ProEducation | O'zbek tili
СтатистикаProEducation – ta'limning pro versiyasi! Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov. Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov Online kurs natijalari: @edu_natijalar
- Последний пост
- 25 февр.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Savol: O'qituvchi motivatsiya berishi kerakmi yoki aniq reja asosidagi formulami? Bu savolni berishimning sababi fanga endigina qadam qo'yayotgan o'quvchiga "Sen uddalay olasan" kabi quloqqa yoqadigan gaplar aytish qanchalik to'g'riki, hali u fandan umuman xabari bo'lmagan bir paytda. 👍 Shu xususda ikki og'iz. Kechadan beri bafurja yozaman deb, boshqa ishlarga chalg'ib yozolmayapman. Qisqaroq bo'lsa ham yozib ketmasam, qolib ketadi. Shaxsan men motivatsiyani evaz uchun beriladigan narsa deb hisoblayman. Ya'ni o'quvchi hech balo qilmasdan turib o'qituvchi tomonidan motivatsiya berilishiga haqli emas. Shu paytgacha hech bir harakatsiz atrofdagilardan ruhlantiruvchi gaplar eshitavergani sababli bolalar uchun ham bu oddiy safsata bo'lib tuyiladigan bo'lib qolgan, xususan, kattalar uchun ham. Mehnat bilan erishgan har bir narsasi qadrli bo'ladi, agar motivatsiyaga ham mehnat bilan erishsa, hech kim uni tashqaridan qidirmaydi. O'z vaziyatimdan kelib chiqib tushuntirishga harakat qilaman: Online kursga qabul qilingan yangi talabgorga birinchi darsdanoq ko'tarinki ruhdagi gaplar bilan, yorqin kelajakka umid uyg'otuvchi gaplar va yuqori natijalarni va'da qiluvchi yo'l kutib turganini aytib nutq so'zlasam, ishtirokchilar oldinda ularni faqatgina yorug' yo'l kutib turganiga ishonishadi va biror qiyinchilikka duch kelishsa, xayolida shakllanib qolgan utopik "yorug' yo'l"ni yo'qotib qo'yishadi. Shu qiyinchilikdan boshlab ularda umidsizlik, birinchi navbatda menga, keyin o'zlariga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'ladi. Chunki men o'zimga qanchalik ishonmay, hamma har xil: o'zlashtirish darajasi hammada turlicha, kimdir bir mavzuni bir martada qabul qilsa, kimdir 2-3 martada. Online kurslarda esa ko'pinchi 2-3-imkoniyat berilmaydi. Darslar tezkor tashkil etilgani uchun o'tilgan mavzuga qaytilmaydi. Natija esa o'qituvchi tushuntira olmadi, o'quvchida esa ham o'ziga, ham o'qituvchiga ishonchsizlik paydo bo'ladi. Chunki o'qituvchi boshida hammasini "miyangizga quyib qo'yaman" qabilidagi va'dalarni bergandi. Shu holatning aksini ko'rib chiqamiz: online kursning birinchi darsida ishtirokchilarga barchasiga qiyinchilik bilan erishilishi, mehnat qilmay "olmani o'gizga tushirib" bo'lmasligi aytib o'tilsa, ular butun kurs davomida qiyinchilikka tayyor turadi. Ruhiyati tushib ketib qolmaydimi bu holatda? Yo'q, inson mehnati natijasini ko'rib tursa, hech qachon ortga qadam tashlamaydi. Chunki hech kim yutqazishni xohlamaydi: "shuncha vaqtim, pulim ketdi, oxirigacha olib borib qo'yay" degan xayol bilan bo'lsa-da, harakatdan to'xtamaydi. Ikkinchidan, buni avvalroq bir maqolada yozgan edim, ya'ni jurnal yuritish. Ishtirokchi kurs boshida qanday holatda edi-yu, 1 haftada, 1 oyda, 2 oyda qanday natijaga erishganini yaqqol ko'rsatuvchi statistik jurnal yuritib borilsa, kurs davomidagi har bir harakati: darsga qatnashishi, vazifa bajarishi nazoratga olinsa, shuning o'zidan ishtirokchi ichki motivatsiyaga erishadi. O'qituvchi tomonidan beriladigan tashqi motivatsiya esa bir kun tugashi mumkin, lekin ishtirokchining ichki motivatsiya umuman tugamaydi. Yuqoridagi savolga mening javobim: o'qituvchi o'quvchiga aniq reja asosidagi formula bersa, jarayondagi kichik yutuqlardan o'quvchi o'zini o'zi ruhlantirib boraveradi, ya'ni o'z ichki energiyasini uyg'otadi. #maqola ✈️ Telegram |📷 Instagram |🖤 You Tube
*konferensiya sertifikati Barchasi ichingdagi qo'rquvingni yengib olishdan boshlanadi. Seni to'xtatib turadi "o'sha". Menda ham, ko'pchilik singari, omma oldida gapirish qo'rquvi bor edi. Universitetda kursdoshlarim oldida gapirish men uchun eng qiyini edi. Birinchi marta gapirganimdan so'ng bu yengib o'tildi. Keyin umuman notanish auditoriya oldida nutq so'zlash qo'rquv bera boshladi. Maktabdagi ilk kunimda sinf oldidagi nutqim bilan bundan ham o'tdim. So'nggi to'siq, mening nazdimda, xalqaro tajribada ingliz tilida seminar o'tkazish edi. Bundan ham o'tdim. Bir hamkasbim aytganidek, endi yo'l ochiq. Endi navbatdagi marralar uchun tayyorgarlik ko'rish kerak )) Nima bo'lishidan qat'iy nazar - boshlang. Boshlamaguncha bilmaysiz - yiqilishingizni ham, yiqilmasdan tekis yurib keta olishingizni ham. @rustamov_edu
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📍Baku | 2-kun Konferensiyadan lavhalar @rustamov_edu
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи