tgindex
OZON | Edu 🌐

OZON | Edu 🌐

Статистика

Hurmatulloh Turg’unov tomonidan yuritiladi (98) 007-04-08 @Hurmatulloh_Turgunov

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Скидки
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
85
+2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
62
26 постов
Вовлечённость
72,9%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 27
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
7
1/48двое суток
8
1/72трое суток
8

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.8из xushnudbek

    Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 8 авг.36из xushnudbek

    ❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni Tanlovning 2-bosqichida bugun so‘nggi kun, jarayon soat 23:59 da yakunlanadi.   Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashni bugun soat 23:59 gacha amalga oshirish so‘raldi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 8 авг.39из nasimov_school

    🧪KIMYO — NOLDAN BOSHLAB! 🎓Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik uchun yangi guruhga qabul boshlandi! 📚Kimyoni noldan boshlab, bosqichma-bosqich va puxta o‘rganing! 👨‍🏫O‘qituvchi: Muhammadrasul Xolmatov 🗓Birinchi dars: 17-avgust ⏰Vaqt: 09:00 🎯Maqsad aniq — Milliy sertifikat! 🔥Harakatni bugundan boshlanadi! Joylar soni cheklangan. 📞Telefon: 90 501 88 80 📲Telegram: @NSCH_Admin

  • Assalomu alaykum. Biologiyadan darslar Chorshanba kunidan boshlanadi barcha guruhlarga

  • 3 авг.59из xushnudbek

    ❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; ➖ Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: ➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta; ➖ KECHKI — 1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL: ➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31); ➖ Maktab ta’limi (648); ➖ San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR: ➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); ➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); ➖ Green University uchun (930); ➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: ➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 👉 @xushnudbek 👈

  • 2 авг.421из nasimov_school

    😖BIOLOGIYA FANIDAN MILLIY SERTIFIKAT UCHUN YANGI GURUH! 🌿 🎯Biologiya fanidan yuqori natijani maqsad qilgan abituriyentlar uchun yangi guruhga qabul boshlandi! 👨‍🏫Darslar ko‘p yillik tajribaga ega ustoz Hurmatulloh Turg‘unov tomonidan olib boriladi. 🗓Birinchi dars: 6-avgust 🔜Dars vaqti: 14:00 ✅Milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorgarlik ✅Mavzularni sodda va tushunarli usulda o‘rganish ✅Muntazam testlar va natijalar tahlili ✅Yuqori natija sari ishonchli qadam! 📞Telefon: +998905018880 📲Telegram: @NSCH_Admin 📍NASIMOV SCHOOL Kelajagingiz sari ishonchli qadam! Joylar soni cheklangan. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

  • без подписи

  • 1 авг.442из xushnudbek

    ❗️Abituriyentlarning to’liq ro’yxati va egallagan o’rnini ko’rish imkoniyati ochildi Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, “Kengaytirilgan qidiruv” sahifasida kerakli fanlar majmuasini tanlash kerak. 👉 @xushnudbek 👈

  • без подписи

  • 1 авг.55из hurmatulloh_blog

    Kichik bir orzularimdan biri: dengiz oldida sayr qilish edi. Alhamdulillah bunga ham yetdim. Rasm yoki video qilish niyyatim yo'q, shunchaki cheksiz ufqqa tutashib ketuvchi suvli to'lqinlarni kuzatish, dengiz qush (chayka) larini kuzatish ham boshqacha ekan. Yana bir kichik tavsiyam: sayohatga sherik kutib o'tirishdan yoki odamlarni ,,Shuncha pulni sayohatga ishlatasanmi" deyishlaridan qutulishni bir usuli, o'zingizga yaqinroq manzilni ayting yokida shunchaki indamay olislarga jo'nab keting (hech bo'lmasa 2 yoki 3 kunga)...

  • 17 июл.106из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ GREEN UNIVERSITY UCHUN JAMI: 930 ta Shundan, davlat granti: 100 ta. 2026/2027-oʻquv yilida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”) uchun davlat granti asosida ajratilgan qabul koʻrsatkichlari. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.86из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ XOTIN-QIZLAR UCHUN (qo‘shimcha 4000 ta davlat granti kvotasi) 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 309; 📍Andijon viloyati – 288; 📍Buxoro viloyati – 152; 📍Jizzax viloyati – 229; 📍Qashqadaryo viloyati – 374; 📍Navoiy viloyati – 201; 📍Namangan viloyati – 400; 📍Samarqand viloyati – 445; 📍Surxondaryo viloyati – 318; 📍Sirdaryo viloyati – 164; 📍Toshkent viloyati – 208; 📍Farg‘ona viloyati – 514; 📍Xorazm viloyati – 291; 📍Toshkent shahri – 107. O’tgan yillardagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan: 1) aniq va tabiiy fanlar; 2) texnika fanlari; 3) tibbiyot fanlari. Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi. Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 288 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 52 ta, texnika fanlari uchun 10 ta, tibbiyot fanlari uchun 82 ta kvota. Jami 144 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 144 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/29158 ❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Batafsil va aniq misollar bu yerda: https://t.me/xushnudbek/24864 Eng muhim maʼlumotlar: ✅ bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi; ✅ faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi; ❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi; ✅ ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. ‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/33214 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.52из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN (2 ming 500 ta to’lov-kontrakt uchun) Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/14477 ❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi. Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin. ‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 20 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 40 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k. Eng avval o‘sha 40 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi. Masalan, 40 kishidan 10 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 30 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 20 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Boshqacha aytganda bu tavsiyanoma o‘qishdan yiqilganlar uchun amal qiladi va ularga yana bir marta imkon beradi. ❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.45из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti. JAMI: 200 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 152 ta; ➖rus tili – 48 ta. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.43из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026. DUAL TA’LIM #abituriyent ✅ O‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun ✅ Jami: 10 000 ta. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shakli bo‘yicha maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga respublika oliy ta’lim tashkilotlari va o‘qitish tillari kesimidagi qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.42из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun JAMI: 30 ta. Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarining tanlov yo‘nalishlari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.45из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ San’at sohasi uchun Jami: 4 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.33из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Jami: 1 031 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.34из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun JAMI: 35 ta. O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun “60820100 — O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti. 👉 @xushnudbek 👈

  • 17 июл.30из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Maktab ta’limi sohasi uchun Jami: 648 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). 👉 @xushnudbek 👈