Luna_Moon
СтатистикаMening kanalim: Yozganlarim o'zimga yoqadi😊 Kundaligim https://t.me/with_lunamoon 11.11.2021. @Moonn_books_bot
- Последний пост
- 3 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 103
- 1/48двое суток
- 118
- 1/72трое суток
- 127
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Dorian Grey portreti
#men_tugatgan_kitob Shaxsiy xona Virjinia Vulf Ushbu asar esse tarzida yozilgan. Vulf unda ijodkor ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularga nima kerak, adabiyotdagi o'rni haqida so'z yuritadi. Asar o'quvchilarni biroz chegaralaydi degan fikr o'tdi. Ko'proq ijodkorlarga bag'ishlanganday tuyuldi. O'z asrini, zamonasini ijodkor ayollarga salbiy ta'sirini ochiqlagan deb bemalol ayta olaman, lekin asar hozir ham aktual deya olmayman. Chunki hozir yozuvchi va shoir ayollarga hech qanday to'siq yo'q. Vulf har bir ijodkor ayolga pul va shaxsiy xona kerak deya ta'kidlaydi va bu unchalik katta talab emas. Ushbu esseda yana u biz tanish bo'lgan ko'plab asarlarga yuzlanadi. Andisha va g'urur, Jeyn Eyr kabi klassikalar haqida shaxsiy fikrini bayon etadi. Jeyn Eyr muxlisasi sifatida uni fikrlariga qo'shilmayman, u Sharlotta Bronteda yetarlicha muhit bo'lmagan, siqiq muhitda yozgan shundagi alamzadalik asariga ko'chgan deydi. Lekin voqealar jihatdan klassikalar ichida eng tayinli, esda qolarli syujetga egasi menimcha Jeyn Eyr. Men uni har tomonlama mukammal asar deb bilaman. Erkak yozuvchilar ijodiga to'xtaladi. Hammasi ayollar haqida yozgan deydi. Lekin o'sha asardagi ozod ruhli ayollar qani deydi. Kitobda uning bir qancha hikoyalari ham keltirilgan. Men hikoyalarini tushunmadim. Shuncha tanqid qilgan insondan kuchliroq narsa kutganim uchunmi, bilmadim. Virjiniya Vulf ijodi shunaqa, tanqidlarini ko'tarsangiz o'qing. @oyjamol_books
Bugun menga ko’p narsada o’rnak bo’lgan insonni tug’ilgan kuni✨ Kitoblarga, ilm olishga, bilimga chanqoqlik, til o’rganish, ilm-ma’rifat bilan bog’liq nimaiki qiziqishim bo’lsa, shu inson tufayli. Eng yaxshi tilaklar bildirib, tavallud kuni bilan tabrikleman.Iloyim ilmi bundan-da ziyoda bo’lsin. Not thirty yet😉 Happy birthday mate💗 @Sharifjonovna_O
Konsta tug'ilgan kunida from heart chiqarardi har yili. Rosa kutardim. Shungami tug'ilgan kunlarda shu trek esimga keladi. Mana 29(22) Shukr oyoq qo'lim but... @oyjamol_books
#men_tugatgan_kitob Ayrilmas er Fyodor Dostoyevskiy Fyodor Dostoyevskiyning hali yirik romanlariga o'tmaganman. Navbatdagi mutolaa qilgan asarim "Ayrilmas er" bo'ldi. To'g'risini aytsam, aynan shu asarda men Dostoyevskiyni odatdagidek his qila olmadim. Balki bunga bosh qahramonning uning boshqa asarlaridagi qahramonlardan keskin farq qilishi sabab bo'lgandir. Bosh qahramonning sustkashligi, qat'iyatsizligi va ichki beqarorligi ba'zi joylarda asabimni ham egovladi. Uni tushunish men uchun oson bo'lmadi. Lekin keyin o'ylab qoldim: ehtimol, umr yo'ldoshingning xiyonatini uning o'limidan keyin bilish, u tirik paytda bilishdan ham og'irroqdir. Chunki bu holatda na alamni olasan, na savol berasan, na javob eshitasan. Ichingdagi barcha og'riq javobsiz qoladi. Balki aynan shu ojizlik qahramonni ko'zimizga ahmoqdek ko'rsatgandir. Asarda ko'plab jihatlar ochiq aytilmaydi, muallif hamma narsani o'quvchining o'zi anglashiga qoldiradi. Bu uslub ayrimlarga yoqishi mumkin, ammo men uchun ayrim nuqtalar yetarlicha ochilmagandek tuyuldi. Shunga qaramay, bu ham Dostoyevskiy yaratgan yana bir hech kimga ravo ko'rilmaydigan taqdir haqida hikoya. Ammo boshida aytganimdek, bu safar men Dostoyevskiyni uning boshqa asarlaridagi kabi chuqur his qila olmadim. Balki keyinchalik fikrim o'zgarar. @oyjamol_books
I wanna thank me)
без подписи
Channel photo updated
#men_tugatgan_kitob Bir kun Devid Nikols Hayotdagi eng murakkab narsa bu munosabatlar. Unda eng muhimi nima? Bir-birini tushunish, umumiy qiziqishga ega bo'lish, doimiy dialog uchun mavzu bo'lishi... Hamma o'zidan kelib chiqib javob beradi. Aynan ikkinchi yarmimizni topganimizni qayerdan bilamiz yoki butun umr topolmay o'tish mumkin. Balki buni bir ko'rishda sezganlar bordir. Balki buni anglash uchun yillar bir-birini o'rganish kerakdir. Hech biriga javob yo'q. Chunki insonlar bir-biriga o'xshamas ekan, munosabatlar ham hech qachon takrorlanmaydi. Shunday takrorlanmas sevgi qissalaridan biri -Bir kun. Emma va Dekster universitetni tamomlab, bitiruv kechasida tanishib qolishadi. 1988-yil 15-iyul. Dekster biroz manman, ammo kelishgan, hayotda to'laqonli foydalanishni xohlaydigan yigit. Boshida tuyg'ulari sevgiga o'xshasada keyinchalik do'st bo'lib yurishadi. Kitob esa har yili 15-iyul kuni ularning hayotidan bir bobni berib boraveradi, yilma-yil. Mutolaa davomida ularning yigirma yoshlari, o'ttiz yoshlari va hatto qirq yoshlarigacha hayoti yoritiladi. Vaqt o'tishi bilan insonlar, orzular, munosabatlar o'zgaradi, ammo tuyg'ular saqlanib qoladi. Bir kitobni judayam yoqtirsam uni ta'riflay olmayman. Taqriz yozish qiyinlashadi. Xuddi bu kitobga munosib so'zlarni topib aytib berolmayman. Bir kun ham shunday kitoblardan. Men o'qiganlarim ichida eng ta'sirli, eng kulgili, ku zatuvlarga boyi, kitob va kino haqida cheksiz dialoglari bori va yig'latadigani,Telefon qo'ng'iroqlari va maktublar bular endi biz allaqachon bosib o'tgan davr. Kitobni tugatgach, eski albomlarni ko'rib, eski xotiralarni o'yladim. Men ham yaqinda xuddi kitob qahramonlariday hammasi hali oldinda deb yuribman, allaqachon o'ttiz yoshlarimga qarab ketayotganimni o'yladim. Devid Nikols bizga hayot bir kun u ham bo'lsa bugunligini anglatmoqchi. Har bir kunimizni mukammal qila olmasakda, aytilmay qolgan so'zlarni aytaylik, o'tib ketayotgan vaqtning qadriga yetaylik demoqchi. Deks va Em, Em va Deks. Ularning o'xshash jihatlari kam edi. Lekin menga yaqqol tashlangani bu ikkalasining ham sarkazmi bo'ldi. Ikkasining suhbatlarida bunaqa sarkazmlar shunchalik ko'pki, o'qib mazza qilasiz. Hayotdayam shu muhimmikam deb qoldim, biz bir sarkazmlarimizni tushunadiganini, xazilga moyilini topishimiz kerak. Bir kun asarini o'qimagan bo'lsangiz, hoziroq boshlang, chunki bugun 15-iyul Emma va Dekster tanishgan kun. @oyjamol_books
без подписи
#film_tavsiya The lives of others(O'zgalar hayoti) 2006 Film voqealari 1984-yillarda Germaniyada sodir bo'ladi. O'sha paytda Shtazi Germaniyadagi eng kuchli kuzatuv tizimi edi. Bu maxfiy tizim orqali telefonlar tinglangan,uy, idoralarga yashirin mikrofonlar o'rnatilgan, yozuvchilar, aktyor, aktrisa, san'atkorlar kuzatilgan. Qo'shningiz, farzandingiz, do'stingiz esa axborot yetkazuvchi bo'lib xizmat qilgan bo'lishi mumkin, hukumat haqida ozgina yomon gap va siz qamoqda yoki surgunda, ishdan ajralgansiz. Xuddi shu fonda Wesler ismli Shtazi xodimi bir teatrda ishlaydigan dramaturgni kuzatadi. Wesler o'ta ishiga sodiq, sovuq hissiz qurol kabi odam edi. Lekin san'atga muhabbat qo'ygan bu dramaturg va uning do'stlari, sevgilisini kuzata turib, ularning samimiyligini ko'rib asta-sekin o'zgara boshlaydi. Dreymanni kuzatish jarayonida u ichidagi yaxshi insonni uyg'ota oladi. Shunday qaltis ishi bo'lishiga qaramay uni qalbida yaxshilik uyg'onadi. Film boshdan oyoq zo'r ishlangan, lekin baribir insonni yuragiga yetib boradigan sahnalar bo'ladi. Shulardan biri Weslerning qo'shni qiz bilan liftdagi suhbati. Unda qizcha otasi Weslerni yomonlaganini aytib qo'yadi, shunda u otasining ismini so'ramoqchi bo'ladi, ammo to'xtab gapni boshqa yoqqa buradi. Bu juda nozik suhbat bo'lsa-da Weslerni o'zgarayotganligini ko'rsatadi. Ya'ni ismini bilib olib uni jazolash qo'lidan kelardi, lekin u endi unday qilmaydi. Yana bir ajoyib sahnalardan biri bu Dreymanning pianinoda "Yaxshi inson uchun sonata" asarini chaladi. Va buni eshitayotgan odam qanday qilib yomon bo'lishi mumkin deydi, va xuddi shu paytda maxfiy tarzda Weslerni ularni tinglayotgan edi. Xullas film shedevr. Hamma ko'rishi kerak bo'lganlaridan biri. Yakun qismi esa menga eng yoqqan yakunlardan biri bo'lib qoladi. Yoqimli tomosha. @oyjamol_books
#men_tugatgan_kitob Iblis Lev Tolstoy Ushbu kitobda Lev Tolstoyning Iblis qissasi va bir qancha hikoyalari o'rin olgan va har biri menga juda yoqdi deb ayta olaman. Dastavval Iblis qissasiga to'xtalsam. Voqealar Yevgeniy Irtenev ismli yigit atrofida sodir bo'ladi. Yurist bo'lgan yosh yigit otasi o'limi sabab qishloqqa qaytishga majbur bo'ladi, sababi otasidan qolgan yer-mulkni saqlab qolishi kerak edi. Qishloqqa qaytib, ishlarni joyiga qo'ygach, bo'ydoq emasmi ayollar haqida o'ylay boshlaydi va manu shu joyda uni shayton(iblis) yo'ldan uradi. Asarda iblis bevosita ishtirok etmaydi, siz uni Yevgeniyning o'ylari ichidan topasiz. Gunohni o'zi uchun oqlayotganda uchratasiz. Ha ichimizdagi shayton shunday bahonalar topadiki, o'sha lahzada gunohni unutamiz, vaqti kelsa, qayta-qayta qilamiz. Irtenev ham zino qilmaslik uchun ichidagi iblis bilan oxirigacha kurashadi. Daho Lev Tolstoy esa qissa yakuni uchun ikkita muqobil variant qoldiradi. Qaysi yakun ishonchliroq bo'lgan bo'lardi deb o'quvchi o'ylanadi va o'zi to'g'ri deb bilganini tanlaydi. Bunaqa holatga birinchi tushishim va menga ko'proq ikkinchi yakun haqiqatga yaqin tuyuldi. Hikoyalarga kelsak, judayam ta'sirli va ajoyib. Ayniqsa menga Xo'jayin va xizmatkor hikoyasi juda yoqdi. O'sha paytdagi rus dvoryanlarini xizmatkorlarga munosabati, siyosiy vaziyat qiziq ochilgan. Lev Tolstoyning katta asarlarini o'qishim kerak. Anna Kareninani o'qiganman, Urush va Tinchlikni esa yo'q. Niyatim bor, qachondir albatta o'qiyman. @oyjamol_books
#watched
-Bilasizlarmi odamlar g‘irt ahmoq odamlarni qanday atashadi? -O‘rdakmi ? -Qo‘y! The sheep detectives (2026)
#men_tugatgan_kitob Edvarda(Pan) Knut Hamsun Norvegiyalik yozuvchi hisoblanmish Knut Hamsun ijodidan ilk mutolaa qilishim. Bir o'qishdayoq, meni yozuvchim ekanligini angladim. Bunga sabab balki uning uslubi Dostoyevskiynikiga juda yaqinligidir. Edvarda deb o'zbek tiliga o'girilgan asari asli nomi Pan. Bu so'zga izoh beradigan bo'lsam, qadimda yunonlarda o'rmon xudosi ekan qisqa ma'noda. Asarning bosh qahramoni sobiq leytenant Glan ham tabiat bilan uyg'un yashaydi. Iti bilan birgalikda ovchilik bilan shug'ullanadi , ko'p vaqtini o'rmonda yoki dengizda ovga bag'ishlaydi va hikoya qiluvchi ham u. Shuning uchun ham asarga eng munosib nom edi Pan. Va Edvarda bilan tanishadi. Edvarda munosabatlarda undan o'zib, o'zi birinchi Glanni sevib qoladi, omma oldida undan bo'sa oladi. Shu tariqa boshlangan munosabatlar esa chigallashib ketadi. Hamsun ijodini Dostoyevskiyga o'xshatganim bilan farqli tomonlariyam bor. U qahramonlari qalbini rus adibi kabi ochil dasturxon qilmaydi. Ayrim o'rinlarda o'zizga savol berib qolasiz. Glan nega unday qildi? Edvardani maqsadi nima edi? Men masalan Leytenet Glan obrazini juda yoqtirdim. U insonlarni xuddi tabiatni sevganday sevadi, biroz tez xarakterli bo'lishiga qaramay, vaziyatlarda o'zini tutishini yoqtirdim. Edvarda obrazi esa biroz yuzaki va jumboqli. Asar batamom muhabbat haqida deb bo'lmaydi, balki yana uni tabiat va inson qalbi uyg'unligi haqida deyish ham mumkin. Hamsun ijodiga yana qaytaman albatta, bu asarni hammaga tavsiya qilaman. Men mutolaa ilovasida o'qidim @oyjamol_books
Oxirgi 4talik, menga kimdir 3dan baland yoki past qo'yma deganmidi😂 One day oldin kitobini tugatdim keyin kinosini ko'rdim, balandroq baho qo'yishimga shu qarshilik qildi, kitobiga 5berardim agar
без подписи
#new_books
#men_tugatgan_kitob Siddhartha Hermann Hesse Bizga aloqasi bo'lmagan buddaviylik dini, Hindiston qadriyatlari haqidagi bu kitob qanday foyda bera oladi, ta'sir qiladi? O'zi germaniyalik bo'lib turib yozuvchi bu haqida qanday yozgan? Asarni o'qib chiqib savollarga javob topdim. Siddhartha obrazi kamolotga yetishish niyatida saman bo'ladi boshida. Saman deyishgani meni tushunishimcha bizdagi so'fiylar. Demak, tashqi dunyodan uzilib bor diqqatini nafsni yengishga qaratadi va bu yo'lda u buyuk saman bo'ladi. Va aynan shu buyuk nuqtada yetganda u tushunadi, nega men birovlar ketgan yo'lgan ketishim kerak? Buddani uchratadi. U bilan ham yo'li ayro tushadi So'ng samanlarni tark etib mutlaqo yo'lidan adashadi va Kamala ismli ayol bilan uzoq muddat aysh ishratda hayot kechiradi. Va kunlardan bir kun gunohlarini anglab yana boshqa yo'l axtaradi. Keyin qayiqchi bilan do'st tutinadi, unga shogird tushadi, qolgan umrini daryo bilan o'tkazadi, suvdan ta'lim oladi va o'zi izlagan haq yo'liga kiradi. Falsafiy roman, har bir obraz ortida yashirin ma'no bor. Asosiy g'oya ma'rifatga, kamolotga yetishish yo'llari ko'p va hammasining oxirgi manzili bitta. Eng totli sokin hayot balki gunohlar qilib, xatosini tushunib tavba qilish ortidan kelar. Asardagi bitta nuqta menga yoqdi, Siddhartha boshida saman bo'lish niyatida otasini tark etadi, asar so'nggida esa o'g'li uni tark etadi. Shunda u otasini azobga qo'ynanini anglaydi. Lekin uning hayot yo'li shunaqa edi. Taqdirlar takrorlanadi, dunyo qaytadi. Asarda bir qush haqida gap ketadi, aynan shu qush uning ichida bo'ladi va oxirgi bor sayraganda Siddhartha xatolarini anglab yetadi. Bunaqa qush hammamizda bor, ko'p gunohlar oldidan sayraydi, ogohlantiradi, lekin uni sayrashini eshitmaganga olamiz, jimlatamiz. Hayotda eng muhimi shu qushimizni o'ldirib qo'ymaylik, qafasda saqlamaylik. @oyjamol_books
#men_tugatgan_kitob Yarim tun kutubxonasi Met Heyg Bu kitobga menga yoqadigan mavzulardan biri yoritilgan. Depressiyadagi qahramon, o'z joniga qasd qilish qarori arafasida. Nora Sid. U butun umr boshqalarni rozi qilish uchun yashagan. Ota-onasi, akasi, dugonasi... Endi esa hayotining eng og'ir pallasida turibdi, mushugidan ayrilgan, ishidan ayrilgan, umri davomida yig'ilgan afsus-nadomatlari yuki ostida ezilgan palla, hayotida zarracha nur yo'q. Shular oqibatida u o'z joniga qasd qiladi. O'z joniga qasd qiladi va yozuvchi Mett Heyg yaratgan hayot va o'lim oralig'i bo'lmish "Yarim tun kutubxonasi" ga tushib qoladi. Bu yer sehrli joy edi. Yarim tun kutubxonasida cheksiz yashil kitoblar bor va har biri Noraning yashalmagan hayotlari edi. Nora har bir kitobni sinab ko'radi ya'ni qarorlari boshqacha bo'lgandagi hamma hayotlarini. Bu jarayon ham oson kechmaydi. U har bir hayotiga ko'nikishga harakat qiladi va anglaydiki, har bir tanlovning o'z afzalligi bo'lgani kabi o'ziga xos kamchiligi, iztirobi, og'riq va afsuslari bor edi. Va eng asosiysi Nora ularni qabul qilishni o'rganadi. Muallif shunday ajoyib g'oya orqali bizga pushaymonlarimiz o'zimizga dushman ekanligini ko'rsatadi. Hayot doimiy o'zgarishlar, sinovlar va yo'qotishlardan iborat ekanligini va bular biz har qanday qaror qabul qilganimizda ham baribir bo'laverishini, taqdir degan bitik bir tekisda ketmasligini anglatadi. Eng muhimi esa hech kim uchun mukammal hayot mavjud emasligini tushuntiradi. Kitobni o'qib o'ylab qoldim, o'z joniga qasd qilganlarga yana bir imkon berilsa, ular ham fikridan qaytgan bo'larmidi? Va ma'lumot o'rniga yozuvchining o'zi ham juda kuchli depressiya va vahima hutujlarini boshidan kechirib, ularni yengib chiqqan ekan va aynan shu kitobni yozgan ekan. Hammaga tavsiya qilaman, ingliz tilida mutolaa qilinglar, o'zbekcha tarjimasi rasvo, badiiy bo'lmaganda umuman tushunib bo'lmasdi, tarjimon degan joyiga ismim yozilishidan masalan men uyalgan bo'lardim, agar. @oyjamol_books