tgindex
Maftuna Kadambayeva

Maftuna Kadambayeva

Статистика
@Maftuna_blwузбекский

•Bolalar uyqusi va BLW boʻyicha mutaxassis.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
15
Всего постов
139
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 453
−5 за 4 дн.
Сутки
+2
+0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
669
40 постов
Вовлечённость
27,3%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 139
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
428
1/48двое суток
490
1/72трое суток
529

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.2531515

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 13 авг.4821816

    Stomatologimiz Nilufar Sabirjanovnani maslahatlari bilan, mahsulotlarni ham oʻzlaridan sotib olgan holda foydalanib, koʻrib turganingizdek natijaga erishdik. Bu hech qanday reklama emas 🙌, mening sizga xolis tavsiyam, sizga ham ulashgim keldi. Pastda shaxsiylarini yozib qoldiraman. @Mukhtarova_n Foydali boʻlgan boʻlsa yaqinlaringizga ulashib, yurakchalarni qizartirib qoʻyishni unutmang. Sogʻlom ozuqa va sokin uyqu ila @Maftuna_blw ❤️

  • Tishlar haqida gap ochilganiga esimga tushib qoldi. Umar yaqinda betob boʻlib antibiotik olganda, tishlari sargʻayib qoldi. Astoydil buni ustida ishlab, natijaga chiqdik Alhamdulillah. Qanday natijaga chiqqanimiz qiziqmi? Ulashaymi 🤓 ? @Maftuna_blw

  • Foydali likopchalarimizdan 🥕 Qizla farzandilarga sabzi kabi qattiq boʻlgan sabzavot va mevalarni taklif qilib turishni tavsiya qilaman. Bu balki qattiqroq boʻlgan yongʻoqlar, uyda tayyorlangan suhariklar ham boʻlishi mumkin. Bu bolalarni tishlari mustahkam boʻlishiga katta taʼsirini koʻrsatadi. Likopcha bahona aytib qoʻyay dedim 😁 @Maftuna_blw

  • без подписи

  • Suv 💧 (2 - qism) 💦 Bolajonlarga 6 oydan soʻng berish tavsiya etiladi. 🚨Suv yetishmasligining salbiy oqibatlari. 🤷‍♀ Bolajon suv ichishni yoqtirmasa nima qilamiz. ❌ Mumkin emas. Batafsil maʼlumot olish uchun koʻk yozuv ustiga bosing. Suvni qanday taklif qilamiz: 1. Suv ichish uchun moʻljallangan choʻpakchada ( trubochka). 2. Piyola, stakan... 3. Bolajonlar uchun moʻljallangan suv idishlarida. Biz Fotima uchun ushbu suv idishni xarid qildik, prikorm kiritilganda doimo bolajonni oldida suv boʻlishiga eʼtiborli boʻlish kerak. Bunday idishchalar esa ancha ishimizni yengillashtiradi. Sizning farzandingiz qanday idishlarda suv ichishni yaxshi koʻradi, rasmlari bilan izohlarda boʻlishishingiz mumkin ☺️ @Maftuna_blw

  • 💧 Suv: • Hujayralarning normal ishlashi • Oziqa moddalari va kislorodni butun organizmga yetkazishi • Tana haroratini me'yorda ushlab turishi • Miya faoliyati, diqqat va umumiy holatni qo‘llab-quvvatlashi • Hazm jarayonining normal kechishi • Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan keraksiz mahsulotlarni chiqib ketishini taʼminlaydi. Bu hali hammasi emas 🤓 Shu kunga qadar men va farzandlarimda qanday kasalliklar kuzatilgan boʻlsa birinchi navbatta koʻproq suv va suyuqlik ichish tavsiya etildi. Bu - shamollash, istma beruvchi virusli va bakterial kasalliklar, pnevmoniya, skarlatina (qizilcha), ichak infeksiyalari va boshqa kasalliklarda ham... Chunki suv: • Suvsizlanishning oldini oladi. • Isitma tufayli yo‘qolgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. • Qonni aylanishini va kislorod yetkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi. • Balg‘amni suyultirishga yordam berib, yo‘talishda chiqarilishini osonlashtiradi. • Umumiy ahvolning yaxshilanishiga yordam beradi.  🚨Lekin suv kasallikni davolamaydi, organizm kasallik bilan kurashadi, suv esa organizmga ushbu kurashda katta yordam beradi. Menimcha barchasini tushundingiz 🙌 Yurakchalar 30 ta boʻlsa bolajonlarga ilk suvni qachon va qanday taklif qilish haqida gaplashamiz. @Maftuna_blw

  • Men 2 ta farzandning onasi boʻlib, 26 yillik hayotimda shu kungacha oʻzim qadrlamagan, aslida esa oltindan-da qimmatbaho boʻlgan - bir neʼmat haqida bugun sizga zoʻr maʼlumotlarni bermoqchiman... Yaqinroq keling, onalikni osonlashtiramiz 😎😎😎 @Maftuna_blw

  • Boshida kanalizga retseptlarizdan foydalanish uchun kirardim. Keyin uyqu boʻyicha ham mutaxassis ekanizni bildim. Podcastlarni erinmay eshitib chiqayotgandim. Kanal faoliyati toʻxtatildi deganizga endi bu kanal yopiladimi shuncha bilimni xali 30 foizini ham…

  • 11 авг.57512из Komila Bakhtiyarovna

    Boshida kanalizga retseptlarizdan foydalanish uchun kirardim. Keyin uyqu boʻyicha ham mutaxassis ekanizni bildim. Podcastlarni erinmay eshitib chiqayotgandim. Kanal faoliyati toʻxtatildi deganizga endi bu kanal yopiladimi shuncha bilimni xali 30 foizini ham oʻqib tugatolmadim deb ichimdan bir narsa uzilganday boʻldi. Asisentizga ham yozmoqchi boʻldim. Har kuni kirib koʻraman biror yangilik boldimikin deya. Sogʻlom bola katta qilishimizda sizni bilimlaringiz foyda beryapti. Inshaalloh bu kanalga yana ham onajonlar uchun foydali postlar podcastlar retseptlar joylab borasiz. Biz sizga ishonamiz ❤️❤️❤️❤️❤️❤️

  • Xullas  qizlajonla qaytishimni nishonlimiz, nima disla 😁 Izohlarda menga ilhom berib, oʻzidan energiya ufurib turgan eng goʻzal motivatsion izoh egasiga kitoblarimdan hadya qilaman ☺️☺️☺️ Qani boshlela, men bir oʻqib mazza qile 🫠 @Maftuna_blw

  • Vaqt… Qanchalar tez o‘tib boryapti-ya…🥺🥺🥺 Kundan-kunga rivojlanish, o‘zgarishlar, yangi bilimlar… Ba’zan o‘zimni xuddi hamma narsadan ortda qolib ketayotgan o‘quvchidek his qilaman. So‘nggi paytlarda telefondan haddan tashqari ko‘p foydalanish meni kun sayin dangasalik sari yetaklayotganini, shu bilan birga farzandlarim esa ko‘z ochib-yumguncha ulg‘ayib borayotganini his qila boshladim… Shu sababli ijtimoiy tarmoqlardan tanaffuslar qila boshladim. Nima o‘zgardi, aytaymi? Hech nima. Aksincha, blog yuritish insonni ancha tartibga solarkan. Motivatsiya, qo‘llab-quvvatlash, yaxshi kayfiyat va eng asosiysi — TARTIB berarkan. Inson boshqalarga ko‘rsatayotgan hayotidagi o‘sha tartib va ideallikka o‘zi ham intilib borarkan. Aslida muammo ijtimoiy tarmoqlarda emas ekan. Muammo — ulardan qanday foydalanishimizda. Sifatli vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik ham muammo. Ijtimoiy tarmoqlarga butunlay mukkasidan ketish ham. Blog ham bo‘lsin, rivojlanish ham, ilm ham… Lekin eng qadrli narsalarim — farzandlarim, oilam va o‘zim uchun vaqt ham qolishi kerak. 🤍 @Maftuna_blw

  • 23 июл.1 366303

    Foydali likopchamiz 🍽 Siz sevib kuzatadigan top 3 ta kanal bu.... Izohlarda yozila..😃 @Maftuna_blw

  • 22 июл.1 3592222

    Bolalarni haroratga qarab qanday kiyintirish va uni tekshirishni oʻrganamiz. Yoʻqotib qoʻymaslik uchun saqlab olishni unutmang 💜 Sokin uyqu ila @Maftuna_blw

  • 22 июл.1 239132

    Zamonaviy tibbiyot 🫆Nima uchun odamlar (va bolalar) da haroratga sezuvchanlik turlicha: Tana tarkibi — yog' toʻqimasi koʻp odamlarda issiqlik tezroq saqlanadi, ozgʻin odamlarda esa tezroq yoʻqoladi. Shuning uchun ozgʻinroq bolalarda sovuqni tezroq sezishi mumkin. Metabolizm tezligi — ba'zi odamlarning tanasi tabiatan koʻproq issiqlik ishlab chiqaradi (faol metabolizm), shuning uchun ular 24°C ni ham issiq deb his qiladi. Qon aylanishi — ayniqsa qoʻl-oyoqlarga qon aylanishi sust boʻlsa, odam umumiy harorat me'yorida boʻlsa ham sovuqni tezroq sezadi. Faollik darajasi — harakatchan inson tezroq isiydi, tinch oʻtirgan esa tezroq sovuq sezishi mumkin. Moslashish (aklimatizatsiya) — issiq iqlimga koʻnikkan odam sovuqni tezroq sezadi va aksincha. Gender va gormonlar — ayollarda progesteron va estrogen tomir tonusiga ta'sir qiladi, shu sabab ko'p ayollar erkaklarga nisbatan sovuqqa sezgirroq bo'ladi (bu tadqiqotlarda ham tasdiqlangan). Haaa, har kimning oʻz qulaylik harorati bor, bu ilmiy termin bilan "thermal comfort zone" (issiqlik qulayligi zonasi) deyiladi va u hammada turlicha. Bolalarda esa termoregulyatsiya tizimi hali "sozlanish" jarayonida, shuning uchun - bir xil honada bir bola qalin kiyib o'tirsa, ikkinchisi yupqa  kiyim bilan oʻzini qulay his qilishi butunlay normal holat. @Maftuna_blw 💜

  • 22 июл.1 014211

    Hammaning oʻz harorati bormi? Misol uchun baʼzi odamlarga 26 °C ham sovuqlik qilishi yoki baʼzilarga 22 °C ham issiqlik qilishi mumkin, bolalarda ham shunday. Keling buning sabablarini koʻrib chiqamiz. Undan oldin sizga bir savol beraman. Siz va farzandingizga qanday harorat qulay, sovuqroq yoki issiqroq? Izohlarda yozila ✍ @Maftuna_blw

  • 21 июл.1 1262414

    Konditsionerdan toʻgʻri foydalanamiz. • Moslashish. Konditsionerni xonaga kirganingizdan soʻng yoqing, shunda haroratga asta sekin moslashasiz. Issiqdan sovuq haroratga asta sekinlik bilan oʻtish tavsiya etiladi. • Optimal harorat: 20–24°C. • Filtrlarni muntazam tozalash: 2–4 haftada bir marta tozalanishi kerak. • Havo oqimini toʻgʻridan-toʻgʻri odamga qaratmaslik. • Uzluksiz ishlatmaslik. Har 2–3 soatda xonani biroz shamollating. • Namlikka eʼtibor berish. Konditsioner havoni quritadi, agar havo quruq boʻlsa namlagich (увлажнитель) ishlatish yoki bir stakan suvni boʻlsa ham xonaga qoʻyish foydali boʻladi.  😷 Shamollash va virusli infeksiyalar yuqumli boʻlib bunga konditsioner sabab boʻlmaydi. Faqat toʻgʻri foydalanilsa boʻldi. Sogʻlom ozuqa va sokin uyqu ila @Maftuna_blw 🫶🏻