tgindex
REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

Статистика

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Registrator ofisi bo‘limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @magistrsupport

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
43
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 402
+31 за 5 дн.
Сутки
+4
+0,17%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 811
40 постов
Вовлечённость
75,4%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 43
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
380
1/48двое суток
435
1/72трое суток
469

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⚡️Rasman: oʻqishni koʻchirish boʻyicha ruxsatnomalar e'lon qilindi Xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlarida qatnashish uchun ruxsatnomalar shakllandi. Talabgorlar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlariga kirish orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin

  • 4 авг.1 398112

    ⚡️Bugun oʻqishni ko'chirishning soʻnggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. Arizalar qachon beriladi? ● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi – bugun soʻnggi kun. ● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistondagi bir oliy ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; ● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari; ● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat; ● pasport yoki ID nusxasi. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ✅akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ✅OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. ➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak. ➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi. ➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi @tsue_hemis

  • 1 авг.3 77413

    без подписи

  • 28 июл.1 6732

    ❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi oliygohlar uchun e’lon qilindi! #hemis HEMIS tizimining 1.9.39 (27.07.2026-y.) yangi versiyasi oliy ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi. Ushbu yangilanishda quyidagi yangi imkoniyat va takomillashtirishlar joriy etildi: 1️⃣ ERP Sport tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi HEMIS tizimi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda talabalarning sport razryadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini avtomatik olish imkoniyati yaratildi. 2️⃣ Grant taqsimoti reytingini kuzatish funksiyasi qo‘shildi Talabalarning grant taqsimotida ishtirok etish uchun topshirgan arizalari bo‘yicha to‘plagan ballari asosida reytingini kuzatish funksionali ishlab chiqildi. 3️⃣ Kalendar reja ijrosini monitoring qilish imkoniyati yaratildi Rahbariyat, dekan va Registrator ofisi rollari uchun o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishdagi kalendar reja bajarilishini monitoring qilish funksiyasi joriy etildi. 4️⃣ Qarzdor talabalar funksionali takomillashtirildi “O‘zlashtirish” menyusidagi “Qarzdor talabalar” bo‘limi yanada takomillashtirildi hamda unga qo‘shimcha filtrlash imkoniyatlari qo‘shildi. 5️⃣ Dashboarddagi nazorat ko‘rsatkichlari kengaytirildi HEMIS Dashboardiga quyidagi yangi nazorat indikatorlari qo‘shildi: • Fansiz o‘quv rejalar; • Tafovutli o‘quv rejalar; • Tasdiqlanmagan diplomlar; • Nashr qilinmagan diplomlar; • Shartnoma olmagan talabalar; • Ortiqcha sirtqi talabalar; • Muqobil talabalar nisbati; • Guruhsiz talabalar. ℹ️ Mazkur yangilanishlar OTTlarda o‘quv jarayonini boshqarish, monitoring qilish hamda ma’lumotlar almashinuvini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. 🌐 @tsue_hemis

  • 23 июл.1 4352

    Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident! @magistrlarofficial

  • 20 июл.1 7505

    📘 Grant turlarini tanlash bo‘yicha qo‘llanma Mazkur qo‘llanmada talabalar uchun mavjud grant turlarini tanlash mezonlari va tartibi keltirilgan. 📌 Muhim izoh: ✅ “Qo‘shimcha davlat granti” bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga alohida kvota ajratilgan bo‘lishi talab etilmaydi. ✅ “Oliy ta’lim tashkiloti granti” bo‘yicha ham oldindan alohida kvota belgilangan bo‘lishi shart emas. ⚠️ Mazkur grant turlari tegishli mezonlarga javob beradigan talabalarga tizim tomonidan tanlov uchun avtomatik ravishda ko‘rsatiladi. 🔹 Talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta grant turiga mos kelgan taqdirda, ulardan faqat bittasini tanlashi mumkin. 🌐 @tsue_hemis

  • 16 июл.1 65716

    ❗️HEMIS tizimida davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! #hemis Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz platformasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: 1️⃣ Talabalar my.hemis.uz tizimiga kirib, “Mening grantim” bo‘limidagi “Grant arizalari” menyusini tanlashlari lozim; 2️⃣ Bo‘limga o‘tgach, “Ariza yaratish” tugmasini bosish va o‘ziga mos keladigan grant shaklini tanlash talab etiladi; 3️⃣ Tanlov amalga oshirilgandan so‘ng, “Saqlash” tugmasini bosish orqali ariza tizimda tasdiqlanadi. 📆 Arizalar 15-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechikmaslik muhim. ℹ️ Muhim eslatma: Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, ma'lumotlarni yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirib chiqishingiz so‘raladi. 🌐 @tsue_hemis

  • 14 июл.1 40416

    ⚡️Rasman: o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandi O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. 👉 Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz 👉 Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz ❓ Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin? Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun: ➖ turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba; ➖ ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi. Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi? ➖ Xorijda o‘qiyotgan talaba; ➖ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba. @magistrlarofficial

  • 7 июл.1 64521

    ❗️HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi! #hemis Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. ➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun alohida yangi menyu ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi; ➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topshirish talabnomasini yuborish va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari); ➖ Tezkor hisobot topshirish: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari); ➖ Bitirish buyrug‘ini shakllantirish: Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan nodavlat (xorijiy) OTTlar uchun Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan so‘ng Bitirish buyrug‘ini shakllantirish imkoniyati taqdim etildi; ➖ Xorijiy talabalar anketasi: Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlashda ortiqcha viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari cheklab qo‘yildi. Endilikda uy manzili maydonida to‘liq manzil to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoziladi. 🌐 @tsue_hemis

  • 6 июл.1 4587

    ⚡️ Uzrli sabablar soni oshirildi Endi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki ta’limda tahsil oluvchilar uchun quyidagi holatlar ham rasman uzrli sabab sifatida belgilandi: ✅ Turmush qurish ✅ Farzand ko‘rish ✅ Sud yoki tergov organlari tomonidan chaqiruv Mazkur o‘zgartishlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga kiritilgan o‘zgartishlar asosida amalga oshirildi. 📌 Endi ushbu holatlar ta’lim jarayonida uzrli sabab sifatida inobatga olinadi. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025

  • 23 июн.2 426411

    ❗️TDIUda Davlat auditi oliy maktabi yo‘nalishi ochildi #abituriyent Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida tashkil etilgan Davlat auditi oliy maktabiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirishga ulgurib qoling. ✅ Bakalavriat ta’lim bosqichida 4 yillik to‘liq oliy ta’lim uchun 200 ta o‘rin ajratilgan. Yangi yo‘nalishda o‘qishni istagan abituriyentlar 25-iyunga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Tizimda ro‘yxatdan o‘tayotganda matematika va chet tili fanlar majmuasi tanlanadi. Ushbu yo‘nalishga topshirish uchun abituriyentlardan quyidagi sertifikatlar mavjud bo‘lishi talab etiladi: ▪️Matematika fanidan: kamida B daraja va undan yuqori; ▪️Chet tilidan: kamida B2 daraja va undan yuqori. Mazkur milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar mutaxassislik fanlaridan test sinovidan ozod etiladi va maksimal ball beriladi. Har ikkala sertifikati bor talabgorlar majburiy boʻlgan uchta fandan faqat ikkitasi — ona tili va Oʻzbekiston tarixi fanlaridan test sinovlarini topshiradi. Yo‘nalish haqida batafsil ma’lumotni @davlat_auditi_bot telegram boti orqali olishingiz mumkin. ℹ️ Ma’lumot uchun, yangi ochilgan ushbu oliy maktab o‘quv dasturlari xalqaro QS va THE reytinglarida Top 300 talikka kirgan xorijiy universitetlar tajribasi asosida olib boriladi. 🌐 @Ofis_registratori

  • 16 июн.1 77523

    #raqamliXizmatlar Diplom dublikatini my.gov.uz bilan olish yanada qulay! 📱 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolar uchun qulay elektron xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini berdi. 🎓 Diplom yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan yoki familiya, ism va otasining ismi o‘zgargan fuqarolar endilikda diplom dublikatini olish uchun masofadan turib murojaat qilishlari mumkin. 💰Xizmatdan YIDXP orqali foydalanilganda 10% chegirma tufayli BHMning 0,9 barobari miqdorida (306 ming so‘m) to‘lov olinadi. ✅ Dublikat hujjat asl diplom bilan teng yuridik kuchga ega. 👨‍💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish kifoya. Yuqoridagi video orqali diplom dublikatini olish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025

  • 10 июн.2 4891

    ❗️HEMIS tizimidagi navbatdagi muhim yangilanishlar va qulayliklar #hemis HEMIS platformasida mas’ullar uchun qator yangi funksiyalar ishga tushirildi. 1️⃣ Talabalarni familiya va ismi bo‘yicha birgalikda qidirish Tizimning talabalar bazasi va talabalar ro‘yxati funksiyalari takomillashtirilib, qidiruv imkoniyatlari kengaytirildi: 🔹 Qidiruv maydoniga probel (bo‘shliq) bilan ajratgan holda avval familiya, keyin esa ism kiritiladi. 🔹 Familiya va ismning boshidan bir qismini kiritish ham qidiruv natijasi chiqishi uchun yetarli. 🔹 So‘zning katta yoki kichik harflarda yozilishining umuman ahamiyati yo‘q. 2️⃣ Diplomlarda talaba ism-sharifini ingliz tilida shakllantirish muammosi hal etildi Xalqaro ICAO hujjatlari talablariga mos ravishda kirill va lotin alifbosidagi belgilarni ingliz tili alifbosiga transliteratsiya qilish funksiyasi ishlab chiqildi. Endilikda quyidagi o‘girishlarni amalga oshirish mumkin: • o‘zbekcha lotin/kirill ➡️ i inglizcha (ICAO) — pasport formati bo‘yicha; • o‘zbek lotin 🔄 o‘zbekcha kirill — standart qoidalar bo‘yicha. ℹ️ Talabalarning diplomidagi ism-sharifini inglizcha shaklga o‘tkazishda o‘zbekcha lotin ➡️ inglizcha (ICAO) usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Tizimning navbatdagi versiyasida bu jarayon avtomatik tarzda bajariladigan bo‘ladi. 3️⃣ Talabalarning ijara shartnomalarini ko‘rish tizimi HEMIS tizimi Soliq qo‘mitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda ijara shartnomalari haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformadan olish mumkin: 👤 Mas’ul xodimlar profilida: Shartnomalar ro‘yxati tashqi xizmatlar/ijara shartnomalari menyusida ko‘rinadi. Sinx tugmasi bosilganda oxirgi bir oydagi o‘zgarishlar yuklanadi. 🎓 Talaba profilida: Ma’lumotlarni moliyaviy to‘lov/ijara shartnomalari menyusi orqali ko‘rish mumkin. Sinx tugmasi bosilganda shartnomaning joriy holati yangilanadi. 🌐 @Ofis_registratori

  • 10 июн.1 5881

    ❗️Endi ilmiy daraja va unvonlarni HEMIS orqali avtomatik olish mumkin! #hemis HEMIS tizimi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda xodimlarning ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizim orqali avtomatik olish imkoniyati yaratildi. Ilmiy daraja va unvon ma’lumotlarini olish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 1️⃣ Xodim anketasidagi pasport ma’lumotlarini olish tugmasi (“Lupa”) bosilganda pasport ma’lumotlari bilan birgalikda ilmiy ma’lumotlar ham olib kelinadi; 2️⃣ Ilmiy ma’lumotlar qatoridagi “Lupa” tugmasini bosish orqali ham faqatgina tanlangan shaxsga tegishli ilmiy daraja va unvon ma’lumotlari olib kelinadi. ℹ️ OAKning ilmiy ma’lumotlar bazasida so‘rov yuborilgan shaxsning ilmiy ma’lumotlari topilsa, tizim tomonidan avtomatik olib kelinadi. Agar topilmasa, u holda anketada ma’lumotlarni qo‘lda kiritish imkoniyati ochiladi. 🌐 @tsue_hemis

  • 5 июн.1 6977

    ❗️Qabul ochildi #abituriyent Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 🌐 @tsue_hemis

  • 4 июн.1 8791

    ❗️Akademik litseylarning iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi Adliya vazirligi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Mazkur o‘zgartirishga ko‘ra, akademik litseylarning quyidagi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi:  ➖ xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar g‘oliblari (1, 2 va 3-o‘rin sohiblari);  ➖ oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda imtiyoz beradigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi va (yoki) umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan kamida 2 ta sertifikatga ega bo‘lganlar;  ➖ aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan o‘quvchilar.  ℹ️ Moddiy rag‘batlantirish har oyda bir o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda oylik stipendiya hamda bir yilda bir o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) olti barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan moddiy yordam ko‘rinishida amalga oshiriladi.  🌐 @Ofis_registratori

  • 2 июн.1 45115

    ❗️HEMIS tizimida muhim o‘zgarishlar va qat’iy cheklovlar! #hemis HEMIS tizimining navbatdagi yangi versiyasida (1.9.12) ta’lim jarayonlari nazoratini kuchaytirish, kamchiliklarni tuzatish hamda mas’ullar va talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan funksiyalar ishga tushirildi. Tizimdagi asosiy o‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 1️⃣ Qat’iy nazorat va cheklovlar: Talabalarni kursdan kursga o‘tkazish buyrug‘ida ularning joriy o‘quv yilidagi shartnoma bo‘yicha qarzdorligini tekshirish sharti qo‘shildi. Shuningdek, qayta o‘qish muddati tugagandan so‘ng fanni qayta o‘zlashtirish uchun ariza yuborish jarayoni butunlay bloklandi; 2️⃣ Statistika va reytinglar: Tizimga “Bitiruvchi” statusidagi talabalar statistikasini ko‘rish bo‘limi qo‘shildi. Endilikda talabalarning ijtimoiy faollik reytingi natijalari bilan Rahbariyat, Registrator ofis va Dekan rollari orqali ham tanishish imkoniyati mavjud; 3️⃣ Buyruqlar va bitiruv jarayoni: Bitiruv ishlari mavzusini tasdiqlash buyrug‘ida talabani OTM bo‘yicha ixtiyoriy kafedraga biriktirish imkoni yaratildi. O‘qishga tiklash buyrug‘ida esa talabaning joriy statusi ham aks etadigan bo‘ldi; 4️⃣ Texnik tuzatishlar va eksport: Qayta o‘qishdagi va barcha turdagi (ON, JN, YAN) qaydnomalarda baho kiritish maydonidagi chalg‘ituvchi skroll (g‘ildirakcha) elementi olib tashlandi. Plagiat natijalari hamda qayta o‘qish arizalarini (mashg‘ulot soatlari bilan) Excelga eksport qilish funksiyasi takomillashtirildi. ‼️ Muhim: Tizim endilikda kontrakt qarzdorligi bor talabalarni va qayta o‘qish muddatini o‘tkazib yuborganlarni avtomatik nazoratga oladi. Shuningdek, talaba transkriptini yuklab olish uchun maxsus API integratsiya interfeysi ishlab chiqildi. Eslatma, barcha OTM mas’ullaridan hujjatlar va buyruqlarni rasmiylashtirishda tizimning ushbu yangilangan qoidalariga rioya qilishlari so‘raladi. 🌐 @tsue_hemis

  • 28 мая2 27238

    ❗️Ustuvor ilmiy yoʻnalishlarda tahsil oluvchi doktorantlarga 1,7 baravar oshirilgan stipendiya toʻlanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini tubdan isloh qiluvchi PF–98-sonli tarixiy Farmonni imzoladi. 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab sohada mutlaqo yangi va inqilobiy tartiblar joriy etiladi. Doktorantlar uchun yangi imtiyozlar va oʻzgarishlar: ➖ Ustuvor ilmiy yoʻnalishlarga (SI, kiberxavfsizlik, yashil energiya, biotexnologiya va boshqalar) qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida pul toʻlanadi; ➖ Davlat budjeti hisobidan doktoranturaga qabul kvotasining kamida 60 foizi aynan eng muhim ilmiy sohalarga ajratiladi; ➖ Ustuvor yoʻnalishdagi doktorantlarga asbob-uskuna va zarur tovarlar xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ oliygoh yoki ilmiy tashkilotga oʻtkazib beriladi; ➖ Ustuvor ixtisosliklarga qabul qilishda kirish imtihonlari oʻrniga talabgorning ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti baholanadi; ➖ Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabulda milliy sertifikatga ega boʻlganlarni mutaxassislik imtihonidan ozod qilib, maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi. Ilmiy rahbarlarni ragʻbatlantirish (2027-yildan): Oylik toʻlov oʻrniga doktorantni oʻz vaqtida himoya qildirgan rahbarga uning Xirsh (Hirsch) indeksi koʻrsatkichiga qarab bir martalik yirik toʻlov beriladi: 🔹 Xirsh indeksi 5 dan kam boʻlsa: MHEKMning 40 baravarigacha; 🔹 Xirsh indeksi 5 dan yuqori boʻlsa: MHEKMning 80 baravarigacha bir martalik mukofot. Yangilik: “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi Tizimga loyihaviy yondashuv kirib kelmoqda. Endilikda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini aniq bir amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olish imkoniyati yaratiladi: ▪️Innovatsion rivojlanish agentligi har yili 3 yildan koʻp boʻlmagan loyihalar tanlovini eʼlon qiladi; ▪️Loyiha rahbari doktorantni oʻzi tanlab oladi va uning ilmiy rahbari hisoblanadi; ▪️Loyiha doirasida dissertatsiya himoya qilgan tadqiqotchining ilmiy hisoboti qayta ekspertizadan oʻtkazilmaydi. 🌐 @Ofis_registratori

  • 21 мая1 91517

    ❗️Bitiruvchilar diqqatiga: Endi bitiruv ishlarini HEMIS orqali plagiatga tekshirish mumkin! HEMIS tizimi plagiatni aniqlash dasturlari bilan integratsiya qilindi. Endilikda barcha OTMlarning bitiruvchi talabalari o‘z bitiruv malakaviy ishlari (BMI) yoki dissertatsiyalarini tizim orqali mustaqil ravishda plagiatga tekshirishlari mumkin. Asosiy shart: Ushbu funksiyadan foydalanish uchun talaba tizimda qat’iy “Bitiruvchi” statusida bo‘lishi lozim. 📲 Tizimdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma: 1️⃣ my.hemis.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring; 2️⃣ “Tashqi xizmatlar/plagiat tekshiruvi” menyusidagi sahifaga o‘ting; 3️⃣ “Hujjat yuklash” tugmasini bosib, bitiruv ishingiz faylini tizimga yuklang va tekshirishga yuboring; 4️⃣ Tekshirish jarayoni biroz vaqt oladi. Natijani bilish uchun “Yangilash” (Refresh) tugmasidan foydalanib turing; 5️⃣ Jarayon yakunlangach, status “Tugallangan” holatiga o‘tadi hamda ishingizning origonallik va plagiat foizlari aks etadi. ‼️ Tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, tizim orqali plagiatdan o‘tganlik haqidagi maxsus sertifikat va batafsil tekshiruv hisobotini (report) yuklab olish imkoniyati mavjud. 🌐 @tsue_hemis

  • 16 мая2 09859

    📌 O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi May oyida 14 kun dam olish bo’ladi🤯 Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan Prezident farmonida barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo’shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Natijada ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi. ✅ 27-may, chorshanba – Qurbon hayiti; ✅ 28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; ✅ 29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; ✅ 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; ✅ 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni. ℹ️ Asos: 2025-yil 24-dekabrda qabul qilingan PF-257-sonli Prezident farmoni. P.S: Shunday qilib, may oyida haftada 5 kun ishlaydiganlar jami 14 kun, 6 kunliklar esa 10 kun dam oladi. Bu so‘nggi yillardagi eng ko‘p dam olish kunlaridan iborat bo‘lgan oy. Yaqin yillarda bunaqasi bo’lganini eslolmayman. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025