TerDU Registrator ofisi | Rasmiy kanal
СтатистикаQoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_bot ga murojaat qilishingiz mumkin!
- Последний пост
- 08:15
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 47
- Всего постов
- 417
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 541
- 1/48двое суток
- 619
- 1/72трое суток
- 668
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’lim, sport, tibbiyot va yoshlar masalasi: hududlarda ijtimoiy sohadagi vazifalar ijrosi o‘rganildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Ahmedov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, shtatlar birligini shakllantirish hamda talabalarni saralash jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Markazda jami 155 nafar talaba tahsil olishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ham shartnoma asosida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishlari mumkin. Talabgorlar uchun saralash jarayonlari 10–24-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Nomzodlar: 🔹tibbiy ko‘rikdan; 🔹jismoniy tayyorgarlik sinovidan; 🔹test sinovlaridan o‘tadilar. Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida mashg‘ulotlar 2-oktabrdan boshlanadi. Eng muhim jihati — markazda harbiy tayyorgarlikni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar belgilangan tartibda harbiy guvohnomaga ega bo‘ladilar. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🏛 O'qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan Termiz davlat universitetiga ko'chirayotgan talabgorlar diqqatiga! 🟢Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori hamda universitet rektorining tegishli buyrug'iga muvofiq 2026/2027-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini universitetning alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 17-avgust kuni universitet qabul komissiyasi (Axborot texnologiyalari fakulteti) binosida soat 8:00 da o‘tkazilishini ma'lum qilamiz. 👤Talabgorlar ro'yxati 📍Binoning joylashuv manzili 🌟 Eslatma: Barcha talabgorlar mtihon jarayonlariga o'z vaqtida va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishi lozim. 📞Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur Javliyev) ✈️Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026 ⏲️Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🟢TerDU yangi ta’lim modeliga o‘tmoqda Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayonini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “5 T — taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish” modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur yo‘nalishdagi strategik vazifalar va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov boshchiligida ishlab chiqilib, taqdimot shaklida taqdim etildi. Yangi modelning asosiy maqsadi — talabani faqat bilim bilan emas, balki zamonaviy kasbiy, amaliy va raqamli ko‘nikmalar bilan qurollantirish. Bu borada: 🟢ta’lim dasturlari mehnat bozori talablari asosida yangilanadi; 🟢 dual ta’lim va ish beruvchilar bilan hamkorlik kengaytiriladi; 🟢 nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi kuchaytiriladi; 🟢 professor-o‘qituvchilarga akademik erkinlik beriladi; 🟢 xorijiy mutaxassislar jalb qilinib, xalqaro akademik mobillik imkoniyatlari kengaytiriladi; 🟢 sun’iy intellekt, VR va raqamli texnologiyalar ta’lim jarayoniga faol joriy etiladi; 🟢 talabalar uchun Python, Canva, xorijiy tillar va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shimcha bepul kurslar tashkil etiladi; 🟢 inklyuziv ta’lim uchun qulay sharoitlar yaratiladi; 🟢 talabalar bilimini baholashda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va amaliy ko‘nikmalarga ko‘proq e’tibor qaratiladi. 🟢Shuningdek, “Bir oyda — bir ish beruvchi darsi” tashabbusi orqali talabalar bevosita soha mutaxassislari va ish beruvchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🟢Birinchi kurs talabalari uchun esa universitet muhiti, ta’lim yo‘nalishlari, karyera imkoniyatlari va mavjud sharoitlar bilan tanishtiruvchi 2 haftalik tanishtiruv dasturi yo‘lga qo‘yiladi. 🟢Maqsad — zamonaviy bilimga ega, amaliy ko‘nikmasi kuchli, mustaqil fikrlaydigan va mehnat bozorida raqobatbardosh bitiruvchini tayyorlash. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
видео или голосовое, без подписи