Pediatr/Pediatriya
СтатистикаAsosan bolajonlar haqida ma'lumotlar,foydali tibbiy maslahatlar va tavsiyalar.
- Последний пост
- 2 дек.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
OMEGA-3 organizmda qanday vazifani bajaradi va nima uchun bolalar kundalik ratsioniga kiritish muhim: ✅ Asab tizimining normal rivojlanishiga yordam beradi; ✅Immunitetni yaxshilaydi(bilvosita ta'sir yani immunitetni ko'tarmaydi,oraliq jarayonlarda ishtirok etadi, boshqa immunitetni mustahkamlaydigan, ko'taradigan dorilar ham yo'q aslida😐) ✅Yurak-qon tomir faoliyatini qo'llab quvvatlaydi; ✅tishlarning normal rivojlanishini ta'minlaydi, teri va soch holatini saqlaydi; ✅Eng asosiysi, ko'rish organlarining normal ishlashi uchun zarur. T.me/pediatrics_vlog
🧠 BOLALARDA FEBRIL TALVASA VA EPILEPSIYADA BIRINCHI YORDAM KOʼRSATISH •Febril talvasa (febrile seizure) — bu 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tana haroratining 38°C dan yuqori ko‘tarilishi fonida kuzatiladigan qisqa muddatli, o‘tib ketuvchi toniko-klonik talvasa holatidir. •Epilepsiya — bu miyada neyronlarning ortiqcha elektr faolligi natijasida takrorlanuvchi talvasalar bilan kechadigan surunkali nevrologik kasallikdir. 🤔 Sabablari: ⚡️ Febril talvasa: •Yuqumli kasalliklar (gripp, O‘RVI, angina, otit, pnevmoniya va b.) •Irsiy moyillik (oilada febril talvasa yoki epilepsiya bo‘lishi) •Markaziy nerv tizimi yetilmaganligi •Metabolik buzilishlar (Na, Ca, Mg yetishmovchiligi) ⚡️ Epilepsiya: •Genetik mutatsiyalar •Perinatal gipoksiya, travma, ensefalopatiya •Neyroinfeksiyalar (meningit, ensefalit) •Miya o‘smalari yoki struktur o‘zgarishlar •Idiopatik (sabab topilmaydi) 🤔Klinik belgilari 🌡 Febril talvasa: •Odatda isitma 38–40°C da boshlanadi •Bola hushini yo‘qotadi •Butun tana yoki qisman qaltiraydi (toniko-klonik talvasa) •1–2(ba'zan 5)daqiqa davom etadi, so‘ng bola uyquchan bo‘ladi •Bir kunda 1–2 martadan oshmaydi ⚡️ Epilepsiya: •Talvasalar sababsiz, haroratdan mustaqil ravishda sodir bo‘ladi •Turi: toniko-klonik, absans, fokal va boshqalar •Qisqa muddatli hush yo‘qotish, ko‘z qarashlari bir nuqtaga tikilishi •Takrorlanuvchi xurujlar 🤔 Diagnostika 🧾 Asosiy tekshiruvlar: •Nevrolog ko‘rigi •EEG (elektroensefalografiya) — epileptiform faollik aniqlanadi •KT yoki MRT — struktur o‘zgarishlar uchun •Qon tahlillari — elektrolitlar (Na, Ca, Mg), glyukoza •Infeksiya belgilarini aniqlash. 🤔Birinchi yordam (Uy sharoitida) ✅Bola xavfsiz joyga yotqiziladi (yon tomonga) ✅Og‘izdagi suyuqlik, qusindi tozalanadi ✅Kiyim bo‘shatiladi, bosh orqaga egiladi ✅Og‘izga hech narsa tiqilmaydi! ✅Harorat pasaytiriladi: •Paratsetamol 10–15 mg/kg yoki •Ibuprofen 5–10 mg/kg ✅Agar talvasa >5 daqiqa davom etsa — tez yordam chaqiriladi Keyingi davolash va profilaktika •24 soat ichida sababi (ORVI, otit va b.) aniqlanadi •D vitamini, Ca, Mg, B6 yetarli darajada ta’minlanadi Nevropatolog tavsiyasiga ko'ra Talvasaga qarshi dori vositalari beriladi 🤔 Prognoz •Oddiy febril talvasa — 95% hollarda nevrologik asoratsiz kechadi •2–5% bolalarda epilepsiya rivojlanishi mumkin •To‘g‘ri