xulosalar menga yordam beradi. Chunki bu og'riqlarni his qilib ko'rgan odam sizga yaxshiroq maslahat bera oladi. O'tgan yili ham katta auditoriyaga ega loyihalardan biri “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovidaga qatnashdim. IQ, tuman, shahar va Respublika bosqichlaridan o'tib top 100 g'oliblardan biriga aylandim, shukr. Bu yil ushbu dasturga qatnashmoqchi bo'lgan loyihasi bor yoshlar uchun PureTalent loyihamizda yordam berishga harakat qilishni niyat qildik. Hozircha loyiha davomida kichik ko'rsatkichlar qila oldik, yuqoridagi MU Data Science kursiga 5 kishi qabul qilinishiga yordam bera oldik, YPIP va Digital stipendiyalari natijalarini kutyapmiz. Navbat Vorislar.uz uchun mentorshipni reja qilmoqdamiz. Agar sizda ham loyiha bo'lsa, sizga ushbu tanlovga qatnashishni tavsiya etaman, sizga yordam kerak-mi? - Marmahat. PureTalentni keyingi bosqichida jarayonni avtomatlashtirishni maqsad qilganmiz, an'anaviy mentorlikdan qanchadir miqdorda IT/AI qo'shgan holda yaxshilashga harakat qilamiz. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi mentorshipga ro'yxatdan o'tish! Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 01.02.2026 @AbrorMusulmonov
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Baku 🇦🇿 - Azerbaijanning poytaxti va eng qadimiy shaharlaridan biri. Baku'ga sayohatimiz shunchaki tasodif bo'ldi desam xato bo'lmasa kerak. Yevropadan qaytishda Istanbuldan so'ng Toshkentga qaytish rejadamizda bor edi. Ammo jamoa bilan kelishgan holda birozgina qimmat(+30$) bo'lsa ham Baku🇦🇿 bo'ylab sayohat qilishni tanladik. 2-dekabr kuni Istanbuldan Azal.az bilan kechki payt 02:00 atrofida Bakuga Heyder Aliyev airportiga yetib keldik. Kechki payt kelganimiz uchun, tunni yana aeroportda o'tkazishga to'g'ri keldi. Istanbuldagidan yaxshiroq divanda uxladik. Chunki 19 soatga layover* bor edi. Ertalabdan esa BakuKart bilan aerport <-> Baku shahri orasida qatnaydigan H1 liniyasi aftobusi bilan shaharga keldik. Shahar markaziga olib kelarkan to'g'ri, buyog'iga har doim qiladigan ishimiz piyoda shahar aylanishga tushdik. Shuningdek, Bakuni travellerlaridan biri Shokhrukh Rustamov bizga bu marshrutni tuzib bergandilar. Marshrut deyarli hamma qiziq turistlar uchun kerakli joylarni qamrab olgandi, faqat Biriliant qo'l olingan joydan tashqari desam xato bo'lmaydi. Vaqtimiz yetmadi, bora olmadik. Marshrut bo'ylab avval sohilga kelib oldik, Kaspiy dengizi yonida bois dengizga birinchi bo'lib bordik, atrofdagi Bakuda eng katta mall'lardan birida tushlik qilib oldik. Dengizning bir narsasi odamni dilini xira qildi, judayam ko'p neft hidi kelib qolgan. Neft tashishda biror xatolik bor deb o'yladim. Va bu Kaspiy dengizi men ko'rgan 2-dengizim bo'ldi. Undan so'ng esa dengiz bo'yi bo'ylab aylanib ketdik, dengizni bo'yi turistlar uchun ajoyib qilib sharoitlar yaratib qo'yilganligi quvonarli bo'ldi. Biz ham bundan bahra oldik. Dengiz bo'yi bo'ylab harakatlanib bo'lgach, shahar markazida joylashgan Safaviylar davrida yoki undan oldingi tarixiy obidalarni aylanishga ulgurdik. Istanbuldagi kabi bu yerda ham Qiz qal'asi mavjud edi. Bu Azerbaijanning 10manatlik valyutasida ham aks etgan. Umuman olganda atrofida tarixni his qildira oladigan muhit shakllangan. Bu tarixiy joydan suviner olmasdan ketishni iloji yo'q edi, uni oldik va Bakuga kelib bormasdan kelsak-u, Olovli binolarni ko'rmasdan ketsak bo'lmaydi deb, ular tomon yo'l oldik. Flame Towers - Azerbaijan🇦🇿ning hozirgi zamonaviy ramzlaridan biri bo'lmush 3 ta olov shaklidagi minoralar tomon yurdik. Oldigacha bora olmadik, ammo uni ko'rish imkoniyat eng yaxshi bo'ladigan pozitsiyadan tomasha qila oldik. Kechki payt bo'lib qolganligi tufayli ko'p vaqt bo'la olmadik, shahar markaziga qaytib aftobusga bir amallab mindik va aerportga ketadigan boshqa bir H1 liniya tomon yo'l oldik. Ma'lumot uchun, Bakudagi aftobuslar shu qadar ichi to'la ediki, hattoki Toshkentdagi tiqilinchliklar hech narsa emas, shuningdek shahardagi tirbandlik juda katta edi. Jamoat transporti yaxshi rivojlangan, ammo odamlar ko'pmi bilmadim, juda gavjum. Bir amallab shahar aftobusidan aerport tomon yuradigan aftobusga ulgurib, aerportga vaqtida kelib Toshkent🇺🇿 reysimizga ulgurdik, Vatanimiz tomon uchib keldik. Baku🇦🇿- shunday ta'riflasak to'g'ri bo'ladi, Istanbul🇹🇷 kichik varianti yoki ukasi. Shuningdek, SSR'dan ajralib chiqqan davlatlar ichida ham eng yaxshi rivojlanganlaridan biri Azerbaijan🇦🇿 desak bo'ladi, bizdan ancha oldinda tan olishimiz kerak. Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 11.01.2026 @AbrorMusulmonov
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи