PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
СтатистикаShifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz! Reklama👉 @tibbiy_reklama1
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 112
- 1/48двое суток
- 1 434
- 1/72трое суток
- 1 546
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
Go‘zalxon Xamidovaning “Kichik kashfiyotchi” kitobi 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun Montessori ta’lim usuli bolaning rivojlanish jarayoniga hurmat va erkinlik bilan yondashadi. Ushbu kitob shu tamoyillar asosida yaratilgan bo‘lib, unda bolalarning aqliy, hissiy va jismoniy o‘sishini rag‘batlantiruvchi samarali o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar jamlangan. Eng qulay tomoni - mashg‘ulotlarning aksarini uy sharoitida, oddiy buyumlar bilan o‘tkazish mumkin. Bu kitob ota-onalar, tarbiyachi va pedagoglar uchun amaliy qo‘llanma, farzand bilan birga o‘rganish jarayonida esa - mehr va yaqinlikni mustahkamlovchi hamroh bo‘lib xizmat qiladi. Muqova: yumshoq (Turkiya) Sahifalar yuzasi: yaltiroq Sahifa: 216 bet Narxi: 60000 so'm 📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi. 📲 Buyurtma uchun: @Bola_Books Kanalga ulanish:👉@Bolajonbooks
Chaqaloqlarda tug‘ruq travmalaridan keyin yuzaga keladigan - kefalogematoma https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-kefalogematoma-06-03 © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yozda sistit yana bezovta qildimi? Afsuski, bu tez-tez uchrab turadi. Yozda sistitning qaytalanishiga bir nechta sabab bo‘lishi mumkin: 🔸 Bakterial infeksiya — eng asosiy sabab. Ochiq suv havzalarida cho‘milganda bakteriyalar organizmga tushishi mumkin. 🔸 Sovuq suvda cho‘milish — organizmning sovqotishi immunitetni pasaytiradi va infeksiya rivojlanish xavfini oshiradi. 🔸 Ho‘l cho‘milish kiyimida uzoq yurish — bu ham organizmning sovqotishiga olib kelishi mumkin. Sistit alomatlarini samarali yengillashtirishga Канефрон® Н 🍃 o‘simlik preparati yordam beradi. Канефрон® Н yallig‘lanishni kamaytiradi, siyganda og‘riqni yengillashtiradi va yengil siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparatni kurs tarzida qabul qilish sistitning qaytalanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Канефрон® Н: yozingiz — sistitsiz!
Chaqaloqlar kindigida patologik holat borligini ko'rsatuvchi belgilar: ▪️Kindikning o'zida yoki atrofdagi terining qizarishi; ▪️Kindik shishib teri sathidan ko'tarilishi; ▪️Kindikdan suyuqlik(rangsiz yoki boshqa ranglarda) ajralishi; ▪️Kindikdan yiring hisobiga badbo'y hid kelishi; ▪️Bolaga kindikda og'riq bordek tuyulishi. ❗️Yuqoridagi belgilardan biri namoyon bo'lsa ham darhol pediatrga yoki bolalar xirurgiga murojaat etish lozim. Uy sharoitida davolash mumkin emas. Ba'zan kindikning yiringlashi sepsisga o'tib ketib, chaqaloq hayotiga xavf solishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❓Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz? ❓O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi? Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz. MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi. Kanalimiz manzili quyida👇👇👇 https://t.me/+cHx0i4CGMq0wMWZi
👶🍼 Nima uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘ziga tetratsiklin malhami suriladi? Tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘ziga tetratsiklin (yoki eritromitsin) malhami surish — bu oddiygina odat emas, balki hayotiy muhim profilaktika chorasi hisoblanadi. Dunyo amaliyotida Krede usuli (19-asrda taklif qilingan) – tug‘ilgan chaqaloq ko‘ziga antiseptik yoki antibiotik qo‘llash orqali infeksiyadan saqlash. Oldin 1% kumush nitrat ishlatilgan, keyinroq kamroq nojo‘ya ta’sirli va samarali antibiotik malhamlarga o‘tilgan. Tug‘ruq vaqtida chaqaloq onaning tug‘ruq yo‘llaridan o‘tadi. Agar onada yashirin yoki aniqlanmagan infeksiya (masalan, gonokokk yoki xlamidiya) bo‘lsa, chaqaloq ko‘ziga yuqishi mumkin. Bunday infeksiya juda xavfli: oftalmiya neonatorum (chaqaloq kon’yunktiviti) rivojlanadi. Bu esa bir necha kun ichida ko‘z pardasini shikastlashi, hatto ko‘rlikka olib kelishi mumkin. 💊 Tetratsiklin malhami qanday yordam beradi? ▪️Ko‘zga surilganda u bakteriyalarni yo‘q qiladi yoki o‘sishini to‘xtatadi. ▪️Shu orqali chaqaloqni gonokokk, xlamidiya va boshqa mikroblardan himoya qiladi. ▪️Asosan Krede usuli asosida amalga oshiriladi: barcha chaqaloqlarga, hatto onada infeksiya aniqlanmagan bo‘lsa ham suriladi. 🌍 JSST tavsiyasi: Bu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida majburiy ravishda qo‘llanadi va minglab bolalarni ko‘rish qobiliyatidan ayrilishdan saqlab qolmoqda. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍼 Chaqaloqlarda och qolganlik belgilari Yangi tug‘ilgan chaqaloq och qolganini ayta olmaydi. 1. Qo‘lini og‘ziga olib borishi yoki so‘rishi Bu ochlikning eng erta belgilaridan biridir. Ko‘pincha chaqaloq och qolganida barmog‘i yoki mushtini og‘ziga soladi. 2. Og‘iz bilan qidiruvchi harakatlar qilishi Ona ko‘kragiga yaqinlashganda boshini burib, og‘zini ochishi yoki emish harakatini qilishi — bu chaqaloq ovqat qidirmoqda degani. 3. Bezovtalik va yig‘lash Agar chaqaloq bir necha daqiqadan beri yig‘layotgan bo‘lsa, u och bo‘lishi mumkin. Ochlikdan yig‘i ko‘pincha balandroq va davomli bo‘ladi. 4. Ko‘krakni yoki shishani izlash Ko‘krak yaqinida boshini burishi yoki shisha ko‘rsa unga qarab harakat qilishi ham ochlik belgisi. 5. Tili bilan lablarini yalashi yoki lablarini chapillatishi Bular ham chaqaloq emishga tayyor ekanini bildiradi. Yig‘i — ochlikning kech belgisi hisoblanadi. Shuning uchun erta belgilarni aniqlash muhim. Chaqaloqlar esa talabiga qarab emizilishi kerak. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
❓Odimlagich (xodunok)ni qanday zararli tomonlari bor? Ko‘rinishidan odimlagich xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi? 📌Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin odimlagichda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 📌Muvozanatga ta’siri - odimlagichda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi. 📌Yurishga ta’siri - odimlagichda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi. Bolani odimlagichda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqlarda kindik churrasi Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud. Tug‘ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. ❗️Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo'shlig'iga to'g'rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig'lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko'rigiga olib borish zarur! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❓Spazmofiliya qanday kasallik? ❓Ca yetishmovchiligi talvasaga sabab bo‘ladimi? ❓Laringospazm nima? ❓“Akusher qo‘li” qanday belgi? https://telegra.ph/Bolalarda-spazmofiliya-09-28 Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda temperament tiplari Xolerik U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g‘oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi. Sangvinik Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin. Flegmatik Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi. Melanxolik Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Baxtli qo‘g‘irchoq sindromi Angelman sindromi - shartli genetik patologiya bo‘lib, 15 juft xromasomaning delitsiyasi hisobiga yuzaga keladi. Sindrom quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: -ruhiy rivojlanishdan ortda qolish -diqqat yetishmovchiligi -uyqu buzilishi -ikkilamchi epilepsiya(tutqanoq) -tartibsiz harakatlar(asosan qo‘lda) -yuzdagi o‘zgarishlar: keng og‘iz, tilini chiqarish, tishlarning siyrak joylashishi -doimiy kulgu yoki tabassum(sababsiz) -strabizm(g‘ilaylik) -skolioz(umurtqani yon tomonga qiyshayishi) Sindromni 1965-yilda Britaniyalik pediatr Garri Engelman aniqlagan va uning nomiga qo‘yilgan. Bu sindrom yana Petrushka sindromi yoki “baxtli qo‘g‘irchoq sindromi” deb nomlanadi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👶 Chaqalog‘ingiz parvarishida xavotirlar va cheksiz savollar qiynamoqdami? Mashhur shifokor-pediatr Yevgeniy Komarovskiy yosh ota-onalarga yordamga keladi! Uning "365 tavsiya — Bolangiz hayotining ilk yili uchun" kitobi endi o‘zbek tilida! 🥰 Bu shunchaki kitob emas, bu — chaqaloq hayotining har bir kuni uchun mukammal qo‘llanmadir: 🩺 Ilmiy va sinalgan tavsiyalar — ortiqcha vahima va asabiylashishning oldini oladi. 🍼 Ilk yil parvarishi — bolaning sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri ovqatlanishi va uxlashi sirlari. 🗓 Har bir kunga bittadan maslahat — yilning 365 kuni uchun eng muhim va tushunarli tavsiyalar. ✨ Farzandingiz hayotining birinchi yili — uning kelajakdagi sog‘lig‘i uchun eng muhim poydevordir. Uni eng ishonchli mutaxassis bilan birga quring! ❗️ Shoshiling! Kitoblar soni cheklangan! 📍O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi. Kitob narxi : 100000 so'm 📲 Buyurtma uchun: @Bola_Books Kanalga ulanish:👉@Bolajonbooks
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari: 📌Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga 📌Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga 📌Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga 📌Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi) 📌Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda) 📌Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi. 📌Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi. 📌Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang) © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
