tgindex
Nutriciolog.Shahlo

Nutriciolog.Shahlo

Статистика

Salomatlikka doir bilimlar Sog’lom taomlanish, vitaminlar haqida batafsil bilib olasiz 🥦 Menejer: @menejer_nutrishahlo

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
13
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Психология (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
7 039
−1 за 2 дн.
Сутки
+9
+0,13%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 312
33 постов
Вовлечённость
18,6%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 34
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 039
1/48двое суток
1 190
1/72трое суток
1 284

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yana, aytaman dugonamdagi aksar holatlar va simptomlar surunkali yalligʻlanishniki. Shish chiqgani bu autoimmun jarayon belgisi. Nima demoqchiman, surunkali yalligʻlanish shu holatga olib keladi. Demak, birinchi analiz sanasidan kechagi kungacha muddatni hisoblab koʻring — dugonam bu xabarni kecha yozdi. 1 oydan sal oshiqroq vaqtda surunkali yalligʻlanish bilan ishlanganda shunday natija boʻlgan. Bu aynan integrativ umumiy yalligʻlanish sxemasining natijasi deb bemalol ayta olaman, chunki gormonal dorilar hali buyurilmagan. Surunkali yalligʻlanishning eng yomon tomoni siz uni sezmaysiz. Organizm esa oʻta oddiy narsalar bilan signal beradi. Va juda koʻpchilik dugonamga oʻxshab bu signallarini ignor qilib, yaxshiman deb yuraveradi. Aslida esa kelib chiqadigan kasalliklarning deyarli hammasida oʻchoq — yalligʻlanish.

  • Shifokor autoimmun xolatni keyingi analiz orqali tasdiqladi. Normada 1:160. Dugonamda 1:640 chiqgan. Simptomga vaqtida e’tibor berilgani uchun erta tashxis qoʻyildi. Dugonamning anamnezi: — surunkli stress; — soʻnggi oylarda kuchli PMS; — quvvatsizlik; — oxirgi 2 oyda ko’p uxlash. Bolalikdan ko’p shamollamagan, xozir ham deyarli shamollamaydi. Bir kunda o’tib ketadi. Bu jiddiy signal. 1 yilda bir zo’rg’a shamollab, 1-2 kunda tuzalish norma emas. Bu immunitetni haddan tashqari agressiv ishlayotganini, surunkali yallig’lanish, autoimmun ataka borligini bildiradi. Normada sog’lom inson yilda 4-6 marta shamollaydi. Dugonamda bolalikdan surunkali yallig’lanish mavjud bo’lgan. Keyinchalik virus yuklamasi, ichak disbiozi, ayollik davrida qin disbiozi qoʻshilgan. Hech qaysisi oʻtkir holatda namoyon boʻlmagan, bezovta qilmagan ham. Dugonamga integrativ surunkali yallig’lanishning bazaviy sxemasi berildi. Hali tashxisga mos autoimmun dorilar, gormonlar va hkzlar buyirilmagan. Bu jarayon har oy tahlillar, holatni kuzatib doimiy davom etadi. Baza yalligʻlanish sxemasi, BADlardan keyingi dugonamdagi natija sizga qiziqmi?

  • Dugonamni taxlillarida o’tkir yallig’lanish yo’q. CRB, revmofaktor ham normada chiqdi. Faqatgina SOE surunkali yallig’lanish borligini, limfotsit ozgina virus yuklamasi borligini ko’rsatdi. Shishlarni oʻziga tugunli eritema tashxisi qoʻyildi. Va qiziq fakt — bunaqa shishlar immunitet juda kuchli ishlaganidan paydo boʻlishi haqida oʻqidim. Ularni paydo boʻlishiga aniq nima sabab boʻlishi haligacha toʻliq oʻrganilmagan va mavhum. Eritema — qon tomir va teri osti yogʻ qatlami yalligʻlanishi. Unga preventiv shifokor sxema yozgan va vaskulitga podozreniya qilib, autoimmun kasalliklar tahlilini buyurgan. Eng birinchi analizlar shu, ularni sanasini eslab qoling, keyinroq eslataman shu sanani 🌱

  • Yashirin davr emasku, kasallikka sabab boʻladigan holatlar, simptomlar, dugonamning anamnezi va hozirgi davo choralari haqida gaplashishimiz mumkin. Qiziq boʻlsa, izohlarda + qoldiring, anchagina ma’lumot boʻladi bu ham)

  • Kecha kechqurun dugonam xabar yozganakan, ertalab oʻqidim. Oʻzim shomollagan boʻganimni hisobiga silaga endi etib berishga yetib kevomman. Xullas, dugonamni oyogʻida tizza kosasini past qismida pushti rang shish paydo boʻgan 3-4 hafta oldin. Bossa ogʻriq…

  • 13 авг.1 2432410

    ▪️ Jigar detoksi — Metillanish Yuqorida metillanish haqida yozgandim. Koʻpchilik uchun tushunarli boʻlsin deb chuqurroq yoritishga qaror qildim. Uzun post, lekin mazza qilib oʻqiysiz — yaxshilab joylashib oling ☕️ Metillanishni jigar detoksining muhim mexanizmlaridan biri desam, adashmayman. Bu jarayonning to‘g‘ri ishlashi organizmimiz uchun juda muhim. U nimalar uchun javobgar va organizmdagi qaysi jarayonlarda ishtirok etadi? 1️⃣ Onkogen genlarning faollashishi va susayishini boshqarishda ishtirok etadi. Har birimizda onkogenlar mavjud. Ularning faollashishi yoki faollashmasligiga turli omillar, jumladan metillanish jarayonlari ham ta’sir qiladi. Masalan, organizmga muntazam ravishda kanserogen moddalar tushsa, ularni zararsizlantirish tizimlarining to‘g‘ri ishlashi juda muhim. 2️⃣ Ammiakni zararsizlantirish jarayonlarida ishtirok etadi. Ammiak oqsillar parchalanganda hosil bo‘ladigan zaharli modda. Organizmda ammiak miqdori oshsa, quyidagi holatlar kuzatilishi mumkin: — bosh ichki bosimining oshishi; — boshda tuman, diqqatni jamlay olmaslik; — agressiya, jahldorlik; — go‘shtga nisbatan ishtahaning pasayishi; — suvni kam ichish; — shishlar. 3️⃣ Glutation sintezi va metabolizmida ishtirok etadi. Glutation organizmdagi muhim antioksidantlardan biri bo‘lib, hujayralarni himoya qilishda katta rol o‘ynaydi. Glutation yetishmovchiligida: — doimiy charchoq, quvvat yetishmasligi; — immunitetning susayishi; — bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq; — teri holatining yomonlashishi, dog‘lar paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin. 4️⃣ T-hujayralar va NK-hujayralar faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Masalan, virusli infeksiya vaqtida immun javob bilan bog‘liq genlar faollashadi va T-hujayralar virusga qarshi kurashadi. NK-hujayralar tug‘ma immunitetning asosiy himoya hujayralaridan biri bo‘lib, virus bilan zararlangan yoki o‘zgargan hujayralarni aniqlab, ularni yo‘q qilishda ishtirok etadi. 5️⃣ Neyrotransmitterlar — norepinefrin, dopamin, serotonin va melatonin almashinuvida ishtirok etadi. Neyrotransmitterlar kayfiyat, uyqu, xotira, tafakkur va umuman olganda, oliy miya faoliyatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ularni hujayralarimizning «muloqot tili» deb atash mumkin. Depressiya, apatiya va xavotir kabi holatlar neyrotransmitterlar muvozanatining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 6️⃣ Mitoxondriyalar faoliyati va energiya almashinuvi uchun muhim bo‘lgan CoQ10, kreatin va karnitin bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etadi. Bu moddalar organizmda energiya hosil bo‘lishi uchun muhim biokimyoviy birikmalar hisoblanadi. 7️⃣ Oqsil molekulalari va boshqa muhim birikmalar almashinuvida ishtirok etadi. Jumladan, gemoglobin, antitanachalar, aminokislotalar, kollagen va elastin bilan bog‘liq jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. 8️⃣ DNK va RNK faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Metillanish DNK faoliyatini tartibga solishda muhim mexanizmlardan biridir. Bu jarayon buzilganda hujayralardagi genetik boshqaruv mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 9️⃣ Gistaminni zararsizlantirishga yordam beradi. Gistamin haqida yuqorida gaplashdik — pollinoz mavzusi. 🔟 Safro kislotalari va azot oksidi almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etadi. Shuningdek, safro tarkibi va uning normal oqimiga ta’sir qiluvchi biokimyoviy jarayonlarda ham muhim rol o‘ynaydi. Kursda metillanish mavzusini allergiya mavzusida oʻtamiz. Allergiya va gistamin bilan bog‘liq muammolar ustida ishlash bilan birga, bonusiga organizmdagi boshqa ko‘plab jarayonlarni ham yaxshilashingiz mumkin boʻladi, inshaalloh. Doim aytganimdek, organizm bir butun katta sistema. Bitta jarayonni toʻgʻrilashni oʻzi koʻp holatlarga ijobiy ta’sir qiladi. Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun menejerga yozing: @menejer_nutrishahlo

  • 11 авг.1 240184

    Qizlar, oldindan aytaman, pollinozda bu bir necha oylik mehnat. Natija 3 kunda bilinmaydi. Isbotlangan tibbiyotda ham natija deyarli bo’lmaydi, ASITdan tashqari. Pollinoz bo’yicha eng katta keysim zavjim, 3 yildan beri xudoga shukur kuz bahorimiz tinch. “Mashaalloh” deb qo’ying. Bundan tashqari konsultatsiyada bolalar va kattalarda ham aynan pollinoz keysi ko’p. Hech qaysi kursda quruq nazariya bermayman. Doimgiday praktika — oʻrganasiz, qoʻllaysiz, qunt va sabr qilasiz, Biiznillah natija koʻrinadi. Yuqorida koʻp sanab oʻtganlarim “Yalligʻlanish” kursida bor — gistamin, ichak bilan ishlash (SIBR, SIGR), jigar detoksidagi metillanish jarayoni, virusli kasalliklardan keyingi tiklash. Kursga qabul yopilishiga 8 kun qoldi. Keyin attaaaang deb qolmang, bitta yalligʻlanish mavzusini oʻzi salkam 100 ta slaydli prezentatsiya boʻlgan 🤭 Ehtiroslaringiz joʻsh urib ketsa, menejerga yozing: @menejer_nutrishahlo

  • 11 авг.1 16574

    Skorlatinadan keyin allergiya qo‘zg‘alishi sabablari: 1️⃣ Skarlatinani chaqiruvchi streptokokk bakteriyasi organizmga kuchli toksinlar va antigenlar ajratadi. Kasallik paytida immun tizimi ushbu patogen bilan shiddatli kurashadi. Natijada immun tizimi o‘ta faollashib, o‘zining sezgirligini oshirib yuboradi (giperergik reaksiya). Bu holat kasallikdan so‘ng ma'lum muddat saqlanib qoladi va har qanday oddiy allergenga (ovqat, chang, dori va h.k.) organizm kuchli allergik javob qaytara boshlaydi. 2️⃣ Skarlatinani davolashda ishlatiladigan va boshqa preparatlar organizmda o‘ziga xos allergik fon yaratishi mumkin. 3️⃣ ichak mikrobiotasini buzulishi. Kuchli antibiotiklar terapiyasi ichakdagi foydali mikroflorani ham yo‘qotadi. Immun tizimining qariyb 70-80 foizi ichak bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, ichak mikroflorasi buzilishi oziq-ovqat allergiyalari va terida turli reaksiyalar paydo bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zamin yaratadi. 4️⃣ Teri ximoya baryerini buzulishi. Skarlatiandan ikkinchi-uchinchi haftalarida terining ustki qavati (ayniqsa kaft va oyoqlarda) ko‘chib tushadi. Bu davrda teri o‘ta ta'sirchan, ingichka va himoyasiz bo‘lib qoladi. Har qanday tashqi ta'sir — gigiyena vositalari, matolar yoki mahalliy surtmalar osonlikcha allergik kontakt dermatitini qo‘zg‘atishi mumkin. Yechim: Disbakteriozni korrektsiya qilish, intoksikatsiyani tushirish, terini ximoya baryerini tiklash, semiz xujayralarni stabilizatsiya qilish. Barchasi mutaxasis bilan qilinadi. P.S: Yalligʻlanish kursiga qoʻshiling —virusli kasallikdan keyin farzandingizni tiklaysiz, neyroyalligʻlanish bilan ishlaysiz, gistaminni tushirasiz. SIBR, SIGR ichak bilan ishlaysiz (busiz gistaminni tushirib boʻlmaydi, bekorga bu mavzu kursga qoʻshilmagan).

  • 11 авг.1 1721212

    Xa, allergiya. Demak: — basseynga kirish oldi qizizga sorbent bering — aminosorb, zeolit, Ugol, Polisorb qaysi biri bo’lsa, 1 oy; — basseyndan chiqishi bilan organik yuvinish vositasida yuvib, ternini emolent bilan namlantiring. Emolent nimaligini GPTdan o’qisez bo’ladi — Yod — yod dozasini ko’taring. Yod xlorni organizmdan olib chiqib ketadi. 50 mkg yoddan boshlab, xaftada 1 tomchidan do’zani oshirib 300-500mkg chiqaring. Faqat autoimmun buqoq bo’lsa, dozani 50 migdan ko’tara olmaysiz. Bu doza faqat suzishga borganda beriladi. Suzish tugagach profilaktik 50-100mkg do’zaga tushirasiz.

  • 11 авг.1 28776

    Eng qizig’i pollinozi bor insonlarni deyarli hammasida quyidagilar bo’ladi: • biriktiruvchi to’qima displaziyasi • Ichakda disbioz • Metillanish buzulishi Xo’sh, bularni pollinozga qanday aloqasi bor? ✅ BIRIKTIRUVCHI TO’QIMALAR DISPALAZIYASIda semiz hujayrlaar qobig’i mo’rt bo’lib, antitelalar bilan uchrashganda qisqa vaqt ichida ko’pgina semiz hujayrlaar tez-tez yorilaveradi. Natijada allergik reaktsiya kundan kunga kuchayadi ✅ ICHAK DISBIOZI — ko’p xolatlarda allergik mavzusm kelguncha bu odamda ichakda gistamin oshishi mavjud bo’ladi. Ichakdagi gistaminoz va bahorgi gistaminoz qo’shilib, pollinoz yildan-yilga kuchayadi ✅ METILLANISH — Bu inson organizmida gistamin faolligini pasaytirish va uni zararsizlantirishning asosiy mexanizmidan biridir. Gistamin semiz hujayradan ajralgandan keyin, organizm uni tezda kamaytirishga harakat qiladi. Ana shu jarayon normada bo’lishi uchun metillanish normada ishlashi kerak (Metillanish jigar detoksining bir qismi) Preventiv tibbiyotda pollinozni davolashni metodi shu 3 omilni inobatga olgan holatda olib boriladi.

  • 11 авг.1 330612

    Pollinoz (mavsumiy allergik rinit yoki "pichan isitmasi") — oʻsimliklar changiga nisbatan immun tizimining allergik reaksiyasi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallikdir. U asosan bahor, yoz va kuz oylarida qo’zidi. Kelib chiqish sabablari: 1. Immun tizimining giperreaksiyasi: Odam oʻsimlik changidan nafas olganda, immun tizimi bu havfsiz zarrachalarni yod modda deb qabul qiladi va ularga qarshi immunoglobulin E (IgE) antitelalarini ishlab chiqaradi. 2. Gistamin ajralishi: Chang antitelalar bilan toʻqnashganda, semiz hujayralardan gistamin va boshqa yalligʻlanish mediatorlari qonga ajralib chiqadi. Bu moddalar burun, koʻz va nafas yoʻllari shilliq qavatida yalligʻlanishni keltirib chiqaradi 🤧 Ana shunchun aksirib, koʻz qichib, ishib, nafas olishga qiynalib yuradi pollinozi borlar)

  • 11 авг.1 369108

    Bu normada bo’ladi. Homiladorlikda tabiiy gistamin oshadi. Homiladorlikda rinitni qay darajada kuchli bo’lishi quyidagilarga bog’liq: — DST bormi ayolda — metillanish qay darajada ishlayapti — SIBR,SIGR, parazitoz bormi Shu faktorlar 1 donasi yoki barchasi borligiga qarab, homiladorlikda allergik holatlar kuchli kechadi.

  • 10 авг.1 664182

    Kimga tanish holat? 🤣 Izohlarda + qoldiring, va holatingizni yozing, goʻzallarim ⬇️

  • 9 авг.1 6974

    видео или голосовое, без подписи

  • 9 авг.1 713244

    Rasmdagi xabarni diqqat bilan oʻqing Instagramda shunaqa fikr keganiydi, sizlar bilan ham boʻlishgim keldi. Deyarli hamma kurslarimda shunaqa: ma’lumotni tushunsangiz kuzatib, tahlil qilib, muammo nimadaligini tahmin qilishni boshlaysiz. Qoʻrqmasdan harakat qilasiz, chunki jarayonlar ketma-ketligini bilasiz. Natijani koʻrgach, sekin asta nafaqat oʻzingiz, balki oilangiz va atrofdagilarga ham yordam bera boshlaysiz. Aytganday, telegramda oʻquvchilarim xabar yozmiydigan boʻpkettilaya 😅

  • 8 авг.1 6821712

    Xar qanday yallig’lanishni nerv tizimiga ta’siri bor. Immunitetimiz yaqonaku qizla. Yillar davomida surunkali yallig’lanish insonni miyasini tez ishdan chiqaradi. Miyani salomat saqlash uchun ham surunkali yallig’lanish bilan ishlash muhim. “Surunkali va tizimli yalligʻlanish” kursiga neyroyallog’lanishni bekorga kiritmadim. Xozir miya qarishi juda yosharib ketgan. Kursda umumiy neyroyallig‘lanishni kamaytirish, turli infeksion kasalliklardan keyin organizmni tiklash, SIBR va SIGR korreksiyasi sxemalari, eng asosiysi esa umumiy immunitetni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar tushuntiriladi. Yuqumli kasalliklardan hech kim to‘liq himoyalanmagan. Farzandingiz kasal bo‘lib qolsa, kasallikdan keyin uning organizmini to‘g‘ri tiklashga yordam bera olasiz. Har doimgidek kursga yozilishni oooxirgi kunga qoldirmang, menejer hozir yozsangiz ham javob beradi 😅 Barcha savollar bilan murojaat qiling: @menejer_nutrishahlo

  • 8 авг.1 4991525

    Neyroyallig‘lanish sabablari: — onaning homiladorlik davridagi virusli, bakterial va boshqa infeksion yuklamalari; — homilador ayolning tez-tez shamollashi, kandidoz, parazitoz, SIBR; — TORCH infeksiyalarini homiladorlik davrida yuqtirish yoki ularning qayta faollashishi; — har qanday o‘tkir yoki surunkali infeksion kasallik. Masalan, suvchechak, qizamiq, qizilcha, oddiy ORVI yoki grippdan keyin ham neyroyallig‘lanish kuzatilishi mumkin; — streptokokk va stafilokokk infeksiyalari; — SIBR, SIGR; — parazitoz; — gerpes viruslari, COVID va boshqa virusli infeksiyalar; — ammiak miqdorining oshishi; — gistaminoz. Neyroyallig’lanishni davolash sababini topishdan boshlanadi. Sabablari ko’rib turganingizdek ko’p. Neyroyalligʻlanish NSE analizi bilan aniqlanadi. Agar to’g’ri ishlansa, bu marker juda tez tushadi. Surunkali va subklinik neyroyallig’lanish tez davolanadi. O’tkir neyroyallig’lanish — ensefalit va meningitni davolashga uzoq muddat kerak. DSP esa og’irligiga qarab davolanadi yoki neyrovospaleniya bir umr korreksiya qilib yuriladi.

  • 8 авг.1 7402033

    🧠 Neyroyallig‘lanish — bosh va orqa miya immun tizimining faollashishi hamda miya to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonining yuzaga kelishi. Isbotlangan tibbiyotda bu tushuncha mavjud bo‘lib, ensefalit, meningit kabi tashxislarda yallig‘lanish jarayonlari kuzatiladi. Preventiv tibbiyot nuqtai nazaridan esa neyroyallig‘lanish surunkali, subklinik (yashirin) va butun organizmdagi tizimli disfunksiya bilan bog‘liq jarayon sifatida qaraladi. Funksional (preventiv) tibbiyot nuqtai nazaridan bolalarda neyroyallig‘lanish belgilari: Chaqaloqlarda: sababsiz, tinmay yig‘lash va ovutishning qiyinligi; kam va sergak uxlash — «qush uyqu» bola; boshining qizishi; chag‘alayga o‘xshab chiyillab yig‘lash; tutqanoqlar; boshini orqaga tashlash; rivojlanishning sekinlashishi. 1–6 yoshda: ruhiy rivojlanishning kechikishi; bilish jarayonlarining buzilishi: idrok, tafakkur, xotira va diqqat bilan bog‘liq qiyinchiliklar; nutq rivojlanishining kechikishi; ZPRR, ZPR, autizm kabi tashxislar; giperaktivlik; qaysarlik — bola hech narsaga ko‘nmaydi, tez-tez isterika qiladi, yig‘laydi. Yodingizda tuting: sog‘lom bola bilan kelishish mumkin! urishqoqlik va agressivlik — narsalarni otish, sindirish, boshqalarni tishlash; ayrim bolalarda gripp yoki O‘RVIdan keyin tishlash odatining paydo bo‘lishi; enurez; uyquda ko‘p dumalash, gapirish, lunatizm. Maktab yoshida va undan katta yoshdagilarda ham bir qator belgilar kuzatilishi mumkin: o‘qishda qiynalish; diqqatning pasayishi; tiklar: ko‘z pirpirashi, og‘iz va yuz mushaklarining tortilishi; tez charchash; urishqoqlik; lanjlik, befarqlik — «Pushkin bir jahon» o‘smir; tushkunlik va apatiyaga tez tushish. Keksalarda: Alsgeymer kasalligi; xotiraning pasayishi; demensiya (keksalikdagi aqliy faoliyatning pasayishi).

  • 8 авг.1 5812015

    Homiladorlikda onaning har qanday infeksiyasi bolada neyroyallig’lanishga sabab bo’ladi. Agar onani immuniteti yaxshi bo’lsa, infeksion yuklamani ta’siri bomidi homilaga. Shu sabab, iloji boricha homiladorlikka tayyorlanish va homiladorlikda yallig’lanishni korreksiya qilish juda muhim.

  • 8 авг.1 7922411

    Qora sedana va Kist al-hindi neyroyallig’lanishga toʻgʻridan-toʻgʻri tasir qilmaydi, balki, bazi sabablarga ta’sir qiladi. Bu ikki preparatni sevaman. Lekin, bu ikkisini kompleks terapiyada qoʻllanilgandagina natija yaxshi bo’ladi.