tgindex
Odamshunos
@odamshunosузбекский

HR menejer boʻlib ishlayman, nashriyotim ham bor. Odamlar bilan bogʻliq hamma narsa haqida yozaman.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
64
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
121
21 постов
Вовлечённость
189,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
31
1/48двое суток
35
1/72трое суток
38

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Toshkentda konsyumerist boʻlmaslik qiyin va bu qiyinchilik kun sayin oshib ketyapti.

  • AI ni qayerdan oʻrgansa boʻladi, bepul yaxshi kurs bormi?

  • Қўпол қилиб айтганда, "аёллар масаласи" моддий асосга эга, аммо маданий урушлар кўринишига ўтиб қолган масала. Либераллар - моддий мустақил одам эркин бўлади, аёллар ишлаб пул топсин ва шу орқали хақ-хуқуқларга эга бўлсин дейди. Социалистлар - аёллар ишлаб эркин бўлмади, балки ҳам оилавий ҳам касбий эксплуатацияга дучор бўлди, дейди. Либералар капитализмга кўрлигига ишора қилди ва меҳнат қисқариши ёки қайта тақсимланиши, аммо касбга эгалик хуқуқи учун курашди. Консервалар энди келяптида, сўлчилардан эксплуатация аргументини олиб уни фақат оиладан ташқарига қўллаяпти. Гўё уйда жаннат - эксплуатация, қарамлик йўқ. Эркак киши фойдали ишчи кучи бўлиши учун ҳам аёл ўзига тўланмайдиган меҳнатни олиши ҳақида гапирмадик ҳам. Асли масала ўзи нимада? Аёлларда касбга хуқуқ қолиши ва шу билан бирга эксплуатация бўлмаслигида. Шу кун тартибини сўлчилар нисбатан изчил ҳимоя қилгани сабаб ғарбда аксар аёллар шу сабаб айни сўл партияларга овоз беришади.

  • без подписи

  • Feminizm yanada ko'proq ishlab ekpluatatsiya bo'lish uchun emas, balki kamroq, ammo baribir ishlash huquqi uchun shu jumladan paydo bo'lgan. Shu nuqtai nazardan, konservalar haqroq, mana bu yigitdan. Feminizm ishga qarshi emas, balki ekspluatatsiyaga qarshi paydo bo'lgan. Bu esa bitta narsa emas. Bugun erkaklar ayollarni uyda qoldirishni istar va begona erkakka ishlab ekspluatatsiya bo'lishini istamas ekan, ayollarga kommunizm yaratib berishi kerak. Ayollarning moddiy mustaqilligi shu darajada bo'lsinki, u ishlashga majbur bo'lmasin va shu bilan birga oilaviy mutlaq qaramlikka ham duchor bo'lmasin. Begona erkak ekspluatatsiyasiga qarshi bo'lsangiz, qaramlikdan kelib chiqadigan erksizlikka ham barham berishingiz kerak, erkaklar. Oylikni bir qismini beminnat ayolingizga beringda, keyin ishlamasligini "talab qiling". Ayollar shunga qaramay baribir bir kasb egasi bo'lishni istasa, sizda buni ham ta'qiqlashga aslida asos yo'q. Ammo biznikilar hali oldingi ishlarni qilib bo'lmay, uyga tiqib qo'yib, o'ziga mutlaq qaram odamga egalik qilishga urinadi. G'amxo'rlikka berkingan aslida paternalizm va xokimiyatga talpinish ko'rishi. Videodagi ohirgi gap ham - arzon gap. Izmlar orqali odamlar birlashadi va farq yaratib o'z haq huquqlari uchun kurashadi. Sen kim bo'psanki, ular bugun "black lives matter" desa "all lives matter" deb ularning kun tartibini yuvib tashlash uchun.

  • Depressiv, sentimental postlarim koʻpayib ketsayam mana shu gap, xullas.

  • без подписи

  • Biz odamlarning oramizga, har birimiz miyamizga shunaqa narsalar joylab tashlashganki, biz juda mayda narsalar ustida oʻralib chirmalib yurgan paytimiz inson sifatida haqli boʻlgan hamma narsamizni yulib ketishyapti. Shu “mayda narsalarga oʻralashib jiqqamusht boʻlmaylik” deyotganlardan ham xoʻp nima katta narsa deb soʻrasangiz, katta deb koʻrsatadigan narsasini oʻzi ham singdirilgan, uqtirilgan, oʻsha mayda deyilayotgan narsalardan farqi yoʻq gʻoyalar. Eh, umid yoʻq.

  • Muhtasham yuz yil serialida hamma infosiganlar yaxshi koʻrib aytadigan epizod bor: Vazir Ibrohim xotini - malikaga saroydagi xizmatkor qizga yashirincha uylanvolib xiyonat qiladi. Keyin malikaga “san mani erkak boʻlishga qoʻyib bermading, doim sani oldingda pastdek his qilaman” deydi. Shuni infosiganlarimiz ushavoladi: “eringga erkak boʻlishga qoʻyib ber!” Lekin hech kim anu erkak haqida aytmaydiki, ey dlb, san shunchalik insecure ekansan, balo bormidi malikaga osilib, xatlar-u she’rlar yozib?! Oʻzi koʻp erkak zoti shunaqa-da, kuchli ayolga tashqaridan mahliyo boʻladiyu, lekin hech koʻtarolmaydi. Erishguncha qanchalar chiranmasin, oxirida oʻziga qulayi bilan boʻladi va oʻsha kuchli ayolni oʻzini ayblab ketadiyam. #yarimkechasitepibqoldi #reelskõrmaymenõlay #ihatemen

  • Manga nimadir notoʻgʻri ish qilishsa “oʻzim ruxsat berganman”, “oʻzim qoʻyib berdim shu darajaga kelishlariga” degan fikr kelaveryapti miyamga, bu xatoligini bilsam ham. Psixolog bilan qiladigan ishlarim biram koʻpey(

  • Bizlar odammasmi, Osima, deydi-ku shoir. Oʻkinch ogʻir his. Odamlar dadasining puli, tasodifiy omadi yoki Xudoning bergan osonroq baxti sabab yengil yashaydi, yengil oʻtadi oʻnqir-choʻnqirlardan. Sen nimagadir erishmoqchi boʻlsang, hammasi doim qiyin. Qiynalishing kerak - qadringni, yuragingni tushuntirish uchun. Ezilmaslik, ezgʻalanmaslik uchun. Senda boʻlishi uchun inson ekaning yetarli narsalarga ega boʻlish uchun. Hech kimga osonmas, deb qoʻyasan-u lekin ich-ichingdan his etib turasan, hammasi bunchalik qiyin boʻlishi kerak emas. Hasad qilolsang yaxshiroq boʻlardi. Lekin hasad qilmaysan, chunki odamlarni juda yaxshi koʻrasan. Faqat oʻkinch. Nahotki shunchalik qiyin, nahotki arzimayman, nahotki shunchalik koʻp narsa soʻradim, degan oʻkinch… Haa… Bizlar odammasmi, Osima?!

  • Oshxonada oʻtirsam 13 yoshli ukam basseyndan yugurib kelib xolodilnikga yopishyapti. Ha desam, moxito ichasizmi, mana moxito deydi manga eshshak. Pivo-ku bu desam, iye pivomi? deydi manga. Vaqtning uchishini qarang, kechagina man pampersini almashtirib yurgan bola bugun mani aldab ahmoq qilolishiga ishonyapti😁😕

  • Biz tengi bir tanish yigit boʻlardi, oʻrtogʻimning yaqin doʻsti. Aynan shu oʻrtogʻimning tugʻilgan kunida davrada oʻtirib gaplashganmiz yaqindan. Muhiddin yaqinda kutilmaganda olamdan oʻtdi. Sogʻligidan shikoyati boʻlmagan. Judayam katta bosim bilan ishlaganidan va yana nimadirlar sabab boʻlgan deyishdi. Tugʻilgan kunda oʻtirganimizda Truth or Dare oʻynagandik. Qandaydir noqulayroq savol berdi menga, javob berishni istamay Dare’ni tanladim. Keyin “menga oʻz qoʻlingiz bilan sevgi maktubi yozing” dedi. Xoʻp deb kulib qutuldim, jiddiy olmadim. Instagramda kuzatardik bir-birimizni. Oʻlimidan keyin u like bosgan reel lentada chiqdi. Eslab, yuragim ogʻrib chatni ochdim. Aprel oyida qoʻygan storisimga “ey, men haliyam xat kutyapman”, deb yozgan ekan. Men “doʻstim, xat hazil qiladigan narsa mas-da” deganman. Keyin u “ha endi, hech boʻlmasa yolgʻondakami olamanmikin shu hayotimda degandim-da”, degan ekan… hali haqiqiysini olasiz, deganman va shu bilan gapimiz tugagan. Judayam samimiy, sof inson edi. Shu davrada ham har xil ijtimoiy mavzular, depressiya haqida koʻp bahslashganmiz. U judayam optimist edi, pok oʻylardi. Men kuyinib, figʻonim chiqib tushuntirardim goʻyo, nega tushunmaydi, deb. Hozir oʻylasam, oʻshanda men “qara, dunyo qanaqa kir, atrofda qancha kir bor, sen nega koʻrmaysan bu iflosliklarni” deganman pok qalbli insonga... U vafotigacha xat olishga ulgurdimi yoʻqmi bilmayman, lekin komada deb eshitganimdan beri ichimni it tirnaydi. Bizda biror narsa haqida gap ketsa “odamning jonimidi, bervor” deyishadi. Ha, oʻsha xat odamning jonimasdi, romantizatsiya qilmay men oʻlay… Atrof chindan iflosliklarga, men kabi irodasizlarga toʻla. Muhiddin esa bu dunyo uchun judayam poklik qilardi… Shuning uchun Xudo Muhiddinga depressiyani tushunmaydi deb oʻzicha aqllilik qilganni emas, aynan Muhiddinni chaqirib oldi, balki… Ps: ensanglar qotishi mumkin, qazoyi-qadar dersiz balki, lekin bu yigitni kapitalizm yedi. Va yana qancha navqironlarning umrini, qaddini yeyapti bu kapitalizm…

  • Kecha havo ajoyib edi, uyga piyoda qaytayotgandim. Shamolda sharlar biram chiroyli uchayotgandiki. Odamning bir oddiy jinnicha orzusi boʻladi-ku, menda oʻsha orzu bir dasta mana shunaqa shar olish edi. Buni oʻzi orzu desa boʻladimi, yoki detskiy travmami, shu sharlar endi chiqqan paytlari men 6-sinf edim, shaharga parkka sinfdoshlar bilan chiqqanda koʻrganman. Donasini 7000 soʻm degan oʻshanda. Mening yonimda 30.000 soʻm, 7k ga 4 ta atraksionga uchsa boʻlardi. Undan keyin katta boʻldim, tugʻilgan kunimda sovgʻa boʻlsin deb kutadigan boʻldim. Keyin sevgilim sovgʻa qilsin deb kutardim. Qancha-qancha qimmatbaho sovgʻalar, oʻzim istagan juda qadrli sovgʻalar oldim-u, shu jinnicha orzuyim hech ushalmadi. Shundan har shar koʻrsam ehh deb oʻtib ketaman…

  • Yaxshiyam Turkiya bor — bizni sivilizatsiya, arxitektura, dengiz bilan tanishtirish uchun viza ham, koʻp pul ham soʻramaydi. Yaxshiyam turk tili bor — bizni ilm-fan bilan bogʻlash uchun boshqa tillar kabi koʻp mehnat soʻramaydi. Yaxshiyam Sezen bor — bizga haqiqiy san’atni, dardni tanitadi va tushunarli malham boʻladi. https://youtu.be/oGsjqBHK_1I?si=ODl5kq_lZz0Mpn6m @odamshunos

  • 23 июл.102из prizmauzb

    Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий 100 йил аввал ўзбек аёлларига мурожаатида айтяпти: Чўриликни муллалар сенга қилдилар тақрир, Кел, бугун бу захмингга маърифатни дармон қил. Балки ҳозирги даврга келиб Ниёзийни Совет пропагандачиси деб талқин қилишар айрим доирадагилар, балки қисман тўғри ҳамдир, мен тарихчи эмасман, лекин унинг гапларини инкор қилиб бўлмаслигини ҳам тушунтиришга ҳаракат қиламан. Дин воситачиларининг монополияси йўқолиши: Ҳамза даврида илм ва маърифат эшиклари фақат муайян, консерватив шахслар (у шеърида таърифлаган "муллалар") назоратида бўлган. Улар ўз ижтимоий таъсирини йўқотмаслик ва эски тизимни сақлаб қолиш учун дунёвий илмни ва аёлларнинг ўқишини динга таҳдид сифатида талқин қилишган. Бугун эса аёллар динни кимнингдир воситачилигида эмас, балки ўз саводи ва интеллектига таяниб, асл манбалардан (китоблар, таржималар, интернет) мустақил ўрганиш ва таҳлил қилиш имконига эга. Илм ва дин аввалгидек бир-бирини инкор этмай қўйди: Авваллари "ўқиган аёлнинг ахлоқи бузилади" деган ташвиқот ҳукмрон бўлган бўлса, бугунги кунда илм олиш динга қарши эмас, балки айнан шахсий ривожланишнинг ажралмас қисми сифатида қабул қилинди. Замонавий муслима аёл тиббиёт, IT, ҳуқуқ ёки иқтисод билан шуғулланишни диний қадриятларига зид деб билмайди. Аксинча, бу билимларни ўз позициясини мустаҳкамлаш қуроли деб билади. Уларнинг функциялари бошқа-бошқа: Жамият шундай шаклландики, дунёвий билим ва касб жамиятда яшаш, ишлаш, моддий мустақиллик ва фарзанд тарбияси учун зарур бўлса, меъёридаги диний билим инсонга ички хотиржамлик, ахлоқий чегара ва руҳий таянч беради. Бу икки эҳтиёж бошқа-бошқа бўшлиқларни тўлдирмоқда. Ҳамза юз йил аввал аёлларга: ўқи, диндан узоқроқ юр — қул бўлмайсан, деган бўлса, ҳозирги даврга келиб ҳам дунёвий ҳам диний билим олиб ҳам қул бўлмаслик имкони борлиги аниқлашиб бораверди. Хуллас, ҳозир Ҳамза тирик бўлганида ва бу шеърни янгитдан ёзганида, унинг маъноси бунақа талқинда бўларди: диндор бўласанми, динсиз бўласанми — фаросатли бўлсанг бўлди.

  • без подписи

  • Tillaniso yaxshi post yozibdilar, aytilyaptiki, toʻylarni qisqartirib sayohat qil dedik, toʻy qisqarmadiyu, yiliga 2 marta sayohat majburiyatga aylandi. Oldinlari twitterda videolar opkelishardi, samarqandlik kelinning sepida har biri $1000-1500 turadigan 10-15 talab kiyim turibdi. Aytishardi “shuni oʻrniga sayohat qilsa boʻlmaydimi?”, “skromniyroq kiyim olsa boʻlmaydimi shuncha pulga yaltir-yultur qilmay?”. Buni kiygan sayohat ham qiladi, skromniy kiyimiyam koʻp boʻladi, deb yozib kelardim. Eng kulgilisi, Amirapam aqllilik qilib chiqqandi. Qarindoshining (!) toʻyiga borib kelinning koʻylaklari nechpul boʻldi, deb soʻrayapti. $35 ming, desa “voyvoʻ, 35mingga Samarqanddan uy olsa boʻlardiyu 1 xonali”, deyapti. Videoning oʻzidan hovli joyga qarasangiz u oilani 5 xonali 5 ta kvartirasi borligini taxmin qilish qiyinmas. Ular nima qiladi 1 xonali uyni? Ijaraga berar, ijaradan kelgan $200-300 pulga ujin qilishadimi? Yo inomarka moshinasiga 3 kunlik benzin quyadimi? Undan koʻra kiyim kiyishdan olinadigan zavq karrasiga koʻp-ku. Ya’ni nima demoqchiman, kapitalizmda plankani doim boylar koʻtaradi, davlat oʻzi buni legitimlashtirib beradi. Keyin kambagʻallar azob chekadi. Yana oʻsha davlat, aktivistlarning oʻzi “xarajatlarni qisqartir” deb chiqib, boylarga havas qilgan oʻrtahollarga bosim qiladi. Lekin boylar bu kabi bosimlarni bemalol aylanib oʻta oladi. Tarjima va tanqid loyihasida e’lon qilgan matnimizda mana shu sxema zamonaviy toʻylar misolida juda tushunarli qilib yoritilgan. Koʻrib chiqsangiz boʻladi. @odamshunos

  • Insonni shunchalik kam, gʻoyani shunchalik koʻp sevasiz.

  • Obsessiya filmi menga dahshatli bir narsani anglatdi. Munosabatlarni buzishning eng tezkor yo'li — aynan o'zingiz xohlagan narsaga erishishdir. Chunki ko'pchilik munosabatlar kimdir ketgandagina tugaydi deb o'ylaydi. Lekin ba'zida ular insonni shunchaki o'zi…