yordam va profilaktika bilan xurujlar nazorat ostida bo‘ladi. ⚕️Oldini olish bo'yicha tavsiyalar •Harorat ko‘tarilishi bilan darhol tanani iliq suv bilan artib olish va isitmaga qarshi dorilar berish(iloji boricha yoshiga mos dozada va svecha(shamcha) ko'rinishida) 🩵 Manba: •WHO. Guidelines for the management of febrile seizures in children, 2023 •ILAE (International League Against Epilepsy) 2022 •Nelson Textbook of Pediatrics, 21st ed. Farzandlaringizga eʼtiborli boʼling! Yaqinlarga ulashamiz⚡️ T.me/pediatrics_vlog
Elektron retsept haqida T.me/pediatrics_vlog
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
D vitamini saqlovchi tomchi preparatlar: AKVADETRIM (POLSHA) VIGANTOL (GERMANIYA) KOLEDAN (TURKIYA) DETRIFEROL (ROSSIYA) DETRIVEL BABY (ANGLIYA) MINI DROPS D3 (ANGLIYA) MINI DROPS dan boshqa hammasini narxi va ta'siri bir xil. T.me/pediatrics_vlog
Sevikap kapli 10ml. Ishlab chiqaruvchi: Polpharma,Polsha ✅Qo‘llanilishi: - C vitamining yetishmovchiligi profilaktikasi va davolash maqsadida; - yuqumli kasalliklar vaqtida(qishda); -sun'iy ovqatlantiriladigan bolalarga; -ishtaxani yaxshilash maqsadida; -bolalarda o'sish vaqtida organizmga qo‘shimcha sifatida; -kasalliklardan sog‘ayish davrida va boshqalar. Dozalash:ovqat vaqtida bolaning suviga,ovqatiga yoki soklarga qo'shib bir qabul qilishda yoki bir nechaga bo‘lib qabul qilinadi. Profilaktik dozada: 1yoshgacha kuniga 5-8tomchidan 2-12 yoshda kuniga 10tomchidan Davolash maqsadida doza 2-5marta oshirish mumkin(pediatr tomonidan belgilanadi). ❗️ Qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Qo‘llashdan oldin yo'riqnoma bilan tanishib chiqing! T.me/pediatrics_vlog
Bifolak sink sashe Tarkibi:8turdagi 10mlrd tirik bakteriyalar,Sink,prebiotiklar. Qo‘llanilishi: •erta va o'z vaqtida tug'ilgan chaqaloqlarda tananing normal o‘sishi va rivojlanishi uchun; •diareyada( diareya davomiyligini 25%gacha,ahlat hajmini 30%gacha kamaytiradi); •bolalar va kattalarda immun tizimini mustahkamlash maqsadida; •yuqori nafas yo'llari yuqumli kasalliklarida tez tiklanish maqsadida; Dozalash: ▪︎3yoshgacha kuniga 1/2 paketdan; ▪︎4-14 yoshlilar uchun kuniga 1paketdan; ▪︎14yoshdan kattalarga kuniga 2sashedan(paketdan). Bolalarga 20-50ml suv,sut yoki bolalar bo‘tqasiga qo‘shib beriladi. Qabul qilish davomiyligi 10-20kun Qo'llashdan oldin yo'riqnoma bilan tanishib chiqing!! T.me/pediatrics_vlog
Shamollash mavsumida immunitetga yordam beradigan vitamin mineral kompleks ❗️ Immuno kompleks kids kukun(порошок) va kapsula Tarkibi: Sink Vitamin C(Askorbin kislota) Selen B guruhi vitaminlari Qo‘llanilishi: -homilador ayollar va bolalarda kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish,asoratlarini oldini olish uchun; - tez-tez kasal bo'ladigan bolalarning immunitetini mustahkamlash maqsadida; - yuqumli kasalliklar mavsumida profilaktik maqsadlarda. Dozalash: 3⃣oylikdan-1⃣yoshgacha kuniga yarim stikdan(kukun); 1⃣-4⃣yoshlilarga kuniga 1stikdan; 4⃣-7⃣yoshlilar uchun kuniga 2stikdan. 7⃣yoshdan katta bolalar va kattalar uchun esa Immuno complex kapsula Qabul qilish davomiyligi 20-30kun. Bolalarga qaynatib sovutilgan suv,sut yoki bolalar bo‘tqasiga qo‘shib beriladi. Yaqinlaringizga ham ulashing ❗️ T.me/pediatrics_vlog
Болаларга қўшимча тарзда D витаминининг сувли эритмаси, аскорбин кислотаси (С витамин) , руҳ (Цинк) ва селен моддалари, камқонликни даволаш мақсадида темир препаратлари берилса, тананинг нафас йўллари касалликларига қарши курашиш қобилияти ошади. Пастда бази дори воситалари ва витаминлар хакида👇
🌦 “СОҒЛОМ КУЗ ВА ҚИШ” ❗️Она сути — болани касалликлардан ҳимоя қилувчи илк “вакцина” ✅ Куз ва қиш мавсумида ҳарорат пасайиши билан болаларнинг ўткир респиратор вирусли инфекциялар билан касалланиш ҳолатлари кузатилади. Янги туғилган чақалоқларни ушбу хасталиклардан асрашнинг энг самарали усули — уларни кўкрак сути билан истисносиз озиқлантириш. 🔗 Шу ўринда яна бир факт: она сути таркибида мавжуд бўлган углеводлар В гуруҳ стрептококклари келтириб чиқарадиган инфекцияларнинг олдини олишга ҳам ёрдам беради. Бу микроорганизмлар кўпинча чақалоқларда сепсис ва менингитни келтириб чиқариб, жиддий асоратларга олиб келиши мумкин. 🔬 АҚШнинг Вандербилт университети тадқиқотчилари она сути таркибидаги углеводларнинг хусусиятларини батафсил ўрганишганида, улар хавфли бактерияларни енга олишини, шунингдек, инфекциянинг тарқалишини тўхтатишини исботлашган. 🦠 Бундан ташқари, она сутидаги углеводлар ичакдаги фойдали микроорганизмларнинг ўсиши ва кўпайишини рағбатлантирувчи пребиотик вазифасини ҳам бажарар экан. Эслатиб ўтамиз, пребиотиклар фойдали ичак бактериялари учун "озиқ" бўлиб, зарарли микроорганизмларнинг ўсишини пасайтиради. — Олти ойликкача бўлган кичкинтойлар учун энг мақбул таом. — Кўкрак сути айнан гўдакнинг эҳтиёжларига мос келади ва унинг соғлом ривожланиши учун зарур бўлган моддалардан таркиб топган. 🧸 Хусусан, ушбу озуқа таркибида чақалоқнинг иммун тизимини мустаҳкамлайдиган антителалар ва бошқа қимматли моддалар мавжуд. Улар бола организмини инфекциялар ва касалликларгдан самарали ҳимоя қилади. Шу сабабли ҳам болани кўкрак сути билан озиқлантиришни 2 ёшгача ва ундан кўпроқ вақт давом эттириш ҳам тавсия этилади. 🤱🏻 Куз ва қиш мавсумида эса, айниқса, чақалоқларни уларнинг талабига кўра эмизиш керак. Болада касалланиш белгилари кузатилганда ҳам эмизишни нафақат давом эттириш, балки болани кўпроқ кўкракка қўйиш унинг тезроқ тузалишига сабаб бўлиши мумкин. T.me/pediatrics_vlog
🛡KETOTIFEN ✳️Chiqarilish shakli: 1mg lik Tabletkalar 🗒Qo'llanishi: ● bronxial astma ●pollinoz ●allergik rinit, ●allergik kon’yunktivit, ●atopik dermatit, ●eshakyemida qo’llanadi. 📝Qo'llash usuli va do'zalari: Ichga ovqatlanish vaqtida qabul qilish uchun buyuriladi. 👤Kattalarga – 1 mg dan sutkada 2-3 marta ertalab va kechqurun. Zarurati bo’lganida doza 2 mg dan sutkada 2 martagacha oshiriladi. 👶 Bolalarga 3 yosh va undan kattalarga 1 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi 3yoshdan kichik bolalarga tana vazniga qarab pediatr tomonidan belgilanadi T.me/pediatrics_vlog
Ketotifen tabletkasi haqida👇
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи