tgindex
Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakulteti rasmiy kanali

Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakulteti rasmiy kanali

Статистика

⚡️Toshkent davlat agrar universiteti Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakultetining rasmiy telegram sahifasi! Guruhimiz: @forestry_students

Последний пост
31 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
94
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
287
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
248
40 постов
Вовлечённость
86,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 94
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
106
1/48двое суток
121
1/72трое суток
131

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 31 июл.9012из tdau_news

    📢 DIQQAT, TALABALAR! 🏢 2026-yil 1-avgustdan boshlab barcha kurs talabalari uchun Talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha elektron ariza yuborish boshlandi. 📝 Arizalarni quyidagi usullar orqali yuborishingiz mumkin: 🔹 Davlat xizmatlari markazlari; 🔹 my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. 📣 ESLATMA! 📅 1-avgustdan faqat TTJga ariza yuborish jarayoni boshlanadi. 📌 Arizalarni ko‘rib chiqish va talabalar turar joyiga qabul qilish sanasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi. ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube

  • 27 июл.16635из tdau_news

    Tabiatni o‘rganib, 3 yilda bakalavr diplomiga ega bo‘lishingiz mumkin! Siz tabiatni sevuvchi, ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilimlarga ega mutaxassis bo‘lishni istaysizmi? Unda Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti aynan siz uchun! 🎓 Fakultetda quyidagi istiqbolli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olishingiz mumkin: 60820100-O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish; 60811100-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi. 📚 Ta’lim jarayonida siz: ✅ malakali professor-o‘qituvchilardan chuqur nazariy bilim olasiz; ✅ zamonaviy laboratoriyalarda ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; ✅ dala o‘quv maydonlarida amaliy ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz; ✅ innovatsion texnologiyalar asosida sohaga oid zamonaviy tajribalarni o‘zlashtirasiz. 💼 Bitiruvchilar qishloq xo‘jaligi, ekologiya, o‘rmon xo‘jaligi hamda tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa nufuzli tashkilotlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌱 Tabiatni asrashni kasbga aylantiring, kelajagingizni TDAU bilan quring! Savollaringiz bo‘lsa, bizga qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998 71 260 46 80 ☎️ +998 71 260 41 69 ☎️ +998 71 260 43 82 ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube

  • Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakulteti rasmiy kanali pinned a photo

  • 25 июл.151109из tdau_news

    ‼️‼️‼️ 📢 TDAUda bir qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi 🟢 Toshkent davlat agrar universitetida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida bir qator rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan: 🔹 Sultonmurod Choriyevich Tashimov – Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i; 🔹 Jasur Shavkatovich Zarifbayev – Ma'naviy-ma'rifiy ishlar departamenti boshlig‘i; 🔹 Shavkat Ergashevich Umidov – Transformatsiya markazi direktori; 🔹 Jamoliddin Saporboy o‘g‘li Eshonqulov – Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti boshlig‘i; 🔹 Asqarbek Asadullayevich Safarov – Akademik faoliyat departamenti boshlig‘i; 🔹 Jahongir Abdug‘aniyevich Ergashev – Registrator ofisi direktori; 🔹 Mansurbek Zaripbayevich Xolmurotov – O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti dekani; 🔹 Jahongir Mustaqim o‘g‘li Roziqov – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekani; 🔹 Akbar Choriyevich Qurbonmurodov – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti dekani. ➡️Ushbu tayinlovlar universitetda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, ta'lim sifati, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅Yangi lavozimlarga tayinlangan rahbarlarni muborakbod etamiz hamda ularga mas'uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va samarali ishlar tilaymiz. ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🌿 Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetining Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 23-70-guruh talabalari 2026-yil 25-maydan boshlab fakultet professor o‘qituvchilari F.Mardonov hamda G.Sultanova amaliyot rahbarligida “Samo”, “Gerbo farm” hamda "Sevara, Orzu MCHJ" tashkilotlarida ishlab chiqarish texnologik amaliyoti tizimli ravishda davom etmoqda. ➡️ Amaliyot davomida talabalar Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalari, xomashyoni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlari, sifat nazorati, saqlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini olmoqda ✅Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy ishlab chiqarishni o‘rganish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim tajriba to‘plashga xizmat qilmoqda. ♻️Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakulteti rasmiy sahifasi: https://t.me/ormonrasmiykanali

  • 2 июл.2663из tsau_grants

    📢 O'rmonchilik va Agroiqtisodiyot ta'lim yo'nalishi talabalari diqqatiga! 🇺🇿 Xitoy Xalq Respublikasining Anhui qishloq xo'jaligi universitetiga 10 nafar TDAU talabalari almashinuv dasturi asosida o'qish uchun yuboriladi. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ✅ 1- yoki 2-bosqich talabasi bo‘lishi; ✅ Iqtisodiyot va boshqaruv hamda O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bo‘lishi; ✅ Ingliz tilini yaxshi bilishi. 🗓 Hujjatlarni topshirish muddati: 6-iyul. Ushbu xalqaro dasturda ishtirok etish istagidagi talabalar +998998214624 murojaat qilishlari so‘raladi.

  • 1 июл.2675из tdau_news

    🎓 Magistratura uchun qabul boshlandi! 2026-2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul rasman boshlandi! 🗓 Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. 📌 Talab etiladigan hujjatlar: ✅ Bakalavr diplomi; ✅ Chet tilini bilish sertifikati. 🔹 Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: • tegishli yutuqlarga ega bo‘lganlar; • ko‘rish, eshitish yoki nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar (nogironlik ma’lumotnomasi asosida); • bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar. 💻 Hujjatlarni quyidagi platforma orqali topshirishingiz mumkin: https://my.edu.uz 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ☎️ +998 71 260 41 69 ☎️ +998 71 260 46 80 🌱 Toshkent davlat agrar universiteti — agrar soha uchun zamonaviy bilim, ilmiy salohiyat va innovatsion yondashuvga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Kelajagingiz sari muhim qadamni bugundan boshlang! 🎓 ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube

  • 26 июн.2201из toshvilpressa

    QANI YOSHLAR, HAMMA NURAFSHONGA! 🎉30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida katta bayram dasturi sizlarni kutmoqda. Bayramona kechamiz 26-iyun kuni soat 19:00da Nurafshon arenada bo‘lib o‘tadi. 🎤 Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert dasturi faqat siz uchun. ⭐️ Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi. 🚫 Shuningdek, tadbir doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi. 😉 Aytgancha, kirish mutlaqo bepul! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 26 июн.2151из tdau_news

    O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida Fakultet Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi   Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti Ilmiy Kengashining 11-sonli Fakultet Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori Dilshod Mamadiyarov ishtirok etib, fakultet tarkibidagi kafedralar faoliyati hamda 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha kafedra mudirlarining hisobotlarini tingladi. Kengash davomida kafedralarda 2025/2026-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari va auditoriya soatlarining bajarilish holati, KPI baholash natijalari, Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida chop ettirilgan ilmiy maqolalari, xo‘jalik shartnomalari, grant loyihalari va ularning bajarilishi muhokama qilindi. Shuningdek, fakultet о‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ta’lim sifati komissiyalari, xotin-qizlar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ma’sullar faoliyati hisobotlari, 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul ko‘rsatkichlarini ta’minlash, abituriyentlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida fakultetda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube

  • ❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan: ➖ pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi; ➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi; ➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi. 🗓 1-sentyabrdan: ➖ byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi; ➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi; ➖ bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.