❓Savol: Bolalarda xolestaz sindromi nima? ✅ Dr. Muxtorov javobi: Xolestaz sindromi – bu jigar hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan o't suyuqligining ichaklarga normal oqib chiqishi buzilishi natijasida yuzaga keladigan holatdir. Natijada o't tarkibidagi moddalar, ayniqsa bilirubin va o't kislotalari qonda to'planadi. Chaqaloqlarda xolestaz uzoq davom etuvchi sariqlikning muhim sabablaridan biri bo'lib, o'z vaqtida aniqlanmasa jigar sirrozi va jigar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Xolestazning asosiy sabablari qatoriga o't yo'llari atreziyasi, neonatal gepatit, genetik va metabolik kasalliklar, ayrim infeksiyalar hamda dori vositalarining nojo'ya ta'siri kiradi. Kasallikning asosiy belgilari – 2 haftadan ortiq davom etuvchi sariqlik, oq yoki kulrang najas, to'q rangli siydik, jigar kattalashishi, qichishish va vazn ortishining kamayushidir. Tashxis qo'yishda umumiy va to'g'ridan-to'g'ri bilirubin, ALT, AST, GGT, ishqoriy fosfataza, koagulogramma tekshiriladi. Shuningdek, jigar va o't yo'llarining ultratovush tekshiruvi, zarurat bo'lsa HIDA sintigrafiyasi hamda genetik tekshiruvlar o'tkaziladi. Davolash sababga bog'liq. O't yo'llari atreziyasida erta Kasai operatsiyasi eng samarali usul hisoblanadi. Boshqa holatlarda ursodezoksixol kislotasi, yog'da eruvchi A, D, E va K vitaminlari, yuqori kaloriyali ovqatlanish hamda asosiy kasallikni davolash tavsiya etiladi. ❗️Xolestazdan shubhalanganda bolani imkon qadar tezroq pediatr yoki bolalar gastroenterologi ko'rigiga olib borish muhimdir. Kanalga ulanish👉@pediatric_uz
Bolalarda burun qonashining sabablari 📌Tashqi omillar ▪️Havo namligining juda pastligi ▪️Issiq urishi ▪️Mexanik jarohat ▪️Dorilarning ta’siri hisobiga ▪️Avval olingan jarohatlar 📌Ichki omillar ▪️Shilliq qavatlarning shishiga sabab bo‘luvchi kasalliklar ▪️Qon ivish mexanizmidagi buzilishlar ▪️Surunkali kasalliklar ▪️Burunning o‘sma kasalliklari ▪️Burun qon tomirlaridagi tug‘ma buzilishlar ❗️Agar bolada tez-tez burun qonash holati kuzatilsa, uni shifokor otorinolaringolog(Lor) ko'rigiga olib borish zarur. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi: I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l); II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l); III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l); IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l); V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l). Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik) - qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi. Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi. Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi. Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi. Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi. Bu holat fiziologik - davolash shart emas. ❗️Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
💡 Endilikda kanalimizni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, DONAT qilishingiz mumkin. ❓Donat nima? 💲Donat (ing. donate) - loyiha (sayt, kanal, mahsulot) ni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanuvchilar tomonidan loyiha egasiga qilinadigan beg'araz moliyaviy ko'mak. Bu ko'mak maxsus saytlar yoki birorta hisob raqamiga pul o'tkazish orqali amalga oshiriladi. ❓ Donat qanday qilinadi? Quyida turgan havola orqali o'ting va o'zingizga qulay mablag'ni yozing. So'ngra o'zingizning hisob raqamingizni to'ldirgandek mablag'ni yuborsangiz bo'ladi. Havola: 👉https://tirikchilik.uz/pediatric_uz ❗️ Har bir donat, kichikmi yoki kattami, biz uchun juda qadrli va kanalimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlanganligingiz biz uchun ilhom manbai va harakatimizni davom ettirish uchun kuch beradi.
Bolalarda ko‘p terlash sabablari Bolalarning koʻp terlashiga quyidagilar sabab boʻladi: 📌Xona haroratining yuqori boʻlishi yoki ob havoning issiq boʻlishi natijasida bolaning terlashi; 📌Kun davomida bola emotsional holati, qoʻzgʻaluvchanligi, nerv tizimining taʼsirlanishi tungi vaqtda koʻp terlashga sabab boʻladi 📌Shamollash kabi holatlarda; 📌Nasliy moyillik. Koʻp ter ajralishi ayrim kasalliklar natijasida ham roʻy beradi, ular quyidagilar boʻlishi mumkin: 📌Vitamin D yetishmovchiligi va raxit 📌Qalqonsimon bez funksiyasida kamchiliklar; 📌Jigar va oshqozon ichak tizimidagi muammolar; 📌Yurak-qon tomir kasalliklari; Immun tizimidagi oʻzgarishlar. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube