49-MAKTAB HAYOTI
СтатистикаPARKENT TUMANI 49-OʻRTA TAʼLIM MAKTABI RASMIY KANALI e-mail 👉parkent49maktab@gmail.com you tube 👉 https://youtube.com/ @parkent49maktab?si=29uzSr-nPW5eOv1R Facebook 👉 https://www.facebook.com/share/15SuPargzX/?mibextid=wwXIfr
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 241
- 1/48двое суток
- 276
- 1/72трое суток
- 297
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎓 UZBMB (DTM) natijangiz bilan 2026-yilda International Agriculture University talabasi bo‘ling! Hech qanday qo‘shimcha kirish imtihonisiz UZBMB (DTM) natijangiz orqali quyidagi yo‘nalishlarga hujjat topshirishingiz mumkin: 📚 Yo‘nalishlar: • Iqtisodiyot (kunduzgi) • Iqtisodiyot (masofaviy) • Agronomiya • Oziq-ovqat texnologiyasi • Biologiya 🌱 Sifatli ta'lim, zamonaviy kampus va xalqaro imkoniyatlar sari ilk qadamingizni bugunoq qo‘ying. ⚡️ Shoshiling! Qabul davom etmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! RO'YXATDAN O'TISH 📞 Batafsil ma'lumot: ☎️ +998555170071 ☎️ +998999810919 📩 @iau_2022 Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Ta'ziya OʻZBEKISTON XALQ SHOIRASI SHARIFA SALIMOVA VAFOT ETDI Marhumaning vafoti munosabati bilan oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari hamda adabiyot va madaniyat jamoatchiligiga chuqur ta’ziya va samimiy hamdardlik bildiramiz. Bizni kuzatib boring: PARKENT_TONGI_GAZETASI
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📚 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Xusanov Aziz Toʻxtamurodovich hamda boʻlim metodisti Qurbonboyev Toʻlagan Omarboyevich 49-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashuv va yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yangi 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mas’uliyatini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yuksaltirish masalasi koʻrildi Uchrashuv yakunida pedagoglar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar tinglanib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. #Parkent #49maktab #Talim #YangiOquvYili #TalimSifati
🏆 Chinorbuloq MFYning "49-MAKTAB" jamoasi — tuman gʻolibi! Parkent tumanida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻyicha Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi raisi kubogining tuman bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi. Mazkur intellektual bahsda tumandagi 53 ta mahalla jamoasi oʻz bilim va salohiyatini sinovdan oʻtkazdi. Murosasiz va qiziqarli kechgan bellashuv yakunlariga koʻra, Chinorbuloq MFYning "49-MAKTAB" jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ushbu gʻalaba evaziga jamoa viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi va endilikda Parkent tumani sharafini viloyat miqyosida himoya qiladi. 🎉 Chinorbuloq MFYning "49-MAKTAB" jamoasini ushbu munosib gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz! Viloyat bosqichida ham ularga ulkan zafarlar, omad va yangi yutuqlar tilaymiz. 👏 Bilim, zakovat va intilish doimo yuksak marralarni zabt etishga xizmat qilsin!
👍👍👍👍👍👍 Microsoft Word dasturida foydalanish uchun kerak bo'ladigan 50ta qisqa klavish 1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish) 2. Ctrl + X - Kesish 3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish 4. Ctrl + Z - Bekor qilish 5. Ctrl + S - Saqlash 6. Ctrl + O - Faylni ochish 7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish 8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish 9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash 10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish 11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold) 12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish 13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish 14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish 15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish 16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center) 17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify) 18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish 19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish 20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish 21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi) 22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish 23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik) 24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish 25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish 26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish 27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish 28. Ctrl + Space - Format o‘chirish 29. F7 - Imlo tekshirish 30. F12 - Saqlash oynasini ochish 31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash 32. Alt + F4 - Dasturni yopish 33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat) 34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat) 35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat) 36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish 37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish 38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish 39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish 40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash 41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish 42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish 43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun) 44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish 45. Alt + F8 - Makroni boshlash 46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash 47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish 48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash 49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish 50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash P.S.: O'zingiz uchun o'rganib qo'yganingiz yaxshi, zamon bilan hamnafas bo'lish uchun. Ustozlarga yuborib qo'ying Otpusnoyni hisoblash uchun bot 💰➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT «O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @oqituvchi_ga https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
Shu kunlarda davlat imtihonlarida matematika fanidan eng ko’p tushayotgan savol. O’rganib oling. Abiturient tanishlarga jo’natib qo’yamiz.
Toshkent viloyati @mathustoz
⚡️Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education sayti orqali tekshirish mumkin: ✅ https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ 👉 @xushnudbek 👈
41 ta xorijiy atamaning rasmiy o’zbekcha muqobili tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalarning ro’yxati e’lon qilindi. Jumladan: Антракт ➔ Tanaffus Банкет ➔ Ziyofat Брекеты ➔ Tishsim Бренд ➔ Xosnom Датчик ➔ Sezgich Дедлайн ➔ So'ngmuddat Декорация ➔ Sahnabezak Миксер ➔ Qorg'ich Палатка ➔ Chodir Раковина ➔ Chanoq Распродажа ➔ Arzonsotuv Суфлёр ➔ Shivirchi Фрилансер ➔ Erkin ishchi Эможи ➔ Hisbelgi Хештег ➔ Kalitso'z Хостел ➔ Qoʻnoquy 👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Litsey yoki texnikumda 2 yil o'qib, keyingi 3 yilni oliygohda davom ettirishi mumkin boʻladi Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda maktab, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlaydigan “2+3”, “1+2”, “2+1”, “1+3”, “2+2”, “3+1” kabi taʼlim modellari koʻrib chiqildi. Bunda 9-sinf bitiruvchisi maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil taʼlim olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin boʻladi. Texnikum bitiruvchilari esa taʼlimni qisqartirilgan dastur asosida universitetda davom ettirish imkoniga ega boʻladi. 📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📢 49-maktabda ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan topshiriq hamda tasdiqlangan jadval asosida 49-maktabda ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilish davomida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan: ✅ O‘quvchilar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish; ✅ Taqiqlangan va qarovsiz suv havzalari (soy, kanal, anhor va boshqa suv obyektlari)ga bormaslik; ✅ Yozgi ta’til davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; ✅ Ota-onalarning farzandlar nazoratini kuchaytirishi; ✅ Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda ota-onalarga farzandlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🏫 49-maktab ma’muriyati barchani farzandlar ta’lim-tarbiyasi, xavfsizligi masalasida hamkorlikka chorlaydi.
Ingliz tili fanidan ham sertifikatlar chiqa boshladi Xoldorova Zarina (10 A)👏🏻