- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 208
- 1/48двое суток
- 238
- 1/72трое суток
- 257
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Endi esa Niagara sharsharasidan videolar!!! Tasvirda chiroyli, ko‘z bilan ko‘rganda esa umuman boshqacha… Qiziq fakt: Niagara aslida uchta sharsharadan iborat. Eng kattasi Horseshoe Falls Kanada tomonida joylashgan. 🇨🇦 Biz har gal sharsharani Kanada tomondan ko’rar edik. Bu gal ota onam, akamlar va biz hammamiz oilaviy Amerika tomondan ko’rdik. Amerika tomondan suvni yuqoridan kelishini va pastga oqib tushishini ko’rish mumkin ekan. Lekin Kanada tomondan butunlay o’zgacha manzara. Uchta sharsharani ham bor go’zalligi bilan, bo’y-u basti bilan ko’ra olasiz. Subhanalloh… Yaratganning qudratiga qarang. 🤍 (Videoda dadamni ovozlari) @odamlar_orasida2
Nafs va shaytonni qanday farqlaymiz? Nafs — bu xohishlarimiz. Biz istagan turli orzu-istaklarimiz ham, buzg‘unchiliklar ham nafsdandir. Nafs bizga xohlatadi. Shayton esa uni ziynatlab, chiroyli ko‘rsatadi. O‘sha nafsimiz buyurgan ishni oqlab beradi. Bugun ko‘pchiligimiz nafsimizni tergamay qo‘ydik. Shaytonni ayblab qo‘ya qolamiz. Hasanxon domla suhbatlaridan @odamlar_orasida2
без подписи
без подписи
Pitsburg va Toronto hududlarini solishtirsam, Pensilvaniya menga ancha haybatli va go‘zal tuyuldi. 🌲O‘rmonlar bag‘rida joylashgani, yo‘llarining ravonligi, tirbandlikning deyarli yo‘qligi — hammasi boshqacha taassurot qoldiradi. Har safar shu yo‘llardan yurganda, atrofga qarab mazza qilaman. ❤️ Soatlab yursa ham charchamaydi odam. Bu o’rmonlar juda juda bepayon ekan. Kinolarda ko’rganimiz holvami deyman. Shunaqa tiqilinch o’rmonlar borki, inson zoti yura olmaydi.
Aytgancha, siz ham kuzatdingizmi, hozir katta-kichik kanallarda ChatGPT’siga o‘zini kitob sifatida maqtatib chiqish “moda” bo‘libdi 😂 Men ham ancha oldin ChatGPT’dan so‘ragan edim: “Sendagi men haqimda bor ma’lumotlarga tayanib aytchi, men kitob bo‘lsam,…
Aytgancha, siz ham kuzatdingizmi, hozir katta-kichik kanallarda ChatGPT’siga o‘zini kitob sifatida maqtatib chiqish “moda” bo‘libdi 😂 Men ham ancha oldin ChatGPT’dan so‘ragan edim: “Sendagi men haqimda bor ma’lumotlarga tayanib aytchi, men kitob bo‘lsam, qanday nomlarding?” deb. U avvaliga hammanikiga o‘xshagan shablon javoblarni berdi. “Sabrli ayol” va yana nimadirlar kabi. “Bu umumiy, hammaga tushadigan javob-ku”, deganimdan keyin, “Haa, sezib qoldingiz 🫢”, deb quyidagi javobni berdi. Javob qiziqmi? Reaksiya bosib bildirng!!! Qiziq ❤️ Unchalik emas 🤬
Shu kanal haligacha telegramining bir chetida turgan har biringizdan minnatdorman. Kanalda uzoq tanaffuslar bo’lishiga qaramay siz mudom shu yerdasiz! Boshida ko’proq postlar yozib turardim. Oilaviy, shaxsiy sabablarga ko’ra hozir ancha kamaygan. Shunda ham shu yerda ekanizdan juda xursandman. Muhim va kerakli deb bilgan mavzularimni 50 ta odam qolsa ham bo’lishib boraveraman inshalloh. Shu yerda ekaningizning o‘zi men uchun katta dalda. 🤍 😊
Tilimizda keng tarqalgan, ammo e’tiqodga zid, hatto shirkka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar va odatlar bor. Masalan: — «Allohga kerak ekan, jonini oldi». (Allohga hech kim kerakmas, zero Robbimiz behojat Zot. Aksincha biz unga muhtojmiz. Ko’z ochib yumgunimizga qadar ham o’z holimizga tashlab qo’yma deb duo qilishimiz kerak). — «Ota-bobolar ruhi qo‘llasin». — «Temir pirlari qo‘llasin». — «Avliyolar qo‘llasin». — «Arvohlar madad bersin». — «Onangning ruhi seni saqlaydi». (O’lgan ruh qanday qo’llashi mumkin axir. O’zi duoga muxtoj bo’ladi-ku?! Yolg’iz Alloh taolo qo’llaydi, yordam beradi). — Ko‘z tegmasin deb ko‘zmunchoq taqish. — Tumor taqib, uni balodan saqlovchi vosita deb bilish. (Bu kabilar oddiy matox xolos. Axlatga otvorsang, o’zini qutqara olmaydi-yu, seni qanday saqlasin). Diniy bilim yetishmagani sababli, ba’zida tushuntirilsa ham, odamlar qabul qilishi qiyin bo‘ladi, johillik qilishadi. Aslida esa mo‘min inson e’tiqodida juda ehtiyot bo‘lishi kerak: Bizga keladigan har qanday narsa — xoh yaxshilik, xoh yomonlik — Alloh taoloning xohishi va izni bilan bo‘ladi. U zotning iznisiz hech narsa sodir bo‘lmaydi. Hatto daraxtdagi birgina barg ham Uning iznisiz to‘kilmaydi. Yana bir keng tarqalgan xato tushuncha bor: «Namoz o‘qisang, ishlaring yurishadi». Yo‘q. Biz namozni ishlarimiz yurishishi uchun o‘qimaymiz. Alloh taolo «O‘qi!» deb farz qilgani uchun o‘qiymiz. Namoz — Alloh bilan savdolashish emas: «Men namoz o‘qiyman, evaziga ishlarimni yurit», degan tushuncha bo‘lmasligi kerak. Biz Robbimizga ibodat qilamiz, chunki U shuni buyurdi. Qolaversa, umrimiz davomida namoz o‘qib, sajda qilib yashasak ham, Alloh taoloning bizga bergan ne’matlarining shukrini to‘liq ado eta olmaymiz. Chunki U Zot bizni O‘z rahmati bilan ne’matlarga ko‘mib qo‘ygan. E’tiqodimizni urf-odatlardan emas, Qur’on va Sunnatdan o‘rganaylik. Turli bid’at, xurofot, shirk amallardan Alloh taolodan panoh so’raylik. Gulruh @odamlar_orasida2
7–8 soatlab yo‘l yursak ham, yo‘l charchatmaydi. Chunki har qadamda shunday go‘zal manzaralar! 😍🌿🚗 https://t.me/odamlar_orasida2
https://www.instagram.com/p/DbVh-i5iPP8/?igsh=MXJlMGZ1NG5rb3FtMA== Bu videodagi gaplarga 100% qo’shilaman. O‘tgan yili O‘zbekistonga borishdan avval Toronto–Pitsburg–Vashington–Nyu-York yo‘nalishi bo‘ylab mashinada sayohat qildik. Shuncha yo‘l yursak ham, umuman charchamadik. Yo‘llarning ko‘p qismi bir tomonlama, juda ravon, tartibli va manzaralari ham nihoyatda go‘zal. 🚗🍁 O‘zbekistonga yetib borib, Toshkentdan Jizzaxgacha yetib olgunimizcha esa, ishoning, juda charchab ketdik. Videoda aytilganidek, juda-juda xavfli haydashadi. Probka haqida gapirmasam ham, buni hamma biladi. Ustiga-ustak, chang-to‘zon… Xuddi butun umr Kanadada yashab kelgandek, o‘zimni juda g‘alati his qildim. Rostdan ham, go‘yo osmondan tushib qolgandek bo‘ldim. 😅 Bu yerdagi odobli haydashga, signalni behuda chalmaslikka, bir-biriga hurmat bilan yo‘l berishga ancha o‘rganib qolgan ekanmiz. O‘zbekistonga borganda esa, bu farqni juda keskin his qildik.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи