Onalik ilmi | Dilshoda_blw
СтатистикаDilshoda Aliyeva _ prikorm konsultant 🥑 Farzandlarimizni birgalikda sog'lom ovqatlantiramiz 👩🍼 Onalikda o'rganganlarimni barchasi bilan bo'lishaman Manbasi bilan oling!!! 📧 Bog'lanish uchun: @DilDanbot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 92
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 169
- 1/48двое суток
- 193
- 1/72трое суток
- 208
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun to'yimizni 5 yilligi) Sovchilik orqali turmush qurganmiz, to'ydan oldin uchrashib yurmaganmiz. Bundo o'ylab qarasak er-xotin hecham yolg'iz aylanmagan ekanmiz. Yo qornimda yo qo'limda bola bo'lgan doim 🤭 Shu bugun o'zimiz bir uchrashuv tashkil qilmoqchi edik, afsus bolalarga qarab turishga odam topilmadi. O'ziyam juda sho'xda bular, uncha munchasi eplolmaydi( Va meni mana shu shirinlik bilan aldab, o'zlari do'stlari bilan uchrashgani kettila 😒 Turmush qurganilarga necha yil bo'ldi? To'yilar bo'lgan kunni oddiy kunday o'tqizasizlarmi yoki nishollaysizmi? [qiziqda endi] 😃
🌟 ALLERGENLAR: ULARNI BOLANING RATSIONIGA QACHON VA QANDAY KIRITAMIZ? 🌟 “Bolaga tuxum bersam allergiya bo‘ladi…” “Yong‘oqni 3 yoshgacha bermang deyishdi…” “Qulupnay yeganda og‘zi qizarib ketdi, demak allergiyasi bor…” “Pomidor allergiya ekan, ratsiondan…
🌟 ALLERGENLAR: ULARNI BOLANING RATSIONIGA QACHON VA QANDAY KIRITAMIZ? 🌟 “Bolaga tuxum bersam allergiya bo‘ladi…” “Yong‘oqni 3 yoshgacha bermang deyishdi…” “Qulupnay yeganda og‘zi qizarib ketdi, demak allergiyasi bor…” “Pomidor allergiya ekan, ratsiondan…
🌟 ALLERGENLAR: ULARNI BOLANING RATSIONIGA QACHON VA QANDAY KIRITAMIZ? 🌟 “Bolaga tuxum bersam allergiya bo‘ladi…” “Yong‘oqni 3 yoshgacha bermang deyishdi…” “Qulupnay yeganda og‘zi qizarib ketdi, demak allergiyasi bor…” “Pomidor allergiya ekan, ratsiondan chiqarish kerak…” 🌟 Bu mavzuda juda ko‘p noto‘g‘ri tushunchalar bor. Keling, allergenlar haqida muhim jihatlarni birgalikda ko‘rib chiqamiz. 👇🏻 🧬 ALLERGIYA NIMA O‘ZI? Oziq-ovqat allergiyasi — immun tizimining ma’lum bir oziq-ovqat tarkibidagi moddalarga, ko‘pincha oqsillarga salbiy javob reaksiyasidir. Top allergenlar quyidagilar ⬇️ 🥚 tuxum 🥜 yeryong‘oq 🌰 yong‘oqlar 🥛 sut mahsulotlari 🌾 bug‘doy 🌱 soya 🌿 kunjut 🐟 baliq 🦐 qisqichbaqasimonlar Har qanday mahsulot allergiya berishi mumkin, bu individual holat. Ammo shu ro'yxatdagi mahsulotlar allergiya keltirib chiqarish xavfi yuqori bo'lganligi uchun bu mahsulotlarni rastionga ehtiyotkorroq kiritish kerak. ⏰ ALLERGENLARNI QACHON KIRITISH KERAK? Eng katta xatolardan biri — allergenlarni ataylab juda kechiktirish. Hozirgi tavsiyalarda bolalar qo‘shimcha ovqatga rivojlanish jihatidan tayyor bo‘lgach, odatda 6 oy atrofida, allergen mahsulotlarni ham ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Allergenlarni 12 oygacha kechiktirmasdan kiritish allergiya rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Bu “6 oylik bo‘ldi — ertaga barcha allergenlarni berish kerak” degani emas. Ular bolaning odatiy qo‘shimcha ovqatlanish jarayoniga bosqichma-bosqich qo‘shiladi. ❤️ QANDAY KIRITAMIZ? 1⃣ Bola sog‘lom paytini tanlang Birinchi marta allergenni bola kasal, isitmalayotgan yoki ichi buzilgan paytda berish yaxshi fikr emas. 2⃣ Bir mahal bitta allergen Bir vaqtning o‘zida 3–4 ta yangi allergen berib yubormang. Masalan: Bugun — tuxum va 3 kun davomida agar nojo'ya ta'sirlari sezilmasa, sekin asta dozasi oshirib boriladi 🥚 Bir necha kun o'tib keyingi yangi allergen — yeryong‘oq 🥜 Shunda reaksiya kuzatilsa, sababni aniqlash osonroq bo‘ladi. 3⃣ Juda oz miqdordan boshlang Masalan, yaxshi pishirilgan tuxum yoki silliq yeryong‘oq pastasini bolaning yoshiga mos teksturada mikrodozada (guruchdek kattalikda) berish mumkin. 5⃣ XAVFSIZ SHAKLDA BERING! ❌ Butun yong‘oq ❌ Yong‘oq bo‘laklari ❌ Qattiq yeryong‘oq ⬆️ kichik bolalarda bo‘g‘ilish xavfini oshiradi. Yeryong‘oq, yong'oqlarni pasta, kukun yoki juda mayda maydalangan shaklda berilishi mumkin 🍯 5⃣ Yaxshi qabul qilsa — davom ettiring Bu juda muhim! Allergenni bir marta berib: “Yaxshi, allergiya bo‘lmadi” deb keyin 2–3 oy unutib qo‘yish kerak emas. 2026-yilgi ASCIA tavsiyasiga ko‘ra, bola yaxshi ko‘targan allergenlar kamida haftasiga bir marta ratsionda qolishi tavsiya etiladi. 6⃣ Allergenlarni kunning birinchi yarmida bering kunduzgi payt berish kuzatishni osonlashtiradi Keyingi postda haqiqiy allergiya belgilari bilan kontakt irritatsiya farqlari haqida gaplashamiz ✅ Foydali bo'layotgan bo'lsa yurakchalarni bosib qo'yishni unutmang 🫶 @onalik_ilmii
Mavzular ketma-ketligi bo'yicha allergenlar va ularni ratsionga kiritish mavzusiga yetib kelibmiz ✅ Ertaga shu mavzuda post kuting✍️
🥣 PRIKORM BOSHLAGANDA ONANI QO‘RQITMASLIGI KERAK BO‘LGAN 12 TA HOLAT Prikormni boshlagach, bolangizda avvalgidan farqli holatlarni ko‘rishingiz mumkin. Bu har doim ham muammo degani emas ❗️ Quyidagi holatlar kuzatilishi odatda norma ⬇️ 1⃣ Najasning rangi o‘zgarishi Yangi mahsulotlar sabab najas rangi o‘zgarishi tabiiy. 2⃣ Najas hidining kuchayishi Prikorm bilan najasning hidi ona suti yoki aralashmadagidan farq qilishi mumkin. 3⃣ Najasning quyuqroq yoki yumshoqroq bo‘lishi Ovqat tarkibiga qarab konsistensiya o‘zgarib turadi. 5⃣ Najasda ovqat bo‘lakchalari ko‘rinishi Ayrim mahsulotlar to‘liq hazm bo‘lmay, najasda o‘z shakliga o‘xshash holatda chiqishi mumkin 5⃣ GAG — o‘xchish Ayniqsa BLWda bola yangi teksturani o‘rganayotganida o‘xchishi mumkin. Bu bo‘g‘ilishdan farq qiladi. Kichik bolalarda o'xchish refleksi og'iz bo'shlig'ining oldingi sohalarida tilda, tanglay va lunjlarda ham bo'ladi va bolajon katta bo'lgani sari u tomoqqa tusha boshlaydi va o'xchishlar ham kamaya boshlaydi. Shuning uchun endi prikorm kiritganingizda bola ko'p o'xchisa havotir olmang 6⃣ Ovqatni og‘zidan chiqarib yuborish Bola hali ovqatni og‘izda boshqarishni o‘rganmoqda. Bu boshlanishida normal. 7⃣ Ovqatni til bilan itarib chiqarish Yangi taomlarga moslashish jarayonida uchrashi mumkin 8⃣ Bir kuni yaxshi, bir kuni juda kam yeyishi Prikormning dastlabki bosqichida ishtaha o‘zgarib turishi mumkin. Bola har kuni bir xil miqdorda yeyishi shart emas. 9⃣ Gaz yoki qorin dam bo‘lishi Yangi mahsulotlar ichak faoliyatini biroz o‘zgartirishi mumkin. 1⃣0⃣ Ovqatga qiziqmasligi Ba’zi bolalar yangi ta’m va teksturaga ko‘nikishi uchun bir necha marta taklif qilinishiga muhtoj bo‘ladi. 1⃣1⃣ Juda kam vaqt ovqatlanishi 10-15 daqiqagayam bormasdan stoldan turishni xohlab qolishi mumkin. Bu albatta normal holat 1⃣2⃣ Prikormdan so'ng darrov emgisi kelishi Hozir ovqat taklif qildim, lekin yana emishni xohlayapti deb hayron bo'lishiz mumkin. Har bir yangi mahsulot bola uchun stress va bola tinchlanish uchun ham emishni xohlashi mumkin. Undan keyin 1 yoshgacha bolaga mahsulot taklif qilishdan maqsad qornini to'ydirish emasligini ham esdan chiqarmang 💡 ESLAB QOLING: Prikormning boshidagi maqsad — bolani ko‘p yedirish emas. Asosiy maqsad — uni yangi ta’m, hid, tekstura va ovqatlanish jarayoni bilan tanishtirish. Eng oliy maqsadimiz esa bolajonga ovqatni sevdirish. Shuning uchun ichki hotirjamlikni saqlagan holda, ovqatlanish vaqtida bolajon uchun tinch va yoqimli muhit yaratib bering, birga mazza qilib ovqatlaning 😊 📌 Ammo takroriy qusish, nafas olish qiyinlashishi, yuz yoki lab shishi, keng tarqalgan toshma, qonli najas yoki kuchli ich ketishi kabi belgilarni oddiy moslashuv deb qabul qilmaslik kerak. Prikorm — bu yangi ko‘nikmani o‘rganish jarayoni. Bolaga vaqt bering 🫶 @onalik_ilmii
Aytgancha bilaman izoh yozish uchun guruhga qo'shilish kerak, uyatsiz botlar asabimga teygani uchun guruhga kirishni so'rovli qilib qo'ygandim. Tanlab odam qo'shayapman, bemalol qo'shilvolurila 😊 Yuqoridagi postga javob yozishila uchun biroz muddatga guruhni ochiq qilaman ⬆️
Qizlaar bolajonga prikorm boshlaganda ba'zi holatlar sizni havotirga solishi mumkin, ammo bu holatlar norma bo'lishi mumkin. Shu mavzuda gaplashamizmi? Post tayyorlagunimcha o'z tajribalariz bilan bo'lishib turing, prikorm boshlaganizda sizga qaysi holatlar g'alati yoki xavotirli tuyilgan? ⬇️ Postni o'qib yozmagan yiliga bolalasin va bolalarga o'zidan boshqa qarashga odam bo'masin 😀
Bu trendni siz ham ko'rdingizmi? Lekin o‘ylab ko‘rdingizmi, bunday qilish to‘g‘rimi o‘zi? Internetda bolani “qornida qurt bor” deb qo‘rqitib, shirinlik yoki boshqa mahsulotlarni yemaslikka undaydigan videolar trend bo‘ldi. Men bolalar ovqatlanishi bo‘yicha mutaxassis sifatida bunday yondashuvni to‘g‘ri deb hisoblamayman. Chunki bolalikdan ovqat bilan sog‘lom munosabat shakllanishi juda muhim ❤️ ❌ Ovqatni mukofot sifatida ishlatish ❌ Ovqatni jazo sifatida ishlatish ❌ “Buni yesang, qorninga qurt kiradi” deb qo‘rqitish ❌ “Buni yesang, kuchsiz bo‘lib qolasan” deb tahdid qilish — to‘g‘ri yondashuv emas. Agar farzandingiz zararli mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilishini xohlamasangiz, avvalo uydagi muhitni o‘zgartiring. 🍭 Keraksiz mahsulotlarni uyga kamroq olib keling. 🫑 Ularning o‘rniga foydali va mazali alternativalar taklif qiling. 💬 Mahsulotlar haqida bolaga yoshiga mos, qo‘rqitmasdan tushuntiring. 🍎 Sog‘lom ovqatlanishni taqiq emas, kundalik odatga aylantiring. Agar bola allaqachon shirinlik, chips yoki boshqa mahsulotlarga o‘rganib qolgan bo‘lsa, birdaniga taqiqlash o‘rniga asta-sekin kamaytirish va sog‘lom alternativalarni ko‘paytirish ma’qul. Va eng muhimi: Bola ovqatlanish odatini avvalo bizdan o‘rganadi. Shuning uchun “qorningda qurt bor” deb qo‘rqitishdan ko‘ra, unga ovqatlanishga to‘g‘ri munosabatni o‘rgataylik 🤍 Farzandingiz bilan ovqat haqida gaplashishda qo‘rqitish emas, tushuntirishni tanlang! Bu trendni sinab ko'rishga hali ulgurmagansiz degan umiddaman 😁 @onalik_ilmii
Ichimda, hayolimda rosa podcastlar yozayapman Lekin jonli yozishni boshlasam tilim tanglayimga yopishib qolayapti 🤷♂️
#retsept Kuskusdan bo'tqa Kuskusni qaynagan suvda 5-7 daqiqa dimlab, bananni ezib aralashtirib, ustiga bodomni maydalab sepib bezak berasiz ✅ Asal ham qo'shdim. Asal 1 yoshdan so'ng mumkin! Qaynoq sutga dimlash ham mumkin. @onalik_ilmii
Kecha Muhammadziyo osmonda samolyotni ko'rib - Hudo xohlasa Ibrohimjon katta bo'sa bizam samolyotga chiqamiz - deydi Bu bolani gaplarini eshitib qoyil qolamanee, silaniyam bolela shunaqa katta gapmi 😅 Umrimda samolyotga chiqmaganman, niyatlariga yetqizsin Allohim 🥹
без подписи
Magistraturani bitirgan bo'lsam ham magistr kiyimini kiyish nasib qilmagan edi... Armon bo'lib qolmasin, hech bo'lmasa rasmda kiyay 😃 Sun'iy intelektlarga qoyil 👍
Assalomu alaykum 💕 💡 Yangi daftar, yangi kurs, yangi bilimlar... InshaAlloh foydali va hayrli bo'lsin 🤲
Ko'p tayyorlagan retseptlarimni katta farzandim yemaydi! Agar siz bolaga boshidan to'g'ri ovqatlanishni yo'lga qo'ymagan bo'lsangiz, 1 kun yoki 1 haftada undan siz pishirgan sabzavotli, sog'lom ovqatlarni yeb ketishini aslo kutmang 🙏 Man katta o'g'limni ovqatlanishi bilan 1,5 yildan beri ishliman, alhamdulillah natijalar bor, ammo haliyam xatolarim oqibatlari ham bor! Noto'g'ri prikorm kiritilgan, yillar davomida noto'g'ri ovqatlantirilgan bolalarni sog'lom ovqatlanish odatlariga qaytarish uchun ham yillar kerak bo'ladi, qat'iyat kerak bo'ladi, iroda kerak bo'ladi. Asosiysi taslim bo'lmaslik, ta'm retseptorlari o'zgaruvchan, yegan mahsulotlarizga moslashib boraveradi, to'xtamay harakat qilaversangiz farzandingiz albatta bir kun kelib o'sha brokkolini ham, sabzini ham sholg'omni ham yeydi, faqat sabr kerak 😊 Mana bu postda esa bolalar nima uchun ovqatni rad qilishi sabablari va yechimlari yozilgan, bir o'qib qo'ying ⬇️⬇️⬇️ 1⃣ https://t.me/onalik_ilmii/1204 2⃣ https://t.me/onalik_ilmii/1210
Assalomu alaykum qizlar 🍀 Yana #retsept bilan keldik 😃 Sabzi va kabachokli dranniklar Kerakli mahsulotlar ⬇️ 1 dona qizil sabzi 1 dona kabachok 3 ta tuxum 4-5 osh qoshiq ovsyanka uni 1 yoshdan so'ng tuz Tayyorlash ⬇️ Sabzi va kabachok qirg'ichdan chiqariladi va barcha mahsulotlar aralashtiriladi. Tovani biroz yog'lab, 2 tomonini qizartirib olamiz ✅ Shoshqaloq qo'lchalar uchun bitta ❤️ 👑 Prikorm mavzularini davom ettirishim uchun motivation bervorilar 😪 @onalik_ilmii
Va nihoyat o'sha tajribani qildik 😊
Assalomu alaykum qizlar 🩷 Nonushta uchun oqsilga boy #retsept Kerakli mahsulotlar 100 gr pishgan tovuq go'shti 3-4 bo'lak pishgan brokkoli 3 ta tuxum 2 osh qoshiq guruch uni Tuz Tayyorlash Tovuq go'shti va brokkolilarni mayda qilib to'g'rab, qolgan mahsulotlarni…
Assalomu alaykum qizlar 🩷 Nonushta uchun oqsilga boy #retsept Kerakli mahsulotlar 100 gr pishgan tovuq go'shti 3-4 bo'lak pishgan brokkoli 3 ta tuxum 2 osh qoshiq guruch uni Tuz Tayyorlash Tovuq go'shti va brokkolilarni mayda qilib to'g'rab, qolgan mahsulotlarni aralashtirib, tovaga ozgina yog' solib, past olovda dimlab pishirib olamiz ✅ Xo'jayinim aytdilar pomidor to'g'rab qo'shganizda bundanam sochni bo'lib, zo'r bo'lardi deb 😬 Meni hursand qilgan narsa katta farzandim ham yedi va mazali chiqibdi dedi 😢 @onalik_ilmii